MORFOLOGIK VOSITALARNI NUTQIY USLUBLARDA QO‘LLASH
Topshiriq. Gaplarni o‘qing, morfologik vositalarning uslubiy o‘ziga xosligiga e’tibor bering. 1. Siz unda haqiqiy onalarni ko‘rajaksiz. (Cho‘lpon)2. Safar hozirlig‘ini ko‘rgaysizlar! (O. Yoqubov)3. O‘zingizni bosing! – dedim quruqqina qilib. (O‘. Hoshimov)4. Do‘ppidakkina osh qilib qo‘yaman, aylanib ketay... (O. Yoqubov)5. So‘rang, do‘ndiqchaning oti nima ekan? (Oybek) 6. O‘zlari-chi? O‘zlari shu darajaga yeta oladilarmi? (Isajon Sulton)7. Shodligim ko‘kka sig‘mas, Bitmas baxtim bor manim. (Hamid Olimjon)
Siz bilasizki, grammatik qoidalar to‘g‘ri nutq tuzishning asosidir. Ammo aniq va ta’sirli nutq tuzish uchun grammatik vositalarning uslublarga xoslanishi, ma’no nozikliklari va ulardagi uslubiy o‘ziga xoslik, uslubiy bo‘yoqni ham hisobga olish zarur.Xususan, morfologik shakllarning barchasi hamma uslublarda aynan bir xil qo‘llanmaydi, ularning qo‘llanishida uslubiy o‘ziga xosliklar mavjud. Ularda emotsional-ekspressiv bo‘yoq nisbatan kam, funksional bo‘yoq – uslubga xoslanish esa anchayin sezilarli bo‘ladi. Masalan, kelasi zamon fe’lining -ajakqo‘shimchasi ko‘proq publitsistik uslubga xos, unda tantanvorlik ta’kidi yorqin aks etadi.
42-mashq. Uslubiy xoslangan morfologik vositalarni toping. Qanday subyektiv munosabat ifodalanayotganini ayting.
1. Ko‘zlarimga buncha tikilding, ayt-chi, jon qiz, ne sirni bilding? (E. Ne’matov) 2. Og‘a, sog‘ borsangiz, avval dadam larga salom ayting. Yugurib chiqqan ul mushfiq Onamlarga salom ayting (Hamza)3. Man sur haydovchi bilan ishchisini ochiq yuz-la qarshi olib va ularning «Qorda qolgan izlariga qaraganda, to‘y bo‘pti» degan gaplariga kamtarona jilmayib, mehmonxonaga taklif etdi. (Sh. Xolmirzayev)4. Nechuk jamolingni mendin yashirasen! (O. Yoqubov) 5. Ko‘zlar meni ettilar xumor, Tabassumlar yoqib qoldilar. (B. Boyqobilov)6. Yo‘qsa, tarix bir kun bizdan Olajakdir alqasos, Nasibamiz bo‘lgay mudom: Eski hammom, eski tos. (E. Vohidov)7. Usta qarigina, burni cho‘tirroq, ammo juda so‘zamol, mahmadona kishi edi. (Oybek)8. Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam O‘tma g‘urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O‘par doim peshonasidan.(E. Vohidov)
43-mashq. Uslubiy xoslangan morfologik vositalarni aniqlang.
1. Go‘yo quyosh oyni kuzatganiday, O‘t bo‘lib orqangdan kezmakdaman man. (Hamid Olimjon)2. Bu atrofda unga teng keladirgan kim bor? (Murod Mansur)3. Chunki boydan olinajak haqning shamolga uchganiga ishonar edi.(Oybek) 4. U yaralangan sher yanglig‘ hayqirib yubordi. (Ulug‘bek Hamdam)5. Shu uchun Salti: Men sizni olib ketgali keldim, aylanay! – dedi. Va ikki yosh bola nihoyasiz quvonchlar ichida yana bir-birlariga chirmashdilar...(Cho‘lpon) 6. Qarilik gashtini maqtashdan ko‘ra, Muxbir bolam, uni bizlardan so‘ra.Mana, biz bu gashtni surayotirmiz, Ertalab inqillab turayotirmiz, Og‘riqdan qaqshagan belimiz silab, Kavushimiz sudrab, chunon imillab,Belimiz changallab yurayotirmiz,Qarilik gashtini surayotirmiz. (E. Vohidov)
44-mashq. Kelishik shakllarini ko‘makchi bilan almashtirish mumkin bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
1. Bolalar maktabga ketdilar. 2. Ko‘rganlarini qoyillatib aytib berdi. 3. Bu masalani telefonda hal qilib bo‘lmaydi. 4. Bu gullar senga atalgan. 5. O‘tmish voqealaridan so‘z ketdi. 6. U laqillab o‘tirishga emas, ishlashga kelgan. 7. Kasalligidan darsga kelmadi. 8. Xat yashil qalamda yozilgan edi. 9. Suvda oy nuri aks etardi. 10. U har kuni ishga mashinada kelardi. A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan tayyorso‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
TAYYOR, muhayyo, shay, taxt, hozir. Ishlatish, foydala nish yoki boshqa narsa uchun naqd holatda.Tayyorkengroq tushunchaga ega. Muhayyoko‘proq yozuv uslubiga xos. Shay«tayyor» ma’nosini kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi. U biror narsaga har jihatdan mos holda tayyor ekanlikni bildiradi. Taxtso‘zi bu ma’noda ko‘proq jonli so‘zlashuvda qo‘llanadi va ma’noni tayyorso‘ziga nisbatan biroz kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi. Hozirbu ma’noda juda kam qo‘llanadi.
1. Qanday morfologik vositalarni bilasiz? 2. -ajakqo‘shimchasi ko‘proq qaysi uslubda qo‘llanadi? 3. Yanglig‘, kabi, singarikabi ko‘makchilardan qaysi birida uslubiy bo‘yoq kuchli? 4. -larqo‘shimchasining qanday uslubiy ma’nolarini bilasiz? .
Do'stlaringiz bilan baham: |