Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,23 Mb.
bet29/34
Sana05.06.2023
Hajmi1,23 Mb.
#948917
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
slayd

II bob bо„yicha xulosa


Maktabga tayyorlov guruhlarida multimedia texnologiyasidan foydalanishning metodik asoslari yoritib berildi, jumladan, kompyuterli mashg‗ulotlarning shakllari, mazmuni, metodlari, metodikasi ishlab chiqildi.
Kompyuterli ta‘limning asosiy shakli – mashg‗ulotdan iborat bо‗lib, ular yangi bilim beruvchi, о‗rganilgan bilimlarni mustahkamlovchi, nazorat qiluvchi – sinovchi turlarga bо‗linadilar.
Maktabga tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlarini hisobga olib, yangi bilim beruvchi mashg‗ulotlarda kompyuterlardan bevosita dialog metodi asosida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bilimlarni mustahkamlovchi, nazorat qiluvchi-sinovchi, mashg‗ulotlar va bolalarning bilimlarini test asosida baholash, kompyuter о‗yinlarini amalga oshirish bilvosita dialog (virtual axborot muhitidagi kompyuter bilan dialog) asosida bolalar tomonidan mustaqil bajariladi.
Mashg‗ulotlarning davomiyligi 30 daqiqaga mо‗ljallangan bо‗lib, bevosita dialog asosida yangi materialni о‗rgatish mashg‗uloti о‗tkazilganda, har 15 daqiqali bosqich oralig‗ida 15-20 daqiqali relaksatsiya davri (dam olish bosqichi, kо‗z gimnastikasini о‗tkazish va h.k.) amalga oshiriladi.
Bolalar kompyuterdan mustaqil foydalangan hollarda (bilvosita dialog) 15 daqiqadan keyingi relaksatsiya davri 5 soatdan bir sutkagacha chо‗ziladi.
Dissertant tomonidan bolalarning bilimlarini baholash tamoyillari va mezoni ishlab chiqildi. Bolalarning bilimlari test savollari orqali aniqlanib, uch balli tizimdan foydalanildi. Multime-diali kompyuter mashg‗ulotlarini amalga oshirishda, tayyor yoki tarbiyachilarning о‗zlari tayyorlagan va Internetdan olingan multimedia vositalaridan foydalanish tavsiya etildi.
MTMlarda kompyuterli ta‘limni amalga oshirishda bolalarning kompyuter savodxonligini shakllantirish zarurligi kо‗rsatildi.

III bob. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida mashg„ulotlar jarayonida kompyuter slaydlaridan foydalanishning tajriba sinov natijalari


  1. Tajriba-sinov ishlariii tashkiliy-tayyorgarlik bosqichlari va о„tkazish metodikasi

Tajriba-sinov ishlarini о‗tkazish mstodikasi. Tajriba-siiov ishlari tuzilgan dastur asosida olib borildi. Dasturda tajriba-sinov ishlarining umumiy tavsifi va mazmuni yoritilgan. Tajriba-sinov ishlari ilmiy-tadqiqot ishining ilmiy farazini, tadqiqot rejalarini, ishlab chiqilgan mashgulot о‗tkazish metodikasini asosli va samarali ekanligini tasdiqlashga, shuningdek, multimediali kompyuterli ta‘lim sharoitida uning mazmuni, shakli, metodi va multimedia vositalarining о‗zaro boglanishlari oqibatida mashg‗ulot samaradorligini aniqlash va yangi natijalar olish uchun tashkil etilgan.
Maqsadi. MTMlarida multimediali kompyuterli ta‘lim jarayonini va MTM tarbiyalanuvchilari shaxsiii rivojlantirishning samarali pedagogik- nsixologik shart-sharoitlarni aniqlash va tanlangan MTMlarda sinovdan о‗tkazishdan iborat. Sinovdan о‗tkazish aniq о‗lchanadigan mezonlar va kо‗rsatkichlarga asosan amalga oshirildi. О‗tkaziladigan tajriba-sinov ishlarida yangi natijalar olish tarbiyalanuvchilarni maktabning birinchi sinfiga ma‘lum bir darajada tayyorgarlik bilan borishlarini ta‘minlashga qaratildi.
Vazifalari. Tajriba-sinov ishlarining vazifalariga dissertatsiyaning kirish kismida bayon etilgan ilmiy-tadqikot ishining ilmiy farazini, ishlab chiqilgan multimediali kompyuterli mashg‗ulotlarning о‗tkazish metodikasini, bolalarping kompyuterdan foydalana olish darajasini va himoyaga tavsiya etilayotgai asosiy holatlarni tajribada sinab kо‗rish orqali ularning haqqoniylik darajasini aniqlashdan, shuningdek, pedagogik tajribalardan olingan natijalar asosida MTM tarbiyachi (pedagog)lariga metodik tavsiyalar berishdai iborag.
Tajriba-sinov ishlarining nshchi farazi quyidagicha. Agar: pedagogik eksperement о‗tkazish dasturi aniq tuzilsa; tanlangan MTM tarbiyachilariiiig ma‘lumotlari va MTMlarning texnik ta‘minoti talab darajasida bо‗lsa;
MTMlarda tashkiliy shart-sharoitlar yaratilgan bо‗lsa; о‗tkaziladigan mashgulotlarni ishchi farazi tо‗la ishlab chikilgan bо‗lsa;
MTMlari multimediali didaktik vositalar bilan ta‘minlangan bо‗lsa; tarbiyachi (pedagog)lar va tarbiyalanuvchilarning kompyuter
savodxonliklari shakllantirilgan bо‗lsa;

  • tarbiyachi (pedagog)lar multimediaviy kompyuterli mashgulotlar bо‗yicha metodik qо‗llanma bilan ta‘minlangan bо‗lsa, u holda tajriba- sinov ishlari muvaffakiyatli о‗tadi.

Pedagogik tajriba-sinov ishlari davomida о‗tkaziladigan mashg‗ulotlarning samarador bо‗lishi monitor ekranida namoyish etiladigan multimediali ma‘lumotlarni qabul qilish aniqligiga, topshiriqlar tо‗la va diqqat bilan bajarilishiga, monitor ekranidan olinadigan multimediali ta‘lim materialiga va bolalarni kompyuterda ishlashga bо‗lgan qiziqishlariga, monitor ekranida namoyish etiladigan materialni tushunarli bо‗lishiga, о‗rganiladigan multimediali materiallarni bolalar yoshiga mos tanlanishiga bog‗liq.
Tajriba-sinov ishlarida namuna tarqasidagi mashg‗ulotlar quyidagi mavzular bо‗yicha о‗tkaziladi:

  • Bosh A harfini о‗rganish;

  • 5 sonigacha kо‗shish va ayirish amallarini о‗rganish;

  • uchburchak, tо‗rtburchak, kvadrat va doira shakllarini о‗rganish;

  • ijobiy ekologik ta‘sirlarni о‗rganish;

  • shakllarni ustma-ust qо‗yish kompyuterli ta‘limiy о‗yinlarini о‗tkazish.

Tajriba-sinov ishlari dastlab tashkiliy-tayyorgarlik ishlarini,
jumladan, reja tuzish, bosqichlarning mazmuni va tajriba obyektlarini aniqlash, tajriba о‗tkazish, uning natijalarini matematik-statistik tahlil etish tartibida amalga oshirildi. Quyida shular tо‗grisida sо‗z yuritiladi.
Sinov maydonlarida tanlangan MTMlari kompyuterlar bilan ta‘minlangan bо‗lib, kompyuterli mashgulotlarni amalga oshirishda sharoitga egadirlar. Ushbu MTMlarda tarbiyachi-pedagoglardan mashg‗ulot о‗tkazish uchun kompyuter bilan muloqotda bо‗lish (kompyuterda ishlash)ni bilganlari tanlandi.
Tajriba-sinov ishlarini, jumladan, mashg‗ulotlarni boshlashdan oldin sinov ishlarining maqsadi tо‗g‗risida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar bilan suhbat о‗tkazildi hamda tarbiyachi (pedagog)larga anketa tarqatildi [13]. Tajriba guruhi tarbiyalanuvchilaridan multimediali kompyuterli mashg‗ulot yoki odatdagi an‘anaviy mashgulotlardan kaysi birlari qiziqarli ekanligi sо‗rab aniqlanadi. Shuni qayd etish kerakki, tajriba guruhiga boshqa mavzular odatdagi an‘anaviy usulda о‗tildi.
Nazorat va tajriba guruhlarida bitta mavzu, masalan, ―5 sonigacha qо‗shish va ayirish amallarini о‗rganish‖ nazorat guruhida-an‘anaviy, tajriba guruhlarida multimediali kompyuter usuli (multimedia texnologiyasi) asosida о‗tkazildi va ularda tarbiyalanuvchilarning bilim darajalari aniqlanib solishtirildi.
Mashg‗ulotni shunday tashkil etish kerakki, tarbiyalanuvchi monitor ekranida kо‗rayotgan materialni faqat tashqi jihatigagina emas, balki uni tushunib, tasavvur etilishiga erishish lozim. Tarbiyachi buni oldindan tarbiyalanuvchilarga eslatib kо‗yadi. Tajriba-sinov ishlari davomida о‗tkaziladigan multimediali kompyuterli mashgulotlarning samaradorligi tarbiyalanuvchi (bola)larning ta‘lim materialini ikki xil metodika asosidagi о‗tkazilgan mashg‗ulotlardagi о‗zlashtirish darajalarining farqi orqali aniqlandi.
Tajriba-sinov ishlarini qayd etish maqsadida tajriba va nazorat guruhlari tarbiyachi-(pedagog)lariga maxsus nusxadagi qaydnoma berildi.
Qaydnomada tarbiyalanuvchilarning olgan baholari kayd etib borildi. Ushbu baholardan taklif etilgan metodika va an‘anaviy metodika bilan о‗tilgan mashgulotlar bо‗yicha olingan natijalarni statistik tahlil etishda foydalanildi.
Bundan tashqari, tarbiyachi(pedagog)larga kompyuterli mashgulot tо‗g‗risida ularning fikrlarini aniqlash maqsadida savolnoma-anketalar tarqatildi. Tajriba guruhlari tarbiyalanuvchilaridan esa qaysi usulda о‗tkazilgan mashg‗ulot qiziqarli va tushunarli bо‗lishini sо‗rovlar natijasida aniqlandi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, tajriba guruhi tarbiyalanuvchilari 6-8 ta multimediali kompyuterli mashg‗ulotlarda tegishli materiallarni tajriba tarikasida о‗rgandilar. Boshqa materiallar esa odatdagi an‘anaviy usulda о‗rganildi. Shuning uchun ular multimediali kompyuterli usul bilan odatdagi usullarni farqlay oldilar.
Tajriba-sinov ishlarini boshlashdan oldin, tanlangan MTMlarining tarbiyachi-pedagoglariga tajriba-sinov ishlarining maksadi va vazifalari tushungirildi va multimediali kompyuterli mashgulotlar о‗tkazish bо‗yicha kо‗rsatmalar va uslubiy tavsiyalar berildi. Tajriba-sinov ishlarini о‗tkazish jarayonida mashgulotlar tajriba va nazorat guruhlarida parallel о‗tkazildi. Ayrim hollarda esa turli davrlarda о‗tkazildi.
Multimediali kompyuter ta‘limida (multimedia texnologiyasi) tarbiyalanuvchilarning bilim darajalari test savollari orqali uch balli tizimda aniqlandi. Bunda uch ball ―a‘lo‖ bahoni, ikki ball ―yaxshi‖ bahoni, bir ball
―qoniqarli‖ bahoni bildiradi.
Dissertant tomonidan kompyuterli mashg‗ulotlarni amalga oshirish uchun har bir mashg‗ulotga mos multimedia vositasi ishlab chiqildi va har bir tajriba maktabgacha ta‘lim muassasasining garbiyachilari multimedia vositasi bilan ga‘minlandilar, hamda kо‗llash tartibi; ya‘ni multimediali vositalar komnyuter xotirasiga joylashtirilishi va zarur vaqgda undan foydalanishi tushuntirildi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish