Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatga e’tibor mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan



Download 0,75 Mb.
bet30/47
Sana01.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#523596
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bog'liq
111111111диссртатця lotin(1)

Birinchi toyifali resurslar - bu elektron kutubxonaning tadqiqot maqsadi va vazifasini boshqarishga mo‘ljallanib taqsimlangan resurslar fondi.

  • Ikkinchi toyifali resurslar – bu bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashda joriy etishga mo‘ljallangan o‘quv-metodik resurslar katologi.

  • Uchinchi toyifali resurslar - bu bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashdagi va boshqa shu sohaga tegishli joylarda o‘tkaziladigan seminarlar, konferensiyalar hamda mazkur yo‘nalish bo‘yicha bo‘ladigan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlar, ilmiy-metodik jurnallardagi ma’lumotlar.

    Axborotli ta’lim muhitini yaratishning algoritmik tizimdagi yettinchi bosqichida muhitning o‘z funksional vazifasini bajarishi va uni rivojlantirish haqidagi izlanishlar amalga oshiriladi.
    Ma’lumki, ixtiyoriy bir tizim uchun uning o‘z funksional vazifalarini bajarishini samaradorligini oshirishga erishish orqali va bu sifatni yanada rivojlantirish natijasida qaralayotgan tizimning ishlash faoliyatini muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlab turish mumkin.
    Bu borada axborotli ta’lim muhiti ham Yuqorida qayd etilgandek qullab-quvvatlash va rivojlantiruvchi jihatlarni o‘zida aks ettiruvchi dinamik tizimdir. Ushbu sohada olib borilgan izlanishlarimiz natijalarining ko‘rstaishicha axborotli ta’lim muhitining o‘z funksional vazifalarini bajarishda qo‘llab-quvvatlash va rivojlantiruvchi xususiyatlarini muntazam ravishda ta’minlashda quyidagi yo‘nalishlarga katta e’tibor berish lozim ekan:

    • bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlash nattijalari monitoringini muntazam ravishda nazorat qilib borish;

    • axborotli ta’lim muhiti tizimi ishlashida qatnashuvchi barcha ishtirokchilarning talab, taklif va boshqa fikrlarini hisobga olib borish;

    • shakllangan tavsiya va ko‘rsatmalardan doimo axborotli ta’lim muhiti ishini olib borishda foydalanib borishga erishish;

    • axborotli ta’lim muhitidan foydalanuvchilarning talab va istaklarini hamda paydo bo‘lgan tavsiya va ko‘rsatmalarni e’tiborga olgan holda dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;

    • axborotli ta’lim muhitining ishlash texnologiyasi va uning uchun tayyorlangan o‘quv-metodik majmuani tadqiqot maqsadi va vazifalarini e’tiborga olgan holda asoslash va amaliyotda ulardan foydalanishga erishish;

    • bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashda ham muntazam ravishda online rejimida tezkor konsultatsiyalar uyushtirish va ularda axborotli ta’lim muhitidan foydalanish uchun ilg‘or texnologiyalar hamda metodikalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda berib borishga erishish lozim;

    • bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlash bo‘yicha muntazam ravishda ularning o‘z funksional vazifalarini bajarishlari bo‘yicha tajriba almashinib turilishi lozim. Bunda quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor berish kerak: o‘quv-metodik; ilmiy-metodik; axborot resurslari; o‘quv jarayonini olib borish metodikalari va o‘quv jarayoniga axborotli ta’lim muhitining xizmati natijalari va shu kabilar yo‘nalishlar ishlari natijalarini doimo hisobga olib, ulardan foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar hamda rostlash ishlarini tayyorlashga erishib borish;

    • axborotli ta’lim muhitining o‘z funksional vazifalarini bajarishini va ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni rivojlantirishni hisobga olgan holda davriy ilmiy-metodik seminar va konferensiyalarni tashkil etish va uyushtirishga erishib borish.

    Bu qayd etilgan axborotli ta’lim muhiti ishini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari uni muntazam ravishda rivojlanib borishini ta’minlaydi. Bunda axborotli ta’lim muhiti tuzilishining texnologik xususiyatlari yanada mukammallashadi va asoslanadi, ya’ni axborotli ta’lim muhitini muhim qismlarga hamda elementlarga ajratishda va ularning o‘zaro bog‘liq ravishda ishlashining grafik-rejalarini asosli ishlab chiqishga erishiladi va eng asosiysi bu bilan bajariladigan ishlarning sifati va samaradorligi yanada oshadi.
    Yuqorida bayon qilingan bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashda foydalanishga mo‘ljallangan axborotli ta’lim muhitini yaratishning algoritmik tizimi bir qator ijobiy tomonlarga ega. Ular: yagona maqsadli majmuaga egaligi; amaliy faoliyatda foydalanishga qulayligi; universalligi; axborotli ta’lim muhiti o‘z funksional vazifasini bajarishining aniqligi; axborotli ta’lim muhitining o‘z funksional vazifasini bajarishda bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlash maqsad-vazifalarini bajarishga nisbatan demokratik xususiyatga egaligi va shu kabilar.
    Demak, yaratiladigan axborotli ta’lim muhiti bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlash borasidagi ta’lim jarayonini takomillashtirishda muhim nazariy fundamental asos bo‘la olar ekan. Bu bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsiy, kasbiy, axborotli, intellektual salohiyatini rivojlantirishga muhim asos ham bo‘ladi va bu ularga o‘zlarining ijtimoiy, axborotli, kasbiy sohalardagi yutuqlarini egallashga katta imkoniyatlar yo‘lini ochadi.



    Download 0,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish