Qidir
Qaychi
Qaychi — turli materiallarni kesish (qirqish) uchun ishlatiladigan asbob. Dastlabki Q. bir-biriga
egiluvchan yoysimon metall plastina bilan biriktirilgan ikki pichokdan iborat boʻlgan, hozirgi
Q.larga oʻxshash (sharnirli biriktirilgan 2 pichoqdan iborat) Q. miloddan avvalgi 8-asrda Yaqin
Sharqda yaratilgan va asta-sekin takomillashtirib borilgan. Hunarmandchilik (kosibchilik,
tikuvchilik, tunukasozlik, bogʻdorchilik va boshqalar kasblar) rivojlangan sari Q.ning turi ham
koʻpaya borgan (chevarlar Q.si, tok Q, tunuka Q. va boshqalar). Sanoat rivojlana boshlagach (18-
asr 60-yillaridan boshlab), mexanik Q.lar paydo boʻddi. Keyinchalik (19-asr 30—40 yillari) elektr
Q.lar yaratildi. Hozir Q.ning dastaki, mexanik va elektr turlari mavjud.
Dastaki Q. bilan mato, qogʻoz va boshqalar materiallar kesiladi. Uning roʻzgʻorda, chilangarlikda
(1rasm), tunuka qirqishda, tikuvchilikda, tibbiyotda va boshqalar maqsadlarda ishlatiladigan
xillari bor. Mexanik Q. turli materiallarni qirqish uchun moʻljallangan Q.li qurilmalar, disksimon
hamda toʻgʻri pichoqlari boʻlgan muqim (statsionar) va koʻchma qurilmalardan iborat. Bularga
stul va richagli qurilmalar kiradi (2rasm). Stul qurilma dastaki Q.dan yuqori dastasining uzunligi
(400–800 mm), pastki dastasi toʻgʻri burchak ostida egilib, uchi oʻtkirligi bilan farq qiladi. Ular
bilan 2–3 mm gacha qalinlikdagi metallar kesiladi. Richagli qurilma ikkita choʻyan stoyak va
stoldan iborat. Stolga yon tomonidan qoʻzgʻalmas pichoq biriktirilgan, richagga ustki pichoq
mahkamlangan. Kesiladigan list planka bilan richagga qisiladi. Richagli qurilma bilan 2–3 mm
gacha qalinlikda va 1050 mm uzunlikdagi metall listlar kesiladi.
List va polosa materiallar, trubalar, shakldor prokat profilli trubalar va boshqalar materiallar
kuchliroq elektr Q.lar bilan kesiladi. Bular ish organlarining tuzilishiga qarab, gilotin (parallel),
alligator (richagli), diskli va boshqalarga boʻlinadi. Ular yordamida 60 mm gacha qalinlikdagi
poʻlat listlarni, 170 mm gacha diametrli doira prokatlarni kesish mumkin.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Qaychi
&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Qaychi&oldid=2388037
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |