11-Mavzu: Iqtisodiy tadqiqot sohasida ilmiy ijodiyotning tashkiliy uslubiy tomonlari Reja



Download 21,25 Kb.
bet1/5
Sana10.07.2022
Hajmi21,25 Kb.
#773608
  1   2   3   4   5
Bog'liq
11-Mavzu ITM (2)


11-Mavzu: Iqtisodiy tadqiqot sohasida ilmiy ijodiyotning
tashkiliy uslubiy tomonlari

Reja:
1. Tadqiqot yuritishning tashkiliy masalalari.
2. Tadqiqotning uslubiy masalalari.
3. Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish.
1. Tadqiqot yuritishning tashkiliy masalalari.
Ilmiy daraja – bu muayyan fan sohasidagi ilmiy xodimlarning malaka darajasidir.
O’zbekiston Respublikasida ikkita – fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajalari
berish belgilangan. Oliy ma’lumot yoki magistr darajasiga ega bo’lgan O’zbekiston
Respublikasining har bir fuqarosi o’zining ilmiy ishini ochiq himoya qilgan taqdirda
fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini olish huquqiga ega.
Tadqiqotchi o’zining ilmiy ishini dissertastiya (lot. – dissertatio – fikrlamoq,
tadqiqot) deb nomlanuvchi maxsus tayyorlangan qo’lyozma ko’rinishida
rasmiylashtiradi
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijiy fuqarolar aspiranturaga
quyidagi tarzda qabul qilinishi mumkin:
- umumiy asosda;
- shartnoma asosida;
- xalqaro kelishuvlarga muvofiq holda.
Fan ta’rifini aniqlash bo’yicha bir qancha yondashuvlar mavjud. Eng umumiy va
keng ma’noda «fan» tushunchasi inson faoliyatining tarixan tarkib topgan shaklini
anglatadi. Inson faoliyati shakli sifatida – bu yangi, ilgari hech kimga ma’lum
bo’lmagan, ishonchli bilimni yaratish jarayonidir.
Dissertastion tadqiqot ilmiy tadqiqotning eng yaqin turdosh shakli yoki prototipi
hisoblanib, shu bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ma’lum bosqichining yakunlanishi
bilan ochiq himoya qilish uchun ilmiy ish – qo’lyozma ko’rinishidagi
dissertastiyaning tayyorlanishini taqozo etadi.
Bundan tashqari, «fan» tushunchasi aniq bilimlar shaklida ifodalangan bilish
faoliyatining natijasini ham o’z ichiga oladi. Bu bilimlar tabiat, jamiyat va tafakkur
ob’ektlari o’rtasidagi haqiqiy aloqalarni ochib berish orqali doimiy ravishda tekshirib
va to’ldirib boriladi. Bilimlar inson tomonidan uning barcha faoliyat shakllarida –
kundalik hayot, siyosat, iqtisodiyot, san’atda shakllansada, biroq ular faqat fandagina
faoliyatning asosiy maqsadini tashkil etadi.
Fanning mahsuli bo’lib faqatgina ilmiy bilimlar hisoblanmaydi. Ilmiy bilimni
olish uchun kuzatish va eksperiment o’tkazishning turli usullarini ishlab chiqish,
shuningdek, ular amalga oshiriladigan ko’plab vositalar: asbob-uskunalar,
moslamalar, o’lchash uslublari, axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatish vositalari
va boshqalar zarur bo’ladi.
Fanning mahsuli qatoriga inson faoliyatining ko’plab sohalarida qo’llaniluvchi
qarorlar qabul qilishdagi rastional usullarni ham kiritish lozim. Tizimlilik va
asoslanganlik katta ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. U jamiyat hamda uning har bir
alohida a’zosiga ta’sir o’tkazadi.


Download 21,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish