8-sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 12-mavzu
Bizning mamlakatimizda Prezident davlat boshlig‘i hisoblanadi.
Prezident xalqimiz tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylangani uchun davlat nomidan, xalq nomidan ish yuritish Prezidentimizning birlamchi vakolati hisoblanadi. Prezident – so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi “ol din da o‘tiruvchi” demakdir.
O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti O‘zbеkiston Rеspublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, tеng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz bеrish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi.
O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti davlat hokimiyati organlarining kеlishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.
Prеzidеnt O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi.
Prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lgan shaxslarga quyidagi
talablar qo‘yilgan
o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak davlat tilini yaxshi bilishi zarur saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan bo‘lishi kerak O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi zarur Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi: «O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman». 92- modda.
O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan rеspublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
-Fuqarolar huquq va erkinliklari ta’minlanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining kafilidir;
- mamlakat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
- O‘zbekiston Respublikasi nomidan mamlakat ichkarisida va xalqaro miqyosda muzokaralar yuritadi, shartnoma va kelishuvlar imzolaydi hamda ularning bajarilishini ta’minlaydi;
- Bosh vazir nomzodini Oliy Majlisga tasdiqlash uchun taqdim qiladi, Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqlaydi;
- Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini lavozimga qo‘yadi va lavozimdan bo‘shatadi;
- Oliy Majlis Senatiga Konstitutsion, Oliy sudlar raislari, ularning o‘rinbosarlari, Markaziy bank raisi nomzodlarini taqdim qiladi;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va undan chiqarish masalalarini hal qiladi;
- Davlat mukofotlari va faxriy unvonlar bilan mukofotlaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan bir qator muhim vakolatlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari:
Prezident O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni hisoblanadi. U Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini vazifasiga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, harbiy unvonlar beradi.
Prezident zarur paytlarda butun mamlakat bo‘yicha yoki ayrim hududlarda favqulodda vaziyat yoki urush holatini joriy qilish huquqiga ham ega. Bunda uch kun muhlat ichida bunday yechim Oliy Majlisga tasdiqlash uchun taqdim qilinadi.
Qonunchilik palatasi yoki Sеnat tarkibida ularning normal faoliyatiga
tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz bеrganda yohud ular
bir nеcha marta O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar
qabul qilgan taqdirda, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining O‘zbеkiston
Rеspublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori
asosida O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi,
Sеnati tarqatib yuborilishi mumkin.
Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
91- modda.
Savol va topshiriqlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qachondan boshlab o‘z faoliyatini boshlashi mumkin? 2. O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga qanday fuqarolar saylanishi mumkin? 3. Respublikamizda Prezidentlikka saylov qay tarzda o‘tkaziladi? 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini sanab bering. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qanday huquqiy hujjatlar chiqariladi? 6. Vakolati tugagan Prezident qanday faoliyat bilan shug‘ullanadi? 7. Prezident O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qanday maqomga ega? 8. Favqulodda vaziyatlar tug‘ilganida Prezident qanday vakolatlaridan foydalanishi mumkin? 9. Qanday vaziyatlarda va qay tartibda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilishi mumkin?