Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatga e’tibor mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan


Foydalanishi kerak bo‘lgan ta’lim texnologiyasini tanlash va saqlash



Download 0,75 Mb.
bet25/47
Sana01.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#523596
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Bog'liq
111111111диссртатця lotin(1)

6. Foydalanishi kerak bo‘lgan ta’lim texnologiyasini tanlash va saqlash. Bunda intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashga mos ilm-fan va texnika-texnologiya yutuqlari to‘planadi. Ular negizida hamda tadqiqot maqsad-vazifalarini e’tiborga olgan holda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashga oid yangi fikr, innovatsion g‘oya shakllanadi. Tadqiqotchi o‘zida shakllangan innovatsion g‘oya asosida izlanish olib boradi. Ushbu jarayonda tadqiqotga mos keluvchi pedagogik innovatsiyalar o‘rganiladi va ular ichidan tadqiqotga mos keluvchi innovatsion metod yoki texnologiya tanlanadi. Agarda qaralayotgan muammo yechiminii hal qilishga mos innovatsion metod yoki texnologiya topilmasa, u holda tadqiqotchi muammo echimiga mos innovatsion metod yoki texnologiya ishlab chiqiladi. Ular ustida ham Yuqorida qayd etilgan algoritmik bosqichlarning 8-14 bosqichlariga mos izlanishlar olib boriladi.
7. Intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash uchun boshqarish algoritmini tanlash, saqlash va asoslash.
Boshqaruv algoritmi –bu qaralayotgan muammo yechiminii (jarayon kechishini) hal qilishdagi tadqiqotchining boshqaruvchilik faoliyati mantiqiy ketma-ketlik bo‘lib, u muammoning qo‘yilishidan tortib, to rejalashtirilgan natijaga erishguncha bo‘lgan faoliyatni qamrab oladi, va u quyidagidek funksional vazifalarni bajarishni o‘z ichiga oladi:

  • Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi tadqiqot ob’ektiga oid ma’lumotlar to‘plash, qayta ishlash va ularni axborot ko‘rinishga keltirib qo‘yish;

  • to‘plangan axborotlarning tadqiqot maqsadini hal qilishda yetarliligi va ishonchliligini baholash;

  • intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning bosh va asosiy g‘oyalarini ilmiy-metodik jihatdan asoslab olish va ularni amalga oshirishdagi maqsadlar ketma-ketligini loyihalashtirib olish;

  • tadqiqot ishchi farazini va vazifasini e’tiborga olgan holda tadqiqot jarayonini bashoratlash (prognostika qilish) va rejalashtirish;

  • intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashga tajriba-sinov maydonlarini tanlash va ularga faoliyat ko‘rsatadigan professor-o‘qituvchilar tarkibini aniqlash hamda ularga mos holdagi yuritadigan faoliyatlari bo‘yicha yo‘riqnomalar tayyorlash;

  • tajriba-sinov maydonlarida qatnashadigan professor-o‘qituvchilar intellektual salohiyatini va kasbiy yetukligini o‘rganib chiqish hamda ularning funksional vazifalari bo‘icha yo‘riqnomalar tayyorlash va ularga tajriba-sinov ishlarining dasturini taqdim etish;

  • tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichini boshlash va unga bog‘liq professor-o‘qituvchilar hamda tahsil oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, baholash va tashxislash. Lozim topilganda jamoa a’zolari faoliyatiga tuzatishlar kiritib (korrektirovka qilib), ular faoliyatini muvofiqlashtirish (optimallashtirish);

  • intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonini ular uchun ishlab chiqilgan tashkiliy-tuzilmaviy model bo‘yicha borayotganligini dinamikasini nazorat qilib borish va undagi har bir bosqichning o‘z funksional vazifalarining bajarilib borilishini o‘rganib, tahlil qilib borish;

  • intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlaridan negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlab borishdagi metodlari, texnologiyalar, tamoyillar hamda mezonlarning tadqiqot strategiyasiga mosligiga ham muntazam ravishda e’tibor berib borish:

  • tadqiqot bo‘yicha qilingan ilmiy ishlanmalar bo‘yicha rejalashtirilgan maqsadga etishishni kafolatlash bo‘yicha boshqaruvni optimallashtirishga doimo e’tiborda bo‘lish va shu kabilar.

Bu qayd etilgan talablarga javob beradigan boshqaruv algoritmi ilmiy –metodik jihatdan asoslanib olinadigan va ular bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning takomillashtirish muammosini hal qilishda foydalanish uchun saqlab qo‘yiladi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish