Uy-joy huquqi


Uy-joy fondini boshqarish



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

12.2. Uy-joy fondini boshqarish
U y-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, m uhandislik 
uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari 
boigan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni; ularga xizmat 
ko‘rsatish va vilarni ta'm irlashni hamda fuqarolarning yashashi 
uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni 
o'z ichiga oladi.
Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori 
bilan boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot 
o 'rtasid a tuziladigan shartnom aga binoan amalga oshirilishi 
mumkin.
Bu borada professinonal boshqaruv kompaniyalarining o‘rni 
katta bo'ladi. Boshqaruv kompaniyasi faoliyatining asosiy maqsadi 
uy-joy sohasida ko'chmas mulk muikdorlariga yoki mulkdorlar 
tomonidan vakolat berilgan organlar, uy-joy mulkdorlari shirka- 
tiga, ko‘p kvartirali uylardagi turaijoy va noturaijoy mulkdorlariga 
va boshqa tashkilotlar yoki shaxslarga ko'chm as mulkni boshqarish 
sohasida xizmat ko'rsatish orqali daromad olishdan iborat.
Boshqaruv kompaniyasi faoliyati predmeti quyidagi lurdagi 
xizmatlarni ko‘rsatishdan iborat:
a) ko‘chmas mulkkn xizmat ko‘rsatilishini boshqarish bo'yicha. 
jumladan:
30 4
www.ziyouz.com kutubxonasi


— invenlarizatsiya o'tkazish;
— texnik holatni ko'rikdan o'tkazish;
— xizm at ko'rsatish va ta ’m irlash bo 'y ich a bajariladigan 
ishlarning ustuvorligini baholash;
— xizmat ko'rsaiish, ta’mirlash. rekonstruksiya qilish, mulkning 
ayrim obyektlari (qismlari)ni modemizatsiya qiJish ishlarmi amalga 
oshirish uchun zarur bolgan nuqsonlar dalolatnomasi va boshqa 
turdagi texnik hujjatlarni tuzish;
— mulkni saqlash bo‘yicha yillik va istiqbolli rejalar loyihasini 
ishlab chiqish;
— texnik va sanitariya xizmatlarini ko'rsatish hamda ta'm irlash 
bo'yicha ishlar rejalari va jadvallarini tayyorlash;
— yangi jihozlar va muhandislik tizimlarini o ‘rnatish, mulkni 
rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflarni ishlah 
chiqish;
— mulkka avariya-dispetcherlik xizmati kc/rsalilishini uyush- 
tirish;
b) moliyaviy boshqaniv bo'yicha, jumladan:
— mulkni saqlash rejalarini amalga oshirish uchun moliyaviy 
resurslarga bo'lgan ehtiyojni baholash;
— ayrim ish turlari, ta'm irlash ho ‘yicha sm etalam i ishlab 
chiqish;
— daromadlar va xarajatlar smetalari loyihasini ishlab chiqish;
— uy-joy mulkdorlari (uy-joy mulkdorlari shirkati a’zolari)ning 
mulkni saqlash xarajatlarini qoplash bo‘yicha to'lovlari (badallari) 
miqdorini hisoblab chiqish;
— daromadlar smetasi moddalariga mos holda to'lovlar (badallar) 
tushumi hisobini yuritish va nazorat qilish;
— uy-joy mulkdorlari shirkatlari, mulkdorlar va ular tomonidan 
vakolat berilgan organlar, tashkilotlar va shaxslar uchun daromadlar 
va xarajatlar smetasining ijrosi bo'yicha hisobotlarni tayyorlash;
— xizmat ko'rsatish va ta’mirlash bo'yicha bajarilgan Lhlar 
uchun toMovlarni tasdiqlash bo‘yicha chiqim hujjatlarini tekshirish;
— uy-joy mulkdorlari shirkatlarining buxgalterlik hisobini va 
hisobotini yuritish;
— uy-joy mulkdorlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun 
soliqlar, yig'imlar va majburiy to ‘lovlarni hisob-kilob qilish;
3 0 S
www.ziyouz.com kutubxonasi


— auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish;
d) ma'muriy boshqaruv bo'yicha, jumladan:
— davlat organlari va boshqa organlarda mulkdorlar, uy-joy 
mulkdorlari shirkatlari nomidan ish yuritish;
— xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash bo‘yicha malakali ijrochilar. 
pudratchilarni izlash;
— mulkdorlar yoki u1ar tom onidan vakolat berilgan organlar, 
tashkilotlar yoki shaxslarga ishlami bajarish (xizmat ko'rsatish) 
bo ‘yicha tanlovlar (tenderlar) o'tkazish uchun tanlov hujjatlari 
to ‘plamini ishlab chiqish yoki bu borada yordam berish;
— uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqa mijozlar uchun 
lavozim yo'riqnomalarini va ishlami bajarish bo'yicha topshiriqlami 
ishlab chiqish;
— mulkdorlar yoki ular tomonidan vakolat berilgan organlar, 
tashkilotlar yoki shaxslar uchun ishlarni bajarish (xizmat ko'rsatish) 
bo‘yicha shartnomalar loyihalarini ishlab chiqish;
— ijrochilar, pudraichilar tom onidan shartnom alarning ba- 
jarilishini nazorat qilish. bajarilgan ishlar hajmi va sifatini ba- 
holash;
— uy-joy mulkdorlari shirkatida mulkdorlarning to'lovi (badal- 
lari) yig'imini tashkil etish;
— muddfiti o ‘tgan to‘lovlar va qarzlar tushumini ta'm inlash;
— uy-joy mulkdorlari shirkatlari va har bir mulkdor uchun 
mulkni saqlash hamda darom adlar va xarajatlar smetasi ijrosi 
to ‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash;
— aholi va tashkilotlardan avariya holatlarini bartaraf etish va 
ta'mirlash-tiklash ishlarini bajarish ho'yicha buyurtmalar olinishini 
ta ’minlash.
e) maxsus xizmatlar ko‘rsatish, jumladan:
— mulkni rekonstruksiya va modemizatsiya qilish bo'yicha, 
xususan. resurslarni tejash va mulkni saqlash xarajatlarini ka- 
maytirish yuzasidan takliflami tayyorlash;
— ko‘p kvartirali uylarda xonalarni qayta rejalashtirish, qayta 
jihozlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ekspert xulosalarini 
tayyorlash;
— mulkdan foydalanishda qo'shim cha daromad olish uchun 
takliflar ishlab chiqish;
306
www.ziyouz.com kutubxonasi


— mulkdorlar yoki ular tom onidan vakolat berilgan organlar. 
tashkilotlar yoki shaxslar topshirig'iga ko'ra ijarachilarni (aren- 
datorlar) izlash, ijara (arenda) shartnom alarini tayyorlash va 
ulaming ijrosi ustidan nazorat o ‘matish;
— moliyaviy mablagMami saqlash va qo'shim cha daromad olish 
uchun bank depozitlarida joylashtirish bo ‘yicha takliflami ishlab 
chiqish;
— x o n alar m ulkdorlari va U M SH ga kapital ta 'm irla sh , 
rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari uchun banklardan va 
boshqa kredit tashkilotlaridan kreditlar olish uchun hujjatlarni 
rasmiylashtirishga ko'maklashish;
— sudlarda xonalar mulkdorlari, ijarachilar, yollovchilarga 
nisbatan uy-joy mulkdorlari shirkati nomidan ish yuritish.
Xususiy uy-joy fondini boshqarish bevosita turaijoylar mulk- 
dorlari, shirkat, boshqaruvchi (ijrochi direklor) yoki boshqaruvchi 
tashkilot tomonidan yoxud qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha 
usulda amalga oshirilishi mumkin. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish 
usuli shu uydagi turarjoylar mulkdorlari umumiy yig'ilishining 
qarori bilan belg ilan ad i, k o 'p kvartirali uydagi tu ra rjo y lar 
mulkdorlarining umumiy yig'ilishi to ‘g‘risidagi nizom 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lasdiqlanadi. Ko‘p 
kvartirali uy turaijoylar mulkdorlari tomnnidan bevosila boshqa- 
rilganda shu uydagi um um iy m ol-m ulkni saqlash yoki uni 
ta'm irlash ishlarini bajarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartno- 
malari turarjoyiar mulkdorlari umumiy yig ilishining qarorlari 
asosida tuziladi.
Bunda uchinchi shaxslar bilan m unosabatlarda turarjoylar 
mulkdorlari nomidan turarjoylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi 
tomonidan vakil qilingan turaijoylar mulkdorlaridan biri yoki bir 
nechtasi ish ko‘rishga haqlidir.
Shirkat tashkil etilgan ko‘p kvartirali uyni boshqarish «Xususiy 
uy-joy m ulkdorlarining shirkatlari to ‘g‘risida»gi O 'zbekiston 
Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda shirkatning boshqarish 
organlari, boshqaruvchi (ijrochi direktor) — jismoniy shaxs, shu 
jum ladan, yakka tartibdagi tadbirkor. boshqaruvchi tashkilot — 
har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs tomonidan 
amalga oshirilishi mumkin.
3 0 7
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shirkal tashkil etilm agan k o 'p kvartirali uyni boshqarish 
boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkiiot 
tomonidan ko‘p kvartiraii uydagi turaijoylar mulkdorlari umumiy 
yig'ilishining qarori asosida tuziladigan shartnom aga muvofiq 
amalga oshirilishi mnmkin. Uy-joy fondini boshqarishga doir 
shartnomalaming namunaviy shakllari 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish