Fermer xojaliklari faoliyatining asosiy tarmoqlari
O’zbekiston sharoitida ko’plab fermer xojaliklarining asosiy tarmoqlaridan biri bu g’allachilik hisoblandi.Botanik tavsifi. Bug’doyning ildiz sistemasi popuk ildiz boʻlib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizlar esa 180 sm gacha chuqurga kirib boradi. Poyasi — sidirgʻa boʻgʻimlarga boʻlingan somonpoya, boʻyi 40—130 sm. Bug’doyning yotib qolishga chidami va hosildorligi poyaning balandligiga bogʻliq. Bargi poyani nayga oʻxshab oʻrab turadigan barg qini va lenta shaklidagi barg plastinkasidan iborat. Toʻpguli koʻpgulli boshoqchalardan iborat boshoq. Bug’doyda chetdan changlanish kam uchraydi, koʻproq oʻzidan changlanadi. Mevasi — don. Doni yalangʻoch (polba Bug’doylarda pardali), ovalsimon, tuxumsimon, choʻziq yoki sharsimon shaklda, qorin tomonida uzunasiga ketgan egatchali, oq yoki qizgʻishqoʻngʻir rangli boʻladi. Boʻliqligi jihatidan yumshoq (urvoqdi) yoki qattiq (yaltiroq, qayroqi) Bug’doyga boʻlinadi. 1000 ta doni vazni 20—70 g. Yumshok Bug’doy boshogʻi qiltiqli va qiltiqsiz, qiltigʻi boshogʻidan kaltaroq; doni oq yoki qizgʻish, koʻndalang kesimi dumaloq, ichi asosan unsimon. Qattiq Bug’doy boshogʻi zich, asosan qiltiqli, qiltiqlari boshogʻidan uzun va tik oʻsadi.
Xoʻjalik ahamiyati. Doni toʻyimli, tarkibida oqsil (seleksion navlarida 10—12% dan 20—25% gacha, yovvoyi turlarida 25—30% gacha), kraxmal (60—64%), shuningdek yogʻlar (2%), vitaminlar, fermentlar, mineral moddalar va boshqa bor. Doni, kepagi va boshqa chiqindilari qimmatli yem, aralash yem sanoati uchun xom ashyo. Somoni yemxashak va toʻshama, qurilish materiali; poyasi qogʻoz, karton, oʻrov materiali ishlab chiqarish, savatlar, qalpoqlar toʻqish uchun ishlatiladi va h. k. Koʻk massasi molga beriladi, shuningdek silos qilinadi. Bug’doy donidan turli navli unlar, yorma, spirt, kraxmal va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Biologik xususiyatlari. Bug'doy — bir yillik oʻsimlik, har xil tur va shakllarni duragaylash yoʻli bilan koʻp yillik Bug'doy navlari yaratilgan (qarang Bugʻdoybugʻdoyiq duragaylari). Kuzgi, bahori, yarim kuzgi va kuz hamda bahorda ekilganida ham hosil beradigan (duoba) turlari ham bor. Kuzgi Bug’doy bahorgisidan biologik jyhatdan farq qiladi, sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamli, tuproq harorati 4—5° boʻlganda unib chiqadi. Ayniqsa boshoqlash davrida namga talabchan. Vegetatsiya davrida kuzgi Bug’doy uchun 2100°, bahori Bug’doy uchun kamida 1300° samarali harorat talab etiladi. Qurgʻoqchilik hosiddorlikni pasaytiradi. Kuzgi bugʻdoyning vegetatsiya davri kuzda 45—50, bahor—yozda 75—100 kun, bahori bugʻdoyniki 90— 100 kun. Kuzgi bugʻdoy qor qoplami qalin boʻlganda —35° gacha sovuqqa chidaydi. Bahori bugʻdoy maysalari —8— 10° daraja sovuqqa bardosh beradi. Kuzgi Bug’doy hosiddorligi suvli yerlarda 20— 25 (ayrim hollarda 70—80) s/ga, lalmi yerlarda bahori Bug’doy hosildorligi 12—18 s/ga boradi.
Agrotexnikasi. Sugʻoriladigan mintaqalarda kuzgi Bug’doyni makkajoʻxori, gʻoʻza, kartoshka va boshqa dala ekinlaridan boʻshagan unumdor yerlarga ekish tavsiya etiladi. Nordon va shoʻrlangan tuproqda yaxshi oʻsmaydi. Ekish usuli yoppasiga qatorlab (qator orasi 12— 15 sm) yoki tor qatorlab (qator orasi 7—8 sm) ekiladi. Ekish meʼyori — lalmi yerlarda gektariga 70–110 kg, sugʻoriladigan mintaqalarda gektariga 170–200 kg, ekish chuqurligi 4—6 sm; kuzgi Bug’doy chuqurroq ekiladi, ekish meʼyori 10—15% ortiq olinadi, uruglik ekish oldidan saralanib, dorilanadi. Oʻzbekistonning sugʻoriladigan sharoitida Bug’doy ekiladigan yerga ekish oldindan 10—15 t goʻng, 40–80 kg fosfor, 40–100 kg azot, kaliy solinadi, oʻsuv davrida ham ekinzor oʻgʻitlanadi, suvli yerlarda oʻsuv davrida 2—3-marta sugʻoriladi, Oʻzbekistonda pishib yetilgan bugʻdoyzorlar yoppasiga bir yoʻla gʻalla kombaynlari bilan oʻribyigʻib olinadi.
Navlari. Oʻzbekistonda 1937—96 yillarda Bug’doy boʻyicha 6-marta (1937—61; 194464; 196065; 196375; 197080; 198085; 199095) nav almashtirildi. Bug’doy boʻyicha urugʻlik va yangi Bug’doy navlarini yaratishda Milyutin (Gʻallaorol) davlat seleksiya st-yasi |1937; hozirgi Suvli yerlarda boshoqli va dukkakli ekinlar i. t. instituti (Andijon shahri)ning Gʻallaorol filiali] muhim ishlarni amalga oshirdi. Sugʻoriladigan maydonlarda Bug’doyning Qiltiqsiz (Bezostaya 1), Unumli bugʻdoy, Sete Serros, Sangzor 4, Intensiv, Yonbosh, lalmi yerlarda Kizil bugʻdoy (qad. jaydari nav). Kizil Shalola (Krasnovodopadskaya 210), Surxok 5688, Tezpishar va boshqa navlari ekiladi. 1995-yildan Rossiyaning Krasnodar oʻlkasi, Ukrainadan keltirib ekilayotgan Skifyanka, Yuna navlari sugʻoriladigan maydonlarda gektaridan 50—70 s hosil berish imkoniyatiga ega. Bug’doy zararkunandalari: don tunlami, gessen pashshasi, koʻkkoʻz, shved pashshasi, hasva va boshqa Kasalliklari: qorakuya, qora zang, unshudring va boshqa
Sabzavotchilik dehqonchilikning sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan shug'ullanadigan tarmog'i. Sabzavotchilik dehqonchilikning boshqa tarmoqlaridan ko'p jihatdan farq qiladi, jumladan, Sabzavotchilikda ekinlar ochiq va himoyalangan (yopiq) yerlarda yetishtiriladi, aksariyat bir mavsumda hosil beradigan ekinlar ekiladi. Sabzavot ekinlari ochiq maydonlarda (bahor, yoz va kuz davrlarida) hamda urug' olish uchun, yopiq yerlarda (mavsumdan qat'i nazar) yetishtiriladi. Himoyalangan yerlarda o'simlikning o'sishi va rivojlanishi uchun (masalan, issiqxonalarda) jami omillar sun'iy yaratiladi va ularni o'sish jarayonini boshqarish mumkin. Bu esa qish, erta bahor, kech kuzda ham sabzavot yetishtirish imkoniyatini yaratadi. Sabzavotchilikda yetishtiriladigan ekinlar turining ko'pligi, biologik xususiyatlarining xilmaxilligi bilan ham ajralib turadi. O'zbekistonda 70 ga yaqin turdagi Sabzavotchilik ekinlari yetishtiriladi va qishloq xo'jaligida salmoqli o'rinni egallaydi. O'rta Osiyoda qovunning 2000 yil ilgari, tarvuz, qovoq, bodring, piyoz, sabzi, qalampir, turp va boshqa sabzavotlarni undan ham ilgari ekilgani ma'lum. Xalq seleksiyasida sabzavot ekinlarining dunyoga mashhur navlari yaratilgan. Asrlar davomida sabzavot ekinlarining tur tarkibi o'zgarib bordi. Masalan, 19-asrning 2-yarmidan Rossiya orqali pomidor, kartoshka, karam, gulkaram, bolgar qalampiri, Xitoydan esa rediska, patisson, pekin karami va boshqa turlari kirib keldi hamda asosiy ekinlar qatoridan joy oldi.
21-asr boshidan O'zbekistonda aholi jon boshiga yillik sabzavotlar iste'molining fiziologik normalarini (jami 113,3kg; shundan karam 2,1kg, pomidor 25,6kg, bodring
5,5kg, piyoz va sarimsoq 18,3kg, sabzi 18,3kg, lavlagi 5,5kg, boshqa sabzavotlar 20,0kg) ta'minlash maqsadida sabzavotchilik jadal rivojlantirilmoqda. Yirik shaharlar va sanoat markazlari atroflaridagi tumanlar, asosan, Sabzavotchilik bilan shug'ullanadi. Shirkat, dexqon va fermer xo'jaliklarida ochiq dalada polietilen plyonkalar ostida yerosti sabzavotlarni yetishtirish yo'lga qo'yilgan. Respublikaning jami. viloyatlarida yerosti sabzavotlar yetishtirish rivojlanib bormoqdi. Sabzavotchilikda chet el navlari va tajribalari keng qo'llanilmoqda. 2000 yilda O'zbekistonda sabzavot ekinlari maydonlari 130,4 ming ga, yalpi hosili 2637,3 ming tonna, hosiddorligi 173,1 s/ga bo'ldi.
Yurtimizda himoyalangan joylarda sabazavot ekinlarini yetishtirish texlonogiyalari ham keng miqyosda qo'llanib kelinadi. Himoya qilingan joyda pomidor, bodring bilan bir qatorda ko'katlar rediska, ko'k piyoz, karam, shirin qalampir, poliz mahsulotlari va boshqalar ham yetishtiriladi. Ular kamroq maydonga ekiladi va O'zbekistonda asosan ustiga plyonka yopiladigan issiqxonalarda va vaqtincha plyonka yopib o'stiriladi.
O'zbekistonda himoya qilingan joyda har xil ko'katlar ham yetishtiriladi. Ular noyabrdan kelgusi yil aprelgacha o'stiriladi. O'zbekistonda kuzning oxiri va qishning boshlanishida meva, uzum, yangi va tuzlangan sabzavotlar mo'l bo'ladi. Bu davrda ko'katlarga talab kamroq bo'ladi. SHuning uchun kuz-qishki muddatda faqat shivit, kress-salat va kashnich ekiladi. Bahorgi muddatda asosan bargli salat ekiladi. O'suv davri qisqa bo'lgan ko'katlar urug'ini sepib o'stiriladi. O'suv davri uzun bo'lganlari tezlashtirish usulida yetishtiriladi. Bunda "yorug'lik" fotosintez jarayoni uchun energiya manbai hisoblanib, o'simliklarning o'sishiga, anatomik tuzilishiga, suvni bug'lantirishiga va mineral oziqlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Sabzavot ekinlarining ba'zilari ko'k-binafsha nurlar ta'sirida yaxshi o'sib rivojlansa, boshqalari qizil yoki sariq-yashil nur ta'sirida yaxshi o'sadi va rivojlanadi. Ultrabinafsha nurlar assimlyatsiya jarayoniga ta'sir ko'rsatmaydi, lekin vitamin S ning sintezlanishiga yordam beradi. Oyna ultrabinafsha nurlarni tutib qoladi. Shuning uchun ham teplitsa va parniklarda yetishtirilgan sabzavot ekinlarida vitamin S, dalada o'stirilgan o'simliklardagiga nisbatan kamroq bo'ladi.
O'simlik to'qimalarida erkin suv bo'lishi ularning sovuqqa chidamliligiga juda katta ta'sir etadi. Hujayralarda suv qancha kam bo'lsa, harorat pasayganda hujayralar oralig'iga suv shuncha kam o'tadi va o'simlik sovuqqa shuncha chidamli bo'ladi. Shuning uchun quruq urug'lar -100/-200 sovuqgacha chidaydi, ivitilgan yoki nishlagan urug'lar esa salgina sovuqdan nobud bo'ladi. Sabzavot ekinlari issiqqa talabchanligiga qarab beshta guruhga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |