Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,23 Mb.
bet14/34
Sana05.06.2023
Hajmi1,23 Mb.
#948917
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
slayd

Pedagogik jixatlari. Kompyuterli didaktik о‗yinlarning pedagogik jixatlaridan biri ularning ta‘limiyligidir. Tarbiyalanuvchi о‗yin davomida bir vaqtning о‗zida ham о‗yinda ishtirok etadi, ham ma‘lum bir darajada ta‘lim oladi. Ayrim о‗yinlarda bilimlar mashklar orqali namoyish qilinadi. Masalan, shakllarni ustma-ust kuyish о‗yinida, birinchidan, о‗yin vazifasi bо‗yicha bola shakllarni ustma-ust kuyish natijasida kanday shakl xosil bulishini topsa, ikkinchidan, tarbiyachining topshirigi bо‗yicha shakllar sonini sanab berishni, shakllar kanday kо‗rinishda ekanligini va ularning nomlarini aytishni, ranglarni ajratib berish vazifalarini bajaradi (ta‘limiy jixati). Bundan tashkari, tarbiyalanuvchi ―Sichqoncha"dan foydalanib kompyuterda ishlash malakasini xosil qiladi va kompyuter savodxonligini oshiradi.
Sxemadan kо‗rinib turibdiki, tarbiyachi dastlab о‗yin obyekta (turi va yunalishi)ni tanlaydi, sо‗ngra о‗yin qoidalarini, sharglarini va vazifalarini aniqlaydi. Navbagdagi ish о‗yinning mazmunini va kanday maksadda amalga oshirilishi, ta‘limiy va rivojlantiruvchi jixatlarini belgilashdan iborat. Shundan keyin, о‗yin о‗tkazilib, natijalar taxlil etiladi va о‗yin goliblari aniqlanadi. Kompyuterli о‗yinlar va mashklar asosan tarbiyachining nazorati ostida о‗tkaziladi.
Demak, kompyuter va uning xotirasidagi ta‘limiy о‗yinlar birgalikda, multimedia texnologiyasi (kompyuterli ta‘lim)ning о‗yinlar bо‗yicha asosiy didaktik vositasi xisoblanadi. Kompyuter xotirasidagi о‗yinlardan tashkari qо‗shimcha didaktik о‗yinlar tayyorlash mumkin. Buning uchun maxsus dasturlardan (Power Point va Macromedia Flash) foydalaniladi.
Kompyuterli ta‘limiy va rivojlantiruvchi о‗yinlarning afzalliklari va pedagogik jixatlaridan yana biri - tarbiyalanuvchilar tomonidan har 15 daqiqadan sо‗ng, relaksatsiya vaqtini о‗ta, о‗ynalishi lozimligidir. Bolalar kompyuterdan foydalanishni о‗rganib olganlaridan sо‗ng, bunday о‗yinlardan mustakil ravishda foydalanishlari mumkin.
Psixologik jixatlari. MTMlarining turli gurux tarbiyalanuvchilari kompyuterni va kompyuter о‗yinlarini turlicha kabul qilishlari mumkin. Masalan, kichik gurux tarbiyalanuvchilari shaxsiy kompioterlar va ularning kurilmalarini kimmatbaxo va katta о‗yinchok deb kabul qilishlari mumkin. Uning ―Sichqoncha‖sini xakikiy Sichqoncha, monitor ekranini esa televizor ekrani bilan takkoslay oladilar. Psixologik nukgai nazardan, kompyuter (monitor) ekranidagi multimediali tasvirlar yosh bolalarda xis-tuyguni shakllantiradi. Yosh bolalar turli xil buyumlarga, kurilmalar va transport vositalarining modellariga juda qiziquvchan bо‗lganliklari uchun kompioterning psixologik ga‘siri buyumlarga Karaganda kuchlirok bо‗ladi.
Kompyuter о‗yinlari yosh bolalarga dinamik (jonli) ravishda psixologik ta‘sir etadi. Didaktik о‗yinlar jarayonida psixik bilish jarayonlarining takomillashuvi yuz beradi, ya‘ni bolalar buyumlarning soni, katta-kichikligi, shakli, xajmi, ranglarini idrok qila boshlaydi. Kompyuter о‗yinlarining psixologik ta‘siri ayniksa, passiv tarbiyalanuvchilarga sezilarli bо‗ladi. Ular birinchi muvaffakiyatli о‗yindan keyin faollashib topshirikni mustakil bajarishga kirishib ketadilar.
Dastlabki tadkikot natijalari, MTMlarida kompyuter о‗yinlarini oddiydan bonllash lozimligini, sо‗ngra esa tarbiyalanuvchilarda malaka va qiziqish osha borishi bilan о‗yinlar murakkablashtirib borilishi zarurligini kо‗rsatdi. Bunda kobiliyatli bolalar kompioterda mustakil ishlash (о‗ynash) darajasiga erishadilar. Masalan, ‘‘Svetofor-labirint‖ о‗yini о‗rta gurux bolalariga muljallangan bulib, oddiy kompyuter о‗yinlari turiga kiradi. Quyonchaning kup tusiklar (ovchi, bо‗ri, daryo, odamlar va x.k.)ni chetlab, о‗z о‗yiga borishi murakkab kompyuterli labirint о‗yiniga kiradi.
Kompyuter о‗yinlari tarbiyalanuvchi (bola)larni о‗rganiladigan materialga va о‗yin mazmuniga diqqatlarini jalb qilishda samarali vosita xisoblanadi.
Psixolog N.Boymurodovning [26] ta‘kidlashicha, materialni muvaffakiyatli о‗zlashtirishda, avvalo, diqqat kuchi belgilanadi, ba‘zi tarbiyalanuvchilarning urtokdaridan orqada kolib ketishi, ularning akl- idrok yoki xotirasi zaifligidan emas, balki diqqati bushligidan kelib chikadi. Kompyuter о‗yinlari esa barcha bolalarning diqqatining о‗ziga turgun jalb qiladi. N.Boymurodov yosh bolalarning idroki tо‗g‗risida quyidagilarni yozgan: ‘‘Maktabgacha yoshdagi bolaning xayotida о‗yin xukmronlik qiladi va о‗yin tufayli bolaning idroki ham rivojlanadi, chunki bola о‗yinga alokasi bо‗lgan buyumga kuprok e‘tibor berib karaydi va о‗z о‗yinida atrofdagi xayotni aks ettiradi. О‗yin, rasm chizish va shunga о‗xshash mashgulotlar tufayli bolada kuzata bilish kobiliyati ham rivojlanadi‖ .
Darxakikat, kompyuter о‗yinlarida tarbiyalanuvchilarning idroki va kuzata bilish kobiliyati rivojlanib, tarakkiy eta boshlaydi. Idrok etishning bir nechta turi bulib, shulardan harakatni idrok etish turi kompyuter о‗yinlarida ham namoyon bulib, kuprok jangarilik о‗yinlarida kuzatiladi. Bu xolda kompyuter ekranida uk (snaryad)ning harakati, nishonga tegishi, portlash jarayonini kurish mumkin. Avtopoyga о‗yinlari ham idrokning harakat turiga kiradi.
Kompyuterli ta‘limiy va rivojlantiruvchi о‗yinlarda ham idrokning harakat turi uchratiladi. Masalan, ‘‘shakllarni ustma-ust kuyish‖, ―bush о‗rinni tuldir‖,
―svetoforlabirint‖ о‗yinlarida kompyuter (monitor) ekranida obyektlar harakatlanadi. Idrok etish jarayonining faol kо‗rinishlaridan biri kuzatishdir. Kompyuterli о‗yinlarni tarbiyalanuvchilar ekranda kuzatadilar. Ammo о‗yinni bajarish kul harakati asosida amalga oshiriladi, ya‘ni ―Sichqoncha‖ va klaviaturadan
foydalaniladi.
Yosh bolalar tevarak-atrofga, vokea va xodisalarga, narsa va buyumlarga qiziquvchan bо‗ladi. Hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga keltirib kurishni yoktiradilar. Kompyuter о‗yinlari tarbiyalanuvchilarning ushbu qiziquvchanlik xususiyatini oshiradi. Natijada, ularning akliy rivojlanishi shakllana boradi.
Multimediali kompyuter о‗yinlari tarbiyalanuvchilarning qiziquv- chanlik xususiyatini oshirishi quyidagilar asosida nomoyon bо‗ladi:
1) Ekranda kо‗rsatiladigan о‗yin obyektiga animatsiya samarasi berilgan bulishi va ular doimiy ravishda harakatlanib, jilolanib turishida; 2) tovushda; 3) musikada;

  1. animatsiyada; 5) multifikatsiyada va sh.k.

О‗yin davomidagi ushbu ―kompyuterli‖ psixologik-pedagogik tasirlar yosh bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina kolmasdan, balki bil im olishga bо‗lgan ishtiyokini ham oshiradi.

    1. Download 1,23 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish