Namlikka talabi. Tariq-qurg’oqchilikka chidamli o’simlik. Tariqning urug’i ko’karib chiqishi uchun uz vazniga nisbatan 25 % suv sarflaydi. Transpirasiya koeffisiyenti 200-250. Ayrim ma’lumotlar bo’yicha bu 126-360 atrofida ham bo’lishi mumkin. Qurg’oqchilikka chidamliligi o’simlikni shu sharoitda moslashishiga bog’liq: u vaqtincha o’sishdan to’xtaydi. Poya va bargi yer bag’irlab turadi. Suv bilan ta’min qilish imkoniyati bo’lsa, darrov tiklanib, tez o’sishni davom ettiradi. Suvni ko’p talab qiladigan nay o’rash va ro’vaklanish davrlari hisoblanadi.
Yorug’likka talabi. Qisqa kun o’simligi. Fotosintezni eng yuqori mahsuldorligi don shakllanishi va to’la yetilish davrlarida kuzatiladi. Yozning ikkinchi yarmida havo bulutli bo’lsa, tariq sust rivojlanadi va o’suv davri cho’ziladi. Juda qalin ekilsa yoki begona o’t bosgan bo’lsa, tariqning o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. Takroriy ekilgan tariqning o’suv davri 15-20 kunga qisqaradi.
Agrotexnikasi. Almashlab ekishdagi o’rni. Tariq o’simligi o’tmishdoshga talabchan. Tariq bir dalada bir necha yil ekilsa, hosil keskin kamayadi. Tariq uchun ma’kul o’tmishdoshlar: dukakli-don ekinlari (burchoq, no’xat) dukkakli o’tlar (beda), poliz ekinlari oq jo’xori. Tariqning o’tmishdoshga talabchanligi uning dastlabki o’suv davrida sekin o’sishi va fuzarioz hamda gelmintosporioz kasalliklariga duchor bo’lishiga bog’liqdir.
Tuproqqa ishlov berish. Tariq o’simligi yaxshi ishlangan yerni talab qiladi. Shuning uchun donli ekinlarning ang’izi yumshatilib, keyin xaydaladi. Tog’ oldi va tog’ etagida shudgor kilingan yerlarda qish kunlari namini yaxshi tuplashi uchun qor tutkich, yomg’ir va qor suvlarini tutib qoladigan uvatlar yasaladi. Erta ko’klamda shudgor boronalanadi va yerning qatqaloqlanishi, begona o’tlarning o’sishiga qarab bir necha marta kultivasiya bilan borona qilinadi va mola bostiriladi. Mola bostirish maysalarning bir tekis ko’karib chiqishini ta’minlaydi.
Sug’oriladigan sharoitda ko’pincha yoppasiga qatorlab, unumdorligi past, nam kam bo’lgan sharoitda keng qatorlab ekiladi, qator orasi 45 yoki 60 sm bo’lishi kerak. Tariqni ikki qatorlab (qo’sh qatorlab) ekish mumkin. 60x15, 45x15. Lalmi yerlarda oddiy yoppasiga qatorlab ekiladi.
Ekish chuqurligi 3 sm 8 sm gacha bo’lib, u tuproqning turiga, mexanik tarkibiga bog’liqdir.
Ekinlarni parvarishlash. Ekib bo’lgandan keyin maysalarning tez ko’karishi kuzatib boriladi, qatqaloq hosil bo’lsa, borona qilinadi. Keng qatorlab ekilganda qator orasiga ishlov beriladi. Bunda ikki marotaba yumshatiladi. Tariq sug’oriladigan yerlarda tuplanish, ro’vak chiqarish davrlarida sug’oriladi. Sug’orishdan oldin o’g’it solinadi. Sug’orishning eng yaxshi usuli-yomg’irlatib sug’orish.
Begona o’tlarga qarshi 2,4 D gerbisidi (1,5-2,0 kg/ga) qo’llaniladi.
Tariq ro’vagi ham barcha moddalarda ham barvariga yetilmaydi.
Pishgan don to’kiladi, shuning uchun tariqni ertaroq yig’ish kerak. Yaxshi o’sgan, tekis, shamol bo’lmaydigan yerlarda hosil dumbul pishganda o’rib so’ngra yig’ishtirib yanchilganda hosil ancha tejaladi. Tozalangan donning namligi 13-14 % dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |