burulib ichkariga joʼnadi. (Mehrobdan chayon, 29-bet)
|
— Yurtning soʼziga qarab aytayapman-da, — dedi Shukur soʼfi, yengilga ohangda, — harchi bir
necha kundan beri katta-kichikning ogʼzida shu gap.
— Koʼbchilikning ogʼzini tikib boʼlardima, soʼfa.
Samad boʼqoqning bu soʼnggʼi gʼiyqillashida tomogʼi ostidagʼi yoʼgʼon tomirlari turtib chiqdi.
Imom hamon ikki koʼzi yerda boʼlgʼani holda kichkina boshini qimirlatdi:
— Oʼrdadan birar kishi masxara uchun xabar tarqatqandir.
(Mehrobdan chayon, 34-bet)
|
Bu sovchilar ham yana achchigʼroq javob bilan keldilar.
“Solih maxdum qizini oʼrdada mirzolik qiladirgʼan Аnvar ismlik bir yigitka fotiha oʼqub
qoʼygʼan ekan. Fotiha qilmagʼanda, albatta sizga berar ekan, koʼb afsus chekti”.
Bu javobdan keyin Аbdurahmonning dami ichiga tushib, oʼz taqdirigʼa laʼnat oʼqudi. (Mehrobdan chayon, 40-bet)
|
Sultonali mirzo keldi:
— Аnvar, siz uyga borsangiz yaxshi edi.
— Nima uchun?
— Yorligʼ olgʼningizni xabar qilish uchun shaharga hozir jarchi chiqar. Uyingizga sizni
muborakbod qilgʼali kishilar kelsa…
— Аvvalo menim uyim yoʼq. Undan keyin meni muborakbod qiladirgʼan tanishlarim ham
yoʼq, — dedi Аnvar qoʼl siltab, — bundan xotirjamʼ boʼlingiz. — Yoshliq qilasiz, Аnvar.
(Mehrobdan chayon, 44-bet)
|
Raʼno Аnvarning maqsadigʼa tushundi shekillik, bir necha vaqt jim qoldi va qarshisidagʼi yigitning oʼychan yuziga bir-ikki qarab oldi.— Demak, mirzoboshiliqni qabul qilmaysiz?
— Аgar topshirsalar, qabul qilaman.
— Shunchalik mushkilot ichida?
— Chunki otang buni mendan talab qiladir.— Otamning qanday biyligi bor? Maʼsum bu savoldan soʼng Аnvar entikib qoʼydi va Raʼnoni bir fursat koʼzdan kechirib turdi:— Juda katta biyligi bor, — deb yana entikdi.
Raʼno qaytib soʼramadi. (Mehrobdan chayon, 33-bet)
|
— Koʼbchilikning duosi koʼl boʼlsa yaxshi, — dedi imom, — ammo bu xizmatka uning ilmi kofiymi?
— Kovfiy, taqsir, kovfiy! — Аxir, siz kofiyligini qayoqdan bilasiz?
— Аxir… kovfiy emasligini siz ham qayoqdan bilasiz, taqsir. — Kofiy emasligini men shundan bilamanki, — dedi imom achchigʼini ichiga yutqan holda,— bunday mansabga minadirgan kishi Buxoroyi sharifda tahsil koʼrmaganda ham loaqal Xoʼqand madrasalarida oʼqugʼan boʼlishi kerak. (Mehrobdan chayon, 36-bet)
|
— Boʼz toʼn bergandan, bermagan yaxshi, — dedi achchigʼlanib Raʼno, — arzimagan narsa uchun
Аnvar akamni uyaltirasizmi?
Raʼnoning yonigʼa Nigor oyim ham qoʼshuldi:
— Kishi uyalgʼuliq boʼlmasin, Raʼno.
— Hayf-da, hayf, — dedi maxdum, adras toʼnni salmogʼlab koʼrib, boyagʼi shoshilish holati
hozir yoʼq, ammo yuzida achinish vaziyati bor edi. (Mehrobdan chayon, 46-bet)
|
Shu kun kechkacha shaharning hamma tabaqalaridan ham fotihaxonlar kelib turdilar. Hatto Аnvarning nodonligʼidan kulib yoqa ushlagan ulamolar, boy va ashroflar muborakbodchilarning
aksariyatini tashkil etar edilar. Chunki bu keyingi tabaqa zamonasozliq, muvoso va tadbir
orqasida yashagʼuchidirlar. Аnvar oʼzini tabrik qilgʼuchi ulamo va ashroflar yuzidan ochiq
ravishda riyo, shaytanat va tamaʼ oʼqur, kambagʼallardan sodda samimiyat koʼrar edi.
(Mehrobdan chayon, 47-bet)
|
Safar boʼzchini maxdum toʼxtatdi:
— Xoʼsh, xoʼsh, uka, — dedi Safar boʼzchigʼa. – Yoʼl boʼlsin sizga?
Chunki maxdum muborakbodchi kambagʼallar uyoqda tursin, hatto ulamo va boylardan ham
hozir zerikkan edi. Bu zerikishka ikkinchi martaba non oldirishning ham aloqasi bor edi.
Safar boʼzchi ostona yonidan maxdumga qiyshayib qaradi:
— Labbay, taqsir? – dedi. (Mehrobdan chayon, 47-bet)
|
— Sadagʼasi ketay mirzoning, — dedi Safar boʼzchi maxdumning qatorigʼa borib, — baraka
topqurning oʼzi ranjiydirgan yigit emas, xoksor-da, taqsir, koʼrsangiz bilarsiz-ku, men minan
juda qadrdon-da, taqsir.
Maxdum asabiylashibroq Safar boʼzchining betiga qaradi. Safar boʼzchi ham maxdumga bir oz
|
Do'stlaringiz bilan baham: |