Uy-joy huquqi


Turarjoy to‘g‘isidagi qonun hujjatlarini



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

12.4. Turarjoy to‘g‘isidagi qonun hujjatlarini
buzganlik uchun javobgarlik
O 'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga 
asosan har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya 
qilish, davlat organlari, m ansabdor shaxslar, jam oat birlash- 
malarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat 
qilish huquqi kafolatlanadi.
Sud hokimiyati davlatning muhim vazifasini — odil sudlovni 
amalga oshiradi. Binobarin, sud faqat fuqarolik ishlarini yuritish 
tartibidagina, ya'ni o ‘zining protsessual faoliyatini amalga oshirish 
jarayonida shaxslar (fuqarolar, tashkilollarjning buzilgan huquq- 
larini yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya 
qiladi.
Uy-joy munosabatlarida mansabdor shaxslar davlat organlari 
fuqarolarning qonuniy m anfaatlarini buzsa, u holda fuqaro 
0 ‘zbekiston R espublikasining F u q a ro la rn in g h u q u q lari va 
erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga 
shikoyat qilish to ‘g‘risidagi (30.08.1995-y.) qonuniga asosan sudga 
murojaat qilishi mumkin. Mazkur qonunga asosan har bir fuqaro
3 0 9
www.ziyouz.com kutubxonasi


davlat organlari, korxonalar. muassasalar, tnshkilotlar, jam oat 
birlashmalari, fuqarolarnirg o‘7ini-o‘zi boshqarish organlari yoki 
mansabdor shaxslaming g'ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) 
bilan o ‘z huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa. shi- 
koyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat 
birlashmalari, fiiqarolarning o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari va 
mansabdor shaxslarning sudga shikoyat qilishga loyiq kollegial 
yoki yakka tartibdagi xatti-harakatlari (qarorlari) jumlasiga:
— fuqaroning huquqlari va erkinliklanni buzgan;
— fuqaroning o ‘z huquqlari va erkinlildarini ro'yobga chiqa- 
rishiga monelik tug‘dirgan;
— fuqaro zimmasiga qonunga xilof ravishda qandaydir majbu- 
riyat yuklatilishiga sabab bolgan xatti-harakatlar (qarorlar) kiradi.
Sudlar fliqaroJarning huquqlari yoki erkinliklarini buzadigan 
har qanday xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan berilgan shikoyallarni 
ko'rib chiqadilar.
Fuqaro o‘z huquqlari va erkinliklarini buzadigan xalli-harakatlar 
(qarorlar) ustidan shikoyat bilan bevosita sudga yoki tobelik 
lartibida yuqori turuvchi organga yoxud m ansabdor shaxsga 
murojaat qilish huquqiga ega. Tobelik tartibida yuqori turuvchi 
organ, mansabdor shaxs shikoyatni bir oylik m uddatda koTib 
chiqishlari shart. Agar fuqaroning shikoyatini qanoatlantirish rad 
qilingan bo'lsa yoki u shikoyat bergan kundan boshlab bir oy 
mobaynida javoh olmagan bo‘lsa, sudga shikoyat bilan murojaat 
qilishga haqli. Shikoyatning huquqlari, erkinliklari buzilgan fuqaro 
yoki uning vakili, shuningdek fuqaroning iltimosiga ko‘ra jamoal 
birlashmasining, mehnat jamoasining vakoiat berilgan vakili berishi 
mumkin. Shikoyat fuqaroning xohishiga qarab yo u yashaydigan 
joydagi sudga yoki organ joylashgan yerdngi yoxud xatti-harakatlari 
(qarorlari) ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor shaxsning 
ish joyidagi sudga beriladi. Harbiy xizmatchi o‘zining huquqlari 
va erkinliklarini buzayotgan harbry boshqaruv organlari va hnrbiy 
mansabdor shaxslaming xatti-hnrnkatlari (qarorlari) ustidan shi- 
koyat bilan harbiy sudga. shuningdek yuqori turuvchi mansabdor 
shaxslarga ushbu m oddada ko‘zda tutilgan tartibda m urojaat 
qilishga haqli.
3 1 0
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sud shikovatni koTib chiqishga qabul qilgach tegishli organlar 
va mansabdor shaxslardan zarur materiallarni talab qilib oladi hamda 
fuqaroning iltimosiga ko'ra yoki o‘z tashabbusi bilan shikoyat 
qilinishiga sabab boMgan xatti-harakat (qaror)ning ijrosini to ‘xtatib 
turish masalasini hal qiladi.
Sudga shikoyat bilan murojaat qilish uchun quyidagi muddatlar 
belgilanadi:
— fuqaro o ‘z huquqlari va erkinliklari buzilganligidan xabar 
topgan kundan boshlab uch oy;
— fuqaro yuqori tu ru v ch i o rg an , m an sab d o r shaxsning 
shikoyatni qanoatlantirishni rad etish haqidagi yozma bildirishini 
olgan kundan boshlab bir oy;
— agar fuqaro o ‘z shikoyatiga yozma javob olmagan bo'lsa, 
shikoyat berganidan keyin bir oy muddat o'tgan kundan boshlab 
bir oy.
Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko ra o ‘tkazib yuborilgan 
muddati sud tomonidan liklanishi mumkin
S hik o y atn i k o 'rib chiqish natijalari b o 'y ic h a sud qaro r 
chiqaradi. Sud shikoyatning asosliligini aniqlagach, ustidan shi- 
koyat berilgan xatti-harakat (qaror)ni qonunsiz deb lopadi. 
fuqaroning talablarini qanoatlantirish majburiyatini yuklaydi yoki 
uning buzilgan huquqlari va erkinliklarini o'zgacha yo‘l bilan 
tiklaydi.
Agar ustidan shikoyat berilgan xatti-harakat (qaror)ni sud 
fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzmaydigan qonuniy xatti- 
harakat (qaror) deb topsa, u shikoyatni qanoatlantirishni rad eladi.
Sudning qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
yuqori sudga shikoyat berilishi mumkin.
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori barcha davlat organlari, 
korxonalar, muassasalar, lashkilotlar, jamoat birlashmalari. fuqaro- 
lam ing o'zini o ‘zi boshqarish organlari, m ansabdor shaxslar, 
fuqarolar uchun majburiy va uni bajarish shart.
Sudning qarori x atti-harakat (qaror)lari ustidan shikoyat 
berilgan organ yoki mansabdor shaxsga, shuningdek fuqaroga qaror 
qonuniy kuchga kirgach kechi bilan o‘n kun ichida yuboriladi.
Qaror bajarilganligi haqida sudga va fuqaroga sud qarori olingan 
kundan boshlab kechi bilan bir oy ichida xabar qilinishi shart.
3 1 1
www.ziyouz.com kutubxonasi


Q aror bajarilmagan taqdirda sud qonun hujjatlarida belgilab 
qo'yilgan chora-tadbirlarni ko'radi.
Uy-joy bo'yicha qonun talablarining buzilishi bir qato r 
javobgarliklami keltinb chiqaradi. Bu jnvobgarliklar uning tarkibi, 
javobgar shaxsning g'ayriqonuniy xatti-harakati, ayblilik darajasiga 
bog'liq.
Fuqarolik huquqiy javobgarligi moddiy xaraktei^a ega bo‘lib, 
unda huquqbuzarlik jabrlanuvchi ko‘rgan real zarar, boy berilgan 
foyda va ma’naviy zararni qoplash orqali javobgarlikka tortiladi. 
Bundan tashqari, m ansabdor shaxsning sud tartibida qarorini 
haqiqiy emas deb topishi va yetkazilgan zararni qoplashi ham 
fuqarolik huquqiy javobgarlik ko'rinishi sifatida baholanadi 
Mulkdor (bo'lajak mulkdor) yoki ashyoviy huquq egasi (ijarachi) 
o'z mulkiy huquqlarini himoya qilgan holda sudga murojaat etib, 
mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz cgaligidan talab qilib olish 
(vindikatsiya) (FKning 228-moddasi), mulkdorning huquqlarini 
egalik qilishdan mahrum etish bilan bogliq bo‘lmagan huquq- 
huzarliklardan himoya qilish (negator da'vo) (FK ning 231- 
moddasi) talablarini qo‘yishi mumkin.
O 'zbekiston R espublikasining M a'm uriy javobgarlik to ‘- 
g'risidagi kodeksida aio h id a 12-bob fuqarolarning turarjoy 
huquqlariga taaliuqli, kom m unal xizmat va obodonlashtirish 
so h asid ag i h u q u q b u z a rlik la r u c h u n m a 'm u riy ja v o b g arlik
masalalariga bag'ishlangan.
Unga asosan:
— turatjoy sharoitini yaxshilasbga muhtoj fuqarolarni hisobga 
olish, hisobdan chiqarish va fuqarolarga turarjoy berish tartibini 
buzish, uylarga va turarjoylarga ko'chib kirishning belgilangan 
muddatlariga rioya qilmaslik (157-modda);
— davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qoidalarini buzish 
(158-modda);
— tu rarjo y lam i saqlash va u lard an foydalanish, um um
foydalanadigan joylarili sanitariya holatida saqlash qoidalarini 
buzish, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini 
buzish, ko'p kvartirali uylardagi turaijoylarda chorva mollarni, 
shuningdek, odamlaming salomatligiga xavf soluvchi hayvonlami 
hoqish (159-modda);
3 1 2
www.ziyouz.com kutubxonasi


— fuqarolarning uy-joylam i, xo‘ialik va ro‘zg‘or binolarini 
qurish qoidalarini buzishi (160-modda);
— sh ah a rla r va ho sh q a ah o li p u n k tlarin in g h u d u d larin i 
ob o d o n lash tirish q o id alarin i buzish. shuningdek tozalik va 
sanitariya tartibini ta'm inlash qoidalariga rioya qilmaslik (161- 
modda);
— ayrim joylarda imorat qurayotganda shu yerda o ‘sib turgan 
dov-daraxtlarga shikast yetkazish, ulami o'zboshimchalik bilan 
kesib tashlash yoki boshqa joyga ko‘chirish, shunirgdek fuqarolar 
va mansabdor shaxslarning o ‘z ixtiyorlaridagi dov-daraxtlarni 
muhofaza qilish choralarini ko‘rmasligi(162-modda);
— vodoprovod tarm oqlariga o ‘zboshimchalik bilan ulanish 
hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda 
buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod 
tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol 
ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa yoxud so^uq yoki issiq suvni 
hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish, shuningdek 
bunday hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish 
maqsadida ularga tashqaridan araIashish(163-modda);
— uy-joylami, jam oat, ishlab chiqarish obyektlari va boshqa 
obyektlami. shuningdek yer uchastkalarini kanalizatsiya tarmoq- 
lariga o'zboshimchalik bilan ulab olish, tarkibidagi ifloslantiruvchi 
moddalar yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan oqova suvlami 
kanalizatsiyaga oqizish hamda kanalizatsiyadan foydalanish qoida- 
larini hoshqacha larzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni 
bajarayotganda kanalizatsiya tarm o q la rin i m uhofaza qilish 
qoidalarini buzish (1631-modda) m a’muriy huquqbuzarlik sifatida 
baholanadi va ma'm uriy sanksiya qo'llanilishiga sahab ho‘ladi.
Sodir etilayotgan uy-joy munosabatidagi huquqbuzarlikning 
ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘lsa, u holda bunday huquq- 
buzarlik jinoiy javobgarlikka tortilish bilan yakunlanadi.
Masalan JKning 1852-moddasiga asosan gaz yoki vodoprovod 
tarmoqlariga o'zboshimchalik hilan ulanish yoxud eleklr, issiqlik 
energiyasi, tahiiy gaz, sovuq yoxud issiq suvni hisobga olish 
asboblariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish 
asboblarining k o ‘rsatkichlarini o'zgarlirish m aqsadida ularga 
tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun m a'm uriy jazo
3! 3
www.ziyouz.com kutubxonasi


qo‘llanilganidan keyin ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir 
etilgan bo‘lsa;
— eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda 
jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari biian jazolanadi.
— o ‘sha qilmishlar ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir 
etilgan bo'lsa;
— eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh 
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish 
ishlari bilan jazolanadi.
0 ‘sha qilmishlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda 
sodir etilgan bo'lsa, eng kam oylik ish haqining etmish besh 
baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha 
axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
JK ning 2291-m oddasiga m uvofiq esa yer uchastkalarini 
o ‘zboshimchalik bilan egallab olish, agar xuddi shunday harakatlar 
uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 
yeng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha 
miqdorda jarima yokj uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti 
oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Uy-joy qonunchiligini buzganlar boshqa qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda ham javobgar bo ‘lishlari mtimkin.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish