1. Muammoning qo‘yilishini aniqlash va saqlash. Bunda intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash muammosi ilmiy-metodik jihatdan asoslanadi va u bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashning tashkiliy-tuzilmaviy modelida unga qayta-qayta murojoat qilish uchun saqlab qo‘yilali. Bu haqda mazkur tadqiqot ishining 2.1-qismida batafsil ma’lumotlar beriladi.
2. O‘rganiladigan joy va jarayonni aniqlash. Bunda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida olib borishga oid ta’lim (tarbiya) jarayonini tanlanadi va uni o‘rganishni pedagogik muammo sifatida tavsiflaydi. Tadqiqot maqsadi, ob’ekti, vazifasi va ishchi faraz asosida tadqiqot jarayon aniqlanadi.
3. Ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlarga ajratish va taqsimlash. Bunda tadqiqot ob’ektidan sonli va sifatiy ma’lumotlar yig‘iladi. Sifatiy ma’lumotlar tadqiqot strategiyasiga qarab kodlashtiriladi. Tadqiqot vazifalari va bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash tashkiliy-tuzilmaviy modeli qism tizimlariga qarab yig‘ilgan ma’lumotlardan ma’lumotlar bazalari shakllantiriladi va shu asosda ma’lumotlar tizimlashtiriladi. Tizimlashtirilgan ma’lumotlar qo‘yilgan muammo yechiminii hal qilish bosqichlariga qarab taqsimlanib, ular axborot ko‘rinishiga keltirib qo‘yiladi.
4. Tuzilgan ta’lim modullari va modellari tuzilmasini muammo qo‘yilishini e’tiborga olib sintez qilish. Bunda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektuallashtirilgan kasbiy faoliyatga tayyorlab olishning modelllari (intellektual resurs, intellektual salohiyat, intellektual faoliyat, intellektual faoliyatni tashkil etish) ilmiy-metodik jihatdan asoslanib olinadi. va ular asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-tuzilmaviy modeli ishlab chiqiladi.
5. Foydalaniladigan mezonni aniqlash va asoslash. Bunda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-tuzilmaviy modeli asos qilinib olinadi. Ular asosida ilmiy-nazariy asoslar tayyorlanib olinib, ular negizida ilmiy-amaliy ishlanmalar qilinadi va ulardan amaliyotda foydalanishga kirishiladi. Ishlab chiqilgan metod yoki texnalogiya’ning amaliy ahamiyatini baholashda esa maxsus mezonlar mavjud. Bu mezonlardan qaysi biridan foydalanishni amalga oshirishda tadqiqotchi Yuqorida qayd etilgan bosqichlardan o‘n ikkinchiga murojoat qiladi. Ular asosida qaralayotgan muammo yechiminii topish uchun ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy ishlanmalarning pedagogik samaradorligi asoslanib olinadi.