Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Bolalarga elementar matematik bilimlarni berish



Download 1,23 Mb.
bet22/34
Sana05.06.2023
Hajmi1,23 Mb.
#948917
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
slayd

Bolalarga elementar matematik bilimlarni berish


MTM tarbiyalanuvchilarida elementar matematik tushunchalarni shakllantirish borasida taniqli matematiklar ilmiy asoslangan metodik tizimlar yaratganlar. Bunday olimlar qatoriga I.A.Markushevich, S.I.Shvarsburd, B.V.Gnedenko va boshqa olimlarni kiritish mumkin. I.A.Markushevich tarbiyalanuvchilarning kо‗nikmalari bо‗yicha metodologik dastur beradi,
S.I.Shvarsburd bir necha komponentlarga ajratgan holda matematik tushunchalarni shakllantirish metodikasini beradi. B.V.Gnedenko о‗z ishlarida matematik qobiliyatlarning ikki xil: ―Oddiy, о‗rta qobiliyat‖ va ―о‗rtadan yuqori bо‗lgan qobiliyat‖ kabi darajalarini ajratib kо‗rsatadi, shuningdek, matematikani о‗rgatishda tarbiyaviy choralarning qator omillarini kiritadi [44].
MTMlarining tarbiyalanuvchilarida elementar matematik tushuncha-larni shakllantirish masalasi bо‗yicha A.A.Stolyar [11], A.V.Beloshistaya [19], Z.I.Kalmikova [54] va boshqalar ham ilmiy-tadqiqot olib borishgan.
Bu borada Respublikamiz olimlari va metodistlari ham bir qator metodik qо‗llanmalar chop ettirgan. Masalan, M.YE.Jumayev ―Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi‖[44], N.U.Bikbayeva va boshqalar, ―Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish‖ [18] kabi qо‗llanmalarida bolalarda matematik bilimlarni an‘anaviy usulda shakllantirish masalalari yoritib berilgan. Z.A.Raxmonqulova va N.Qurbonovalar matematik tasavvurlarni shakllantirish bо‗yicha mashg‗ulotlar ishlanmasini tavsiya etganlar [90].
N.U.Bikbayevaning qо‗llanmasida 6-7 yoshli bolalarga elementar matematik tushuncha berish bо‗yicha dastavval о‗rgatish metodini, sо‗ngra 72 soatga mо‗ljallangan mashg‗ulotlarning ishlanmasini bergan. M.YE.Jumayevning qо‗llanmasida, asosan, bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish-ning metodikasi va mashg‗ulotlardan namunalar berilgan.
Tayyorlov guruhi о‗quv dasturida geometrik shakllar kо‗rinishini о‗zgartirish, bir xil shakllardan boshqa xil shakllar tuzish nazarda tо‗tilgan. Tarbiyachi bolalarga о‗z ixtiyorlaridagi shakllarni olishni, ularni shakl bо‗yicha taqsimlab, qanday atalishini va qanday kattalikda ekanini aytishni taklif qiladi, sо‗ngra qandaydir ikki ëki uchta shakl olib, ularni birlashtirish yо‗li bilan yangi shakl tuzish mumkinligini о‗ylab kо‗rish topshiriladi. Bolalar shakllarni tuzganidan keyin, qanday shakllar hosil bо‗lganini gapirib berish taklif qilinadi.
MTMlarida multimedia texnologiyasi asosida tarbiyalanuvchilarga elementar matematik bilim berishda analogiya usulidan foydalanish samarali natija beradi.
Ayniqsa sonlar, buyumlar, obyektlar, masofalarning katta-kichikligi, past- balandligi, qisqa-uzunligi, kо‗p-kamligi va hokazolarni о‗rganishda qо‗l keladi. Qо‗yida analogiya metodidan foydalanilgan bir nechta misol keltiramiz.
Monitor ekraniga uchta qizil rangli va ikkita kо‗k rangli shar chiqariladi. Tarbiyachi bolalardan ekranda nimalarni kо‗rayapsiz deb sо‗raydi. Bolalar
―sharlarni‖, - deb javob beradilar. Tarbiyachi yana savol beradi. Qizil ranglilari nechta, kо‗k ranglilar nechta deb sо‗raydi.
Bolalar sanab chiqib, ―qizil ranglilari uchta (3)‖, ―kо‗k ranglilari ikkita (2)‖ deb javob beradi. Tarbiyachi yana savol beradi. Qaysi ranglilari kо‗p va nechtaga? Bolalar, ―qizil ranglilar kо‗k ranglilarga qaraganda bitta ortiq (kо‗p)‖ deb javob beradilar.
Tarbiyachi katta va kichik belgilari tо‗g‗risida tushuncha beradi va ekranga >
- katta, < - kichik belgisini chiqaradi. Yuqoridagi aytilganlarni ―Sichqoncha‖ yordamida 3 > 2 shaklida yozib kо‗rsatadi.
Shundan keyin, tarbiyalanuvchilardan tenglik belgisi bо‗lishi uchun nima qilish kerak deb sо‗raydi. Tarbiyalanuvchilar ikkita kо‗k sharlarga, yana bitta kо‗k shar qо‗shish kerak deydi va shunda qizil sharlar bilan kо‗k sharlar teng bо‗ladi. Tarbiyachi buni ekranda 3=3 shaklida yozib kо‗rsatadi. Sо‗ngra tarbiyachi har uch nafar tarbiyalanuvchiga navbatma-navbat kо‗rsatilgan vazifalarni mustaqil bajarishni topshiradi.
Quyida multimedia texnologiyasi (kompyuterli ta‘lim)ga asoslan-gan elementar matematik bilim berish bо‗yicha bir necha namunaviy mashg‗u-lotlarni qо‗rib chiqamiz.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish