2.2. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashga
oid interfaol o‘quv ma’lumotlarini ishlab chiqish metodikasi
O‘qitish asrlar davomida ma’lum bilimlar majmuasini egallashdan iborat bo‘lib kelgan edi. Shu munosabat bilan hozirgi kundagi holat ta’lim jarayoni oldiga yangi axborotni mustaqil qabul qilish, baholash va tegishli xulosalarni chiqarishga qodir bo‘lgan ijodkor shaxsni tarbiyalash vazifasini ko‘ndalang qo‘yadi. Buning uchun esa har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotni ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni ishlash uslubiyatini bilishi va ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish zarur.
Ta’lim tizimi butunlay yangi mazmun kasb etayotgan hozirgi davrda har bir fanni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalaridan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda. CHunki, ta’lim oluvchilarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘qitish jarayoni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga quyilmoqda.
Har bir pedagog samarali pedagogik texnologiyalardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish uchun quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
o‘z bilimlarini boyitib borish va o‘ziga ishonch xissini uyg‘otish, mustaqillikni shakllantirish, o‘quv faoliyatiga javobgarlikni oshirish;
ta’lim oluvchining moyilligi, qiziqishi va qobiliyatiga to‘g‘ri tashxis qo‘yib, maqsadli ta’limda o‘quvchi imkoniyatlari qondirilishi va jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab olishiga muhit yaratish.
shu bilan birgalikda yangi texnologiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda qo‘yidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
har qanday ilg‘or pedagogik texnologiya ilmiy asoslangan bo‘lib, pedagogik jihatdan talabga mos, didaktik xususiyatga ega bo‘lishi, o‘quv-bilish faoliyati samarali kechishi va bu jarayonlar loyihalash bilan olib borilishi;
ta’lim oluvchilarga ta’lim berishda har bir fan sohasi bo‘yicha o‘ziga xos nazariya va amaliyotlardan foydalanib, bunda texnik vositalarni qo‘llash metodik jihatdan ishlanganligi va o‘quv jarayonida axborotlashti-rishni yuqori darajada olib borish;
ilg‘or pedagogik texnologiya va texnik vositalardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi didaktik materiallar ishlab chiqishni takomillashtirish;
zarur moddiy-texnik ta’minot bazasini yaratishni izchil yo‘lga qo‘yish;
ta’lim oluvchilarda ma’lum ijtimoiy tajriba unsurlarini shakllantirishda yangi pedagogik uslublar oldindan loyihalashtirilishi va bu fan o‘qituvchilaridan katta mahorat talab etmasdan yakuniy natija samaradorligini kafolatlashi;
ilg‘or pedagogik texnologiya metodlarini amaliyotga joriy etganda, bugungi kun yutuqlarimizdan biri-reyting, test tizimini takomillashtirib borishimiz bilan birga, xorij ta’limida katta samara berayotgan uslublar: munozara, debat, davra suhbatlaridan foydalanib, dars jarayoni faolligini oshirish, ishchanlik muhitini yaratish kerak, ya’ni testlarda qo‘llaniladigan qisqa javoblar bilan cheklanib qolmasdan, tinglovchilarning fikrini suhbat metodi bilan bilish, uning ichki bilimlar dunyosini ochib berishda samaralidir.
Ta’lim mazmuni samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bilan bir qatorda, axborot vositalar o‘rni katta ekanligini hisobga olish foydalidir.
shuning uchun o‘qitish jarayonini kompyuter asosida loyihalashdan oldin o‘qituvchi kompyuter asosida o‘qitish metodikasini bilishi lozim. Darhaqiqat, kompyuterda ishlash ko‘nikmalarini o‘rganishga ketgan xarajatlarni qoplaydigan, ustunlikka ega bo‘lgan yangi o‘qitish texnologiyasi haqida savol qo‘yish to‘g‘riroq bo‘ladi. Buning uchun kompyuterdan o‘qitishning samarali vositasi sifatida foydalanish bo‘yicha yangi, istiqboli echimlarni izlash kerak bo‘ladi. Ilmiy bilimlarni tahlil qilish o‘qitishda kompyuterning quyidagi funksiyalarini ajratish va tizimlashtirishga imkon beradi:
texnik-pedagogik (o‘qituvchi va boshqaruvchi dasturlar, diagnostik, modellashtiruvchi, ekspert, muloqotli, maslahatchi, mantiqiy);
didaktik (kompyuter trenajer sifatida, repititor sifatida, assistent sifatida, aniq vaziyatlarni modellashtiruvchi qurilma sifatida, kompyuter o‘quv faoliyatini jadallashtirish va o‘qituvchi faoliyatini optimallashtirish vositasi sifatida, o‘quv axborotini tezkor yangilash, o‘quvchilarning yakka xususiyatlari to‘g‘risida tezkor axborot olish, uning faoliyatini baholash, nazorat qilish, tuzatish, uni faollashtirish va rag‘batlantirish vositasi sifatida).
Bunday vaziyatda pedagogikaning vazifasi belgilangan funksiyalar bajariladigan shart-sharoitlarni aniqlash va ta’minlashdan iborat. Amaliyotda bu sharoitlar yoki aniqlanmagan bo‘ladi, yoki ulardan foydalanilmaydi, shuning uchun kompyuterning vazifalari sodda darajada bajariladi. Bu shart-sharoitlarga quyidagilar kiradi: kompyuterni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash bilan o‘qitish maqsadlari, mazmuni, shakli va usullarining o‘zaro aloqasi, bog‘liqligi; o‘qituvchi so‘zi bilan kompyuterning bog‘lanishi; kompyuterli mashg‘ulotning didaktik strukturasi; kompyuterli mashg‘ulotning motivatsion ta’minoti; kompyuter bilan o‘qitishning texnik vositalari uyg‘unligi.
Bunday ajratishdan maqsad kompyuterlar ishining mantig‘i bilan o‘quv faoliyatining mantig‘i orasidagi didaktik asoslangan, oqilona moslikni topishdir. Hozirgi vaqtda ikkinchi mantiq birinchining qurboni bo‘lmoqda. Shuning uchun o‘qitishni kompyuterlashtirish tugashi emas, balki kompyuterli o‘qitishning boshlanishidir.
Kompyuterni pedagogik jarayonning asosiy qismlari bilan aloqasini ko‘rib chiqamiz. Bunda kompyuterni qo‘llashning maqsadga muvofiqligini va uni o‘qitish mazmuni, shakli, usullari bilan qanday bog‘lanishni ochib berish kerak. Bugungi kunda kompyuterli o‘qitishning quyidagi maqsadlari ajratilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |