Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari



Download 1,63 Mb.
bet23/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR

3.3. SULI.

Sulining halk xo’jaligidagi ahamiyati. Suli doni otlar va boshqa turdagi chorva mollari uchun qimmatli oziqa hisoblanadi. Sulining donidan yorma, suli tolqoni, galet, kofe tayyorlanadi. Sulining donida 10-15 % oqsil, 40-45 kraxmal va 4-6 % moy, 13-13,5% to’qima, 4,0% kul hamda 11 % suv bo’ladi. Suli yormasi tarkibidagi oqsil odam va xayvonlar organizimi uchun zarur bo’lgan qimmatli aminokislotalar (arginin, gistidin, lizin va tirptofan) ga boy bo’ladi.


Suli donida asosan, V turiga mansub vitaminlar bor. Bundan tashqari mineral tuzlar, temir birikmalari va fosfor ko’p bo’lganligi uchun parxez taomlar va bolalar ovqati tayyorlashda keng ishlatiladi. Suli somoni va to’poni to’yimliligi jihatdan boshqa g’alla ekinlari somoni va to’ponidan ustun turadi. Suli bir yillik dukkakli ekinlar (vika, ko’k no’xat, burchoq) bilan birga pichan tayyorlashda ko’kat oziq uchun va silos bostirishda ko’p ishlatiladi.
Tarixi. Suli qadimiy ekinlardan hisoblanib, yovvoyi holda kadim-kadimdan bug’doy va arpa ekinlari ichida aralashma holida uchrab kelgan. Shunga karamay sulining tarkalishi geografik kelib chiqishi markazi belgilanmagan. Yevropada suli ekini eramizdan 1500-1700 yillar ilgari ma’lum bo’lganligi xaqida tarixiy ma’lumtlar bor. Xozirgi hamdo’stlik mamlakatlaria VII asrdan boshlab ekila boshlanganligi ma’lum. Shuning uchun suli yangi ekin hisoblanadi.
Dunyo dexqonchiligida suli 13,3 mln gektar yerga ekilib kelinmoqda. Uning o’rtacha hosildorligi gektaridan 16,5 sentner yalpi hosili esa 26,9 mln tonnadan iborat. Suli asosan G’arbiy Yevropa, AQSh va Kanada davlatlarida ko’plab ekilmokda. Rossiyada suli ekiladigan asosiy maydonlar namgarchilik yuqori bo’lgan va o’rmon-dasht zonalarida - Boltiq buyida, Belarussiyada noqoratuproq yerlarda. Markaziy qoratuproqli yerlarda, shuningdek Sibir va Uzoq Sharkda ekiladi. Suli Ukraina, Poles?sida va o’rmon dasht zonasida katta-katta maydonlarga ekiladi. O’zbekistonda suli ko’proq oraliq ekin, qoplama ekin sifatida ko’k massasi uchun yetishtiriladi.
Sug’oriladigan yerlarda gektaridan 35-40 sentner, lalmikor yerlarda esa 15 sentnergacha don hosili olish mumkin. Ammo sulini ilg’or agrotexnika tadbirlari asosida parvarish qilinsa gektaridan 60-70 sentner hosil berish imkoniyati bor.
Botanik ta’rifi. Suli Avena L. avlodiga kiradi. Shu avlodga mansub bo’lgan ko’p yillik va bir yillik madaniy va yovvoyi 70 ta turdan oddiy (A. sativa L). eng ko’p vizantiya sulisi (A. bysantina L. Koch) kamroq tarqalgan bo’lib, qum suli (yoki ayg’ir qiyoq. A. strigosa Schreb.) begona o’t tariqasida uchraydi.
Ekiladigan sulilardan tashqari, bug’doy va boshqa g’alla ekinlari orasida yovvoyi suli-ashaddiy begona o’t, qorakuza yoki qora suli (A. fatua L. va A. Ludoviciana Dur) uchraydi. Bular O’zbekistonda kam uchraydi. (11-rasm)

11-rasm. Suli. 1,2-unib chiqish va gullash fazalarida o’simliklarning umumiy ko’rinishi; a-ro’vak, b-don, d-turlar va tur xillarining boshoqchalari; 3-po’stli ekma suli; 4-yalang’och donli oddiy suli; 5-oddiy yovvoyi suli; 6-qum sulisi; 7-vizantiya sulisi; 8-janub sulisi (qora ko’za)

Ekma suli bir yillik bahorgi o’simlik bo’lib, bug’doyga qaraganda birmuncha bo’ydor poya va ancha yirik barg chiqaradi. Bargi plastinkasining barg noviga o’tish joyida katta tilcha hosil bo’ladi, quloqchalari bo’lmaydi. To’pgullari har xil shakldagi ro’vak bo’lib, boshoqchalri odatda ikki gulli, axyon-axyonda uch-to’rt gullidir. Boshoqchasini pardasimon ikkita enli boshoqcha qipig’i ikki tomondan o’rab turadi. Guli ikkita gul qobig’iga joylashgan, bularning tashqisi qalin-seret bo’lib, qiltiqli shakllarida orqa tomonidan kalta qiltiq chiqadi.


Mevasi-po’stli sulilarda po’stli va doni ochiq sulilarda po’stsiz dondir. Po’st-gul qobiqlari donini zich o’rab turadi-yu, lekin u bilan yopishib o’smaydi. Po’stliligi 20-30 % ni tashkil etadi. Po’stsiz doni cho’ziq-oval shaklda bo’lib, ikki uchi ingichkalashgan, uzun-uzun tukchalar bilan siyrak qoplangan. 1000 ta donasining vazni 20-40 g keladi.
Ekma suli turlarining bir-biridan farq qiladigan eng muhim belgilari 9-jadvalda keltirilgan.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish