11-ma’ruza
Genetika kafedrasi dotsent v.b.: Bekmuhamedov A.A.
Makkajo‘xori (Zea mays L.) genetik tadqiqlotlar manbai sifatida
Makkajo‘xorining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati - Makkajo‘xorining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
- Makkajo‘xori biologiyasi
- Makkajo‘xori (Zey mays L.) genetikasi
- Makkajo‘xorida irsiy belgilar genetikasi va ularning klassifikatsiyasi
- Zeymays L. tur tarkibi va sitologik xususiyatlari
Ma’ruza rejasi:
Makkajo‘xorining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. - Makkajo‘xorining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
- Makkajo‘xori doni va poyasi chiqitsiz foydalaniladigan o‘simlik hisoblanadi. Doni tarkibida 65-70% uglevod va oqsillar, 4-8% mineral tuzlar va vitaminlar mavjud. Dunyo bo‘yicha ekiladigan makkajo‘xori donining qariyib 20% oziq –ovqat sifatida ishlatiladi. Sanoatda makkajo‘xori donidan kraxmal, etil spirt, dekstrin, pivo, glyukoza, shakar, kraxmal qiyomi, sirop, asal, yog‘, E vitamin, askorbin va glutamin kislotalar olinadi. Gulning ustunchasi va donining murtagidagi moydan davolash maqsadida foydalaniladi. Makkajo‘xorining bargi, poyasi va so‘tasidan qog‘oz, linolium, viskoz, izolyasiya materiallari, aktivlashtirilgan ko‘mir, sun’iy po‘kak, plastmassa, og‘riqsizlantiruvchi vositalar va ko‘pgina boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. Xozirgi paytda 135 mln. dan ziyod maydonga makkajo‘xori ekiladi. O‘simlik ikki xil maqsadda, don va ko‘k poya olish uchun ekiladi. Bir gektardan 100-120 s. gacha don va 400-500 s. ko‘k poya olish mumkin. Respublikamizdagi ekin maydonlaridan 100 s.gacha hosil olish mumkin.
-
-
- Makkajo‘xori biologiyasi.
- Makkajo‘xori Zey mays L.boshoqdoshlar yoki qo‘ng‘ir boshlilar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik. Ildizi baqquvat rivojlangan, haydalma qatlami zich bo‘lmagan yerlarda ancha chuqurga kirib boradigan popuk ildiz atrofga bir metrgacha tarqalib, 3 metrgacha chuqur kirib o‘sishi mumkin. Asosiy ildizi 20-25 sm chuqurlikda joylashgan.
- Makkajo‘xori doni bitta murtak ildiz chiqarib unadi. So‘ta hosil qilish fazasida yoki undan bir oz oldin poyasining yergacha yaqin joyidagi bo‘g‘imlaridan tayanch ildizlar chiqadi. Makkajo‘xori poyasining yo‘g‘onligi 2-7 sm, barglari 8-45 sm bo‘ladi.Bo‘yining balandligi 60-600 sm gacha yetadi. Ekiladigan navlardagi barglarning soni 14-24 tagacha bo‘lib ,barglari cho‘ziq, ozuqa moddalar poyaga qaraganda ko‘proq to‘planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |