O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
«KIMYOVIY TEXNOLOGIYA» fakulteti
«KIMYOVIY TEXNOLOGIYA»
kafedrasi
“Neft va gaz qayta ishlash texnologiyasi”
fanidan
Laboratoriya mashg‘ulotlarining bajarilishi bo‘yicha
Bajardi:
____-___NvaNGQIT talabasi________________________
Qabul qildi:
____________________________
(imzo)
JIZZAX - 2022
2
LАBОRАTОRIYA MАSHG’ULОTLАRI
Labaratoriya ishlarini bajarishda ishlatiladigan asboblar bo’yicha umumiy
ko’rsatmalar va kimyoviy labaratoriyalarda ishlash texnika xavfsizligi qoidalari
1.1. Laboratoriyada ishlash qoidalari
Kimyodan laboratoriya ishlarini boshlashdan oldin talaba ayni laboratoriyada ishlash uchun
ishlab chiqilgan xavfsizlik texnikasi bilan tanishib chiqishi va maxsus jurnalga imzo qo‘yishi lozim.
Talaba semestr mobaynida laboratoriya ishlarini tushunib bajargandagina
ijobiy natijaga
erishadi. Shuning uchun har bir laboratoriya ishining mazmuni, adabiyot va ma’ruza mavzulari
bilan tanishib chiqqan talabagagina laboratoriya ishlarini bajarishga ruxsat beriladi.
1.2. Asosiy qoidalar
Kimyoviy laboratoriyada ishlashda amal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy qoidalar:
Asosiy qoida- kimyo laboratoriyasidagi barcha tajribalarni oq xalat kiygan holda bajarish;
1.
Ishning asosiy maqsadi aniq bo‘lmasdan, tajribani o‘tkazish uchun lozim bo‘lgan idishlar,
asbob- uskunalar, reaktivlar tayyor bo‘lmasdan
tajribani boshlamaslik;
2.
Tajribani o‘tkazishda ko‘rsatilgan tartib va ketma-ketlikni aniq bajarish;
3.
Ayni tajriba uchun ko‘rsatilgan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
4.
Ayni laboratoriya ishlari uchun tayyorlangan reaktivlardangina foydalanish.
Umumiy qo‘llanadigan
reaktivlarni, konsentrlangan kislota va ishqorlarni ish joylariga
olib ketmaslik;
5.
Reaktivlarni ishlatishdan oldin uni ayni tajriba uchun ishlatish mumkinligini idishdagi
yozuvga qarab aniqlash; agar idishda yozuv bo‘lmasa o‘qitivchining
ruxsatisiz
ishlatmaslik;
6.
Ayni tajriba uchun reaktiv miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa undan imkoniyati boricha kamroq
ishlatish;
7.
Ortiqcha olingan reaktivni qaytarib o‘z idishiga quymaslik va uning uchun ajratilgan
maxsus idishga quyish;
8.
Reaktiv olingan zahotiyoq uning idishining qopqog‘ini yopib, o‘z o‘rniga qo‘yish;
9.
Quruq
reaktivlarni forfor, metall yoki shisha qoshiqchalarda olish va ishlatilgandan so‘ng
qoshiqchalarni filtr qog‘oz bilan tozalab qo‘yish;
10.
Agar reaktiv pipetka yordamida olingan bo‘lsa, uni boshqa ishdishdagi reaktivni olish uchun
ishlatmaslik;
11.
Laboratoriya ishini bajarishda tinchlik va tartibni saqlash;
12.
Tajribaning sodir bo‘lishini va barcha o‘zgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatish; kuzatilgan
tajriba natijalarini va reaksiya tenglamalarini tajriba tugashi bilanoq
laboratoriya daftariga
yozib qo‘yish;
13.
Laboratoriya daftarida ish o‘tkazilgan kun, mavzuning nomi, tajribaning nomi, uning
qisqacha mazmuni, asbob - uskunaning sxemasi yoki rasmi, kuzatish
natijalari, reaksiya
tenglamalari, hisoblashlar va xulosalar ko‘rsatilishi kerak;
14.
Laboratoriya ishi tugagandan so‘ng talaba ishlatgan kimyoviy idishlarini yuvib,
ish joyini
tartibga solib, laborantga topshirishi kerak.