Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,23 Mb.
bet16/34
Sana05.06.2023
Hajmi1,23 Mb.
#948917
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
slayd

I bob bо„yicha xulosa


Multimedia texnologiyasi tadkikot obyekti sifatida о‗rganilib, informatika va axborot texnologiyasi nazariyasi asosida uning atamasi, mazmuni, multimedia texnologiyasining tashkil etuvchilari, uning shakllanish bosqichlari tadkik etildi va MTMlarining ta‘lim jarayoniga tatbiki natijasida sezilarli samara berishi bо‗yicha ijobiy xulosaga kelindi.
Multimedia texnologiyasining turli soxalarda, jumladan, ta‘lim tizimida kullanilishi yoritib berildi. Multimediali ta‘lim manbalari - elektron darsliklar, metodik qо‗llanmalar, ishlanmalar, taqdimotlar, slaydlar, Internet va masofali ta‘lim ashyolari va ulardan foydalanish bо‗yicha ma‘lumotlar bayon etildi.
Multimedia texnologiyasini ta‘lim soxdsiga tatbik etish uchun uning pedagogik asoslarini ishlab chikish zarurligini e‘tiborga olinib, dissertatsiya ishida multimedia texnologiyasining maktabgacha yoshdagi bolalar varianta ishlab chikildi, uning texnologik jarayoni yoritib berildi, komponentlari asoslandi.
Multimedia texnologiyasidan MTMlarining ta‘lim jarayonida foydalanish uchun, uning pedagogik-psixologik jixdtlari, tamoyillari va о‗ziga xos xususiyatlarini ishlab chikish zarurligi asoslab berildi, jumladan, MTMlarida ta‘lim jarayoni bilish nazariyasi asosida talkin etildi, shuningdek, MTMlarda multimediali ta‘lim jarayonini tashkil etish algoritmi berildi. Kompyuterli ta‘limiy va an‘anaviy о‗yinlarning nazariy masalalari hamda kompyuterli о‗yinlar tо‗g‗risida respondentlarning fikrlari keltirildi.

II bob. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida mashg„ulotlar jarayonida kompyuter slaydlaridan foydalanishning metodik asoslari


1. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida mashgulot shakllari, mashgulot mazmuni, metodlari, va metodikasi
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida multimedia texnologiyasiga asoslangan kompyuterli ta‘limning asosiy maqsadlaridan birinchisi bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlashdan iborat. Shuning uchun mashg‗ulot shakli, mazmuni, о‗tkazish metodikasi va baho mezonini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, ba‘zi MTMlar kompyuterlar bilan ta‘minlangan bо‗lsa-da, ulardan ta‘lim jarayonida foydalanish metodikasi ishlab chiqilmaganligi sababli qimmatbaho
―о‗yinchoq‖ sifatida turibdi. Shuning uchun, MTMlari sharoitida kompyuterdan ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yuqorida ta‘kidlanganidek, mashg‗ulot mobaynida multimedia texnologiyasidan foydalanilganda u yoki bu materialni о‗rganishda vaqtni tejash hisobiga ta‘lim mazmuni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi.
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida an‘anaviy usulda ta‘lim-tarbiya berishning shakli, mazmuni, metodi va metodikasi kо‗pgina adabiyotlarda va jurnal sahifalarida bayon etilgan. Jumladan, ushbu masala P.Yusupovaning
―Maktabgacha tarbiya pedagogikasi‖ [21] va boshqa manbalarda keng yoritib berilgan. P.Yusupova ta‘lim shakli tо‗g‗risida quyidagilarni yozadi: ―Ta‘lim shakli deganda, ta‘lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma‘lum bir vaqtda о‗tkaziladi‖ [21] .
V.I.Loginova, P.G.Samorukovalar [62] MTMlarida turli mashg‗ulotlar tashkil etish va о‗tkazish bо‗yicha keng ma‘lumot berganlar, jumladan, mashg‗ulot MTMlarida ta‘lim jarayonining yetakchi shakli ekanligi, uning
mazmuni va tuzilishi, uni tashkil etish, boshlanishi, borishi, yakuni va boshqalar yoritilgan. Bolalarning bilimlarini test usulida baholash metodikasini S.Abdullayeva ishlab chiqqan.
Adabiyotlarda, MTM ta‘lim metodlari bо‗yicha ham qator fikrlar bildirilgan. Metod – ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchilarning maqsadli ta‘lim-tarbiya
vazifalarni hal etishga yо‗naltirilgan о‗zaro bog‗liq faoliyatlarining izchil usullar tizimidir.
Y.K.Babanskiy fikricha, bilim, kо‗nikma va malakalarni о‗zlashtirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bosqichda ta‘lim mazmuni va samaradorligi tegishli metodlar guruhi bilan ta‘minlanadi. Tafakkurning yetakchi shakllari rivojlanib, tarkib topishi amaliy va nazariy ta‘lim-tarbiya berish faoliyatida amalga oshiriladi.
A.K.Matveyeva ta‘limning kо‗rgazmali metodlari va usullariga qaratilgan ishida bolalarning kuzatish kо‗nikmasiga ilk yoshda va kichik maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab о‗rgatish lozimligini ta‘kidlaydi. Quyida dissertant tomonidan ishlab chiqilgan va MTMlari uchun mо‗ljallangan multimediali kompyuterli ta‘limning shakli, mazmuni, metodi, metodikasi va baho mezoni bayon etiladi.
MTMlarining maktabga tayyorlov guruhlarida multimedia texno-logiyasidan foydalanish, asosan, uch tomonlama amalga oshiriladi:

  1. kompyuter va uning dasturlari yordamida didaktik vositalar (slayd, taqdimot, elektron ishlanma, qо‗llanma va h.z.) tayyorlanadi hamda Internet va masofali ta‘lim ashyolaridan foydalaniladi.

  2. kompyuter ishtirokida bevosita dialog metodi asosida bolalarga yangi material о‗rgatiladi.

Shuni ta‘kidlash kerakki, 6-7 yoshli bola talaba va о‗quvchilar kabi kompyuterda mustaqil ishlashga qodir emaslar. Shuning uchun, MTMlarida yangi materialni о‗rganishda bevosita dialog metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu holda kompyuter didaktik vosita manbai rolini о‗ynaydi.

  1. Bilvosita dialog – virtual axborot (ta‘lim) muhitida kompyuter bilan dialog asosida multimedia texnologiyasi amalga oshiriladi. Bunda bolalar tomonidan material mustaqil о‗rganiladi, о‗tilgan material mustaqil takrorlanadi, mashqlar mustaqil bajariladi, multimediali kompyuter о‗yinlar mustaqil amalga oshiriladi va bola mashqlarni, kompyuter qо‗ygan vazifalarni, о‗yinlarni takror-takror bajarib,

qо‗yilgan mashg‗ulot maqsadiga erisha oladi. Bu holda multimedia texnologiyasidan foydalanilganda kompyuter ta‘lim manbai rolini о‗ynaydi.12
Mashg‗ulot shakli. MTMlarining maktabga tayyorlov guruhlarida multimedia texnologiyasidan foydalanishning asosiy va yetakchi shakli mashg‗ulotdir. Mashg‗ulotlar Davlat talablari asosida belgilangan dasturlar, yо‗nalishlar, taqsimlangan soatlar va shular asosida tarbiyachi (yoki pedagog) tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan rejalari asosida olib boriladi (8-ilova).
MTMlarda mashg‗ulotlar yangi materialni о‗rgatishga (yoki mustahkamlashga) qaratilgan, tekshiruvchi-sinovchi, majmuaviy ―sayohat‖ yoki
―ekskursiya‖ va kompyuterli о‗yin shakllariga bо‗linadi.
MTMlarida о‗tkaziladigan mashg‗ulotlar maktabga tayyorlov guruhlarida kompyuterdan foydalanib о‗tkazilishni hisobga olib, 30 daqiqaga mо‗ljallanadi va asosiy uchta bosqichda о‗tkaziladi. Birinchi bosqich 15 daqiqa davom etadi. Bu vaqt davomida tarbiyalanuvchilarga asosiy ma‘lumot beriladi.
Birinchi bosqich tugagach (15 daqiqadan sо‗ng) tarbiyalanuvchilarning kompyuterlardan foydalanishlari 15 daqiqadan oshmasligini hisobga olib, 15-20 daqiqali oraliq (dam olish bosqich)i о‗tkaziladi. Ushbu 15-20 daqiqali oraliqda о‗rganiladigan material bо‗yicha qiziqarli о‗yinlar о‗tkaziladi, she‘rlar, ashulalar aytiladi, rasm chizdiriladi, A harfini yoki 1 raqamini qog‗ozda yozish о‗rgatiladi. Sо‗ngra mashg‗ulotning uchinchi bosqichi boshlanadi. Bu bosqichning davomiyligi ham 15 daqiqadan iborat bо‗ladi. Bu bosqichda, asosan, birinchi bosqichda о‗rganilgan materiallar mustahkam-lanadi, tarbiyalanuvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish davom etadi va ularning bilimi baholanadi. Agar, birinchi bosqichda rejalashtirilgan materiallarning tо‗la о‗rganilishi ulgurilmasa, u 3-bosqichda davom ettirilishi mumkin.
Mashg‗ulotlarning kompyuterli ―Sayohat ― va ―Ekskursiya‖ shakli. Bu shaklda tarbiyachi ekologiya (atrof-muhitni muhofaza qilish)ga oid materiallarni
12 Белошистая А.В. Математическое развитие ребёнка в системе дошкольного и начального образования. Автореф. дисс. ... докт. пед. наук. -М.: 2004. -43с.
о‗rganilayotganda bolalarni о‗simlik dunyosi va uy hayvonlari bilan tanishtirishda, bolalarni sayohatga olib chiqishi shart emas. Buning uchun kompyuter xotirasi va Internet ashyolaridagi mavzuga tegishli materiallarni birin-ketin kо‗rsatishi va izohlashi lozim. Material kompyuterda yoki Internetda bо‗lmasa, bolalar dalaga sayohatga olib chiqiladi.
Mashg‗ulotning о‗yin shakli. Bolalarga kompyuterli ta‘limiy о‗yinlar orqali ham bilim berish mumkin, masalan ―Kim birinchi topadi?‖ о‗yinida ekrandagi turli tartibda joylashtirilgan rangli tasvirdagi sonlardan qaysi bir katta, qaysi biri kichikligini aniqlash, ekrandagi rangi о‗xshash predmetlardan qaysi biri katta, qaysi biri kichikligini aniqlash, shuningdek, rasmlardan keraklisini topish kabi topshiriqlar bajariladi.
Yangi materialni multimediali kompyuter asosida о‗rganishdagi mashg‗ulotning algoritmi:

  1. Tarbiyachi(pedagog) bolalarni kompyuter rо‗parasiga joylashtiradi.

  2. Kompyuter xotirasiga joylashtirilgan materiallarni monitor ekraniga chiqaradi.

  3. Bolalarning diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi.

  4. Tarbiyachi va bolalar о‗rtasida dialog (savol-javob) boshlanadi.

  5. Bolalar tarbiyachi (pedagog) bergan topshiriqni mustaqil bajaradi.

  6. О‗rganilgan material mustahkamlanadi.

  7. Bolalarning mashg‗ulot davomida olgan bilimi baholanadi.

  8. О‗rganilgan material bо‗yicha uyga topshiriq beriladi.

Mashg‗ulot mazmuni. Multimedia texnologiyasidan foydalanib о‗tkaziladigan mashg‗ulotlar kompyuter texnologiyasiga asoslanadi. Shuning uchun, multimedia texnologiyasiga asoslangan mashg‗ulotlarni kompyuter mashg‗uloti deb ham atash mumkin. Kompyuterli mashg‗ulotlarning aksariyati birlashgan mashg‗ulotlar shaklida о‗tkaziladi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, mashg‗ulot mobaynida tarbiyalanuv- chilarning kompyuter oldida 15 daqiqadan ortiq о‗tirishi mumkin emasligi e‘tiborga olinishi kerak. Kezi kelganda shuni ta‘kidlash kerakki, ―Maktabgacha yoshdagi bolalar
ta‘lim–tarbiyasiga qо‗yilgan Davlat talablari‖da ham bolaning kompyuterda shug‗ullanishi 15-20 daqiqa etib belgilangan. 15 daqiqaga rejalashtirilgan material о‗tib bо‗lingach, 15-20 daqiqali oraliq (dam olish) bosqichi о‗tkaziladi.13
Ushbu oraliq (dam olish) bosqichida tarbiyalanuvchilarning toliqishini hisobga olib, kompyutersiz amalga oshiriladigan mashg‗ulot о‗tkaziladi. Kompyutersiz о‗tkaziladigan ushbu oraliq mashg‗ulotlarda, mavzuga tegishli og‗zaki savol-javoblar, topishmoqlar, turli mazmundagi о‗yinlar, amaliy tadbirlar (masalan, qaychi bilan harflar qirqish, qog‗ozda 5 gacha raqamlarni yozishga о‗rgatish) о‗tkaziladi. Shuningdek, she‘r, ashula aytiladi va jismoniy mashqlar bajariladi. Jumladan, kо‗z toliqishini bartaraf etuvchi kо‗z gimnastikasi – bir necha daqiqa davomida kо‗zni ochib yumish, xonaning burchaklariga navbatma-navbat nazar tashlash kiradi. Oraliq bosqichdan sо‗ng yana 15 daqiqali asosiy mashg‗ulot davom ettiriladi. Shunday qilib, MTMlaridagi kompyuterli mashg‗ulotlar, oraliq bosqichdagi materiallar bilan birga birlashgan mashg‗ulotlar sirasiga kiradi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish