Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari



Download 1,63 Mb.
bet25/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR

3.4. MAKKAJO’XORI

Halq xo’jaligidagi ahamiyati. Makkajo’xori en qimmatli va sermahsul donli ekinlardan bo’lib, har xil maqsadlarda ishlatiladi. Chorvachilikda yem-xashak, insonlar uchun oziq-ovqat va sanoatda qayta ishlash uchun xom ashyo hisoblanadi. Doni tarkibida 65-70 % uglevodlar, 9-12 % oqsil, 4-8 % moy, 13 % suv, 2,4 % sellyuloza mineral tuzlar va vitaminlar bo’ladi. Butun dunyodagi mamlakatlarda makkajo’xori donining qariyb 20% oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Uning donidan un, yorma, shirin juxori, konserva, bodroq va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Sanoatda donidan (qayta ishlab) kraxmal, etil spirti, dekstrin, pivo, glyukoza, shakar, kiyom, sirop, asal, yog’, sirka kislota, Ye vitamin, askorbin va glyutamin kislotalari olinadi. Donning murtagida 40 % yog’ bo’ladi. Makkajo’xori murtagidan olingan moydan davolash maqsadida foydalaniladi. Makkajo’xori poyasi bargi, so’tasi va zo’g’otasidan qog’oz, karton, linoleum, viskoza, izolyasiya, materiallari, aktivlashtirilgan ko’mir sun’iy po’kak, plastmassa, og’riqsizlantiruvchi moddalar, yelim, bo’yoq smola va boshqa ko’pgina mahsulotlar tayyorlanadi. Makkajo’xori doni barcha turdagi xayvonlar va qushlar uchun eng yaxshi ozuqa hisoblanadi. 1 kg quruq doni 1,34 oziq birligiga teng va tarkibida 78 g xazmlanadigan protein bo’ladi. Makkajo’xori doni omixta yem tayorlash sanoatida ko’p ishlatiladi. Makkajo’xorining poyasi xatto don to’la pishganda ham tuyimliligini saqlab qoladi va xayvonlarga yedirish uchun foydalaniladi. Makkajo’xori 100 kg quritilgan poyasida 37 oziqa birligi bor, 100 kg so’ta o’zagida esa 35 oziqa birligi bor.


Mamlakatimizda makkajo’xori silos tayyorlanadigan ekin sifatida birinchi o’rinda turadi. Makkajo’xori silosi yaxshi xazm bo’ladi va parxezlik xususiyatiga ega. Oziq uchun hammadan ko’proq uning doni endigina qota boshlagan (yoki sut mum pishiqligida) dumbul so’tali poyasidan tayyorlangan silos hisoblanadi. Bu davrda so’tasining 60 % sut-mum pishiqligida bo’ladi. Bu vaqtda o’simliklar hali ko’m-ko’k va sersuv bo’ladi. Bunday silosning 1 kg da 0,30 oziq birligi bo’ladi.
Makkajo’xori dalaning begona o’tlardan tozalanishida muhim ahamiyatga ega, chunki makkajo’xori gullaguncha ko’kat oziq sifatida ishlatiladi. Bu davrda ko’k massasi tarkibida protein miqdorining ko’pligi bilan farq qiladi.
12-rasm. Makkajo’xori o’simligini tuzilishi. 1,2-o’simlik unib chiqish va gullash fazalarida;
3,4-otalik to’pguli va boshoqcha; 5,6-onalik to’pguli va boshoqcha

Sug’oriladigan yerlarda avgust oyida ekilgan makkajo’xori ko’kat oziq yoki pichan bo’ladi. Qator oralariga ishlov beriladigan ekin bo’lganligi uchun to’g’ri agrotexnika qo’llanilganda dalani begona o’tlardan toza holda koldiradi, almashlab ekishda yaxshi o’tmishdosh ekin hisoblanadi. Mamlakatimizning janubiy rayonlarida makkajo’xoridan bir yilda 2 marta hosil olish mumkin. Makkajo’xorining qimmati shundaki uni yetishtirishda 2 vazifa don resurslarini to’ldirish va silos qilish vazifalari hal qilinadi. Makkajo’xoridan hammasi bo’lib 220 xildan ortiq oziq-ovqat, yem-xashak va texnika mahsulotlari tayyorlanadi.


Makkajo’xorini kelib chiqishi va ekiladigan maydonlari. Makkajo’xori eng qadimiy ekin bo’lib, insonlar uni eramizdan bir necha ming yillar ilgari ekib kelishgan. Uning vatani Markaziy Amerika hisoblanadi. Makkajo’xori birinchi marta Ispaniyaga 16 asrning boshlarida keltirilgan. 18 asr oxirlari 19 asr boshlarida makkajo’xori Sharqiy Xitoy orqali O’rta Osiyoga o’tgan. 2003 yildagi ma’lumotga ko’ra butun dunyo bo’yicha makkajo’xori ekiladigan maydon 142,68 mln gektarni tashkil qildi. Xosirdorlik esa gektarida 44,7 sentner bo’lgan. U dunyodagi barcha mamlakatlarda keng tarqalgan bo’lib, ayniqsa AQSh, Argentina, Brazilya, Vengriya, Ruminiya, Xitoy, Xindiston va boshqa mamlakatlarda ko’p ekiladi. Butun dunyodagi makkajo’xori ekiladigan maydonning 31 % dan ortiqrog’i AQSh ga to’g’ri keladi. Makkajo’xori Braziliyada 6 mln ga, Argentinada 2 mln ga dan ko’proq. Meksikada 6,3 mln ga Xitoyda 5 mln ga dan ko’proq. Xindistonda 4,2 mln gektar yerga ekilgan. Yevropa mamlakatlarida: Ruminiyada 13,6 mln, Yugaslaviyada 12,5 mln, Italiyada 1,1 mln, Vengriyada 1,3 mln gektar yerga ekilgan.
Makkajo’xori mamlakatimizdagi barcha viloyatlarning sug’oriladigan yerlarida ertagi va takroriy ekin sifatida ekiladi.
Hosildorligi. Hosildorligiga ko’ra makkajo’xori barcha don va yem-xashak ekinlaridan ustun turadi. O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida makkajo’xoridan o’rtacha 40-50 s/ga don va 500-700 s/ga ko’k poya yetishtirilishi mumkin. Ammo makkajo’xorini yuqori agrotexnika koidalari asosida parvarish kilinganda gektaridan 100-120 sentner don yoki 1000-1500 sentner ko’k poya olish mumkin.
Nav sinash uchastkalarida har gektaridan 100-110 s don hosili olinmokda.
Botanik ta’rifi. Makkajo’xori bir yillik o’t o’simliklar jumlasidan bo’lib, boshoqdoshlar (g’allasimonlar oilasi)ning Zea mays avlodi va turiga kiradi.
Makkajo’xori ikkinchi guruh g’alla ekinlariga mansub bo’lsa ham botanik xususiyatlariga ko’ra birinchi va ikkinchi guruh g’alla ekinlaridan katta farq qiladi. U ildizi, poyasi va barglarining tuzilishi jihatidan jo’xoriga uxshaydi, lekin to’pgulining tuzilishi, donning yirik-maydaligi va shakli jihatidan undan keskin farq qiladi.
Makkajo’xorining ildiz tizimi popuk ildiz bo’lib, baquvvat rivojlangan. Yer ostida bir-biriga yaqin joylashgan poya bo’g’imlarida, yer yuzidan taxminan 3-4 sm chuqurlikda bo’g’im ildizlari paydo bo’ladi. Poyaning yer ustidagi eng pastki bir necha bo’g’imidan ochiq ildizlar, ya’ni tayanch ildizlar chiqadi. Bu ildizlar ayniqsa poyasi baland bo’lib o’sadigan o’simliklar uchun tayanch vazifasini bajaradi va yerga kirib o’sganida oziqlantiruvchi ildiz vazifasini ham o’tashi mumkin. Ekin qalin bo’lib o’sgan joylarda tayanch ildizlar hosil bo’lmaydi.
Poyasi - tik o’sadigan dag’al pohol poya bo’lib, ichi parenxima bilan to’lgan, bo’yi 0,5 m dan 6 m gacha va yo’g’onligi 2-4 sm dan 67 sm gacha yetadi. Sug’oriladigan sharoitda poyasining bo’yi 2,5 m dan 4,5 m gacha yetadi. Poyasi bo’g’imlar bilan bo’g’im oraliqlariga bo’lingan. Bo’g’imlarning soni makkajo’xorining naviga qarab 10-15 tadan (tezpishar navlarida) 20-25 tagacha yetadi va bundan ham ortadi (kechpishar navlarida). Poyaning yer ustidagi pastki 2-3 ta bo’g’imidan ko’pincha yon novdalar o’sib chiqadi bular bachki novdalar deb ataladi.
Barglari yirik, enli chiziqli va cheti to’lqinsimon bo’lib, yuz tomoni tuk bilan qoplangan. Tilchasi kalta, shaffof, quloqchalari yo’q. Har bir tupdagi barglari soni poyasidagi bo’g’imlari soniga bog’liq. O’simlik tupining o’rta qismidagi barglar eng yirik bo’ladi.
Makkajo’xorini boshqa g’alla o’simliklaridan asosiy farqi uning to’pgulidadir. Makkajo’xori ikki xil to’pgul chiqaradi, shularning birinchisi erkak gullaridan iborat ro’vak, ikkinchisi urg’ochi gullardan iborat so’ta bo’ladi. Ro’vagi poyasining uchida joylashadi, 1-2 ta, ba’zan 3 ta bo’ladigan so’tasi poyasinining barg qo’ltiqlaridan joy oladi.
Ro’vagi yirik-maydaligi, shakli va rangi jihatidan juda har xil bo’ladi. Kam shoxlanganligi yoki yon shoxchalari bo’lmasligi bilan boshqa g’alla o’simliklari (oqjo’xori, tariq, suli) ning ro’vaklaridan farq qiladi. Ro’vaginning shoxchalaridan odatda juft-juft, ba’zan to’rt qo’shaloq bo’lib boshoqchalar chiqadi, shularning biri zich taqalib turadigan bandsiz bo’lsa, ikkinchisining kalta bandi bo’ladi yoki ikkalasi ham bandsiz bo’ladi. Yon shoxchalaridagi boshoqchalar ikkita tik qator hosil qilib joylashadi. Boshoqchasi ikki gulli bo’ladi, boshoqcha qipiqlari enli, tuk bilan qoplangan, uzunasiga ketgan 3-9 ta tomiri bor. Guli pardasimon ikkita yupqa qipiqchadan iborat, bularda uchta changchi bo’ladi.
So’tasi yirik-mayda, har xil shaklda, ko’pincha naysimon yoki bilinar-bilinmas noksimon bo’ladi (12-rasm). Tashqi tomondan uni shakli o’zgargan barg plastinkalaridan iborat o’rama qoplab turadi. So’taning o’zi seret o’zakdan tashkil topgan bo’lib, undagi katakchalarda urg’ochi gulli boshoqchalr juft-juft bo’lib, muntazam tik qator hosil qilib joylashadi. Boshoqchada ikkita urg’ochi gul bo’ladi, shularning faqat yuqorigi bittasi rivojlanib hosil tugadi. Boshoqcha qipiqlari mayda, makkajo’xori gullashi vaqtida seret bo’ladi, keyin dag’allashib qoladi. Gul qobiqlari yupqa, pardasimon bo’lib, so’ta yanchilganda to’kilib ketadi.

12-rasm. Xar-xil kenja turga mansub makkajo’xorining so’tasi. 1-tishsimon. 2,3-kremnistiy. 4-kraxmalli. 5-shirin. 6-bodroqlanadigan makkajo’xori.

Boshoqchalarning juft-juft bo’lib, joylashishi so’tadagi don sonining juft bo’lib, chiqishini bildiradi, don qatorlarning soni 8 tadan 24 tagacha o’zgarib turadi.


Urg’ochi guli bir uyali bo’g’imcha bo’ladi. Undan uzun ipsimon ustuncha (urug’chi ipi) chiqib, uchki tomonidan ayri tumshuqcha hosil qiladi. Gullash vaqtida ustunchalarda tumshuqchalari bilan birga so’taning uchidan dasta tuk shaklida chiqib turadi. So’tada o’rta hisobda 500 tadan 600 tagacha, kechpishar nav o’simliklar yaxshi rivojlanganda 1000 tagacha gul bo’lishi mumkin.
Makkajo’xorining doni (mevasi) yirik, yumaloq, ovalsimon yoki tishsimon, rangi juda xilma-xil bo’ladi. 1000 donasining vazni o’rtacha 250-350 g bo’lib, 100-500 atrofida va bundan ko’p o’zgarib turishi mumkin.
Makkajo’xorining ro’vagi bilan so’tasining tuzilishini gullab turgan vaqtida yoki ataylab shu davrda quritib qo’yilgan o’simliklardan o’rganish ma’kul. O’simlikning boshqa qismlarini quritilgan yaxlit o’simlikdan o’rganish mumkin.
Makkajo’xorining kenja turlarini aniqlash. Makkajo’xorining Zea mays L. turi xozirgi klassifikasiyaga ko’ra 8 ta kenja turga bo’linadi, bular quyidagi belgilari: 1) donnining po’stliligi (doni po’stsiz yoki po’stli); 2) donining tashqi tuzilishi (yuzasining shakli va tavsifi); 3) donining ichki tuzilishi (unsimon yoki shoxsimon endosperm borligi va ularning joylashishi) bilan bir-biridan farq qiladi. (13-rasm)

13-rasm. Turli kenja turlarga mansub makkajo’xori donining endospermadagi unsimon va shoxsimon qismlarininng nisbati (uzunasiga kesilgan) 1-kraxmalsimon; 2-tishsimon; 3-kremnistiy; 4-bodroqlanadigan; 5-shirin;

Shunday qilib, donining belgilari makkajo’xorini kenja turlarga ajratish uchun asos hisoblanadi. Shuning uchun donining tuzilishi bilan ancha batafsil tanishish zarur.


Doni po’stdan (meva, urug’ po’sti, ba’zi shakllarida et po’stdan), aleyron qavat, yirik murtak (don vaznining 10 % gacha yetadi) va endospermdan iborat. Don endospermida unsimon va shoxsimon qismlar farq qilinadi. Unsimon qism, ya’ni unsimon endosperm g’ovak tuzilgan, chunki kraxmall donalari orasida kamgaklar bo’ladi. Shoxsimon qism, ya’ni shoxsimon endospermda kraxmal donalarda zich joylashgan bo’lib, bularning orasidagi kamgaklar protein hamda kolloid karbonsuvlar bilan to’la turadi.
Unsimon endospermda kraxmal ko’p, oqsil kam bo’lsa, shoxsimon endospermda, aksincha, oqsil ko’p, kraxmal kam. Don sinig’ida shoxsimon endosperm shishasimon bo’lib ko’rinadi.
Makkajo’xorining quyidagi kenja turlari bor: tishsimon, kreynistiy, serkraxmal, shirin, bodroqlanadigan, mumsimon, serkraxmal-shirin va po’stli makkajo’xori. Shularning dastlabki beshtasi ishlab chiqarishda ahamiyatga ega.
Makkajo’xorining har xil kenja turlarini donining bir biridan farq qiladigan belgilarini quyidagi jadvalda keltirilgan.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish