Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari


No'xat asosiy kenja turlarining tavsifli belgilari



Download 1,63 Mb.
bet40/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR

No'xat asosiy kenja turlarining tavsifli belgilari

Belgisi

Ekma ko'k no'xat

Xashaki ko'k no'xat (Plyushka)

Donning shakli

Sharsimon

Yumaloq-burchakli

Donining yuzasi

Sillik

Sillik, ko'pincha mayda chuqurchalari bo'ladi

Donining rangi

Oq, sariq, pushti, yashil, bir tusli

Kul rang, kungir qora, bir tusli yoki nAQShi bor

Maysalari yashil

Yashil

Yashil, bandlari antosian rangda va yon bargchalaridan poyasi atrofida hollari bor.

Barglari

Yashil

Yashil, yon bargchalridagi poyasining atrofida qizil (antosian) hollar bo'ladi

Gullari

Oq

Qizil-binafsha rangda

No’xat navlari ikki guruhga: archiladigan no’xat va shirin no’xatga bo’linadi.


Archiladigan no’xat guruhi dukkaklarning ichki devorida qalin pergament xujayra qatlami borligi bilan tariflanadi, shunga ko’ra dukkaklar qattiqdek bo’lib ko’rinadi. Bu guruhga kiradigan o’simliklarning dukkagi oziq-ovqatga ishlatilmaydi, faqat doni uchun ekiladi
Shirin no’xat guruhi dukkaklarining devorida pergament qatlam bo’lmasligi bilan farq qiladi. Yashil dukkaklari sershira, yumshoq bo’ladi, yetilganda bir oz dag’allashadi. Lekin shirin no’xat navlarining dukkagi yetilganda ham tavaqalari birmuncha yo’g’on va nozik bo’lib qolaveradi, shunga ko’ra oziq- ovqatga ishlatiladi va «lopatki» degan nom bilan konservalashda foydalaniladi.
O’zbekistonda rayonlashtirilgan ko’k no’xat navlarining tavsifi
Ko’k no’xat navlari ko’pgina morfolik, biologik va xo’jalik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi.
Navga xos asosiy morfologik belgilar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Poyasining bo’yi va bo’g’im oraliqlarining soni. Bundan tashqari birinchi to’pgulgacha bo’lgan bo’g’im oraliqlarining soni yoki dastlabki gullarining nechog’lik baland joylashganligi ahamyatga ega. Guli qancha past joylashgan bo’lsa, bu nav shuncha tezpishar va hosilni o’rib-yig’ib olish shuncha qiyin bo’ladi.
2. Dukkagining shakli va yirik – maydaligi. Dukkaklari to’g’ri va egilgan, kattaligi(uzunligi) esa 40 mm dan 70mm gacha bo’ladi.
3. Donining rangi yirik – maydaligi. Doni juda har xil bo’ladi, ekma ko’k no’xatda turli (pushti, och yashil va boshqa) tusli don ko’proq uchraydi. Donning yirikligi yoki 1000 donasining vazni juda har xil bo’ladi va turli navlarda 130g dan 400g gacha yetadi.
Vostok 55. O’zekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutining («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi) seleksion navi Tojikiston respublikasidan olingan ?141 namunasidan, ko’plab tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Muallif: Mazurin S.A.
1954 yildan Respublika bo’yicha kuzgi ekish muddatida Davlat reyestriga kiritilgan.
Qishlovchi nav. O’simlikning bo’yi 40-60 sm barcha bo’g’inlar soni 15-18 ta. Birinchi to’p gulgacha 11-14 ta. Pastdan shoxlay boshlaydi. 3-5 poyali. Bargliligi yaxshi 60,0-63,0 %. Bargi yirik asosi arrasimon. Bargi ikki-uch qo’sh bargli, elipssimon shaklda. Guli och-pushti, sariq-sarg’ish dog’li, yakka. Urug’i dumaloq burchaksimon, mayda, silliq, yashil, qo’ng’ir mramorsimon tusli. 1000 ta donining vazni 96,6 g.
Nav xozirgi paytda bahorgi ekish muddatida sinalmoqda. 1998-2000 sinov yillarida o’rtacha don hosildorligi Jizzax viloyati G’allaorol nav sinash shahobchasida lalmikor sharoitda gektaridan 8,1 sentnerni tashkil etdi, quruq moddasi 9,8 sentner.
Vegetasiya davri to’la unib chiqishdan to’la pishgunga qadar: kuzgi ekish muddatida don uchun 150-155 kun, bahorgi ekish muddatida 66 kun, yashil ozuqa uchun 139 kun. Yotib qolishga bardoshliligi 2,7 ball, to’kilishga bardoshliligi 3,5 ball.
Sinov yillarida askoxittoz bilan zararlanmadi.
Vostok 84. O’zekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutining («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi) ning seleksion navi. Marokashdan keltirilgan kolleksiya namunasi ? 6212 ni, ko’p marotaba yakkalab tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Oleynik P.P, Ergashev N.
1995 yildan Respublika bo’yicha don va yashil ozuqa uchun kuzgi va bahorgi ekish muddatida Davlat reyestriga kiritilgan.
Pelyushka xashaki gorox tur xiliga oid, mikrospermum tur xiliga mansub. Poyasi oddiy, o’sish balandligi 90-95 sm, pastki qismi shoxlangan. Bargi yashil, elipssimon shaklda. Bargi yirik, asosi yashil, changdoni o’rtacha. Guli yirik, och-qizg’ish, jigar rang dog’lari bor, yakka yoki qo’shaloq. Dukkagi o’rtacha kattalikda 5-7 urug’li. Urug’i mayda, yashil, dumaloq burchaksimon, binafsha rang mayda bezaklari bor. 1000 ta donining vazni 169,1 g.
1998-2000 sinov yillarida o’rtacha don hosildorligi Jizzax viloyati G’allaorol nav sinash shahobchasida gektaridan 8,9 sentnerni tashkil etdi, quruq moddasi 8,8 sentner.
Ob-havo qulay kelgan yillari, lalmikorlikda o’rtacha don hosildorligi 20,0 sentnerga teng, quruq moddasi 34,0 sentnerga teng. Oqsil miqdori 17,0 %. Vegetasiya davri to’la unib chiqishdan to’la pishgo’nga qadar 66 kun, yashil ozuqa uchun 43 kun. Yotib qolishga bardoshliligi 2,7 ball, dukkak yorilishi 3,5 ball. Nav qurg’oqchilikka bardoshli. Sinov yillarida askaxitoz bilan zararlanmadi.
Usat?y 90. Ukraina o’simlikshunoslik ilmiy tekshirish institutining seleksion navi. G’1(liniya 75-26 x Trujenik ) x G’ 1 (Harkovskaya 74 x Harkovkiy usatiy) x mnogosemyann?y 12 x liniya 78 x duragay kombinasiyalaridan, ko’p marotaba tanlash yo’li bilan yaratilgan.
1995 yildan Respublika bo’yicha don va yashil ozuqa uchun bahorgi ekish muddatida Davlat reyestriga kiritilgan.
Tur xili-usataya, to’kilmaydigan ko’kimtir urug’ kichik turi. O’simlik chirmashib o’sadi, bo’yi 140 sm. Poyasi oddiy shaklda, yashil rangli, bargsiz. Barg oldi bargchalari yirik, oddiy shaklda yashil. Gullari yirik, gul o’rnida ikkitadan joylashgan, oq rangli. Dukkagi yoriluvchan, to’g’ri, o’tkir uchli, somonsimon sariq rangli 6-9 urug’li. Doni yirik, dumaloq, silliq, yaltiroq yashil. Kertigining o’rnida urug’ o’simtasi joylashgan. 1000 ta donining vazni 278,5 g.
1998-2000 sinov yillarida Jizzax viloyati G’allaorol nav sinash shahobchasida o’rtacha don hosildorligi gektaridan 8,6 sentner, quruq moddasi 10,6 sentnerni tashkil etdi. Lalmikorlikda ob-havo qulay kelgan yillari don hosildorligi 19,3 sentnergacha yetadi. Oqsil miqdori 14,0 %. Vegetasiya davri to’la unib chiqishdan pishgunga qadar 69-77 kun, yashil ozuqa uchun 45-51 kun. Yotib qolishga bardoshli, hosilni mexanizm bilan o’rishga yaroqli. Sinov yillarida askoxitoz bilan zararlanmadi.
Biologiyasi. No’xat bahorgi ekinlar qatoriga kiradi. Biroq qishlovchi xillarini kuzda ekish mumkin. U sovuqqa chidamli o’simlik. Issiqqa kam talabchan, urug’i 2-6 gradusda unib chiqa boshlaydi. 15-20 gradusda uning o’sishi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. Agar no’xat gullayotganda temperatura yuqori, namlik kam bo’lsa, yomon changlanib hosil pasayib ketadi. Uning maysalari ayrim hollarda 8-12 gradusda va undan ham past temperaturaga chidaydi. No’xatning gullash va hosil tugish davrida tushgan -2-3 gradus sovuq yetilmagan dukkaklarni urib ketishi mumkin. No’xatning o’rtapishar navlari maysalaganda 30-40 kun keyin gullay boshlaydi. O’suv davri 70-100 kun. Kechpishar navlarniki 120-125 kun. No’xat uzun kun o’simligidir. Shuningdek Shimolda Janubdagiga nisbatan tezroq rivojlanadi. No’xat namga anchagina talabchan o’simlik. Donining bo’rtishi uchun vaznining 110 % miqdorida suv talab qiladi. Transpirasiya koeffisiyenti o’rtacha 400-450 ga teng. No’xatning naviga va yetishtirish sharoitiga qarab 300-600 orasida o’zgarib turadi. Yerda umumiy dala nam sig’imining 70-80 % miqdorida nam bo’lsa, no’xatdan yuqori hosil olinadi.
No’xat gullashi va hosil tugish davrida nam yetishmasa, yomon rivojlanadi. No’xat uncha yer tanlamaydi. Lekin yengil qumli shuningdek sho’rxok botqoq tuproqli yerlarda u yaxshi o’smaydi. O’tloqi, o’tloqi botqoq, bo’z tuproqli mexanikaviy tarkibiga ko’ra o’rtacha fosfor va kaliyga boy yengil qumoq va qumloq tuproqi yerlarda no’xat yaxshi o’sadi. Yer osti suvlar yuzada bo’lsa ham uncha ta’sir etmaydi.
Yetishtirish agrotexnikasi. No’xat ekish uchun maxsus dala ajratilmaydi. Uni kelgusi yili makkajo’xori, oq jo’xori, kechki sabzavot ekinlari ekiladigan yerga birinchi va shuningdek o’sayotgan g’o’za orasi yoki g’o’zapoya yig’ishtirib olingandan keyin ham o’rniga ekish mumkin.
Yerni ishlash. No’xat ekish muddatiga qarab yer turli usulda ishlanadi. Agar u erta bahorda ekiladigan bo’lsa, super fosfat solib yerni 25-30 sm chuqurlikda shudgorlash zarur. Erta bahorda boronalash, so’ngra no’xat ekish oldidan agregat disklash bilan bir yo’la boronalash va mola bostirish lozim. Begona o’tlardan toza va yaxshi ishlangan yerlarni ekish oldidan boronalash bilan cheklanish mumkin. No’xat ang’izga ekiladigan bo’lsa yer quyidagicha ishlanadi. 1 ekin yig’ishtirib olingandan keyin dala sug’oriladi keyin 25-30 sm chuqurlikda xaydash bilan birga baranalanadi va mola bostiriladi. So’ngra yirik kesaqlar ko’chsa disk, halqali kataklar bilan maydalanadi. G’o’za o’sayotgan davrda qator oralari kultivasiya qilinadi. So’ngra no’xat ekiladi. No’xat kech kuzda ekiladigan bo’lsa yer 25-30 sm chuqurlikda xaydaladi. Sho’r bosgan yerlarda no’xat ekish uchun oldin yerni sho’rini yuvish kerak bo’ladi.
O’g’itlash. No’xat eng avval fosforli o’g’itlarga ehtiyoj sezadi. Bu o’g’itlar yerni shudgorlash vaqtida yoki ekish oldidan super fosfat holida solinadi. Yerga fosfor gektariga 50-100 kg normada solinadi. No’xat o’z ildizidagi bo’g’imak bakteriyalar xayot faoliyati hisobiga azot bilan oziqlanadi. Biroq hali bo’g’imaklar rivojlanmagan dastlabki vaqtlarda azotli o’g’itga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun no’xat ekish oldidan har gektariga 20-30 kg dan azotli o’g’it solinadi. O’zbekistonda no’xat azotli va fosforli o’g’itlarga nisbatan kaliyli o’g’itga kamroq talabchan bo’ladi. Biroq kaliyli o’g’itni gektariga 30-50 kg hisobidan yerni shudgorlashdan oldin yoki ekish oldidan ishlash vaqtida solish mumkin.
No’xat urug’larini nitragin bilan ishlash yaxshi natija beradi. Ayrim tajriba natijalariga ko’ra, sug’oriladigan yerlarda nitragin bilan ishlangan no’xatdan yerga o’g’it solinmaganda 1,6 ga/s, fosfor solinganda 4,7 ga/s qo’shimcha hosil olingan. Har gektariga ekiladigan uruqqa yarim litr nitragin sarflanadi. Shuncha nitragin ikki litr suvga aralashtiriladi. Urug’ ekiladigan kuni dorilanadi. Quyosh nuri ta’sirida bo’g’imak bakteriyalar nobud bo’ladi, shuning uchun urug’ni soyada dorilash kerak. Urug’ seyalkaning usti yopiladigan yashiklariga solib ekiladi.
No’xat erta bahorda-O’zbekistonning janubiy viloyatlarida yanvarda-fevral boshida, qolgan viloyatlarida-fevral va Xorazm viloyatida martda ekiladi. Erta ekilgan no’xat yozgi issiqqa qolmasdan gullab, hosili yetiladi. Yozgi issiq uning normal changlanishiga to’sqinlik qiladi, No’xat zamburug’ kasalliklari va zararkunandalardan kam zararlanadi. Yozda ang’izga ekishda yaxshisi iyulning ikkinchi yarmi-avgustning birinchi yarmida ekkan ma’kul. No’xat shu muddatda ekilsa, temperatura sharoiti va havo namligini yuqoriligi uning rivojlanishi uchun juda qulay keladi. No’xati uchun no’xatni kuzda sentyabr oyi boshlarida ekish mumkin. Kech kuzgilari (pelyushka) oktyabrning ikkinchi, uchinchi o’n kunligida yoki noyabr oyi boshlarida ekiladi. Bu eng qulay muddat hisoblanadi. No’xat erta kuzda ekilsa, sovuqqa chidamliligi keskin pasayadi, sovuq boshlanguncha u shonalay, gullay boshlaydi, so’ng qurib qoladi.
Don, yashil massa olish va ko’kat o’g’it sifatida foydalanish uchun no’xat SZT-47, SD-24, SUB-48 markali va boshqa mashinalarda ekiladi. Ekish normasi gektariga 1-1,2 mln don. Vazn hisobidagi normasi 250-300 kg/ga va 120-150 kg/ga. No’xat urug’i yuzasi qurib qoladigan yengil tuproqli yerlarda 5-7 sm, og’ir tuproqli yerlarda 4-5 sm chuqurlikda ekiladi.
No’xatni parvarish qilish. Tuproq qatqalog’ini yumshatish va begona o’tlarni yo’qotish maqsadida no’xat ekilguncha va maysalagandan keyin yer boronalanadi. Maysalangandan keyin boronalash og’ir yoki o’rtacha og’irlikdan boronalarda qatorlar ko’ndalangiga ishlanadi. Maysalar 3-4 ta barg chiqarib, bo’yi kamida 5-6 sm ga yetganda dalalar yengil, o’rtacha borona yoki rotasion motigada ko’ndalangiga yoki diagonal bo’ylab ishlanadi. Yerni asosan kunning ikkinchi yarmida, o’simliklarning turgor holati susayib, ular uncha mo’rt bo’lmaganda boronalash kerak.
No’xat 1-2 marta sug’oriladi. Yer osti suvlar yuza joylashgan yerlarda bir marta sug’oriladi. No’xat yozda ekilganda uni ekish bilan bir yo’la yoki keyin 60-70 sm oraliqda olingan uncha chuqur bo’lmagan egatlar orqali sug’orish lozim. Vegetasiya davrida no’xat egat orqali yoki taxtalarga suv bostirib sug’oriladi.
No’xat hosilini yig’ib olish. No’xat bir vaqtda yetilmaydi. Avval eng bo’liq pastki dukkaklari, so’ngra yuqorigilari pishadi. Tupdagi hamma dukkaklarning pishishini kutib bo’lmaydi, chunki bunda pastki dukkaklar chatnab, doni sochilib ketadi. No’xat pishganda tupi odatda yerga yotib qolib bir-biriga chirmashib ketadi. Shuning uchun alohida, ikki muddatda yig’ish eng yaxshi usul hisoblanadi. No’xat 70 % pastki dukkaklari pishganda terila boshlanadi. No’xat palagi JBL-3,5, JNU-3,2, JNB-3,5 markali maxsus o’roq mashinalarda o’riladi. 2-3 kundan keyin uyumlar SK-3, SK-4 markali podborshikli o’ziyurar kombaynlarda yig’ib olinadi. Yanchib olingan no’xat don tozalash mashinalarida tozalanadi, nami 14-15 % qolguncha quritilib, yaxshi shamollatiladigan quruq binolarda 1,2-2 m qalinlikda yoyib qoplarga solib saqlanadi.
No’xat yoppasiga gullaganda ko’kat o’g’it sifatida tuproqqa qo’yib xaydab yuboriladi. Xaydashdan oldin no’xat o’simligi ustidan katka bosiladi, so’ngra dalaning uzunasiga va ko’ndalangiga disklab maydalanadi va 25-30 sm chuqurlikda xaydash bilan bir vaqtda boronalanadi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish