Tarbiyachi ushbu kompyuterli ta‘limiy о‗yinni о‗tkazish uchun ham dastlab о‗yin maqsadi, tartibi, vazifasini tarbiyalanuvchilarga yetkazadi.
О‗yinning maqsadi: bolalarda bosh harflarni farqlash va «Sichqoncha»dan foydalanish malakasini hosil qilish.
О‗yin tartibi: Rasmda keltirilgan meva va poliz mahsulotlarining bosh harflarini topish va rasmlar ustiga bosh harflarni joylashtirish.
Vazifa: о‗yinni kim tezroq bajarish.
G‗olibni aniqlash: о‗yinga navbat bilan uchta tarbiyalanuvchi jalb etiladi, ular birma–bir kompyuter oldida о‗tirib, о‗yinni bajaradilar. Tarbiyachi har bir tarbiyalanuvchining о‗yinni tо‗liq bajargan vaqtini aniqlab boradi. Uchtasidan kim qisqa vaqt mobaynida о‗yinni bajargan bо‗lsa, u g‗olib deb topilib, baholanadi va rag‗batlantiriladi.
О‗yinning borishi: tarbiyachi kompyuterni ishga tushiradi va monitor ekranida kompyuter xotirasiga kiritilgan olma, anor, tarvо‗z va qovun rasmlarini hamda ular о‗rtasida joylashgan turli xil bosh harflar aks ettirilgan multimediali slaydni ekranga chiqaradi.
Tarbiyachi: bolalar ekranda nimalarning rasmlarini kо‗rayapsizlar? Bolalar: olma, anor, tarvо‗z va qovunni kо‗rayapmiz.
Tarbiyachi: ularning о‗rtasida nimalar joylashtirilgan? Bolalar: turli xil bosh harflar joylashtirilgan.
Tarbiyachi: endi, rasmlar ustiga olma, anor,tarvо‗z va qovunlarning birinchi bosh harfini joylashtirish о‗yinini boshlaymiz.
Tarbiyachi: bolalar, vazifa rasmlardagi meva va poliz mahsulotlari ustiga harflarni joylashtirish. Kim tezroq harflarni rasmlar ustiga joylashtirib chiqsa, u о‗yin g‗olibi bо‗ladi va ―Sichqoncha‖ bilan ishlashni yana bir marta takrorlaydi. Sо‗ngra, tarbiyachi Axmadbekka о‗yinni boshlash haqida topshiriq beradi.
Axmadbek: oldin qaysi harflarni qaysi rasmga joylashtirish kerakligini о‗ylab kо‗radi va O, A, T, Q harflari deydi.
Tarbiyachi: ―Sichqoncha‖dan foydalanishni yana bir marta takrorlaydi va boshla deb vaqtni belgilaydi. Axmadbekni bajarayotgan ishini boshqa tarbiyalanuvchilar kuzatib turadilar.
Axmadbek: rasmlar ustida harflarni joylashtirib, mana bajardim deydi.
Tarbiyachi: shu zahoti vaqtni belgilab, Axmadbek vazifani qancha vaqtda bajarganligini aniqlaydi.
Tarbiyachi: endi navbat Alibekga, uni kompyuter oldiga о‗tkazadi va Alibek Axmadbek bajargan о‗yinni kо‗rib turding, sen ham shu о‗yinni boshla deydi.
Alibek olma, anor va tarvо‗z va qovunlarni nomini aytib, ularga taalluqli bosh harflarni joylashtiradi, bu jarayonni boshqa tarbiyalanuvchilar va tarbiyachi kuzatib turadi. Alibek о‗yinni bajarib bо‗lishi bilan, tarbiyachi vazifa bajarishga ketgan vaqtni belgilaydi.
Tarbiyachi: о‗yin navbati Valibekga, - deb, kompyuter oldiga Valibek-ni о‗tkazadi va vaqtni belgilaydi.
Tarbiyachi: Valibekni о‗yinni bajarishga safrlagan vaqtni aniqlab, natijani e‘lon qiladi ( Axmadbek 2 daqiqada, Alibek 2.5 daqiqada, Valibek 3 daqiqada bajardi) deydi.
Tarbiyachi: Axmadbek о‗yinni tezroq bajargani uchun, о‗yin g‗olibi bо‗ldi, shuning uchun, u uch ball bilan baholanadi (―a‘lo‖ baho), - deb, kompyuter oldiga yangi uchta tarbiyalanuvchini taklif etadi va о‗yin shu tariqa davom etadi.
Uchinchi о‗yin. Elementar kompyuterli “Svetafor-labirint” о„yini.
Do'stlaringiz bilan baham: |