koʼzlari bilan Аnvarga ohista bosh koʼtarib qaradi… (Mehrobdan chayon, 55-bet)
|
Raʼno yozuvni Аnvarning oldigʼa tashlab, qizargʼan va kulimsiragan holatda chopib gullar
yonigʼa ketdi. Аnvar javobni oʼqub zavqlandi:
— Ofarin, Raʼno, lekin biravning ustidan ortiqcharoq mubolagʼa qilibsan.
Raʼno gullar yonidan Аnvarga jiddiy qaradi:
— Siz ham mubolagʼa qilgʼan edingiz. (Mehrobdan chayon, 56-bet)
|
Raʼno Аnvarning qarshisigʼa oʼlturdi. Oʼlturishi bilan kuchlik shamol yurib boshidagʼI roʼymolini uchurdi va olib borib Аnvarning betiga yopti.
— Xa-xa-xa, shamol sizdan oʼchimni oldi. Qani, gapuring.
— Аnvar roʼymolni qisimigʼa oldi.
(Mehrobdan chayon, 58-bet)
|
... Аgar yanglishmasam, ikkimizning bir-birimizga muomalalarimiz samimiy va yuraklarimiz tepishi hamohangdir. Yoki yanglish soʼzladimmi, Raʼno?
Raʼnoning yerga qaragʼan koʼzi sekingina Аnvarga koʼtarilib, yana yerga ogʼdi. (Mehrobdan chayon, 58-bet)
|
— Sen eshitdingmi, yoʼqmi, bilmadim, ular ikkimizni juftlashdirmakchi boʼlib, bu kun mendan kishi orqaliq toʼy vaqtini belgilashni soʼratqan edilar, men ertaga javob bermakchi
boʼldim... Seni bu yerda tutishim ham sen bilan kengashib, ertaga shuning javobini ularga aytishdir... Nega yerga qaraysan, Raʼno? Raʼno boshini koʼtarib kulimsidi va yuzini chetka oʼgirdi...
(Mehrobdan chayon, 59-bet)
|
Xotin haram darbozasi yonigʼa yetib, ostonaga qadam bosqan chogʼida boʼsagʼadagʼi yigit “vish”
etdirib qilichini qinidan sugʼurdi.
— Toʼxtangʼ!
Xotin toʼxtadi va yigitka qarab betidagi chashmbandini qiya ochti. Yigitning jiddiyati kulimsirashka mubaddal boʼlib, havodagi qilichini qaytarib gʼilofigʼa soldi. Xotin yuzini
ochqan koʼyi ichkariga yurdi. Oʼttuz besh yoshlarda koʼringan bu goʼzal xotin haram xodimalaridan
Gulshanbonu edi.
(Mehrobdan chayon, 63-bet)
|
— Oldimgʼa hech kim kirmasin, — dedi Ogʼacha oyim. — Eshikni yopib chiq.
Ular chiqgʼach, Ogʼacha oyim Gulshanni oʼz yaqinigʼa chaqirib, joynamozdan koʼrpachaga surilib
oʼlturdi, takror — "yaqinroq keling, Gulshan", deb taklif qildi. Ogʼacha oyimning birar muhim soʼzi borligʼini sezgan Gulshanbonu qoʼl qovishtirib, oyimning yaqinigʼa borib tiz choʼkti.
(Mehrobdan chayon, 66-bet)
|
— Аssalomu alaykum... Sogʼmilar, shahzodam, — dedi Gulshan koʼlini koʼkragiga qoʼyib,
bolagʼa bukilinqiragʼan holatda.
Shahzoda javobsiz kulimsirab, Gulshanga bir oz qarab turdi-da, ichkariga kirib ketdi.
Gulshan kafshandozda oyogʼini yeshib, gilamga chiqdi. (Mehrobdan chayon, 64-bet)
|
Gulshan ogʼacha oyimning maqsadigʼa tushunmagandek bir oz oʼylanib turdi:
— Muddaolariga choʼringiz tushunmadim, oyi xonim.
— Tushunmagan boʼlsangiz, — dedi Ogʼacha, — mundan soʼng haramga xotin va kaniz
keltirilmasin, deyman.
Gulshan boshini quyi soldi. Chamasi, Ogʼacha oyimning taklifi unga yoqmagʼansumon edi.
Darhaqiqat, ogʼizdagʼi oshni oldirish har kim uchun ham bir xil emasdir.
(Mehrobdan chayon, 67-bet)
|
Ogʼacha oyim Gulshanning koʼziga ancha tikilib qoldi. Lekin Gulshan koʼzini undan qochirib
|
Do'stlaringiz bilan baham: |