O‘ninchi bosqich: Pedagogik samara beradigan ilmiy-metodik ishlanmalarni yaratishga kirishish.
Bu bosqichning vazifasi tanlangan o‘qitish metodikasi asosidagi ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etishga mos ilmiy-metodik ishlanmalar yaratishdan iborat. Bu ko‘rinishdagi tadqiqotlarning keyingi kismi tugallangan pedagogik tadqiqot natijalarina asoslanib mavjud ta’lim-tarbiya jarayonini yoki muayyan mutaxassilarni tayyorlash jarayonini rivojlantirish yoki takomillashtirishga uslubiy tavsiyalar tizimini yaratishga kirishiladi.
Bu bosqichda tadqiqotchining ilmiy fikrlashi va xulosa qilishi katta rol o‘ynaydi. Fikrlash va xulosa qilishni ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli sifatida, ya’ni inson faoliyatining maxsus shakli sifatida qarash mumkin.
“Fikrlash – bu analiz va sintez qilish, taqqoslash, abstraksiyalash, umumlatirish va xulosa qilish singari xayotiy harakatlar (Operatsiyalar) asosida amalga oshiriladigan jarayon.
Xulosa qilish –bu nimanidir tasdiqlash, inkor etish va hukm chiqarish orqali amalga oshiriladi” [63]. Pedagogik tadqiqotlarni olib borishda, ayniqsa, pedagogik samara beradigan ilmiy-metodik ishlanmalar yaratishda nazariy xulosa va umumlashtirishlarga tayanadigan nazariy hamda amaliy jihatlardan fikrlashlar tadqiqotchida rivojlangan bo‘lishi kerak.
Bu borada tadqiqotchi ilmiy fikrlash uchun qo‘yidagilarga e’tibor berish lozim:
tadqiqot maqsadini aniq ifodalay bilish kerak;
ilgari bajarilgan nazariy yoki tajribaviy (Eksperamental) tadqiqotlardan shug‘ullanayotgan muammoga moslarini tahliliy o‘rganib chiqqan bo‘lishi kerak va ularga asoslangan holdagi innovatsion ishlanmalarni yaratishga kirisha olish;
tadqiqot metodologiyasini shakllantirgan bo‘lishi kerak;
tadqiqot bosqichlarini aniqlab chiqa olish;
ishlab chiqilgan uslubiyat va rejaga mos qo‘shimcha xususiy tadqiqotlar ham o‘tkaza olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish kerak;
olingan natijalarni ilmiy-metodik jihatdan tahlil qila olish;
xulosalarni ifodalashning tavsifli ekanligini doimo yodda tutish va shu kabilar.
Demak, intelektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirishda ilmiy izlanishning mantiqiy ketma-ketligiga e’tibor beriladi. Ayniqsa, bunda olimlarning u yoki bu nazariy yoki eksperimental kashfiyotlarga qanday erishganliklari tahlil haqidagi ma’lumotlar muhim rol o‘ynaydi. Qanday metodlar olimlarni tadqiqotlar bilan shug‘illanishga undaganligini, nima sababdan fan rivojlanishi bosqichida ushbu muammo hal etilganligini, bu tadqiqot texnika va iqtisodiyotning rivojlanishi bilan qanday bog‘langanligini ochib berishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida tadqiqotchida didaktik fikrlash usulini shakllantirishda zarur omil bo‘lib hisoblanadi. Bularni e’tiborga olib bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirishda intellektuallartirilgan o‘qitish tizimlari bo‘yicha shunday bilimlar tizimini ishlab chiqish kerakki, bularni bajarish davomida tadqiqotchi induksiya va deduksiya usullaridan foydalanib, ilmiy-metodik ishlanmalar haqida xulosalar chiqara olshiga erishsinlar.