Motivatsion ko‘rsatkich. Bunda axborotli ta’lim muhitidan amaliy pedagogik faoliyatda foydalanishga oid say-harakatlar amalga oshiriladi va undan pedagogik faoliyatda foydalanish natijalari hamda ular asosida muntazam ravishda o‘quv jarayoni sifatini oshirib borish talabi bajarilishi kuzatib boriladi;
Analitik ko‘rsatkich. Bunda shaxsan axborotli ta’lim muhitidan foydalanish bo‘yicha faoliyat natijalarini tahlil qilish bilan bog‘liq say-harakatlar amalga oshiriladi va ular intellektual tizimlarning o‘z funksional vazifalarini bajarishi ko‘rsatkichlari tahlili asosida algoritmik tizim ishiga ba’zi rostlash ishlarini ham qilishga imkoniyat yaratiladi;
Protsessual jarayonli ko‘rsatkich.Bunda axborotli ta’lim muhitining nazariy materiallar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘lib, uning yordamida turli ularga tayangan holdagi manbalardan kerakli bilimlarni qo‘lga kiritish imkoniyati yaratiladi va eng asosiysi turli xil pedagogik masalalarni hal qilishda bu bilimlardan foydalanish mumkin bo‘ladi;
Tashkiliy-baholovchi ko‘rsatkich.Bunda asosan mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatish bilan bog‘liq say-harakatlar majmui qaraladi va ularda quyidagi tashkiliy-baholovchi jarayonning ko‘satkichlari ushbu yo‘nalishning asosini tashkil etadi: foydalanuvchida axborotli ta’lim muhiti bo‘yicha mustaqil ishlashni rejalashtirish ko‘nikmasining mavjudligi; foydalanuvchining mustaqil ishlash faoliyatini amaliyotda bemalol joriy eta olishi va o‘z ishi samaradorligini baholay olishi; foydalanuvchining axborotli ta’lim muhitida ishlash jarayonida zaruriy rostlash ishlarini bajara olishligi va shu kabilar.
Iste’molchilarning axborotli ta’lim muhitini yaratish va undan amaliy faoliyatda foydalanish borasidagi Yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkichlar o‘zaro uzviy bog‘langandir va ular bir-birini to‘ldirib, yangilab turadi. Shuning bilan birga ular ichidan analitik va motivatsion ko‘rsatkichlar axborotli ta’lim muhitidan foydalanishda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘lib hisoblanadi.
Axborotli ta’lim muhitini yaratishning algoritmik tizimidagi oltinchi bosqichida uning axborot resurslari haqida so‘z boradi, chunki axborot resurslari uni yaratishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli hamda muhitini o‘z ichiga oladi. Bu bosqich axborot resurslaridan amalda foydalanishning o‘ziga xos quyidagicha metod va ularning mazmunlariga ega bo‘ladi: matnli materiallar; kompyuterli ta’limiy dasturlar; tashkiliy-tuzilmaviy model; matematik modellar; konseptual modellar; kasbiy kompyuterli trenajyorlar; ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha multimedia materiallari va boshqalar.
shuning bilan birga bu bosqichda axborotli ta’lim muhitini yaratishning o‘quv-metodik va axborot resurslariga ham ushbu sohadagi say-harakatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi va bu muhim ahamiyat quyidagi ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadi: