Uyalib, boshini chaqaloqning bagʼrigʼa tiqib oldi



Download 218 Kb.
bet20/20
Sana06.02.2022
Hajmi218 Kb.
#433333
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
mehrobdan chayon tarqatma

bilan oʼrnidan turib beshik yonigʼa keldi. Tebratkan bilan bola tiyila bermagach, uni yigʼlagʼan
koʼyi tashlab, havliga tushti va narigi ayvonda yumish qilib oʼlturgʼuchi onasigʼa "emizing!" deb
asabiy hayqirdi, oʼzi yoʼlak tomongʼa qarab oʼtdi. (Mehrobdan chayon, 119-bet)

Tanisalaringaz kerak, oʼrgulay, men mirzo Sultonalining koʼchlari boʼlaman... Kitobsiz zerikdim, uyda bir kitobim bor edi, deb boya — erta bilan shu qogʼozni beribtilar, aylanay...
Xotindan bu soʼzni eshitib Nigor oyim achinish va uyalish vaziyatiga kirdi. Tanchadan nariroqda tik turgʼan Raʼno Nigor oyimdan qizgʼangʼandek, kelib xotinning qoʼlidagʼi buklangan
qogʼozni oldi.
(Mehrobdan chayon, 119-bet)

— Qizi qalay?
Ruzvon afsus qilgandek, boshini ikki yelkasiga irgʼatdi va tilini tagʼlayigʼa tegizib "chaloq" etdirib qoʼydi.
— Men, mirzoboshi juda xafa koʼrinadi, deganingizdan shuni oʼylagʼan edim. Baayni
surat: kishi ham bunday jirim boʼlar ekan.
— Ha, Ha!
— Chamasi ular oshiq-maʼshuq, baloxoʼr xon loaqal shunga choʼvagini tiqmasa nima qilar edi.
Bechora qiz, shunday xafa, shunday xafa. Dor-dunyosi qop-qorongʼi.
(Mehrobdan chayon, 120-bet)

Sultonali mirzo kechlik osh toʼgʼrisida baʼzi gaplarni aytib, tashqarigʼa chiqdi.
Mehmonxona ochiq edi. Tirsagi bilan tanchaga takya qilgʼan Аnvar Saʼdiy kulliyotini varaqlar edi. Sultonali kirishi bilan Аnvar kitobni yonigʼa olib qoʼydi va kuchlangandek iljaydi.
(Mehrobdan chayon, 120-bet)

Eshik ochqan Raʼno edi, bir-ikki qadam ichkariga kirib toʼxtadi. Аnvarga ozgʼina qarab turgʼach, uzun nafas olib orqasigʼa qaytdi. Аnvar bu holning sababiga tushunalmaganidek, uni
chiqarmay toʼxtatishqa ham oʼzida jasorat topmadi. Birar daqiqadan soʼng eshikda yana Raʼno koʼrinib, Аnvarning oldigʼa qoramtil bir narsa keltirib qoʼydi.
(Mehrobdan chayon, 124-bet)

Аnvar yana tushunmadi. Raʼnoning yuziga ancha qarab turdi:
— Sen... senga mumkinmi, Raʼno?
— Mumkin, — deb qaltirandi Raʼno. — Mirzoboshiliqni hozirdan eʼtiboran
tashlasangiz mumkin...
(Mehrobdan chayon, 124-bet)

Аnvar, "dahboshi"ning koʼzi Raʼnoga tushib qolganini ongladi. Gulxandan oʼttuz qadamcha nariga borib toʼxtagʼan "besaqal"ga koʼz qirini tashladi.
— Ziyofatda edik, dahboshi.
— Ha-a-a-a-a, menam aytdim... Uy bu yoqda qolib, endi qayoqqa ketapsiz, taqsir?
(Mehrobdan chayon, 125-bet)

— Sultonalini qamagʼanlarmi? — deb yana soʼradi Аnvar. — Qamagʼanlardir?
Safar va Qobil bir-birlariga qarashdilar.
— Shunday, mirzam, shunday... Bizlar juda hayron boʼlib qoldiq-da.
Аnvarda qonsizlanish va kiprak ostlarida harakat koʼrildi.
— Zarari yoʼq, qutqaramiz... Qachon qamagʼanlar?
(Mehrobdan chayon, 142-bet)

Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish