149
Manbaa:
@pharma_baza
glyukoza eritmasida vena ichiga yuboriladi. Metil spirtining metabolizmi sekinlashadi, bu
toksik ta‘sirni rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.
Alkogoll ichimliklari tarkibida boʻlgan etil spirtini muntazam istemol qilish bilan
qoʻzgʻalish (intoksikatsiya) bosqichi tez rivojlanib boradi, bu oʻz harakatlariga tanqidiy
munosabat, fikrlash va xotiraning buzilishi bilan tavsiflanadi.
Etil spirti issiqlik regulyatsiyasiga sezilarli ta‘sir koʻrsatadi. Mastlik paytida terining qon
tomirlari kengayishi tufayli issiqlik tarqalishi kuchayadi (sub'ektiv ravishda, bu issiqlik hissi
sifatida qabul qilinadi) va tana harorati pasayadi. Past haroratli sharoitda mast boʻlgan
shaxslar tetik turgan shaхslarga nisbatan tezroq muzlaydilar.
Etil spirtining dozasi oshishi bilan qoʻzgʻalish bosqichi ,markaziy asab tizimiga salbiy ta‘sir ,
harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi, chalkashlik, soʻngra ongni yoʻqotish bilan
almashtiriladi. Nafas olish va vazomotor markazlarga salbiy ta‘sir , nafas olishning
zaiflashishi va qon bosimining pasayishi belgilari yuzaga keladi. Kuchli etil spirtl bilan
zaharlanish, hayotiy markazlarning falaji tufayli oʻlimga olib kelishi mumkin.
Etil spirti (alkogol) bilan oʻtkir zaharlanish markaziy asab tizimining chuqur zararlanishi
belgilari bilan tavsiflanadi. Jiddiy alkogol zaharlanishida ongni toʻliq yoʻqotish va
sezgirlikning har xil turlari, mushaklarning boʻshashishi va reflekslarni bostirish sodir
boʻladi. Hayotiy funktsiyalarni zaralanishi alomatlari mavjud - nafas olish va yurak faoliyati,
qon bosimining pasayishi.
Spirtli ichimliklar bilan zaharlanishda birinchi yordamda, birinchi navbatda, spirtni
soʻrilishini oldini olish uchun zond orqali oshqozonni yuvish qoʻllaniladi. Spirtli
ichimliklarni inaktivatsiyasini tezlashtirish uchun tomir ichiga 20% glyukoza eritmasi
yuboriladi va metabolik atsidozni tuzatish uchun 4% natriy gidrokarbonat eritmasi
ishlatiladi. Chuqur komada etil spirtini tanadan chiqarilishini tezlashtirish uchun majburiy
diurez usuli boʻlgan gemodializ qoʻllaniladi.
Alkogolli ichimliklarni muntazam ravishda iste'mol qilish alkogol bilan surunkali
zaharlanishi (alkogolizm) rivojlanadi. Markaziy asab tizimining, qon aylanish tizimining
funksiyalarida, nafas olishda va ovqat hazm qilishda turli xil buzilishlari bilan namoyon
qiladi. Shunday qilib, alkogolizmda: xotira, intellekt, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini
pasayishi, va kayfiyatning beqarorligi yuzaga keladi. Alkogolizm asosida koʻpincha ruhiy
kasalliklar (alkogolli psixozlar) paydo boʻladi. Homiladorlik paytida spirtli ichimliklarni
iste'mol qilish ―xomilalik alkogol sindromi‖ rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu tashqi
koʻrinish (peshonaning pastligi, keng koʻzlar, bosh suyagi aylanasini kichiklashishi) bilan
tavsiflanadi, keyinchalik bu bolalar aqliy va jismoniy rivojlanishda sustkashlik, asotsial xatti-
harakatlar.
Spirtli ichimliklarni muntazam ravishda iste'mol qilishini keskin toʻxtatilganda, taxminan 8
soatdan soʻng, abstinetsiya simptomi rivojlanadi - tremor, koʻngil aynish, terlash va
keyinchalik klonik tirishish va gallyutsinatsiyalar boʻlishi mumkin. Ogʻir holatlarda delirium
tremens (―belaya goryachka-oq istmalash‖) atamasi bilan belgilanadigan holat rivojlanadi:
chalkashlik, qoʻzgʻalish, tajovuzkorlik, ogʻir gallyutsinatsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: