Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari



Download 1,63 Mb.
bet21/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR

3. BAHORGI DON EKINLARI.
Bahori g'alla ekinlari eng ko'p ekiladigan, ekin maydonlari va yalpi hosili bo'yicha jaxon dexqonchiligida birinchi o'rinda turadi. Bahorgi ekinlarga bahorgi bug'doy, bahorgi arpa, bahorgi javdar, suli kiradi. Bu ekin ichida bahorgi bug'doy dunyo dexqonchiligida eng katta maydonni egallaydi. Bulardan tashqari makkajo'xori, oq jo'xori, tariq, sholi va marjumak kiradi.
3.1. BAHORGI BUG'DOY

Halk xo'jaligidagi ahamiyati. Bahorgi bug'doy kuzgi bug'doyga o'xshab oziq-ovqat, yem-xashak va texnik ahamiyatga ega. Bahorgi bug'doy umuman qishda sovuq qattiq bo'ladigan mintaqalarda ekiladi. Bunday sharoitda kuzda ekilgan bug'doy qattiq sovuqdan nobud bo'ladi. Bahorgi bug'doy esa qishgi sovuqlar o'tgandan keyin ekiladi. Bahorgi bug'doy eng keng tarqalgan va asosiy oziq-ovqat ekinidir. Donidan, ayniqsa, bahorgi yumshoq bug'doyning kuchli va qimmatli navlaridan yuqori sifatli un olinadi. Kuchli navlari unni yaxshilovchi hisoblanadi va kuchsiz bug'doy navlarining uniga 20-25 % qo'shiladi.


Bahorgi qattiq bug'doy navlarining donlari makaron, yorma, lag'mon, vermishel tayyorlashda foydalaniladi. Yumshoq bahorgi bug'doy navi donida oqsil 14-16 %, qattiq bug'doynikida 15-18 % va kleykovina 28-40 % bo'ladi.
Bahorgi bug'doy yetishtiriladigan asosiy maydonlar Volgabuyi, Shimoliy Kozog'iston, Sibir, Janubiy Uralda joylashgan. O'zbekistonning lalmikor yerlarida bahorgi bug'doyning yumshoq va qattiq turlari ekiladi. Sug'oriladigan yerlarda ko'pchilik hollarda beda bilan qo'shib qoplama ekin sifatida ekiladi. Bahorgi bug'doy O'zbekiston Respublikasining garmsel va tuproq qurg'oqchiligi kam bo'ladigan Samarqand, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida Janubiy viloyatlardagiga nisbatan yaxshi hosil beradi. Bu viloyatlarda bahorgi bug'doy lalmikorlikda ekiladigan bug'doy salmog'ida 13-20 %, Janubiy Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 8-10 % ni tashkil qiladi. Keyingi yillarda bahorgi bug'doy salmog'i ancha kamaydi.
O'zbekistonda 1913 yilda bug'doy ekilgan maydon 932 ming ga bo'lsa, shundan 472 ming ga yoki yarmidan ortig'iga bahorgi bug'doy ekilgan. Bu ko'rsatkich 1971-1975 yillarda muvofiq holda 396 va 100 ming gektarni tashkil etgan. Ko'rinib turibdiki, kuzda ekilgan bug'doy bahorgi bug'doyga nisbatan to'rt baravar katta maydonga (396 ming) ekilgan. 2000 yil hosili uchun bug'doy 1310 ming ga ekilib shundan (40 ming ga) bahorda ekilgan. Uning ham bir qismi qoplama ekin sifatida.
Bug'doy hosildorligi. Bahorgi bug'doy lalmikor va sug'oriladigan yerlarda kuzgi bug'doyga nisbatan kamroq hosil beradi. Bahorgi bug'doyni yuqori agrotexnika qoidalari asosida yetishtirilsa ancha yuqori hosil olish mumkin. Lalmikor yerlarda bahorgi bug'doyning hosildorligi yog'ingarchilikning miqdoriga, tuproqning nam bilan ta'minlanganlik darajasiga va yog'ingarchilikning qachon bo'lishiga bog'liq bo'ladi. Yog'ingarchilik ko'p bo'lgan yillarda lalmikor yerlarda bahorgi bug'doy hosildorligi o'rtacha gektaridan 10-12 sentner va ilg'or xo'jaliklardan 20-25 sentner bo'lishi mumkin. Sug'oriladigan yerlardan esa gektariga o'rtacha 40-45 sentnergacha hosil olish mumkin..
Biologik xususiyatlari. Bahorgi bug'doy duvarak bug'doydan kam farq qiladi. O'simlikning bo'yi past, boshog'i kalta, doni mayda, kam tuplanadi, bir o'simlikda 1,2-1,5 boshoqli poya hosil qiladi. Bahorgi bug'doy ildizi kuchsiz rivojlangan, ayniqsa, qattiq bug'doyda. Urug'lar 1-20S da una boshlaydi. 4-50S da maysa hosil qiladi. Harorat tuproqning ekish chuqurligida 12-15 0S bo'lganda maysalar 7-8 kunda hosil bo'ladi. Maysalari 6 0S sovuqqa bardosh beradi. Tuplanishda 8-130S sovuqqa chidaydi. O'zbekiston sharoitida bahorgi bug'doy urug'lari fevralda ekilganda 22-27 kunda unib chiqadi, 26 kundan keyin tuplana boshlaydi, 62-66 kunda boshoq tortadi, unib chikqandan keyin 98-102 kunda to'la pishib yetiladi.
Lalmikorlikda tekis-tepalik mintaqasida bahorgi bug'doy odatda iyunning ikkinchi yarmida, tog'li mintaqada iyulning ikkinchi yarmida yoki kuzgi bug'doyga nisbatan 7-10 kun keyin pishadi. Shuning uchun donning to'lishi qurg'oqchilik davriga to'g'ri keladi va don hosili kamayadi, donlar mayda, puch bo'ladi.
Bahorgi bug'doy uzun kun o'simligi. U kuzgi bug'doy, arpaga nisbatan namga talabchan. Yumshoq bug'doyning bahorgi navlarida transpirasiya koeffisiyenti 415,5 qattiq bug'doy navlarida 406 ga teng. Eng ko'p namlikni naychalash va boshoqlash davrlarida talab qiladi.
Bahorgi bug'doy o'sish davrida suvni quyidagicha sarflaydi, (% hisobida) unib chiqish-7 %, tuplanish 15-20 %, naychalash-gullash 50-60 % sut pishish 20-30 %, mum pishish -5 %.
Bahorgi bug'doy me'yorida o'sib, rivojlanishi va yuqori hosil shakllanishi uchun tuproqdagi namlik ChDNS 70-75 % kam bo'lmasligi lozim.
Tuplanish fazasida birlamchi ildizlari 50 sm, boshoqlashda 100-130 sm chuqurlikka kirib boradi. Bo'g'in yoki ikkilamchi ildizlari 3-4 barg hosil bo'lganda paydo bo'la boshlaydi va tuproqda nam yetarli bo'lgandagina rivojlana boshlaydi. Ikkilamchi ildizlarning hosil bo'lish davri tuplanish bo'g'inining shakllanishidan naychalash fazasigacha davom etadi. Bahorgi bug'doy ildiz tizimining o'zlashtirish qobiliyati yuqori bo'lmaganligi va nisbatan kuchsiz rivojlanganligi tufayli u tuproq unumdorligiga talabchan. U yumshoq, unumdor va begona o'tlardan toza yerlarda yaxshi o'sadi. Lalmikor mintaqada organik moddalarga, chirindiga boy bo'z tuproqlar bahorgi bug'doy yetishtirish uchun qulay yerlar hisoblanadi.
O'zbekiston sharoitida biologik bahorgi navlar, duvarak navlar kuzda va bahorda ekiladi. Ular biologik kuzgi navlarga nisbatan tezpishar, qurg'oqchilikka va issiqlikka chidamli, donining shishasimonligi yuqori. O'zbekistonda bug'doyning quyidagi navlari bahorgi qilib ekiladi.
Surxak-5688 - Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining tog' oldi va tog'li lalmikor mintaqalarida ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Bahorgi qattiq bug'doyning sug'oriladigan yerlarda ekish uchun Neodur, Tetradur, bahorgi yumshoq bug'doyning Giza-163, Sads-1 navlari Respublikamizning hamma viloyatlarida sug'oriladigan yerlarda ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.
Bahorgi bug'doy xususiyatlaridan biri urug'larning bir tekis, qiyg'os unib chiqmasligi va maysazorning siyraklanishi hisoblanadi. Buning asosiy sababi unib chiqish davrida tuproqda namlikning yetishmasligi, shimolda tuproq kislotaliligining yuqoriligi, urug'larning fuzarioz bilan kasallanishidir.
Bahorgi bug'doy yetishtirish texnologiyasining xususiyatlari. O'zbekistonda bahorgi bug'doy sug'oriladigan va lalmikor yerlarda ekiladi. Sug'oriladigan yerlarda toza holda va beda bilan qoplama ekin sifatida almashlab ekishlarda joylashtiriladi. Lalmikor mintaqada bahorgi bug'doy keyingi yillarda kam ekilmokda va kuzgi bug'doyga nisbatan ekin maydonining 10-15 % ini tashkil qiladi.
Sug'oriladigan yerlarda bahorgi bug'doy o'stirish texnologiyasiga rioya qilinganda 35-40 s/ga don hosili shakllantiradi. Qish qattiq, sovuq bo'ladigan Qoraqalpog'iston Respublikasida bahorgi bug'doy ekish maqsadga muvofiq. Sug'oriladigan yerlarda g'o'za, qand lavlagi, dukkakli o'tlar, dukkakli don ekinlari, sabzavot, kartoshka ekinlari bahorgi bug'doy uchun yaxshi o'tmishdosh bo'ladi.
Lalmikorlikda toza, band shudgor bahorgi bug'doy uchun eng yaxshi o'tmishdoshlar hisoblanadi. Bahorgi bug'doy lalmikorlikda joylashtirilganda asosiy e'tibor tuproqda nam to'plash ishlariga karatiladi.
Bahorgi bug'doy ham sug'oriladigan yerlarda g'o'za, makkajo'xori, poliz, sabzavot, kartoshka ekinlari uchun yaxshi o'tmishdosh.
Kuchli va qattiq bahorgi bug'doy navlari eng yaxshi o'tmishdoshlardan keyin joylashtirilishi talab etiladi.
O'g'itlash. Bahorgi bug'doy sug'oriladigan yerlarda yetishtirilganda o'g'itlarga, ayniqsa, azotli o'g'itlarga juda ta'sirchan. Bahorgi bug'doy 1 s don va shunga muvofiq somon hosil qilish uchun tuproqdan 3,8-4,2 kg azot, 1,1-1,2 kg fosfor va 3,2-3,4 kg kaliy o'zlashtiradi.
Azotli, fosforli o'g'itlarga eng talabchan davri tuplanish va naychalash fazalari. Don shakllanishi va to'lish davrida azotga talabi kamayadi. Kaliyni boshoqlash va donning to'lish davrida ko'p o'zlashtiradi.
Sug'oriladigan yerlarda o'g'itlash hosildorlikni va don sifatini sezilarli darajada oshiradi. Bahorgi bug'doyga sug'oriladigan yerlarda gektariga N120,R90,K60 kg solish tavsiya etiladi. Bu miqdordagi ma'danli o'g'itlar olinadigan hosil va tuproq unumdorligiga qarab o'zlashtirilishi mumkin.
Azotli o'g'itlar solinganda o'simlik yotib qolmasligi uchun, ular ekish oldidan, tuplanish va boshoqlash-gullash fazalarida beriladi.
Fosforli, kaliyli o'g'itlar yerni xaydash oldidan solinadi. Fosforli o'g'itlarning 10 % i ekish bilan, azotli o'g'itlarning 60 % i ekishdan oldin kultivasiya bilan solinadi, qolganlari oziqlantirishlar sifatida ikki bo'lib tuplanish va naychalash fazalarida beriladi.
Rivojlanishning keyingi fazalarida solingan azotli o'g'itlar don tarkibidagi kleykovina va oqsil miqdorini sezilarli darajada oshiradi. Bu usul, ayniqsa, kuchli va qattiq bug'doylar yetishtirishda muhim ahamiyatga ega. Gullash, donning to'lish davrida gektariga 35 kg karbamidni 150 l suvga aralashtirib purkalish, barglar orqali oziqlantirish don sifatini oshiruvchi asosiy agrotexnik usullardan biri.
Lalmikorlikda nam bilan yarim ta'minlangan va ta'minlangan mintaqalarda gektariga azot 30-40 kg, fosfor 40-60 kg, kaliy 30-40 kg solish tavsiya etiladi. Yog'ingarchilik kam bo'lsa, azotli o'g'itlarning samaradorligi keskin kamayadi.
Tuproqni ishlash. Bahorgi bug'doy ekiladigan dalalar kuzgi shudgor qilinadi. Kuzgi shudgor chuqurligi 25-27 sm qilib o'tkaziladi. Tuproqni asosiy ishlashda xaydash chuqurligi tuproq madaniy qatlami qalinligiga, kachon o'zlashtirilganligiga bog'liq holda belgilanadi. Suv eroziyasiga uchragan dalalarda tuproq nishablikka ko'ndalang qilib xaydaladi. Tuproqni ishlashda chimqirqar o'rnatilgan PLN 6-35, PLN 5-35. PYa 3-35 pluglaridan foydalaniladi.
Shamol eroziyasiga uchragan yer yetilishi bilan boronalanadi, chizellanadi yoki kultivasiya qilib dala ekishga tayyorlanadi.
Ekish. Bahorgi bug'doy urug'lari qish davomida zax, salqin joylarda saqlangan bo'lsa, urug'lar 4-5 kun oftobda yoyilib quritiladi, shamollatiladi. Ekish uchun albatta birinchi va ikkinchi sinf talablariga javob beruvchi kondision urug'lardan foydalaniladi. Urug'lar kuzgi bug'doyniki singari ekishdan 1-2 oy oldin raksil, vitovaks va panaktin bilan ishlanadi.
Ekish muddati. O'zbekiston sharoitida bahorgi bug'doy kuzgi bug'doyga nisbatan kam hosil beradi. Ekish muddatlarining kechikishi bilan bu farq yana kuzgi bug'doy foydasiga tomon oshadi.
Bahorgi bug'doy fevral oyida ekilganda u qishki, bahordagi yog'ingarchiliklardan yaxshi foydalanadi, yozgi garmsel va issiqdan kam zararlanadi, gektaridan 40-45 s don shakllantiradi.
Lalmikorlikda ayrim yillari maqbul muddatda ekilgan bahorgi bug'doy hosildorligi kuzda ekilgan bug'doy hosildorligidan kolishmaydi.
Ekish usuli. Bahorgi bug'doy sug'oriladigan yerlarda qator oralari 15 va 7-8 sm qilib ekiladi. Qatorlarni kesishtirib ekish ham yaxshi natija beradi. Shuning uchun urug'larning dalada bir tekis taqsimlanishi, o'simliklarning maqbul oziqlanish maydoni bilan ta'minlanishi tor va qatorlarni kesishtirib ekilganda olinadi. Ammo bu usllarda ekilganda bahorgi bug'doy ekish me'yori 10-15 % oshirilishi maqsadga muvofiq.
Lalmikorlikda bahorgi bug'doy qatorlab (15 sm) ekiladi. Ekish SZS-2.1, SZP-3.6, SZ-3.6 seyalkalarida o'tkaziladi.
Ekish me'yori. Sug'oriladigan yerlarda bahorgi bug'doy ekish me'yori navning biologik xususiyatlariga, ekish muddatlariga bog'liq holda belgilanadi. Ekish me'yori 4-5 mln unuvchan urug'.
Lalmikorlikda ekish me'yori kuzgi bug'doyniki singari mintaqaning nam bilan ta'minglanganlik darajasiga qarab belgilanadi va 70 kg dan 110 kg gacha uzgaradi. Ekish chuqurligi 4-5 sm, yengil tuproqlarda 6-8 sm oshirish mumkin.
Sug'orish. Bahorgi bug'doydan mo'l hosil yetishtirishda sug'orish rejimining ahamiyati katta. O'simlikning suvga va oziqa moddalarga eng talabchan davri-tuplanish va gullash fazalari. Bu davrda o'simlik yetarli namlik bilan ta'minlanmasa boshoqdagi donlar soni, 1000 ta don massasi va natijada hosildorlik kamayadi.
Bahorgi bug'doyning sug'orish rejimi kuzgi bug'doynikiga o'xshash. Nam to'playdigan sug'orishlar va o'suv davridagi sug'orishlar uyg'unlashtirib o'tkaziladi. Tuplanish, naychalash, boshoqlash, don shakllanishi va to'lishi davrida gektariga 600-700m3 me'yorida sug'orishlar o'tkaziladi.
Tuproq unumdorligi yuqori bo'lgan dalalarda 1 s don shakllanishi uchun nisbatan kam suv sarflanadi.
Ekinni parvarish qilish. Lalmikorlikda ekinzor yovvoyi suli bilan ifloslangan bo'lsa, Puma-super gerbisidi (7.5 %) 0,87-1,2 kg/ga me'yorda tuplanish fazasida sepiladi. Xozirgi paytda ikki pallali begona o'tlari Granstar gerbisidi 20 g/ga me'yorda qo'llanilyapti. Zang va umuman zamburug' kasalliklariga qarshi Tilt, Foddikyur, Bayleton gektariga 0,3-0,5 kg me'yorida qo'llaniladi.
Zararkunandalardan zararli xasva, g'alla qarsildoq qo'ng'iz, g'alla shilimshiq qurti (piyavitsa), tripslar, yo'l yo'l g'alla burgasi, g'alla biti va boshqalar uchraydi. Ularga qarshi Detsis, Karate, Zolon gektariga 0,25-0,71 l ishlatiladi. Pestisidlarni qo'llashda ON-400, OPSh-15, OVT-1V va aviasiyadan foydalaniladi.
Don sifatini oshirish uchun barg tashxisi asosida azotli o'g'itlar bilan barglar orqali oziqlantiriladi, hosil bir fazali yoki ikki fazali usulda yig'ishtirib olinadi.



Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish