Sakkizinchi bosqich: Yuqoridagi bosqichlar asosida tuzilgan rejaga mos ilmiy izlanishlarimizning nazariy asoslarini ishlab chiqish. Bu bosqichning vazifasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida tayyorlash bo‘yicha tadqiqot yo‘nalishi, muammoning qo‘yilishi, tadqiqot manbai, maqsadi, vazifalari va tadqiqotning metodologik asoslari hamda ilmiy farazini e’tiborga olib ilmiy-nazariy asoslarni yaratishdan iboratdir.
Bu vazifani bajarishda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bo‘yruqlari va qarorlariga hamda mazkur yo‘nalish bo‘yicha turli me’yoriy-huqiqiy hujjatlardagi talablarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Zamonaviy ta’lim tizimi, uning maqsad-vazifalari Respublikamiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ta’lim-tarbiya oldiga qo‘yilgan muammo echimiga mos kelishi kerak. Jahon miqyosida hukm surayotgan ilm-fan va texnika-texnologiyalar taraqqiyoti, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish va uning kelajagini belgilab borishdagi kishilar intellektual salohiyati haqidagi axborot nihoyatda muhimligini ko‘rsatmoqda.
shu sabali ham jamiyatning intellektual salohiyatli, innovatsion rivojlangan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlash ham bu boradagi muhim muammolardan biri bo‘lib, ularning yechiminii topish esa “XXI asr –intellektual asr”ning faol ishtirokchisini tarbiyalash kabi istiqbolli natijalarni qo‘lga kiritishni taqozo etadi. Bu bugungi kundagi ta’lim metodlari, usullari va texnologiyalarining zamon bilan hamnafas bo‘lishligini talab qiladi. Buning uchun zamonaviy o‘qituvchidan ijodkor bo‘lishni talab etiladi va ular oldiga bir vaqtning o‘zida keng qamrovli hamda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashdek muhim vazifa ham qo‘yiladi. Bunday hollarda albatta, ta’lim-tarbiya haqidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar bazasi, axborotlar, axborotlar banki, axborotlashtirish texnologiyalari haqidagi bilimlar banki katta imkoniyatlarni qo‘lga kiritishga sharoit yaratib beradi.
Kelajakda nafaqat bilimlar banki, balki ta’lim tizimimiz egallash kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar ham jahon ta’lim talablariga javob beradigan bo‘lishi kerak. Shu sabali ham hozirgda mamlakatimizda ta’lim tizim oldiga qo‘yilayotgan qator vazifalar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Endi ulardagi talablarni e’tiborga olgan holda innovatsion metod va texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishga oid ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga to‘g‘ri kelmoqda. Bunga sabab ular orqali bo‘lajak mutaxassislarni intellektual salohiyatli, innovatsion rivojlangan va kasbiy-ma’naviy yetuk qilib shakllantirish mumkin bo‘ladi.
Endi bevosita qaralayotgan muammoga e’tibor beradigan bo‘lsak, mazkur muammo ilmiy-nazariy asoslarini tayyorlashda intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha jahonda qanday ishlar mavjudligini bilish va ularni tahlil qilib foydali xulosalarni chiqarish ham muhim rol o‘ynaydi. Ulardagi ishlanmalar qay darajada amaliyotda o‘z o‘rnini topganligini baholash ham tadqiqotchidan katta intellektual salohiyatni talab etadi. Bu esa tadqiqotchiga shug‘illanayotgan mavzusi bo‘icha nazariy asosni to‘g‘ri ifodalash imkonini beradi. CHunki, tadqiqotchi bunday tahlildan to‘g‘ri xulosa chiqarib ishchi farazni shakllantirib oladi. Bu qayd etilganlar esa tadqiqot metologiyasini asoslab olishga asosiy poydevor bo‘ladi. Bunda albatta nazariy asoslari ta’lim-tarbiya yoki mutaxassislarni tayyorlash jarayonidagi biror yo‘nalishini rivojlantirishga yoki takomillashtirishga xizmat qilmog‘i lozim, aks holda o‘tkazilayotgan tadqiqotning nazariy asoslar hayotiy emasligi kelib chiqadi, ya’ni ishlab chiqilgan metodologiyadan pedogogik samaradorlikka erishib bo‘lmaydi va demakki bu tadqiqotni innovatsion deb bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |