1- mashg„ulot: Mavzu: ―5 sonigacha qо‗shish va ayirish amallarini о‗rganish‖ (30 daqiqa – har biri 15 daqiqali ikkita bosqich).
5 sonigacha qо‗shish va ayirish amallarini о‗rganish bо‗yicha mashg‗ulotning texnologik haritasi 5 - ilovada berilgan.
Quyida 5 sonigacha qо‗shish va ayirish amallarini о‗rganishga bag‗ishlangan va birinchi mashg‗ulotda foydalanishga mо‗ljallangan ikkita multimediali lavhani keltiramiz.
I.
+ =
1 + 2 = 3
II.
- =
5 - 2 = 3
Ushbu taqdimotda archalarga animatsiya samaralar berish orqali ular monitor ekranida harakatlanib, birin-ketin chiqib kelaveradi, ranglari jilolanib turadi, tarbiyachi-pedagog qо‗shish va ayirish amalini tushuntirib, materialni sharhlab boradi. Raqamlarning monitor ekranidagi kо‗rinishi о‗zgarib turadi, ya‘ni multimediali samara hosil qilinadi.
Mashg„ulotning borishi:
Tarbiyachi: monitor ekraniga archalarni chiqarib, Alibekdan nimalarni kо‗rayotganini sо‗raydi.
Alibek: qator archalarni kо‗rayapman, -deydi Tarbiyachi: yuqori qatorda nechta archa bor? Alibek: sanaydi, bir, ikki, uch, tо‗rt, besh, olti-oltita.
Tarbiyachi: Alibek ayt-chi, bitta archaga ikkita archa qо‗shilsa, jami nechta archa hosil bо‗ladi.
Alibek: sanab uchta, deydi.
Tarbiyachi: ekranda bu qanday ifodalangan?
Alibek: birinchi archadan keyin + ishorasi, keyin ikkita archa, sо‗ngra = tenglik belgisi, tenglik belgisidan keyin uchta archa joylashgan.
Tarbiyachi: demak, sonlarni qо‗shishni buyumlar bilan ham ifoda etish mumkin.
Tarbiyachi: archalar ostidagi raqamlar nimani bildiradi?
Alibek: bitta archaga ikkita archani qо‗shganda hosil bо‗ladigan yig‗indini bildiradi, ya‘ni 1+2=3
Tarbiyachi: Valibek aytchi, pastki qatorda nechta archa bor? Valibek: sanaydi. Bir, ikki, uch,...,о‗nta
Tarbiyachi: Valibek, aytchi oying senga beshta konfet bersa, undan ikkitasini ukangga bersang, о‗zingda nechta qoladi?
Valibek: о‗zimda uchta qoladi.
Tarbiyachi: о‗yingdagi archalarning beshtasidan ikkitasini qо‗shniga berilsa, о‗zingda nechta archa qoladi?
Valibek: о‗zimizda uchta archa qoladi.
Tarbiyachi: shu aytganlaring pastki qatorda qanday ifodalangan.
Valibek: beshta archadan keyin ayirish belgisi (-), undan keyin ikkita archa, sо‗ngra tenglik belgisi (=), oxirida yana uchta archa joylashtirilgan.
Tarbiyachi: aytganlaring sonlar bilan qanday belgilangan? Valibek: ekranda 5-2=3 ni kо‗rsatadi.
Shundan sо‗ng, tarbiyachi javob berishda qatnashgan bolalarning bilimini baholab, boshqa tarbiyalanuvchilar bilan savol-javob о‗tkazadi.
Mashg‗ulotning asosiy 15 daqiqali bosqichidan sо‗ng dam olish bosqichi (15- 20 daqiqali oraliq bosqich) boshlanadi.
Bu bosqichda tarbiyachi bolalar dam olishlari uchun ―о‗rin almashtirish‖ о‗yinini о‗tkazadi (1,2,3,4,5 raqamlar va +, -, = belgilar qog‗ozda tayyorlanib, qistirgich yordamida tarbiyalanuvchilarning kо‗kraklariga taqiladi va ularni bir qatorga tizib, 3 soni hosil qilinadi hamda archa tо‗g‗risidagi she‘rlar aytiladi).
She‘r aytib bо‗lingach, tarbiyachi tarbiyalanuvchilarning olgan bilimlarini sinash uchun quyidagi sxema bо‗yicha ―О‗rinni tо‗ldir‖ о‗yinini о‗tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |