о„ziga xos xususiyatlari
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi pedagogika fanining muhim soxasi bulib, tarbiyaning yosh bilan boglik bо‗lgan jixatlarini ochib beradi. Shu bilan birga, maktabgacha tarbiya pedagogikasi maxsus va yosh pedagogikasi bilan umumiy ilmiy-nazariy asoslarga ega. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi ma‘lum bir darajada MTMlarning ta‘lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishga karatilgan bulib, olimlar, pedagoglar, tadkikotchilarning ishlari natijasida shakllandi.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasining ilmiy-nazariy asoslari va tarbiyaviy
(jismoniy, akliy, axdokiy, mexnat, estetik) jix,atlari bо‗yicha olimlar, amaliyotchilar, pedagoglar о‗z fikrlarini bayon etishgan. Bu borada Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Al-Xorazmiy, shuningdek, xorijlik pedagoglardan Y.A.Komenskiy, L.S.Vigotskiy, A.P.Usova, I.Y.Lerner, M.N.Skatkin va boshkalarning ishlari e‘tiborga loyikdir. Bolalar psixologiyasiga oid ma‘lumotlar L.F.Obuxova tomonidan bayon etilgan [79]. Xozirgi kunda maktabgacha tarbiya pedagogikasining rivojlanishida P.Yusupova [12], F.R.Kddirova [18] larning ham xissasi katta.
Maktabgacha ta‘lim didaktikasi - umumiy didaktikaning bir soxasi bulib, maktabgacha yoshdagi bolalar ta‘limi va о‗qitish nazariyasi xisoblanadi, uning maksadini belgilaydi, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni maktabga tayyorlashni ta‘minlovchi ta‘limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ishlab chikadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim va tarbiya berish bilish nazariyasiga asoslanadi, jumladan, uning ―jonli mushoxadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga‖ degan konunini MTMlarining kompyuterli ta‘lim jarayoniga ham kullash mumkin. Jonli mushoxada MTM tarbiyalanuvchilariga namoyish qilinadigan vositalarga didaktik materiallar, harflar, rasmlar, chizmalar kabilarni kiritish mumkin. Ulardan ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanish bolalarga turlicha psixologik ta‘sir kо‗rsatadi. Masalan, kogozda yozilgan yoki kartondan kesib tayyorlangan ―A‖ harfi tarbiyalanuvchilarga kо‗rsatilsa (statik xolat), ularga ma‘lum bir psixologik ta‘sir etadi, monitor ekranida animatsiyadan foydalanilgan, multimedia texnologiyasi asosida ―A‖ harfi kо‗rsatilsa (dinamik xolat), tarbiyalanuvchilarga boshkacha psixologik ta‘sir etadi. Shuningdek, bolalarga kogozda chizilgan archa rasmi kо‗rsatilsa (statik xolat), ularga oddiy psixologik ta‘sir etadi, agar monitor ekranida animatsiya bilan berilgan (harakatlangan va jilolanib turgan) multimediali rasm kо‗rsatilsa, ularga boshkacha psixologik ta‘sir (samara) etadi.
Tarbiyalanuvchi monitor ekranida kо‗rgan (kuzatgan) obyektlari tо‗g‗risida ma‘lum bir fikr yurita boshlaydi. Yosh bolalarning elementar matematik tushunchalar bо‗yicha fikrlashini shakllantirish masalalari kupgina metodik
adabiyotlarda, qо‗llanmalarda taxlil etilgan. Masalan, M.Jumayev va L.S.Vigotskiylar fikrlashning rivojlanish muammosini о‗rganib, dastlab matematik tushunchalarni shakllantirishni ilgari suradilar. Bunda, ular bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish uchun eng kulay sharoitlarni topish lozimligini ta‘kidlaydilar. L.S.Vigotskiy fikricha, bola tasavvо‗rining rivojlanishi bilimlarni о‗zlashtirish jarayonisiz utmaydi, faqat о‗quv axborotlar tuplami (bilish, bilim) bolalarning fikrlashini harakatlantiradi va rivojlantiradi [44].
MTMlarida yuqoridagi fikrdan kelib chiqib, bilish asoslaridan biri bо‗lgan
―jonli kuzatish‖ yosh bolalarning fikrlashini rivojlantirishga olib keladi. Masalan, multimediali slaydlarda predmetlar turli (biri oq, biri kizil, biri yashil) ranglarda beriladi. Yosh bolalar
monitor ekranida ularni kurishi bilanok - ranglar tо‗g‗risida fikr yurita boshlaydilar.
3. I.Kalmikova [54] fikricha, ―bolada matematik tushunchalarni shakllantirishning eng ishonchli kо‗rsatgichi - uning ta‘limiyligi, ta‘limiylikning asosi, uning asosiy tashkil etuvchisi - ta‘limiylikning boshka parametrlarini yukori darajada aniqlab beradigan fikriy faoliyatning umumlashtirilishidir‖. L.S.Vigodskiy va Z.I.Kalmikova fikrlari an‘anaviy usulda ta‘lim berishdagi umumiy о‗quv jarayoniga tegishlidir.
Bola bilish nazariyasining ―abstrakt tafakkur‖ bosqichida monitor ekranida kо‗rgan materiallariga e‘tibor karatadi, muloxdza yurita boshlaydi va fikrlaydi.
―Jonli kuzatish‖, ―abstrakt tafakkur‖dan keyingi bosqich ―amaliyotga tatbik etish‖dan iborat. Kompyuterli ta‘limni amaliyotga tatbik etish, MTM tarbiyalanuvchilari tomonidan о‗rganiladigan materiallarni kompioterda bajartirilishi hamda texnika va ishlab chiqarishda tatbig‗i asosida amalga oshiriladi.
Multimediali kompyuter texnologiyasi MTMlari ta‘lim-tarbiya jarayoniga tatbik etilayotganligiga kup vaqt bulmaganligi sababli xozirgi kunda uning pedagogik- psixologik jixatlari, tamoyillari va о‗ziga xos xususiyatlarini taxlil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |