Yem-xashak rejasi va yem-xashak balansini tuzish



Download 54.5 Kb.
Sana03.02.2017
Hajmi54.5 Kb.

Aim.uz

Yem-xashak rejasi va yem-xashak balansini tuzish

Turli chorva mollarini boqish tartibi mamlakatimizning u yoki bu hududidagi mavjud yem-xashak turlari, ularni yetishtirish usullari, chorva mollarini asrash, hamda tarmoqning intensivlik darajasiga ko`ra belgilanadi. Chorvachilikda foydalaniladigan yem-xashak bir necha turga bo`linadi. Yem-xashak, asosan, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, yoki uni qayta ishlashdan hosil qilinadi. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlanadigan ozuqaqa sut va uning chiqindilari go`sht, baliq, suyak unlari va boshqa chorvachilik chiqindilaridan tayyorlangan ozuqalarga suyak uni, fosfor har xil tuzlar va turli mikroelementli yemlar kiradi.

Har bir qishloq xo`jaligi hududi va korxonasida yem-xashak yetishtirishni to`g`ri tashkil etsh va chorvaning ozuqa bazasini mustahkamlash, chorva mollarini ozuqalantirishni maqsadga muvofiq tashkil etishning asosiy sharti chorva ratsionida mollar o`zlashtirishi uchun zarur hamma moddalar mavjud yem-xashaklarning optimal tartibini tanlab olish va mahsulot birligiga eng kam ozuqa birligi sarflashdir. Ozuqa ratsioni chorva mollariga beriladigan yem-xashak turlari va ularning ozuqa me’yoridagi salmog`ini ifoda etadi. Ozuqa ratsioni har bir chorva turi bo`yicha har qaysi korxonaning o`ziga xos xususiyatlari, ya’ni yem-xashak turlari, ularni yetishtirish usul va yo`llari hisobga olingan holda belgilanadi.

Ozuqa ratsioni chorva mollarining biologik ehtiyojlarini to`la qondirish va yem-xashak sarfiga chorva mollarini asrash usullari va mollar mahsuldorligi katta ta’sir etadi. Mahsuldorlik qancha katta bo`lsa, mahsulot birligiga shuncha kam yem-xashak sarflanadi. Chunki chorva mollarining hayotini saqlab turish uchun talab qilinadigan yem bo`lsa, u shuncha ko`p mahsulot o`sishiga taqsimlanadi. Masalan, sigirlardan 2000 kg sut olinganda, 1kg sut yetishtirish uchun 1,4 kg ozuqa birligi , 125 gr oqsil modda, 3000 kg sut olinganda, 1,14 kg ozuqa birligi sarflanadi.

Ayrim turdagi yem-xashak, shirali ozuqa, suvli, dag`al va ko`k ozuqaqa talab shu turdagi chorva moli uchun qabul qilingan ratsiondagi uning salmog`iga ko`paytiriladi. Yuqoridagi misolda sigirlar uchun qabul qilingan ratsiondagi shirali ozuqalar 22 foizni tashkil etishi kerak bo`lganda rejalashtirilgan mahsulot uchun talab etiladigan shirali ozuqalarning umumiy hajmi 9029 s ni (41041 x 22) : 100 tashkil etadi.

Zarur umumiy yem-xashak talabi miqdori aniqlangach, yem-xashak balansi tuziladi. Balansda yem-xashakning hamma turlari ko`rsatiladi. Balansda yem-xashaklar jismoniy holidagina emas, balki ozuqa turlalarida va o`zlashtiriladigan oqsil moddalari tarzida ham hisobga olinadi. Chorvachilikning ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda uning yem-xashakka talabini to`g`ri aniqlashga asosiy e’tibor qaratilishi kerak. Xo`jaliklarda chorvachilikning yem-xashakka talabi ikki davrda: rejalashtirilayotgan kalendar yil hamda rejalashtirilayotgan yilning hosilidan kelasi yilning hosiliga bo`lgan davrda aniqlanadi. Rejalashtirilayotgan kalendar yilga yem-xashakka bo`lgan talabni aniqlash yem-xashakka bo`ladigan sarflar hamda chorvachilik mahsulotlari tannarxini aniqlash uchun zarur.

Rejalashtirilayotgan yilning hosilidan kelasi yilning hosiligacha bo`lgan davrga aniqlash o`simlikchilik ishlab chiqarish dasturini ya’ni yem-xashak ekin maydonlari tuzilishi va hosildorligini to`g`ri rejalashtirish, o`simlikchilik bilan chorvachilik tarmoqlari o`rtasida to`g`ri nisbatni belgilash uchun zarur. Chorvachilikning rejalashtirilayotgan kalendar yilga yem-xashakka talabini aniqlashda chorva mollari va parrandalarning rejalashtirilgan o`rtacha yillik bosh soni yoki yetishtiriladigan mahsulot hajmi asos qilib olinadi. Hosildan hosilgacha bo`lgan davrga talabni aniqlashda chorva mollari va parrandalarni rejalashtirilayotgan yilning oxiriga bo`lgan bosh soni va kelasi yilning birinchi yarmida mollar bosh sonida bo`ladigan o`zgarishlar hisobga olinadi (olinadigan buzoqlar).

Chorvachilikning yem-xashakka talabi chorva mollarining o`rtacha yillik soni va boqish me’yorlariga ko`ra aniqlanadi. Yirik chorva mollarini boqishni tashkil etishda ratsionga qo`yiladigan zootexnika talablari to`la hisobga olinishi kerak. Xo`jalikda qo`llaniladigan ratsion ham zootexnika talablari hamda iqtisodiy talablar, ya’ni chorva mollarining yuqori mahsuldorligini ta’minlash uchun turli-tuman va to`yimli bo`lishi bilan birga ratsion qiymati arzon bo`lishini ta’minlash kerak.

O`simlikchilik tarmoqlari bilan chorvachilikni to`g`ri bog`lash, o`simlikchilik tarmoqlari chorvachilikda yem-xashakka bo`lgan talabni qay darajada qondirayotganini aniqlash, agar yem-xashak ishlab chiqarish bilan unga bo`lgan talab o`rtasida biror-bir farq sodir bo`lsa, uni bartaraf etish tadbirlarini belgilash uchun yem-xashak balansi tuziladi. U ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismida talab etiladigan yem-xashaklar, ikkinchi qismida yetishtiriladigan yem-xashaklar va farq ko`rsatiladi. Agar ayrim yem-xashak turlari bo`yicha biror-bir farq sodir bo`lsa, uni bartaraf etish choralari ko`riladi.

Bunga korxonaning ichki imkoniyatlarini ishga solishga asosiy e’tibor qaratilishi kerak. Buning uchun birinchi navbatda boqish ratsioniga rioya qilgan holda o`zaro o`rnini qoplaydigan ekinlarning hosildorligiga ko`ra ekin maydonlarini qayta ko`rib chiqish, kam hosilli ekinlarni yuqori hosilligi bilan almashtirish yoki ekinlarning hosildorligini oshirish tadbirlarini ko`rish talab etiladi.

Ekinlarni ekish va vegetatsiya davrlariga ko`ra ma’lum maydonlarga ekinlarni qayta - ikkinchi hosil uchun ekish tadbirlari belgilanadi. Korxonaning imkoniyatlari bo`lmagan taqdirda, yoki bu yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish yetarli iqtisodiy natija bermagandagina yetishmagan yem-xashaklarni tashqaridan sotib olishni rejalashtirish talab etiladi. Bunda ham, faqat shirali ozuqalarni sotib olishni rejalashtirish, hamda dag`al va suvli ozuqalarni o`z xo`jaligida talab darajasida yetishtirish kerak.
Qisqacha xulosalar

Chorvachilik qishloq xo`jaligining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi va qishloq xo`jaligi mahsulotlarining qariyb yarmini beradi.

Respublikada chorvachilikni rivojlantirish darajasi yetarli emas, samaradorligi past, aholining chorvachilik mahsulotlariga talabi hali yetarli qondirilayotganligi yo`q.

Chorvachilikni turlicha yuritish tizimi mavjud bo`lib, u yoki bu tizimni qo`llash korxonaning iqtisodiy mavqei va chorvachilikning xususiyatiga bog`liq.

Chorvachilikni yuritish tizimining asosini chorvachilikning ozuqa bazasi, yem-xashak yetishtirish tashkil etadi.

Poda tarkibi, poda aylanmasi, yem-xashak talabi, chorvachilikni tashkil etishning asosiy elementidir.

Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Chorvachilikni yuritish tizimi va uning elementlari qanday?

2. Chorvachilik tizimining turlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari qanday?

3. Chorvachilik tizimiga qanday kursatkichlar bilan baho beriladi?

4. Chorvachilikda qanday poda aylanmasi tuziladi?

5. Chorva mollarining mahsuldorligi qanday rejalashtiriladi?



6. Chorvaning yem-xashakka talabi va yem-xashak balansi qanday tuziladi?

Adabiyotlar

  1. Samatov G`.A. va boshq. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish. – T.: O`zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005. - 507 b.

  2. Jo`raev F. Qishloq xo`jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish. T.: Istiqlol, 2004.

  3. Hamdamov Q.S. Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish. – T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg`armasi, 2004.

  4. Abdug`aniyev A., Abdug`aniyev A.A. Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti. – T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg`armasi, 2004

  5. Петранова Г.А. Экономика и управление в сельском хозяйстве. – M.: Академия, 2003.

  6. Макаветс Л.И., Макаветс М.Н. Экономика производства и сельскохозяйственного производства. – Санкт-Петербург, 2002.

  7. Петранова Г.А. Экономика и управление в сельском хозяйстве: Учебник, 2004, http://textbook.ru/catalogue/book/33320.html



Aim.uz


Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar