Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari


Ekma suli turlarining bir-biridan farq qiladigan eng muhim belgilari



Download 1,63 Mb.
bet24/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR

Ekma suli turlarining bir-biridan farq qiladigan eng muhim belgilari.

Turi

Pastki gul qobig'ining uchi

Donining asosida supachasi bor-yuqligi

Yetilganda donning ajralish tavsifi

Ekma suli

Ikkita tishchasi bor, lekin qiltiqsimon uchlari yo'q

Supachasi yo'q, pastki don sinish maydonchasi to'g'ri

Doni sinadi, yuqoridagi donning bandi pastkisida qoladi

Vizantiya sulisi

Xuddi shunday

Supachasi yo'q, pastki doni sinish maydonchasi kiyshik

Doni sinadi, yuqorigi donning bandi o'rtasidan uziladi

Kum suli

Uzunligi 3- 6 mm keladigan qiltiqsimon ikkita o'simtasi bor

Supachasi yo'q, gul qobiqlari uzun

Doni sinadi.

Sulining tur xillari. Suli po’stli va po’stsiz donli formalarga bo’linadi. Doni po’stli suli katta-katta maydonlarga, po’stsiz suli po’stli suliga qaraganda bir oz kam hosil bo’lganligi uchun kichik maydonlarga ekiladi. Po’stli sulining doni gul qobiqlariga yopishib turgan holda bo’lganligi uchun qiyinroq yanchiladi. Suli ro’vagining tuzilishiga ko’ra osilib o’sadigan (difbusae Mardv) va ro’vakli, ya’ni bir tarmoqli (orirunalis Mordv) turlarga bo’linadi. Suliningg asosan ro’vagi osilib o’sadigan turi ko’p tarqalgan bo’lib, uning shoxchalari har tomonga yoyilgan holda o’sadi, shoxchalari qisqa va ro’vak o’qiga yopishgan bo’ladi. Suli ro’vaginig shakli gul qobig’ining rangi va qiltiqli-qiltiqsizligiga qarab tur xillarga bo’linadi.


Ochik urug’li suli ichida ro’vagi osilib o’sadigan va gul qobig’ining rangi ok bo’lgan ikkita: inermis Korr (qiltiqsiz) va chinensis Fisch (qiltiqli) tur xillari uchraydi.
Sulining qiltiqsizligi o’sish sharoitiga bog’liq holda o’zgarib turadigan belgi hisoblanadi. Agarda yil sernam kelsa, shuningdek yuqori agrotexnika qo’llanilganda bitta nav sulining o’zida qiltiqlari uncha ko’p bulmaydi. Lekin qurg’oqchil kelgan yillari qiltiriq miqdori keskin ortib ketadi. Ro’vagida ko’pi bilan 25 % qiltiriq bo’lsa, bunday boshoqchani suli shartli ravishda qiltiqsiz tur xiliga kiritiladi.
Mamlakatimizda ekilayotgan suli navlari asosan 3 ta mutica Al anistata kr. Aurea Korn tur xillariga mansub. Shulardan oq donli suli eng ko’p tarqalgan. Bo’z tuproqli yerlarda ekiladigan suli (gusea ba cenerea) tur xillari Yevropani janubida ekiladi. Qrimning tog’ oldi zonasida uchraydi. Jigarrang suli (bmunea ba maltana) tur xillari noqoratuproq zonadagi quritilgan botqoqzorlarda muhim ahamiyatga ega. Bir tarakli suli ancha kechpishar bo’lib, hosildorligi bo’yicha ro’vagi osilib o’sadigan suli turidan keyingi o’rinda turadi.
Navlari. Sulini Do’stlik 85, Toshkent 1, Uspex, Uzbekskiy shirokolistniy kabi navlari keng tarqalgan
Do’stlik 85. O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish institutining seleksion navi. K-9986 na’munasidan yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Gepetkov A.A. Muhamedov J.M, Rasulov R.R.
1999 yildan Samarqand viloyatining sug’oriladigan yerlarida ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Supurgisi yarimtarqoq, ok, sariq rangga aylanadi, uzunligi 19-25 sm. Ro’vagida o’rtacha 52-54 dona don bo’ladi. Doni och sariq, ok, 1000 donasining vazni 31, 7 g.
O’rtacha hosildorlik gektaridan 31,4 sentner. O’suv davri ko’k ozuqa uchun o’rilguncha 162-170 kun. Don uchun 190-200 kun. Nav yotib qolish va to’kilishga bardoshli. Qishga chidamliligi yaxshi
Toshkent 1. O’zbekiston chorvachilik ITIda yaratilgan. Respublikamizni sug’oriladigan yerlarida ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan. Tupi yarim yoyik, sal egilgan, ok sariq rangli, doni o’rtacha kattalikda, 1000 donasining vazni 29,2 g. Don hosildorlik o’rtacha 24,1 sentner. O’suv davri don uchun 198-205 kun. Ko’k ozuqa uchun 171-174 kun. Nav qishga chidamli. Yotib kolishga bardoshli.
Uzbekiskiy shirokolistn?y. O’zbekiston chorvachilik ITI va Butun ittifok o’simlikshunoslik institutining seleksion navi.
K-11302 (Avstraliya) keng bargli namunasidan, kechpishar shakllarini ko’plab tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Halikov A.S, Ayrapetov G.A. Azizov A.S, Trofiovskaya A.Ya, Rodionova N.A
1981 yildan Respublikaning sug’oriladigan yerlarida bahorgi ekish muddatida don va yashil ozuqa uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Biologik bahorgi. Pugnaks turiga mansub. Tupi tik o’sadi, baland, keng. Tishchasi oddiy. Ro’vagi yig’iq, bir yoyli, bir yolli, sarg’ish-kung’ir. Boshoq qipig’i uzunchoq shaklda. Qiltiqli donlari 56,0 % gacha. Qiltig’i uzun 1,5 sm, nozik asosi qoramtir.
Doni yirik jigar rang. 1000 ta donning vazni 29,8-31,2 g.
O’rtacha donning hosildorligi oraliq ekin sifatida gektaridan 26,8 sentner, quruq oddasi 108,8 sentnerni tashkil etadi.
Vegetasiya davri oraliq ekin sifatida 185 kun, bahorgi ekish muddatida 102-107 kun.
Nav O’zbekiston sharoitida yaxshi qishlaydi, bahorgi sovuqlarga chidamli.
Biologik xususiyatlari. Issiqqa talabi: suli mo’tadil iqlim o’simligi. Urug’i 2-4 S dan boshlaydi. 6-12 S harorat maysalarini qiyg’os unib chiqishi uchun optimal hisoblanadi. Maysalari bahorgi past 8-9 S gacha bo’ladigan sovuqqa yaxshi chidaydi. Tuplanish fazasida harorat 15-18 S bo’lishi yaxshi hisoblanadi. Yuqori temperatura va yozgi quruq havo suliga yomon ta’sir etadi. Harorat 38-40 S da suli barglari so’lib qoladi. Ertapishar navlar uchun foydali harorat yig’indisi 1300-1600 S va kechpishar navlar uchun 1500-1800 S ni tashkil qiladi.
Namlikka talabi. Suli boshqa g’alla ekinlariga nisbatan namsevar o’simlik hisoblanadi. Sulining transpirasiya koeffisiyenti 430-500 hisoblanadi. O’simlikning suvga talabi butun vegetasiya davrida yuqori bo’lib ayniqsa naychalash fazasidan ro’vak chiqarishgacha juda ko’p suv talab qiladi. Ana shu davrda suv yetishmasa, hosildorlik keskin kamayib ketadi. Suli boshqa bahorgi ekinlarga qaraganda tuproqning ortiqcha namligiga birmuncha chidamli, u quruq havo va garmseldan qattiq zararlanadi. Donning to’lishi va yetilishi davridagi ortiqcha namlik vegetasiya davrining cho’zilib ketishiga sabab bo’ladi, shuning uchun suli shimoliy rayonlarda sovuq tushguncha pishib ulguradi.
Sulining po’stli xillari po’stsiz donlilarga nisbatan unib chiqishi uchun donining og’irligiga nisbatan 60 foiz suv oladi. Sulidan seryog’in yillari mo’l hosil olinadi.
Tuproqka talabi. Suli tuproqka unchalik talabchan emas, bu sulining ildiz sistemasining yaxshi rivojlanishiga va o’zlashtirish xususiyatining yuqoriligiga bog’liq. Sulini qumli va sho’rlangan yerlardan tashqari, hamma yerda o’stirish mumkin. Tuproqning kislotaliligiga yaxshi chadaydi Tuproqning kislotaliligi (rN-5-6) bo’lsa ham o’saveradi. Sulining ildizi 120 sm chuqurlikka va yon tomonga 180 sm gacha kirib boradi.
Suli yetishtirish agrotexnikasi. Almashlab ekishdagi o’rni. Sulinig kuzgi ekinlar, qator oralariga ishlov beriladigan ekinlar, dukkakli ekinlardan keyin va ko’p yillik o’tlardan bo’shagan yerlarga ekish maqsadga muvofiqdir. Namgarchiliqk kam bo’ladigan zonalarda ko’p yillik o’tlar qator oralari ishlanadigan ekinlarga qaraganda kam tuplaydi. Begona o’tlar ko’p bosadi va bir joyda qayta ekilsa hosil keskin kamayib ketadi. Sulidan bo’shagan yerlar don ekinlari va zig’ir uchun yaroqsiz hisoblanadi. Sulini bir maydonga ikki yil ekish ham salbiy ta’sir etib hosildorlikni keskin kamayib ketishiga olib keladi.
O’g’itlash. Sug’oriladigan yerlarda suli mineral va organik o’g’itlarga juda talabchan bo’ladi. Fosforli va kaliyli o’g’itlar yerni xaydash oldidan, azotli o’g’itlar esa o’simlikni oziqlantirish davrida tuproqka solinadi. Mineral o’g’itlarning yillik me’yori gektariga azotli o’g’itlar 100-120 kgga, fosforli o’g’itlar 90 kg va kaliyli o’g’itlar 60 kg me’yorda belgilanadi.
Yerni ishlash. O’zbekistonda suli kuzda va bahorda ekiladi. Kuzda ekiladigan suli uchun yer avgust yoki sentyabr oyida xaydalsa yaxshi natija beradi. Sulini ekishdan oldin yerni ekishga tayyorlash tadbirlari amalga oshiriladi.
Ekish. Urug’ni ekishga tayyorlash. Suli ro’vagidagi donlar bir tekis bo’lmaydi. Suli ro’vagining pastida joylashgan urug’lar yirik, to’la, salmoqli bo’ladi va ulardan sog’lom, baquvvat, yaxshi rivojlangan o’simliklar unib chiqadi. Ro’vak uchida joylashgan donlar mayda bo’ladi. Shuning uchun suli urug’ini ekishdan oldin saralanadi. Bu ishni bajarishda OS 4,5 A mashinasidan foydalaniladi. Urug’ning unuvchanligini oshirish uchun ochiq joyga 5-10 kun davomida yoyib qo’yiladi. Suli urug’i zamburug’ kasalliklariga chidamliligining oldini olish maqsadida ekish oldidan vitovaks bilan ishlov beriladi (2-3 kg bir tonna urug’ uchun). Bu ish ekishdan kamida 20-24 kun oldin bajariladi. zon, formanin yoki TMTD preparatlarining birida dorilanadi.
Ekish muddatlari. Suli kuzda ekilganda oktyabr oyining birinchi va ikkinchi o’n kunligida qancha erta ekilsa shuncha yuqori hosil olinadi. Dasht-o’rmon zonalarida erta ekilsa virus kasalliklari bilan zararlanadi. Kasallangan o’simliklar juda sertup bo’lib o’sadi. Lekin deyarli ro’vak chiqarmaydi. Bu yerlarda suli mayning ikkinchi dekadasidan va kechki muddatlarda ekilsa, bu xildagi kasalliklar bilan mutlaqo kasallanmaydi. Qora ko’za o’sgan maydonlarda sulini begona o’t yo’qotilgandan keyin ekish kerak.
Ekish me’yori. Suli ekish me’yori tuproq iqlim sharoitiga va yerning unumdorligiga bog’liq. Suli urug’ining 1000 donasining vazni bir muncha o’zgarib turgani uchun ekish me’yori har gektar maydonga ekiladigan unuvchan urug’ soniga belgilanadi. Ilmiy tekshirish muassasalari va navsinash uchastkalari ma’lumotlariga ko’ra suli urug’ini ekish me’yori gektariga 3-4 mln dona unuvchan urug’ belgilanadi.
Suli ekish usullari. Suli qatorlab va tor qatorlab ekiladi. Tor qatorlab ekilganda qatorlab ekilgandagiga nisbatan ancha yuqori hosil beradi.
Urug’ni ekish chuqurligi. Tuproqning namligiga qarab, mexanik tarkibiga va ekish muddatiga qarab 3-6 sm bo’lishi mumkin.
Ekinni parvarish qilish – g’alla ekinlari bilan bir xil erta bahorda ko’ndalangiga va diagonaliga borona qilinadi, begona o’tlarga qarshi kurashiladi, oziqlantiriladi va sug’oriladi.
Sulini o’rib-yig’ishtirib olish. Suli ro’vagidagi hamma donlar bir yetilmaydi. Oldin ro’vagining yuqorisidagi donlari yetiladi, keyin o’rtasidagi va oxirida ro’vagining pastki qismidagi donlar pishib yetiladi. Shuning uchun hosilni ikki fazali usul bilan yig’ishtirish yaxshi natija beradi.. Suli ro’vagining ichki qismidagi donlar mum pishish fazasiga kirganida hosilni yig’ishtirishni boshlash kerak.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish