Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari



Download 1,63 Mb.
bet20/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR

2.5.TRITIKALE

Tritikale O’zbekistonda keng tarqalgan yangi oziq-ovqat, yem-xashak ekini. U serhosil, kasalliklarga, yotib kolishga va boshqa noqulay sharoitlarga chidamli o’simlik.


Doni oqsil va lizin, triptofan singari almashtirilmaydigan aminokislotalarga boy. Bug’doy va javdarga nisbatan donida oqsil 1-4 % ko’p. Kleykovinaning miqdori bug’doynikiga teng yoki 3-4 % ko’p, ammo sifati past. Shuning uchun tritikale donining non yopish hamda tegirmonboplik sifatlari bug’doynikidan past. Bug’doy uniga tritikale uni 20-30 % qo’shilib non yopilsa, non sifati yaxshilanadi.
Tritikale doni konditer sanoatida, pivo pishirishda, omixta yem tayyorlashda foydalaniladi. O’zbekistonda tritikale oraliq ekin sifatida, yashil massasi uchun ham o’stiriladi. Erta bahorda yetishtirilgan yashil massasi bevosita oziqa sifatida hamda ertagi silos, o’t uni, briket, granula tayyorlashda ishlatiladi. Uning silosi va yashil massasi tarkibida xazmlanadigan oqsil bug’doy va javdarnikiga nisbatan 1 % ko’p, yaxshi xazmlanadi, xushxo’r.
O’zbekistonda tritikale, asosan, kuzda sug’oriladigan va lalmikor yerlarda yetishtiriladi. Sug’oriladigan yerlarda, Surxondaryo viloyati sharoitida gektaridan 350-600 s yashil massa hosili olingan. Don hosili suvlikda 50-60 s/ga ga yetadi.
Dunyoda ekin maydoni 2003 yilda 3,08 mln ga, hosildorligi gektaridan 33,2 sentnerni tashkil etgan.
Tarixi. Tritikale yangi va yosh o’simlik. U bug’doy va javdar avlodlarini chatishtirish natijasida olingan yangi o’simlik avlodi. Tritikale o’simligida bug’doy donining sifati va javdar o’simligining noqulay sharoitiga chidamlilik xususiyatlari mujassamlashgan. Tritikale nomi Tritisum (bug’doy) va Secale (javdar) so’zlarining birinchi qismlarini qo’shilishidan hosil bo’lgan. Tritikale bug’doy-javdar duragayi amfidoploidlarga mansub. Dastlab bug’doy-javdar duragayi Germaniyada yaratilgan.
Rossiyada G.M. Meyster, V.N. Lebedov. V. U. Pisarov, A.I. Derjavinlar (1939) tritikalening hosil bo’lishini o’rganishgan va duragaylarini yaratishgan. Xozirda tritikalening yangi serhosil, kasalliklarga, yotib kolishga chidamli navlarni yaratish va ularni yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo’yicha dunyoning turli mamlakatlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmokda.
Biologik xususiyatlari. Haroratga talabi. Tritikale urug’lari 3-50S da una boshlaydi. Haroratning ko’tarilishi bilan urug’ unib chiqish davri tezlashadi. Unib chiqishi uchun o’rtacha optimal havo harorati 20-220S. Urug’lar ekilgandan keyin 6-8 kunda unib chiqadi. Harorat 350S oshsa, urug’lar unib chiqishi to’xtaydi. Kuzgi tritikale 18-20 0S sovuqqa bardosh beradi. Sovuqqa chidamliligi kuzgi bug’doynikidan yuqori, O’zbekiston sharoitida bahorgi shakllari ham yaxshi qishlab chiqadi.
O’zbekistonda tritikale asosan kuzda tuplanadi va bir tup o’simlikda 2-6 ta poyalar hosil qiladi. Tup qalinligi kam bo’lganda tuplanish kuchayadi.
Tritikale asosan o’zidan changlanadi, ammo havo issiqlik, quruq bo’lganda chetdan changlanishi ham kuzatiladi. O’zbekistonda navlar, ekish muddatlari, qo’llanilgan agrotexnikaga bog’liq holda o’sish davri 220-250 kunni tashkil qiladi. Kuzgi tritikale, kuzgi bug’doyga nisbatan 5-10 kun kech yetiladi.
Namlikka talabi. Namlikka talabchan. Yetarli issiqlik, havo bo’lganda urug’lari uz og’irligiga nisbatan 55-60 % namlikni yutib una boshlaydi. O’simlikning namlikka eng talabchan davri naychalashdan donning to’lishigacha. O’suv davrida tuproqda namlik cheklangan dala nam sig’imining 70-75 % dan kam bo’lmasligi kerak.
Tuproqka talabi. O’zbekiston sharoitida tritikale bo’z, o’tloqi-bo’z tuproqlarda o’sadi. Mexanik tarkibi yengil, qumoq-qumoq tuproqlar ham tritikale yetishtirish uchun qulay. Faqat botqoqlashgan og’ir hamda sho’r tuproqlar tritikale uchun yaroqsiz. Tuproq muhiti rN 6-7 bo’lishi ma’kul.
Navlari. Prag serebristiy-buyi 170-185 sm, tuplanishi 2.5-5. Barglari umumiy massasining 42 % ni tashkil qiladi. Barg uzunligi 25-40 sm, eni 2-3 sm. Boshog’i ok, 9-11 sm, zichligi 10 sm da 35-37 boshoqcha joylashgan. Qiltiqlari oq, kuchsiz tarvakaylagan. 1000 donning massasi 40-44 g. Samarqand nav sinash stansiyasi va Farg’ona nav sinash uchastkasida sinov yillari 301-454.7 s/ga yashil massa hosili olingan.
Don hosili Samarqand DNSS da urtcha 60.5 s/ga ni tashkil kilgan. O’suv davri yashil massa uchun 177 don uchun 212 kun.
Baxodir-Tojikiston dexqonchilik ITI da yaratilgan. Ikki hosilli Respublikamizning sug’oriladigan yerlarida tumanlashtirilgan. Boshog’i prizmasimon, 8-8.5 sm. Doni tuxumsimon, to’q qizil, 1000 ta don vazni 50.8 g. Surxondaryo Uzun DNU da o’rtacha 66,2 s/ga don hosili olingan. Don uchun ekilganda o’suv davri 193 kun, yashil oziqa uchun 165 kun. Sinov yillari kasallanmagan.
Mnogozernoviy-2. BO’I da yaratilgan. Samarqand viloyatining sug’oriladigan yerlarida oraliq ekin sifatida tumanlashtirilgan. Ikki fazali. Boshog’i qiltiqli uchburchaksimon, 12-14 sm, rangi ok. 1000 don vazni 45,8 g.
Sinov yillari Samarqand DNSS da o’rtacha hosili 65,4 s/ga, mutloq quruq modda hosili 80,3 s/ga bo’lgan. Yashil massasida, quruq modda hisobida 10,7% donda 11,6-12,5 % oqsil bor.
O’suv davri ko’k massa uchun 174 kun, don uchun 210 kun. Kasallik va zararkunandalar bilan kam zararlanadi.
Uzor. BO’I va Jizzax viloyati K. Raximov nomli davlat xo’jaligi hamkorligida yaratilgan. Surxondaryo va Toshkent viloyatining sug’oriladigan yerlarida tumanlashtirilgan. Boshog’i ok, qiltiqli, uzunligi 13-15 sm. 1000 don massasi 54,2 g. Don hosili Samarqand DNSS da o’rtacha 65,8 s/ga bo’lgan. Tezpishar o’suv davri yashil massa uchun 174 kun, don uchun 206 kunni tashkil qilgan.
Tritikalening bug’doyga nisbatan o’tmishdoshlarga talabchanligi kam, uning uchun qator oralari ishlanadigan ekinlar, dukkakli don ekinlari, sabzavot ekinlari yaxshi o’tmishdosh.
Tritikale 1 s don va shunga muvofiq somon hosil qilish uchun tuproqdan 4-5 kg azot, 1,3-1,6 kg fosfor, 3,6-4 kg kaliy o’zlashtiradi. O’g’itlarning yillik me’yori rejalashtirilgan hosil va tuproqning agrokimyoviy ko’rsatkichlariga bog’liq holda belgilanadi. Organik o’g’itlar 15-20 kg/ga, ma’danli o’g’itlar N 120-140, R80-90, K-60-70 kg/ga solinadi. Fosforli o’g’itlarning 10-20 kg ekish bilan, azotli o’g’itlarning asosiy qismi bahorda oziqlantirishlar sifatida beriladi.
Tuproqni ishlash kuzgi bug’doyniki singari. Urug’lar tozalangan, fungisidlar bilan dorilangan bo’lishi hamda nav tozaligi 97 % dan kam bo’lmasligi talab etiladi. Tritikale qattiq va chang qorakuya kasalliklariga juda chidamli.
Eng maqbul ekish muddati sug’oriladigan yerlarda oktyabrning ikkinchi, uchinchi o’n kunliklari, janubiy mintaqada noyabrning birinchi o’n kunligi.
Ekish usuli – tor qatorlab, qatorlab, kesishtirib. Ekish me’yori gektariga 4-5 mln dona unuvchan urug’. Ekish chuqurligi 5-8 sm. Tritikale erta bahorda tez rivojlana boshlaydi. Shuning uchun azotli oziqlantirish erta, mart oyining boshlarida o’tkaziladi. Ikkinchi oziqlantirish naychalash fazasining boshlanishida o’tkaziladi. Sug’orish ekin parvarishi kuzgi bug’doyniki singari. Hosilni yig’ishtirishda donlar yirikligi sababli barabanlar oralig’i kengaytiriladi va aylanish tezligi 600 ayl/min gacha kamaytiriladi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish