Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari



Download 1,63 Mb.
bet33/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR

3.8. MARJUMAK (GRECHIXA)

Halq xo’jaligidagi ahamiyati. Marjumak oziq-ovqat sanoatida katta ahamiyatga ega. Yorma ekinlar orasida to’yimliligi bo’yicha yuqori baholanadi. Donning tarkibida o’rtacha 10 % oqsil, 82 % kraxmal, 3 % yog’, 0,3 % qand, 2 % kletchatka mavjud. Oqsilning miqdori yetishtirish sharoitiga bog’liq. Shu bois u o’zgarib turadi. Marjumak oqsilining tarkibida xayot uchun kerakli aminokistolalar mavjud: lizin 7,8%, orginin 12,7 %, mineral moddalardan fosfor, kalsiy, temir, miss, shuningdek limon, olma kislotalari bor. Vitaminlardan V1, V2, V3 mavjud. Ma’lumotlarga ko’ra oziq-ovqat oqsilining tarkibida xayot uchun zarur bo’lgan eng muhim almashtirib bulmaydigan aminokislotalardan triptofan, lizin va metioninning nisbati 1:3:3 bo’lishi kerak. Marjumak yormasidagi aminokislotalarning nisbati 1:3:1,7 bo’lib yuqoridagi talabga ancha mos keladi.


Marjumak tarkibidagi yog’ning sifati uzoq vaqt uzgarmaydi. Shu tufayli uning doni uzoq saqlanishi mumkin. Marjumak doni tarkibidagi lesitin inson organizmidagi holesterinni kamaytiradi. Marjumakdan rutin R vitamini olinadi. Bronxid ateroskleroz, gipertoniya va nur kasalliklarini davolashda gul va barglardan choy damlab ichish tavsiya qlinadi. Ayniqsa changlarining tarkibida rutin ko’p bo’ladi. Marjumak asal beruvchi o’simlik. Maqbul sharoitda 70-80 kg/ga asal to’plashi mumkin.
Doni qayta ishlanganda hamma chiqindilari va poholi ozuqa sifatida ishlatiladi. 1 kg somonining tarkibida 0,29 ozuqa birligi 24 gr oqsil 15,7 gr kalsiy 1,4 gr fosfor va 24 m/gr karotin mavjud. Marjumak agrotexnik ahamiyatga ham ega. Ko’pchilik o’simliklarga o’tmishdosh bo’lib hisoblanadi. Siderat sifatida ham ishlatiladi. Takroriy ekin sifatida kuzgi don va silosbop ekinlardan bo’shagan yerlarga ekiladi.
Tarixi. Kelib chiqishi. Marjumak madaniy o’simlik bo’lib ilk bor Xindistonnning Ximolay tog’larida dexqonchilikka kiritilgan. Madaniy turi tabiiy holda uchraydigan yovvoyi turlaridan (godoruchit totaricum) kelib chiqqan degan fikr bor. Marjumak ishlab chiqarishda keng maydonlarda 15 asrdan boshlab ekila boshlagan. Marjumak Tatariston, Boshqirdiston, Ukraina, Rossiyaning markaziy viloyatlarida, noqora tuproq zonada keng tarqalgan.
Hosildorligi. Marjumakning biologik imkoniyati ancha yuqori. Tataristonda 1987 yili 230 gektaridan o’rtacha 19,7 sentnerdan don hosili olingan. Tula viloyati xo’jaliklaridan birida 145 gektardan o’rtacha 26,5 sentner hosil olingan. Qog’ozistonning sharqiy tumanlarida 2500 gektaridan o’rtacha 14,9 s dan hosil yetishtirilgan. O’zbekiston sharoitida takroriy ekin sifatida ekilganda 15-25 s hosil olingan.
Botanik ta’rifi. Marjumak Polygonaceae marjumakdoshlar oilasiga mansub. Bu oila 30 ta avlod va 800 turdan iborat. Eng ko’p tarqalgan avlodlaridan biri Polygonum. Bu avlodga marjumakning bir necha turi kiradi. Ulardan eng ko’p tarqalgani madaniy marjumak. F.eculentum moenth. Bu tur 2 ta kenja turga bo’linadi:
-oddiy sp Vulgare Stol,
- ko’p bargli- sp, Multifalium stal.
2. Yovvoyi marjumak F. taitaricim L
3. Xitoy marjumakgi-Polygonum chinense.
Marjumakning poyasi uch qismga ildiz chiqaruvchi pastki, ya’ni ostki poyaga, birinchi tartib shoxlar chiqaradigan o’rta, ya’ni shoxlanish zonasiga siyrak ekilganda ulardan ikkinchi, uchinchi va undan yuqori tortib shoxlar chiqadi, qalin ekilganda shoxlamaydi va guli faqat poyasining uchida bo’ladi. Yuqorigi yoki generativ organlari yuqorigi, ya’ni hosil beradigan qismiga bo’linadi. Ildiz sistemasi o’q ildiz bo’lib, murtak ildiz va ikkilamchi ildizlardan iborat. Yerga 1 metrgacha chuqurlikka kirib o’sadi. Ildizlarning asosiy qismi tuproqning 25-30 sm qatlamida joylashgan bo’ladi. Ular sust rivojlangan. Marjumak ildizlari chumoli, sirka, limon, shovul kislotalarini ajratadi, bu esa tuproqdagi qiyin eriydigan moddalarni o’zlashtirishga yordam beradi. Barglari bandli, yuraksimon uchburchak bo’lib, poyasi va shoxlarining uchida bandsiz, o’qsimon bargga aylanadi.
18-rasm. Marjumak. 1,2-o’simlik unib chiqish va gullar fazalarida; 3-gullagan novda; 4-guli; 5-meva; 6-mevalar; 7-donlar

Marjumakning barg yuzasi ancha yaxshi rivojlanadi, lekiin barg bilan ta’minlanganligi (0,56-0,62 sm2) bahorgi bug’doynikiga qaraganda 1,5-2 marta kam bo’ladi. Biobarik, grechixa hosili poyasini barg bilan ta’minlanganligi va yoritilganligiga, bu esa o’z navbatida oziqlanish maydoniga bog’liq.


Guli ikki jinsli bo’lib, to’pgulga yig’ilgan. Yaxshi rivojlangan o’simliklarda 500 dan 1500 tagacha gul bo’ladi. Ular dimorf, generosterlib (har xil urug’chili), ya’ni ba’zi o’simliklarning guli qisqa urug’i va uzun changchi, boshqalarida aksincha urug’i bo’yi ikkinchisinikidan taxminan 2 marta uzun bo’ladi.
Mevasi uch qirrali yong’oqcha bo’lib, kul rang, jigar rang yoki qora tusda, 1000 dona urug’ining vazni 20-30 gr keladi. Po’stliligi 18-30 %. Murtagining vazni urug’i vaznining 10 % ga teng. Mevasi yer yuzasiga ko’tarilib chiqadigan 2 ta urug’palladan, ildizcha va endospermdan iborat.
Biologik xususiyatlari. Issiqqa talabi. Marjumakning urug’i 7-80S da unib chiqadi. 150S da maysalar 7-8 kunda o’sib chiqadi. Bahorda bo’ladigan sovuq (1,50S) marjumakning maysasiga salbiy ta’sir qiladi, harorat -20S gacha past bo’lsa, maysa nobud bo’ladi. Harorat 250S dan oshsa va 12-130S dan past bo’lsa, sust o’sadi va rivojlanmaydi. Marjumak uchun eng maqbul harorat 200S hisoblanadi.
Tajribalarning ko’rsatishicha ang’izga yozda ekilgan marjumak navlari 75-80 kunda pishib yetiladi. Tezpishar navlari esa 60-70 kunda foydali harorat yig’indisi 800-10000S bo’lganda to’la yetiladi.
Namlikka talabi. Marjumak namsevar o’simlik, transpirasiya koeffisiyenti 500-600 ga teng. Urug’ning ko’karib chiqishi uchun 40-50% (ekilganda urug’ning vazniga nisbatan) suv sarflaydi. Marjumak butun o’suv davri davomida namlikni bir xilda talab kilmaydi. Butun o’suv davrida qabul qilinadigan namlik quyidagicha. Birinchi rivojlanish davrida yoki maysalashdan gullashgacha 11 % gullashdan pishishgacha 89 % suv sarflaydi. O’suv davrining ikkinchi yarmida suv ko’proq sarflanadi. Havoning nisbiy namligi 60 % dan kam bo’lmasa yaxshi rivojlanadi.
Yorug’likka talabi. Marjumak-yorug’sevar qisqa kun o’simligi. Qisqa kun davrida va takroriy ekin sifatida ekilsa, tez pishadi, ammo yaxshi o’smaydi, past bo’yli bo’lib qoladi.
Tuproqqa talabi. Marjumak tuproq muhitiga talabchan emas. U rN 5-7,5 atrofida bo’lganda ham o’saveradi. Tuproq turiga uncha talabchan emas, ammo tuproq unumdorligiga ta’sirchan.
O’g’itlash. Marjumak 1 s don va shunga muvofiq poya, barglar massasini xosil qilish uchun 3,4 kg azot, 1,82 kg fosfor va 3,31 kg kaliy o’zlashtiradi. Ma’danli o’g’itlar NPK gektariga 100 kg solinganda 39,7 kg/ga azot, 21,77 fosfor, 38,6 kg/ga kaliy bo’lishi o’simlikning yaxshi o’sib, rivojlanishini ta’minlaydi.
Ekilgandan keyin 30-40 kun o’tgach, o’suv davrida o’zlashtiradigan azot va kaliyning 60 %, fosforning 50 % ini o’zlashtiradi. Marjumak fosfor va kaliyga nisbatan azotni kamroq talab qiladi. Azot ildizining me’yorida o’sib rivojlanishi uchun o’suv davrining boshlanishida ko’proq zarur. Keyingi davrda azotning ko’p berilishi o’simlikni g’ovlashga, xosil elementlarining kam xosil bo’lishiga olib keladi.
Ma’danli o’g’itlardan fosfor, kaliy o’g’itlarining asosiy qismi kuzgi shudgordan oldin, azotli o’g’itlar ekishdan oldin kultivasiya bilan beriladi. Fosforli o’g’it sifatida fosforin unini berish mumkin. Ekish bilan fosforni 10-20 kg/ga berish hosildorlikni 3-5 s/ga oshiradi. O’g’itlarning qismini oziqlantirish sifatida shonalash yalpi gullash davrida berish xosilni 5-6 s/ga oshiradi. Bunda o’g’itlar 10-12 sm chuqurlikka kultivasiya bilan beriladi.
Oziq moddalarga talabi. Marjumak tuproq unumdorligidan to’la foylanadi, chunki ildizi yaxshi rivojlangan, suvda kam eriydigan tuzlarni ham o’zlashtira oladi. Bir sentner don va tegishli samon yetishtirish uchun o’rtacha 4,4 kg azot, 3,0 kg fsofor, 7,5 kg kaliy va 3,1 kg kalsiy sarflaydi. Tuproq iqlim sharoitiga qarab o’zgarishi mumkin.
Rivojlanish davrlari. Marjumakning o’suv davri (60-90 kun) quyidagi rivojlanish davrlari kuzatiladi.
1. Maysalanish. Ekilgandan 7-10 kun o’tgach yer yuzida urug’ barglari ko’rinadi. Maysalanish davrida poya, barg, yon shoxlar va poya bo’g’imlari shakllana boshlaydi. Havo harorati 15-180S bo’lib nam yetarli bo’lsa maysalanish tezlashadi.
2. Birinchi xaqiqiy bargning rivojlanishi. Bu davrda gul to’plami va yongullari shakllanadi.
3. Shoxlanish. Maysalanishdan 8-10 kun o’tgandan keyin 2 chin barg rivojlanadi va shu barg qo’ltig’ida yon shoxlarining kurtagi qismlari (gulbargi, bo’g’imcha va changdonlari) rivojlana boshlaydi.
4. Shonalash. Bu davr shoxlanish davri bilan bir vaqtda o’tadi. Gulning qismlari tez rivojlanadi, bu maysalanishdan 10-17 kun o’tgandan keyin kuzatiladi.
5. Gullash. O’suv davri har xil bo’lgan navlarda maysalanishdan 18-28 kun o’tgandan keyin gullash kuzatiladi. Avval asosiy poyadagi gullar ochiladi, Yana 4-8 kundan keyin yon shoxlaridagi gullar ham ochiladi. Bir tup o’simlikda 30-60 kun gullash davom etadi. Marjumak chetdan changlanadigan o’simlik, har xil xashoratlar, ko’pincha asal ari changlatadi.
6. Mevaning shakllanishi. Changlangandan keyin bo’g’imcha tez o’sadi, 4-5 kunda urug’barglari shakllana boshlaydi. 10-12 kunda meva shakllanadi, o’ziga xos shaklga ega bo’ladi. Umuman mevasining shakllanishi 30 kungacha davom etadi.
7. Pishish davri. Birinchi mevalar gullashdan 25-35 kun o’tgandan keyin yetiladi. Gullar changlangandan to to’la yetilish davrigacha 35-40 kun talab qilinadi. Havo harorati bu davrda 17-210S bo’lsa, maqsadga muvofiqdir. Umuman o’suv davrining boshlanishida marjumak sust o’sadi, shonalashdan to birinchi meva yetilguncha tez o’sadi va bu davrda quruq modda ancha to’planadi, aynan shu muddatda marjumak suv va oziq moddalarini ko’p talab qiladi.
Agrotexnikasi. Almashlab ekishdagi o’rni. Marjumak kuzgi boshoqli ekinlardan, dukkakli-don ekinlaridan bo’shagan yerga ekilsa, hosili 40 % gacha oshadi. Marjumak, g’o’za, kanop, sholi, soya, mosh kabi ekinlardan bo’shagan yerlarga ekiladi. Marjumakdan bo’shagan yerlar kartoshka, moyli ekinlarni ekish uchun qulay hisoblanadi. Yerni tayyorlash. Marjumak bahorda ekiladigan bo’lsa, yer kuzda xaydaladi, rejalashtirilgan o’g’it solinadi, bahorda borona qilinib ekiladi. Takroriy ekin sifatida ekiladigan bo’lsa, o’tmishdoshning hosili yig’ishtirilgandan keyin yer xaydaladi, borona qilinadi, mola bostiriladi va so’ngra ekiladi.
Ekish. Marjumakning mevasi urug’ sifatida ishlatiladi. Ekishdan oldin urug’ saralanadi. Buning uchun 10-15 % osh tuzi yoki ammoniy selitra eritmasiga urug’lar solinadi, yengil va puch urug’lar tepaga chiqib, saralanadi.
O’tkazilgan tajribalarda mayda urug’ ekilganda 12,3 s dan olingan, yirik urug’ ekilganda 19,1 s/ga olingan. Marjumak bahorda va yozning ikkinchi yarmida ekiladi. Bahorda ekilgan marjumakning gullashi 250S dan oshmagan sharoitda o’tsa, yaxshi hosil olish mumkin.
Marjumak 2 usulda ekiladi.
A) yoppasiga qatorlab, qator orasi 13-15 sm qilib, don ekiladigan seyalkalarda ekiladi.
B) keng qatorlab, qator orasi 60 sm qilib ekiladi.
Ekish chuqurligi tuproqning mexanik tarkibiga bog’liq holda 4-8 sm atrofida bo’ladi. Ekish miqdori ekish usliga bog’liq bo’lib, yoppasiga qatorlab, ekilganda gektariga 4-5 mln dona urug’, keng qatorlab ekilganda 2-3 mln dona urug’ ekiladi. Bu urug’ning vazni 45-100 kg/ga bo’ladi.
O’g’itlash. Marjumak o’simligi o’g’itga ta’sirchan. Biologik tomonidan ozuqa elementlariga talabchan. Masalan 10 s don va tegishli somon yetishtirish uchun 44 kg azot, 25 kg fosfor, 75 kg kaliy sarflanadi. O’zbekiston sharoitida bu masala to’la o’rganilmagan. O’rtacha bir gektarga 10-20 t chirigan go’ng, 100-150 kg azot, 100-150 kg fosfor va 50-70 kg kaliy solish tavsiya qilinadi. Ammo o’g’it normasi yetishtirish sharoitiga, tuproq unumdorligiga qarab o’zgaradi.
Ekinni parvarish qilish.
To’la maysalanishdan keyin yer yuzida qatqaloq hosil bo’lsa, borona qilinadi. Maysa to’la chiqib bo’lgandan keyin keng qatorlab ekilganda qator orasiga ishlov beriladi. Gullaguncha 1-2 marta kultivasiya qilinadi. Gullarining yaxshi changlanishi uchun dalaga gullash davrida asal uyalari qo’yiladi. Don hosili 5-8 s oshadi. Takroriy ekin sifatida ekilgan marjumak ekishdan oldin sug’oriladi, shunday qilinsa, qatqaloq hosil bulmaydi. Marjumak shoxlanish, gullash, meva shoxlanishi davrida kam sug’oriladi (500-700M3 ga). Keng qatorlab ekilganda sug’orish ta’siri yuqori bo’ladi. Hosil 5-6 s/ga oshadi.
Mevasining 75 % pishganda don hosili yig’iladigan mashinalarda o’riladi va 3-5 kundan keyin yanchiladi. Poyalari yaxshi o’sgan bo’lsa, taxta yordamida (JSB-4,2S) o’riladi, o’rish balandligi 15-20 sm. Qurigandan keyin o’rilgan va dalada quritilayotgan hosil yig’ishtiriladi va yanchiladi. Buning uchun RSM-10-8. 0,54-102, APPT-3A podborshiklar, don kombaynlari («DON-1500», Yenisey-1200, Sa-6) bilan bir agregatda bajariladi.
Marjumak yanchilishi uchun aksariyat hollarda bir barabanli don kombaynlari ishlatiladi.-SK-5A (M). «Niva» «Don-1500». Bu kombaynlar bo’lmasa, ikki barabanli «Yenisey-1200» kombaynida yanchiladi. Hosilni yig’ish sifatini oshirish uchun «Don-1500» kombayniga PPK-10 qo’shimcha moslama biriktiriladi. «Don-1200» ga PKX-8 moslama biriktiriladi. Somon ham daladan tezda yig’ib olinadi va g’aramlanadi.



Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish