2.1.Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashning dasturiy – metodik va algoritmik tizimlari Bugungi kunda ilm-fan va texnika-texnalogiyalar rivoji shuningdek, axborot-kommunikatsion texnologiyalar va ularni yaratishni ta’minlovchi axborotlashgan ta’lim muhitini yaratishga keng imkonoiyatlar yaratilmoqda. Bular bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashning optimal variantini kafolatlovchi axborotli ta’lim muhitni yaratishning dasturiy-metodik tizimini ishlab chiqishga keng imkoniyatlar yaratadi.
shu sababli ham ushbu tadqiqot ishida bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashning optimal variantini yaratish maqsadida ularga mos dasturiy-metodik tizimni yaratishni ma’qul topdik.
Bu muammo yechiminii hal qilish uchun dastlab zamonaviy kompyuterlardan o‘quv jarayonida foydalanishning mavjud holati aniqlab olindi. Buning uchun dasturiy-metodik tizimning tuzilishi va xususiyatlari, tizim texnologiyasi va ulardan foydalanish yo‘llari va ulardan amaliy faoliyatda foydalanishning samaradorligini nazorat qilishning nazariy jihatlarini asoslab olindi.
Ushbu sohada olib borilgan ko‘p yillik izlanishlarimiz natijalarining ko‘rsatishicha, o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsion texnalogiyalarni qo‘llash va ularda tayyorlangan axborotli ta’lim muhitidan samarali foydalanish asosida ta’lim jarayonini olib borishdagi pedagogik samaradorlikni keskin oshirib yuboradi [ 60, 61, 65, 73-75, 77 ]. Demak, bundan ko‘rinadiki axborotli ta’lim muhitini yaratish mexanizmini mukammallashtirish uzluksiz ta’lim tizimida hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biri ekan. Bu mukammallashtirish Yuqorida qayd qilganimizdek, dasturiy-metodik tizimini yaratish bilan bevosita bog‘liqdir. Shu sababli biz zamonaviy o‘qituvchilarni tayyorlash uchun axborot ta’lim muhitini yaratishga kirishdik.
Dasturiy-metodik tizimni yaratish jarayonini quyidagi algoritmik ketma-ketlikda olib bordik:
1. Muammoning quyilishini o‘z ichiga oluvchi axborotli tizim quyidagilardan tashkil topadi: tadqiqot ob’ektidan olinadigan axborotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashning funksional vazifalarini bajarishning texnologik xaritasi va ularni amalga oshirishning dastlabki joriy va yakuniy nazoratlari haqidagi axborotlar; ta’lim muhitini funksional imkoniyatlarini ifodalovchi adabiyotlar (o‘quv uslubiy, me’yoriy va spravochnik ro‘yxati); ta’lim jarayonini olib borishning nazariy va amaliy materiallari; mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar; mustaqil ta’limni bajarish uchun metodik ko‘rsatma va tavsiyalar.
2. Algoritmlash jarayonni o‘z ichiga oluvchi axborotli tizim quyidagilardan iborat: tadqiqot ob’ektidan olingan dastlabki informatsiyalarni yig‘ish uchun algoritm; tadqiqot ob’ektidan olingan dastlabki informatsiyalarni tadqiqot maqsadi va vazifalariga mos holda tizimlashtirish uchun algoritm; tadqiqot maqsad va vazifalariga mos holdagi ma’lumotlar bazasi va bilimlar bankini tashkil etish algoritmi; ma’lumotlar bazasidan axborotli ta’lim muhitining funksional holatiga mos ravishdagi axborotlarni tanlab va etkazib berish algoritmi; tadqiqot ob’ektidan olingan va axborotli ta’lim muhitining funksional imkoniyatlari hamda ularning joriy va oraliq nazoratlari natijalarini qayta ishlash algoritmi.
3. Axborotlarni qayta ishlashni o‘z ichiga oluvchi dasturli-metodik tizim quyidagi ketma-ketlikda tashkil etiladi: dasturiy-metodik tizimni yaratish va undan amaliy faoliyatda foydalanishning asosiy holatlarini ishlab chiqish; axborotlarni qayta ishlash texnologiyasini joriy etish sxemasini ishlab chiqish; axborotlarni qayta ishlash texnalogiyasini dastlabki sinovdan o‘tkazish; axborotlarni qayta ishlash jarayonini muayyan algoritmik tilda dasturlash; axborotli ta’lim muhitidan amaliy faoliyatda foydalanishning samaradorligini ta’minlash uchun intellektuallashtirilgan tizimini ishlab chiqish.
4. Dasturiy-metodik tizimni amaliyotga joriy etishga tayyorlash jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: DTS ga mos tizimga kiruvchi va chiquvchi hujjatlar maxsus ko‘rinishini tayyorlash; dasturiy-metodik tizim ishining samaradorligi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish; dasturiy-metodik tizim ishi natijalarini tahlili va ular asosida lozim topilganda dasturiy-metodik tizimning tuzilishiga tuzatishlar kiritish; mutaxassis-o‘qituvchilarni axborotli ta’lim muhiti asosida ta’lim berish tizimi bilan va shu asosda yaratilgan kompyuterli tizimning ishchi dasturlari bilan tanishtirish.
5. Dasturiy-uslubiy tizimni amaliyotga joriy etish quyidagicha amalga oshiriladi: dasturiy-uslubiy ta’minotni ishlatib ko‘rish; dasturiy-uslubiy ta’minotni amalda qo‘llash natijalarini tahlil qilish; dasturiy-uslubiy tizimda amaliyotda foydalanishga topshirish va unga mos metodik tavsiya hamda ko‘rsatmalarni tayyorlash.
Bu qayd etilgan tizim va uning yaratilishi bo‘yicha hosil qilingan algoritmik ketma-ketlik bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashdagi ta’lim jarayoni uchun yaratiladigan axborotli ta’lim muhiti funksional vazifalarini (texnologik xarita bo‘yicha rejalashtirilgan vazifalarni) nechog‘liq to‘g‘ri bajarilayotganligini tekshirib borish imkoniyatini beradi, ya’ni axborotli ta’lim muhitining ishlashini muntazam ravishda tekshirib borish va tuzatishlar kiritishni ta’minlab boradi. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki, axborotli ta’lim muhitining ishini dasturiy-metodik tizim asosida nazorat qilish o‘qituvchilar (yoki tadqiqotchi) uchun ham, ta’lim oluvchilar uchun ham tushunarli qilib tayyorlanadi. Shuningdek, axborotli ta’lim muhitini yaratishga dasturiy-metodik tizimning joriy etilishi, uning funksional vazifalarini bajarilishini va rivojlantirilishini optimallashtirish jarayonlarini o‘z ichiga oluvchi quyidagi vazifalarni samarali echimlarini qo‘lga kiritishga keng imkoniyatlar yaratadi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashda o‘rganiladigan fanlar bo‘yicha nazariy va amaliy materiallarni alohida-alohida ko‘rinishda tayyorlash;
bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashdagi ta’lim muhiti, dasturiy-metodik tizimning tashkiliy-tuzilmasi, muammoning maqsad va vazifalarini hisobga olgan holda tayyorlangan materiallarni tizimlashtirish;
dasturiy-metodik tizimni yaratish va qo‘llash nuqtai nazaridan o‘quv axborotlarni (bayon qilinadigan materiallarni) tahlil qilib borish;
axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida o‘quv-metodik tizimni amaliyotga joriy etish natijalarining dastlabki va joriy natijalarini baholab borish;
axborotli ta’lim muhitining funksional vazifalarini bajarish sifatini ta’minlovchi ishchi dasturni ekspertiza qilish;
dasturiy-metodik tizimdan amaliy faoliyatda foydalanish uchun metodik ko‘rsatmalar tayyorlash;
ta’lim oluvchilarda shakllangan bilimlar bo‘yicha axborotli ta’lim muhitining o‘z funksional vazifalarini bajarganlik sifatini (darajalarini) aniqlash;
innovatsion ta’lim uchun xulosalar ko‘rinishlari (variantlari)ni shakllantirish.
Demak, bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan dasturiy-metodik tizim ta’lim jarayonini optimizatsiya qilishga to‘liq imkoniyat yaratar ekan. Unda axborotli ta’lim muhitining ishini rejalashtirish, boshqarish va ishlash sifatini nazorat qilishni ham amalga oshirish mumkin ekan va ayniqsa, katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘plash, muvofiqlashtirish hamda ularni qayta ishlashni operativ (tezkor) hal qilishi diqqatga sazovordir. Endi tadqiqotimizning navbatdagi qismida bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashning algoritmik tizimini ilmiy-metodik jihatdan asoslash haqida to‘xtalamiz.
Ilm-fan va ta’lim-tarbiya rivoji uchun axborotli ta’lim muhitini yaratishni optmallashtirish muammosi har doim ham dolzarb bo‘lgan. CHunki, birinchidan, uning yordamida ta’lim samaradorligi yuksaltirilsa, ikkinchi tomondan o‘quv jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalarini yaratish va joriy etishni algoritmlash imkoniyatini beradi.
Ma’lumki, bo‘lajak o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy faoliyatga tayyorlashning optimal variantlarini ishlab chiqishda axborotli ta’lim muhitini yaratishga algoritmik yondashuv talab etiladi va bu yo‘nalish tabiiyki istiqbolli hisoblanadi. Bundan bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashdagi ta’lim jarayonini optimallashtirishga mo‘ljallangan axborotli ta’lim muhitini shakllantirishning algoritmik tizimini yaratish va qo‘llash texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim vazifa yechiminii topishdek muammoni hal qilish masalasi kelib chiqadi. Bu masala yechiminii qo‘lga kiritish uchun quyidagi ketma-ketlik asosida mukammal ishlar olib borishga to‘g‘ri keladi: zamonaviy ko‘p kanalli grafikaviy interfeys qo‘llanilishi; dasturiy ta’minot muhitidan foydalanilishi; vizual va ob’ektga mo‘ljallangan dasturlashtirishda foydalaniladi; ma’lumotlar ba’zasini yaratish tizimi Web-hujjatlar, algoritmik tillar va gipertekstni qayta ishlashni va ifodalash asosida olib boriladi.
shuning bilan birga bugungi kunda ilm-fan va texnika – texnologiyalarini rivoji sur’ati Respublikamizning turli jabhalariga ham, xususan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlariga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni muntazam ravishda qo‘llash bilan xarakterlanmoqda. Bunday axborot-kommunikatsion texnologiyalardan uzluksiz ravishda foydalanib borishni ta’minlash uchun mazkur texnologiyalarni doimo sifatli va maqsadli ma’lumotlar bilan ta’minlab turishga to‘g‘ri keladi. Bular ta’lim jarayonini va ilmiy tadqiqot jarayonini innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlashda ma’lumotlar ta’minotining asosini tashkil etadi. Bunday ta’minotning zamonaviy ta’limni optimal variantlarini yaratishdagi ahamiyati ham o‘ta muhimdir, chunki bu qayd etilgan ma’lumotlar tizimi, undan foydalanishning algoritmik tizimigina zamonaviy bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash uchun axborotli ta’lim muhitini yaratish mumkin va u butun Respublikamizdagi uzluksiz ta’lim tiziminining yangi sifat darajasigacha ko‘tara oladi.
Ma’lumki, axborotli ta’lim muhitinining o‘zi ham dasturiy telekommunikatsiya majmua bo‘lib, u o‘quv jarayonini yaxlit texnologik vositalar bilan olib borishni ta’minlaydi va u algoritmik yondashuv qilishni talab qiladigan tashkiliy-pedagogik tizimdan iborat bo‘ladi.
Ushbu sohada olib borilgan ko‘p yillik izlanishlarimiz natijalarining ko‘rsatishicha, axborotli ta’lim muhitini yaratishni optimal variantini qo‘lga kiritish uchun qilinadigan izlanishlarni quyidagidek algoritmik tizimga asoslangan holda olib borish lozim ekan:
axborotli ta’lim muhitini yaratishning maqsad va vazifalarini aniqlash. Bu algoritmik tizimni yaratishning birinchi bosqichi;
axborotli ta’lim muhitini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish. Bu algoritmik tizimni yaratishning ikkinchi bosqichi;
axborotli ta’lim muhiti funksional vazifalarini bajarish tamoyillari tizimini ishlab chiqish. Bu algoritmik tizimni yaratishning uchinchi bosqichi;
o‘quv muassasasining virtual tasvirlanishining tashkiliy-tuzilmasini aniqlash. Bu algoritmik tizimni yaratishning to‘rtinchi bosqichi;
axborotli ta’lim muhitining elementlari va ulardan foydalanuvchilarning tarkibini aniqlash. Bu algoritmik tizimni yaratishning beshinchi bosqichi;
axborotli ta’lim muhitining faoliyatini samarali tashkil etish uchun axborot resurslarini shakllantirib olish. Bu algoritmik tizimni yaratishning oltinchi bosqichi;
axborotli ta’lim muhitini saqlash va rivojlantirishni aniqlash. Bu algoritmik tizimni yaratishning yettinchi bosqichi.
Endi Yuqorida keltirilgan algoritmik tizim yaratishning har bir bosqichiga alohida –alohida to‘xtalamiz.
Algoritmik tizimni yaratishning birinchi bosqichi buyicha quyidagilar aniqlanadi:
Axborotli ta’lim muhitini yaratishning asosiy maqsadi bo‘lajak o‘quvchilarning keng qamrovli kasbiy faoliyati va kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limiy talablarini maksimal darajada qoniqtirishdan iborat bo‘lib, uning yordamida Yuqorida qayd etilgan axborotli ta’lim muhitini yaratishga tayyorlangan algoritmik tizimni amaliyotga keng joriy etishga imkoniyat yaratiladi.
Axborotli ta’lim muhitini yaratishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlash uchun o‘quv jarayonini olib borish va tashkil etish, o‘quv-metodik ta’minot fondini shakllantirish;
Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlash uchun o‘quv jarayonining borishini hujjatlashtirishni hisobga olgan mutaxassis tayyorlashning ixtiyoriy bosqichida joriy etish mumkin bo‘lgan namunaviy majmuada belgilangan servis xizmatini ko‘rsatishga erishish;
Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashdagi o‘quv jarayonini ma’lumotlar bilan ta’minlashning axborot zaxiralarini tizimlashtirish jarayonini intellektuallashtirish taktikasini aniqlash;
ilmiy va pedagogik kadrlarning, shuningdek, mutaxassislarning ular qaerda yashashidan va ishlashidan qat’iy nazar kasbiy muloqatlarini olib borishga keng imkoniyatlar yaratish;
Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashdagi ta’lim jarayoni haqidagi ma’lumotlardan jamoaviy foydalanish uchun hisoblash markazini tuzish va undan virtual tasvirlashlar bilan shug‘ullanadigan xodimlarning ma’muriy va texnik talablariga javob beruvchi qushimcha ma’lumotlar hamda konsultatsiyalar olishni e’tiborga olish;
jamoaviy foydalanish uchun tuzilgan hisoblash markazi qoshida professor-o‘qituvchilarga va mutaxassis-o‘qituvchilarni tarkibiga konsultatsiya bo‘limini tuzish.
Algoritmik tizimning ikkinchi bosqichida bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashdagi axborotli ta’lim muhitini yaratishda, uning tashkiliy-tuzilmaviy modelini ishlab chiqishdek muhim vazifani bajarishga imkoniyat yaratadi (2.1.1-rasmga qarang). Uning yordamida foydalanuvchiga tezkorlik va qulaylik bilan intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlaridan foydalanishda quyidagilarni topish imkoniyatini beradi:
axborotli ta’lim muhiti tarkibiga kiruvchi intelletual tizimlarni tanlash va undan foydalanish;
axborotli ta’lim muhitining o‘z funksional vazifalarini bajarishga tayyorlangan o‘quv-metodik majmuadan foydalanish;
axborotli ta’lim muhitining funksional vazifalarini bajarishga oid intellektual mulkdan foydalanish;
axborotli ta’lim muhiti tizimi tarkibiga kiruvchi ma’lumotlarni virtual tasvirlar bilan olishda;
axborotli ta’lim muhiti bo‘yicha foydalanuvchilarning ma’lumotlar almashish vositalaridan foydalanish va shu kabilar.
Axborotli ta’lim muhitining funksional vazifalarini bajarish tamoyillar tizimini ishlab chiqishda, ya’ni algoritmik tizimning uchinchi bosqichini hal etishda axborotli ta’lim muhitini yaratishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli, qaralayotgan jarayonni ifodalovchi parametrlar orasidagi bog‘lanishning qonuniyatlarini ochish imkoniyatlari yaratiladi.
Endi algoritmik tizimning to‘rtinchi bosqichi, ya’ni o‘quv jarayonida virtual tasvirlashni aniqlash bosqichida quyidagilarni hisobga olish kerak. Bu bosqich axborot resurslari va ulardan servis xizmati ko‘rsatishda foydalanish tizimini tashkil etuvchi dasturli majmuadan iborat bo‘lib, uning yordamida axborotli ta’lim muhiti tarkibiga kiruvchi ixtiyoriy o‘quv jarayonini optimal tashkil etishga imkoniyat yaratiladi. Unda quyidagi qism tizimi va elementlarini ishtiroki talab etiladi: elektron kutubxona; xodimlar bo‘limi; hujjatlarning aylanma tizimi; telekonferensiyalar; chat guruhlari; e’lonlar doskasi; tarqatma materiallar; individual konsultatsiyalar tizimi; o‘quv guruhlar ro‘yxati; tayyorlanayotgan mutaxassislar va kasblar yo‘nalishlar.
Algoritmik tizimning beshinchi bosqichida axborotli ta’lim muhitining elementlari va qism tizimlari orasidagi bog‘lanishlar haqida fikr yuritiladi, chunki uning o‘zi ham elementlar va qism tizimlardan tuzilgan va ular o‘zaro kuchli bog‘langandir.
Axborotli ta’lim muhitini yaratish nazariyasiga asosan va undan amaliy faoliyatda (iste’molchi) foydalanish ushbu sohada qilingan ilmiy izlanishlarimizning amaliy ahamiyatini ko‘rsatish imkoniyatini berdi. Shu sababli ham biz uni amaliy pedagogik faoliyatda foydalanishga tayyorlash maqsadida quyidagi ko‘rsatkichlarni e’tiborga oldik: