Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash paytida, rahbariyat xo’jalik sub’ekti faoliyatini uzluksiz davom etishi qobiliyatini baholashi lozim



Download 13,72 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi13,72 Kb.
#700116
Bog'liq
Hujjat (4)


Kirish

Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash paytida, rahbariyat xo’jalik sub’ekti faoliyatini uzluksiz davom etishi qobiliyatini baholashi lozim. Qachonki rahbariyat xo’jalik sub’ektining faoliyatini tugatishni yoki savdoni to’xtatishni mo’ljallayotgan bo’lmasa yoki bunday choralarni amalga oshirishdan boshqa amaliy muqobil choralar mavjud bo’lmagan holat yuzaga kelmasa, xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni faoliyatning uzluksizligi asosida tayyorlashi lozim. Agar rahbariyat, baholashni amalga oshirayotganda, xo’jalik sub’ekti faoliyatini uzluksiz davom etishi qobiliyati to’g’risida ahamiyatli shubha to’g’dirishi mumkin bo’lgan hodisalar yoki sharoitlarga tegishli ahamiyatli noaniqliklardan xabardor bo’lsa, xo’jalik sub’ekti ushbu noaniqliklarni oshkor etishi lozim. Agar xo’jalik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni faoliyatning uzluksizligi asosida tayyorlamasa, u ushbu faktni, moliyaviy hisobotlar qaysi asosda tayyorlanganligini hamda xo’jalik sub’ekti faoliyatning uzluksizligini ta’minlay olmaydi deb hisoblanishining sababi bilan birga, oshkor etishi lozim.


Xo’jalik sub’ekti o’zining, pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlaridan tashqari, moliyaviy hisobotlarini buxgalteriya hisobining hisoblash usuli asosida tayyorlashilozim.
Buxgalteriya hisobining hisoblash usuli qo’llanilganda, xo’jalik sub’ekti moddalarni aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlar (moliyaviy hisobotlar elementlarini) sifatida tan oladi, qachonki ular Kontseptual asosda keltirilgan ushbu elementlarning ta’riflariga va tan olish mezonlariga to’g’ri kelsa. Xo’jalik sub’ekti o’xshash moddalarning har bir ahamiyatli turkumini alohida taqdim etishi lozim. Bir biridan farq qiladiganli xususiyatga yoki vazifaga ega bo’lgan moddalarni, ular ahamiyatsiz bo’lmasa, xo’jalik sub’ekti alohida taqdim etishi lozim. Moliyaviy hisobotlar o’z xususiyatiga yoki funktsiyasiga ko’ra turkumlarga birlashtiriladigan katta hajmdagi operatsiyalar yoki boshqa hodisalarni qayta ishlash natijasida yuzaga keladi. Birlashtirish va tasniflash jarayonining oxirgi bosqichi yig’ilgan va tasniflangan ma’lumotlarni taqdim etish hisoblanib, u moliyaviy hisobotlarning satrlarida aks ettiriladigan moddalarini shakllantiradi. Agar satrdagi modda alohida olinganda ahamiyatli bo’lmasa, u ushbu hisobotlarda yoki izohlarda boshqa moddalar bilan birlashtiriladi. Ushbu hisobotlarda alohida satrda aks ettirish uchun yetarli darajada ahamiyatli bo’lmagan modda, izohlarda alohida aks ettirilishi muhim bo’lishi mumkin.
MHXS da talab etilmaguncha yoki ruxsat etilmaguncha, xo’jalik sub’ekti aktivlar bilan majburiyatlarni yoki daromadlar bilan xarajatlarni o’zaro hisob-kitob qilmasligi lozim. Xo’jalik sub’ekti aktivlar bilan majburiyatlarni ham daromadlar bilan xarajatlarni ham alohida aks ettiradi. O’zaro hisob-kitob qilish operatsiyaning yoki boshqa hodisaning mohiyatini aks ettiradigan holatdan tashqari, foyda yoki zarar va boshqa umumlashtirilgan daromadlar yoki moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot(lar)da o’zaro hisob-kitob qilish foydalanuvchilarning sodir bo’lgan operatsiyalar, boshqa hodisalar va sharoitlarni tushunish hamda xo’jalik sub’ektining kelgusi pul oqimlarini baholash qobiliyatini susaytiradi.
Download 13,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish