Pedagogik jixatlari. Pedagogika nuqtai iazaridan, multimedia
texnologiyasining MTMlari ta‘lim-tarbiya jarayoniga tatbigi, ularga kompyuter asosida yangicha texnologik yondashuv xisoblanadi. Shuning uchun, multimediali kompyuter texnologiyasining о‗ziga xos belgilari, xususiyatlari va tamoyillari mavjud: asosiy belgilari - texnik vositalardan foydalanish, tarbiyalanuvchilarning bilimini aniqlash mezonlarini ishlab chikish, ta‘lim samaradorligini oshirish, monitor ekraniga karab va undagi materiallar dan foydalanib bilim olishdan iborat. Multimediali kompyuter texnologiyasidan ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanish bir vaqtning о‗zida bolalarning kompyuter savodxonligini shakllanishiga ham olib keladi.
Masalan, an‘anaviy ta‘lim texnologiyasida kompyuter faqat texnik vosita sifatida karaladi, multimediali kompyuter texnologiyasida esa u kо‗rgazmali vositadan tashkari ―ta‘lim manbai‖ sifatida mujassamlanadi, ya‘ni о‗rganiladigan material oldindan kompyuter xotirasiga kiritilgan bо‗ladi. Ushbu material tarbiyachining an‘anaviy metod bilan mashgulot о‗tkazish bо‗yicha tuzgan ishlanmasiga uxshaydi.
MTM tarbiyalanuvchilari monitor ekranida namoyish etiladigan materiallarni о‗rgana borsalar va kompioterdan foydalanish bо‗yicha yetarlicha kunikma xosil qilsalar, maktabda boshlag‗ich sinfda informatika fanini о‗rganishga, kelajakda esa litsey yoki oliy о‗quv yurtida kompyuterdan foydalana olish malakasiga tulik ega bо‗ladilar. Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish jarayonida mantikiy tafakkurlari rivojlanadi, bilim olishga xavaslari va ishtiyoklari ortadi, dunyokarashlari shakllanadi.
Psixologik jixatlari. Bolalarning yoshini va fikrlash darajasini, ta‘lim materialini xotirasida saklash imkoniyatini xisobga olish, kompyuter bilan ishlaganda kо‗z tolikishining oldini olish, bolalarning xotirasini rivojlantirish, diqqatini barkarorlashtirish, ta‘lim materiallariga qiziqishini orttirish, xis-xayajonli xissiyot uyg‗otish, kompyuterda ishlash kobiliyatini ustirish kabilar ham multimedia texnologiyasini ta‘limda kullanishning psixologik jixatlarini tashkil etadi [92]. Monitor ekranida tasvirni kо‗rganda hamda tovushni eshitayotganda bola miyasining ikkala yarim shari bir vakgda ishlaydi va obyekt obrazi bir vaqtda kabul kilib olinadi.
Animatsiyali ma‘lumotlarning insonga ta‘siri katta bulib, undan MTMlari ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanish bolalar diqqatini kuprok jalb qilish xususiyatiga ega. Multimediali ta‘lim bir vaqtning о‗zida ham kurish. ham eshitish orqali bil im olish uchun samarali ekanligi xayotiy tajribada allakachon isbotlangan. Zero, xalkimizda ―yuz marta eshitgandan, bir marta kо‗rgan yaxshi‖ degan makol bor. Psixologiyada ham bir vaqtning о‗zida bolaning ham kurish, ham eshitish organlaridan foydalanish orqali bilim berish, ular tomonidan materiallarni о‗zlashtirishning yukori bulishi uchun kafolatli ekanligi ta‘kidlanadi. Bu borada akademik S.S.Gulomov va boshkalar quyidagilarni ta‘kidlaydi: ―Agar о‗quvchilar berilayotgan materiallarni kurish (video) asosida kabul qilsa, axborotning xotirada saklab kolinishi 25-30 % ga oshadi. Bunga qо‗shimcha sifatida о‗quv material lari audio, video va grafika kо‗rinishida mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni xotirada saklab kolish 75 % ga ortadi ‖ [119].
Psixologlarning ta‘kidlashicha, bolalar asbob-uskunalarga, texnik kurilma va transport vositalarining modellariga, о‗yinchoklarga juda qiziquvchan bо‗ladi. Shu bilan birgalikda, о‗rganilayotgan о‗quv materialiga bо‗lgan qiziqishlarini ham orttiradi. Bolalarning' bilim olishlarga ishtiyoklari kuchayadi, fikrlash doiralari oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |