Dafn marosimlari
Eng muhim va ta’sirchan marosimlardan dafn marosimlari turli xalqlarda turlichadir. Xalqimizda dafn marosimlarida bu dunyoda halollok yashash, bir-birini hurmat qilish, mehnat qilib, ollohning buyurgan farz va sunnatlarini bajarish va iymonli bo`lishga da’vat etiladi. Marhumlarning xotiralariga bag`ishlab yigirma, yil oshi, qirq va hokazo marosimlar o`tkaziladi, ularda o`tganlarning ruhi shod bo`lishi uchun qur’on kalimalaridan tilovat qilinadi. Undan tashqari marhumlar xotirasi yod etiladigan boshqa tadbirlar ham o`tkaziladi, ro`za, qurbon hayitlarida va to`ydan oldin xudoyi beriladi. Xalqimizda «o`lik to`ymasa, tirik to`ymaydi», degan naql ham bor. SHu sababli ularni xotirlab, ruhiga tilovat qilib turish har bir komil farzandning burchi xisoblanadi.
Har qanday inson, u boy yoki kambag`al bo`lishidan kat’iy nazar dafn marosimida, qabriston ichida yuvoshlashib, muloyimlashib qoladi yoki o`zi ham dunyoda omonat ekanligini xis qiladi. Bir oz insofga kelsa ham ajab emas. U o`lim tabiat qonuni ekanligini, o`limdan hech kim qochib qutulolmasligini his qiladi.
SHu sababli ollohning o`z bandalariga bergan umri, tiriklik bu g`animatdir yoki vaqtinchadir. Umr insonga berilgan buyuk ne’matdir. Uning qadriga etish, uni behuda o`tkazmaslik, har xil maza-bemaza ishlarga sarflamay undan oqilona foydalanish, tiriklikni mazmunli o`tkazish, vaqtning qadriga etish, qisqa hayot davrida o`zidan yaxshi nom qoldirish uchun xayrli ishlarni qilish har bir fozil insonga xos xususiyatdir.
Inson o`z hayotini sarhisob qilib bormog`i, xayrli amallarga, xayrli ishlarga e’tiqod qo`ymog`i, savob ishlarni ko`proq kilmog`i, sahovatli bo`lmog`i yaxshi fazilatdir. Afsuski umrini bekorga, zulmkor ishlarga sarflab o`tkazayotganlar ham yo`q emas.
Inson vafoti bilan o`tkaziladigan bir qator marosimlar, ayniqsa kim o`zarga «osh berishlar», qabrga hashamatli sog`ana kurishlar, isrofgarchilik, bular dinimizda ham bid’at sanaladi. Ko`p joylarda saqlanib qolgan janozada pul ulashish, qarz olib bo`lsada, marhum xotirasiga osh tortish va boshqa Qur’oni karimda farz qilinmagan ortiqcha harajatlarni qilish o`rniga, ular marhumlarning oilasiga yordam berish, xotira maydonlari va qabristonlarni ziyoratgohga aylantirishga sarflansa savob ish bo`lardi.
Mavsumiy marosimlar
O`zbek xalqi orasida keng tarqalgan, milliy tusga ega bo`lgan urf-odatlardan mavsumiy marosimlar diqqatga sazovordir. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha o`zbek mavsumiy marosimlarini quyidagi turkumlarga tasnif etish mumkin.
1. Qishda o`tkaziladigan gap-gashtak.
2. Bahorgi marosimlar — srga ko`sh chiqarish, lola sayli, «sust xotin» va h.k.
3. YOzgi marosimlar — qovun sayli.
4. Kuzgi marosimlar shamol chaqirish, uzum sayli, hosil bayrami.
Ushbu marosimlardan hozir xalqimiz ichida keng tarqalganlaridan, gap-gashtak, lola sayli, qovun sayli va hosil bayramidir. Bu marosimlar turli viloyatlarda turlicha o`tkaziladi.
Xulosa qilib aytganda to`y-ma’rakalarni zamonaga moslashtirish, kam chiqimli, lekin fayzli va tarovatli qilib o`tkazish hozirgi davrning asosiy talabidir. Zero, allomalar uqtirganlaridek o`tmish tarixidan bexabar xalq — mazlum xalq, tarixini o`rgangan va bilgan xalq buyuk va qudratli xalq. SHu sababli xalqimiz marosimlari va urf-odatlari tarixini chuqur o`rganish, uni sayqallashtirish va dunyoda o`zligimizni ko`rsata bilish davri keldi.
Bunda Prezidentimizning 1998 yil 28 oktabrdagi to`y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni, marhumlarning xotiralariga bag`ishlangan tadbirlarni o`tkazishni tartibga solishga bag`ishlangan farmonlari, xalqimizning turli marosimlar, urf-odatlarini bozor iqtisodiyoti talablari sharoitidan kelib chiqib, ixcham va chiroyli o`tkazishiga dasturulamal bo`lib xizmat qiladi. Hozirgi davrda yurtimizda jamiyatni ma’naviy yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularning umrboqiyligini ta’minlash borasida juda katta g`amxo`rliklar qilinmoqda.
SHukronalar bo`lsinki, xalqimiz mustaqillik sharofati bilan o`zligimizni namoyish qiladigan an’nalarimiz, oilaviy-maishiy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni qaytadan tiklash, ularni mazmunan boyitish, umrboqiyligini ta’minlash imkoniyatiga ega bo`ldi. SHarq xalqlarining muhim qadriyati hisoblangan «Navro`z», «Mehrjon» bayramlari, qadimiy diniy qadriyatlar hisoblanmish «Ramazon hayit» va «Qurbon hayit»lari xalqka qaytarildi. Ular bilan bog`liq rasmrusum, urf-odatlarni davr talabiga, insonlarning ehtiyojiga qarab moslashtirishga harakat qilinmoqda.
Tayanch so`z va iboralar:
Marosimlar‚umumxalqbayramlari‚ «Navro`z» bayrami‚ Qurbon xyiti‚ Ramazon xayiti‚ to`ylar-xalq yuzi‚ dafn marosimlari‚ mavsumiy marosimlar.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Marosimlar xalqimiz hayotida qanday o`rin tutadi?
2.«Mustaqillik kuni» qanday bayram?
3.«Navro`z» bayrami xaqida buyuk olimlar nimalarni yozib qoldirgan?
4.Qurbon va Ro`za hayitlari qachondan boshlab bayram qilina boshlandi?
5.To`ylarning qanday turlari bor? Qanday to`ylar bo`lishini va qanday o`tishini xoxlaysiz?
6.Dafn marosimlari nima?
7.Mavsumiy marosimlarga nimalar kiradi?
8-mavzu. Farzandlik burchining ma’naviy asoslari.
Reja:
1. Burch – muhim ahloqiy-ma’naviy qadriyat. Ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida.
2.Farzandning ota-onaga hurmati - ahloqning mustaqil asosidir.
3.YOshlar ongiga mehr-oqibat, muruvvat va insoniylikni singdirish yo`llari.
4.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida farzandlarning burchlari va vazifalari yoritilishi.
1. Burch – muhim ahloqiy-ma’naviy qadriyat. Ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida.
Farzandning burchi va mas’uliyati masalasi milliy va diniy an’analarda, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlrda ham o`z ifodasini topgan. O`zini xalq oldida burchli, mas’uliyatli deb bilib, ota-onasini unutgan shaxsni ma’naviyatli inson deb bo`lmaydi. Umuman inson zoti vatanga, jamiyatga, xalqiga, hurmat ota-onaga bo`lgan hurmatdan boshlanadi. Ota-onaga hurmatsizlik iymonsizlikning belgisidi r. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida shaxsning obro`-e’tibori o`z ota-onasiga munosabati bilan belgilanib kelingan. Ota-onani qarovsiz qoldirgan, ularga azob berib haqoratlaganlar “oqpadar” deyilgan. O`zbeklarda “oqpadar” degan so`z juda og`ir haqoratdir, jamiyatning nafratiga duch kelishning ifodasidir. Oqpadarlardan ota-onagina emas, balki barcha qarindosh-urug`lar, butun jamoatchilik yuz o`giradi.
Imom al-Buxoriy Rasuli Akramning farzandlik burchi haqida quyidagi fikrlarini keltiradi: “Qaysi bir musulmon farzandi ertalab savob umidi bilan ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh Taolo unga jannatning ikkita eshigini ochadi. Agar ularning birini ziyorat qilsa, Olloh Taolo unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha Olloh Taolo undan rozi bo`lmaydi”.
Ota-ona dunyodan ko`z yumayotganida bizdan rozi bo`lganini aytishadi. Lekin biz hamma vaqt ham ota-ona oldidagi burchimizni to`la bajara olmaganimizdan afsuslanamiz. Ota-onani xursand qilish uchun qo`limizdan nima kelsa qilamizki, qandaydir armonlar yuragimizda qolib ketadi. Bu ham inson qalbida chuqur o`rin olgan iymon va vijdonnig sadosidir. Ota-ona mehri shunchalik cheksizki, noqobil farzandlaridan ko`p azob-uqubat ko`rgan ota-onalar ham o`lar chog`ida “Men sendan roziman, bolam”, deyishadi. Bunday cheksiz mehrning ma’naviy ildizlarini o`zimiz ota-ona bo`lganimizdan keyin chuqurroq tushunamiz.
Ota-onaga yaxshi munosabat farzandlarimiz uchun katta tarbiya maktabidir.
Rasuli Akramning quyidagi fikrlari ibratli: “uch toifa odamlarning duosi hech shubhasiz Olloh Taolo oldida maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning (farzandga qilgan) duosi”.
Ba’zi yoshlar qarigan ota-onalarini keksalar uyiga olib borib qo`yadilar. Bunday hol o`zbeklar orasida avval bo`lmagan bo`lsa hm hozir uchrayapti. Odamlar bunday ishlardan oldin nafratlansa, hozir biroz ko`nikib qolganga o`xshaydi. Ba’zilar keksalar uyida yashash ancha tinch, u erda shifokorlar tez-tez xabar olib turishadi, deyishadi. Bu fikrlar milliy ma’naviyatimizga, diniy qadriyatlarimizga butunlay ziddir. Keksaygan odamga yaxshi kiyim, etarli oziq-ovqat emas, dardi uchun farzandlarning mehr-oqibati kerak. Keksalarning dardi uchun farzandlarning shirin so`zi-yu, nabiralarning kulgusidan, sho`xligidan ortiqroq shifo bo`lmasa kerak. Odam keksaygan chog`ida o`zini yakkalangan, jamoat e’tiboridan chetda qolgan kishi sifatida his qila boshlaydi. Ular ko`proq e’tiborga, shirin so`zga, mehr-oqibatga ehtiyojmand bo`ladilar.
To`g`ri hayotda hamma ota-ona bir xil emas. SHundaylar ham borki, ular hayotni besh kunlik maishat, rohat-farog`t deb tushunadilar. Bundaylar farzand ko`rsalar ham ularni boqish va tarbiyalashni o`zlari uchun og`ir yuk deb o`ylaydilar. Ular ota-ona emas, balki qalbida shafqat tuyg`usi, mehr-oqibat bo`lmagan odamsifat mahluqlardir.
Farzandlar-chi? Bolalar uyiga tashlab ketilgan go`dak doim onasini, o`z onasini kutadi. Bu mehr urug`i go`dak qalbiga ilohiy qudrat ikritgan kuchdir. Onasiz qolgan go`daklarga boshqa ayollar qancha mehribonlik ko`rsatsalar ham bu hech vaqt tuqqan ona mehri o`rnini bosaolmaydi. Etimlik drdini etim bo`lib, ona-onaning mga tashna bo`lganlar yaxshi biladi. Farzandlar ota-onadan yomonlik ko`rishi mumkin. Lekin bu yomonlikka yomonlik bilan javob berish shart emas. Kechirimlilik tuyg`usi farzandlarga xos bo`lishi darkor. Bu ham oddiy burch emas, balki inson qalbidagi tug`ma ma’naviyatdir.
Farzandlarning jamiyat va xalq oldidagi burchi to`g`risida ko`p kitoblar yozilgan. Lekin ularning ichida ota-ona oldidagi burch to`g`risida yozilgan asarlar kam. Jamiyatni o`ylab, ota-onani unutish ham o`zbekona ma’naviyat mezonlariga to`g`ri kelmaydi. Ota-onani rozi qilgan farzandlardangina el rozi bo`ladi.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari «Qobusnoma»da zikr etilishicha, «...farzandga yaxshi ot qo`yish, farzandni yaxshi doyaga topshirish, sunnat qilish, to`ytomosha berish, nlm va kasbhunar o`rgatishdan iboratdir».
YUsuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asarida ham ota-ona burchi haqida shunday deyiladi:
«O`g`il, qiz tug`ilsa yaxshi bilki bas, Uyda tarbiya qil, boshqa erdamas. Ustozning yaxshisin tanla albatta, o`g`il, qiz pok o`sar, yomondan chetda.
O`g`il, qizga o`rgat, bilim ham odob, baxtga yor bo`lur u, bo`lmag`ay xarob, o`g`ilga xotin, qizni erga ber, qayg`u g`amsiz yana, ayo qutli er. O`g`il topsin san’at hunarda kamol. Bu hunar bilan u tera berar mol, o`g`ilni tergab tur: bo`sh qo`yma zinhor. Benaf, bebosh bo`lar, yugurar bekor».
YUqoridagilardan ko`rinib turibdiki, ota-ona farzand tarbiyasida jamiyat oldida ham javobgardirlar. Har tomonlama etuk farzand tarbiyalash ota-onaning asosiy, majburiy burchidir.
Ota-onani hurmat va izzat qilish, keksayganda moddiy ta’minlash, ular nasihatiga quloq tutish va uni so`zsiz ado etish farzandning ota-ona oldndagi burchi hisoblanadi. Farzand elyurt oldida otgona obro`sn, qadrqimmatinn ko`tarishi lozim.
Farzand, anniqsa, otani hurmat qilishga, topshiriqlarini bekamu-ko`st bajarishga majbur. Uning ko`nglini og`ritish aslo mumkin emas. Oqil farzand ota qadrini yuksak tutadi. Xalqimiz «Ota qarg`ishi o`q», - deb bejiz aytmagan.
Ulamoyu fuzalolarimiz fikriga ko`ra: ota farzand uyidagi istagan narsani olishi mumkin ekan. Farzand esa ota uyidan uning ruxsatisiz hech narsani olishga haqqi yo`q ekan. Bordiyu, shunday qilsa va bundan ota ko`ngli og`risa, bu farzandnn ota nomidan Olloh oq qilar ekan.
SHuningdek, farzand onaning tunda bir lahzalik uyqusidan turib, oq sut bergan qarzini umr bo`yi onasini elkasida ko`tarib yursa ham uzolmas ekan.
Mana, farzandning ota-ona oldidagi burchi nima bilan belgilanadi!
Oilada kelinning ham qaynona-qaynota oldidagi burchi farzand burchi demakdir.
Xalqimizning ma’naviy merosi hisoblanadigan mehnatsevarlik, mehr-oqibatlilik, birodarlik, insonparvarlik, mardlik, halollik, iymon-e’tiqodlilik kabi fazilatlarni, Abu RayhonBeruniy, Najmiddin Kubro, Az-Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Ahmad al-Farg`oniy, imom al-Buxoriy, imom Termiziy, Bahouddin Naqshband va shu kabi mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini avaylab-asrash, asrlar davomida qadriyat darajasiga ko`tarilgai milliy ma’naviy merosni kelajak avlodga etkazish har birimizning jamiyat oldidagi, insoniyat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchimizdir.
2.Farzandning ota-onaga hurmati - ahloqning mustaqil asosidir.
0ta-onani hurmat qilish, ularga mehr-muruvvatli, rahm-shavqatli bo`lish insonga xos ma’naviyatning muhim tarmog`idir.
KONFUTSIY: «Axloqning birinchi asosi farzandlarning ota-onaga hurmatidir» -degan edi. Bu bir millatga emas, balki butun insoniyatga xos bo`lgan xususiyatdir.
KONFUTSIY: «Ota-onaga xizmat qil, ularning ko`ngliga qara, ular biror ishingdan norozi bo`layotganini sezsang , hurmatini yana yuqori ko`tar, irodasiga qarshi borma, charchasang ham ularni xafa qilma!»
Tirik jonzot o`z bolasiga mehribon bo`ladi... Qush, xayvon oyoqqa turib olgach, o`z yo`lidan yuraveradi. Insondagi farzandlik burchi tuyg`usi oddiy munosabat emas, balki mehrga asoslangan, hayotiy maqsad darajasiga ko`tarilgan ma’naviy masaladir. Bu ma’naviy ma’suliyat insonning jamiyatda muayan maqsadlar asosida birlashtiruvchi qudratli asosdir.
Farzandlik burchi va ma’suliyat masalasi milliy va diniy an’analarda, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlarda ham o`z ifodasini topgan. O`zini xalq oldidi burchli, ma’suliyatli deb, ota-onasini unutgan shaxsni ma’naviyatli inson deb bo`lmaydi.
Umuman inson zotida Vatanga, jamiyatga, xalqiga hurmat, ota-onaga hurmatdan boshlanadi.
Qarigan ota-onani hurmat qilish, xolidan xabar olib turish, go`zal milliy, diniy an’anamizdir...
Islomda ota-onani rozi qilish, Olloxni rozi qilish belgisi bilan tenglashtiriladi. Ayrim farzandlar qarigan ota-onasini elkasida ko`tarib, haj safariga olib borgani ma’lum. Inson shunday buyuk fidoiylik qilganda ham ota-ona oldidagi farzandlik burchini to`liq uzib bo`lmaydi.
Ota-ona dunyodan ko`z yumayotganida bizdan rozi bo`lganini aytadi. Lekin biz doimo ota-ona oldidagi burchimizni to`liq bajara olmaganimizdan afsuslanamiz.
Muhammad ibn Muhammad al – Jomiy; «... farzanlar ota-onasi oldida 80 ta qarzi bo`lib, ulardan 40 tasi tiriklik chog`ida, 40 tasi vafotidan keyin bajariladi. Tiriklikdagi 10 tasi tanga, 10 tasi tilga, 10 tasi dilga, 10 tasi molga ta’aluqlidir. Tanga ta’aluqlisi - ota-onaga sidqidildan xizmat qilish. Dilga ta’aluqlisi - ularga rahm-shafqat bilan qarash. Tilga ta’alluqlisi - ularga muloyimlik bilan qarashdir.
Farzand o`ziga kiyim kechak olishdan oldin, ota-onasiga olishi kerak. Ota-ona vafotidan keyin... YOshlarni ota-onaga nisbatan axloq-odob doirasida muomala qilishga o`rgatish milliy tarbiyaning eng asosiy tomonidan biri bo`lgan.
Abdurahmon Jomiy: «Farzandning ota-ona oldidagi burchi masala»sini quyidagicha ifodalaydi:
- odoblari shundaki, farzand ota-ona nima desa diqqat bilan quloq soladi;
- ularning oldiga nimaniki buyursalar va buyurgan narsalar gunohdir;
- jinoyat bo`lmasa jonu dil bilan bajaradi;
- ular o`tirgan joylaridan tursalar, ular ham irg`ib turadi;
- chaqirsalar labbay deb javob beradi, ularni xursand qilishadi, doimo orzumand bo`ladi, ularni oldida ta’zim bilan turadi, qilgan ishlarini minnat qilmaydi;
- ota-onaning qilgan ishlaridan achchiqlanib, ularga xo`mrayib qaramaydi;
- ruxsatsiz safarga ketmaydi, - deya tushuntiradi.
Ota-onani hurmat kilash hayot qonuni ekan. Otani qadrini ota bilgan, onalik kadrini ona bo`lganlar yaxshi biladi.
Ota-onaga bo`lgan yaxshi munosabat farzandlar uchun ham katta tarbiya maktabidir.
Boshni fido qilg`il ota boshig`a,
Jismni qil sadqo ano qoshig`a.
Tun kuninga aylagil nurbosh
Birisin oy ayla, birisin quyosh (A.Navoiy).
To`g`ri, hayotda hamma ota-ona bir xil emas... Farzandlarchi? Bolalar uyiga tashlab ketilgan go`dak doim onasini kutadi... Kechirimlilik tuyg`usi ota-onalarga xos. Ular farzandning og`ir gunoxlarini ham kechiradi. SHunday kechirimlilik tuyg`usi farzandlarda ham bo`lishi kerak. Jamiyatni o`ylab ota-onani unutish ham SHarq, o`zbek ma’naviyatiga to`g`ri kelmaydi.
Farzandlik burchi va ma’suliyatining ma’naviy asoslangan ko`rinishlari quyidagilar:
Har qanday sharoitda ota-onadan xabardor bo`lish.
Keksalik shunday davrki, bir og`iz yomon so`z kishining belini bukadi.
Mehnatsevar bo`lish, halollik, iymonlilik, insoflilik, mehr-muhabbatlilik, insonparvarlik, oilaparvarlik, elda obro` orttirish ham farzandning ota-ona oldidagi burchidir.
YAxshi farzand ota-onaning ikkinchi umridir.
Ota-ona keksayadi, farzandlar oila quradi, lekin farzand ota-onaga doimo ba’zi ota-onalarni gapi o`rinsiz, malol keladi. Lekin, ularning barcha maslahatlariga e’tiroz bildirmay quloq solgan ma’qul.
Xar bir oilaning an’analari bir yaxshi oilaviy an’analar avloddan avlodga o`tadi.
Aka-ukalar, opa-singillarning ahil, bamaslahat ish qilish, qarindosh-urug`lar bilan inoq, hamjixat bo`lish, ota-onalar orzusidir.
Ota-ona bir farzandini emas, balki barchasining baxtini, tinchligini o`ylaydi. SHu sababli ham ota-onalar ko`zi ochiq vaqtida bolalari o`rtasidagi munosabatlarni mustaxkamlash, qarindosh-urug`lar bilan ham aloqani yaxshilashga xarakat qilishadi.
Farzandlarning ota-onani rozi qiladigan axloqiy fazilatlardan biri-samimiylik va to`g`rilikdir. Ba’zan to`g`ri so`zlikni andishasizlik deb tushuniladi. Andishasizlik to`g`rilik va samimiylikning teskarisidir... Samimiylik - oqko`ngillikdir. Birovga yaxshilik qilib uni minnat qilmaslikdir. To`g`rilik - halollikdir.
Farzandlar ota-ona xayotdan ko`z yumganidan keyin ham hurmatini urniga kuyishdir.
Ota-ona oldidagi burch va ma’suliyat bir daqiqa ham inson xotirasidan chiqmasligi lozim.
3.YOshlar ongiga mehr-oqibat, muruvvat va insoniylikni singdirish yo`llari.
Xalqimiz azal-azaldan mehr-oqibatli xalqdir. Qadimdan bir-biriga muruvvat ko`rsatish, mehrli bo`lish, oqibatli bo`lish insoniyatning buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanib kelingan. Mehr-oqibat azaldan inson go`zalligining yuksak qirralaridan biri sanalgan.
O`zbek millati uchun bu fazilat o`ta milliy qadriyat. Hech bir millat farzandi ota-onasiga o`zbek bolasidek mehr-muruvvatli, oqibatli bo`la olmaydi.
Mehr-muruvvat, oqibat negizida insonning qadriga etish, hol so`rash, og`irini engil qilish, hamdard bo`lish, xayrsaxovat ko`rsatish, g`ariblar ko`nglini ovlash, etimesirlarga saxiy bo`lish kabi fazilatlar mujassamdir. Insonlarga yaxshilik qnlish muruvvat va oqibatning asosidir.
Payg`ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam «Qo`shningizga yaxshilik qiling, tinch bo`lasiz», «O`zingizga ravo ko`rgan narsani boshqa odamlarga ham ravo ko`ring—salomat yurasiz», - degan Hadislarida ham aynan insonlarnn yaxshilikka, mehr-oqibatga da’vat etadn.
Mehr-muruvvat — yaxshilik qilishga shoshilish demakdir. Uni majburiy tarzda, minnat bilan ado etish mumkin emas. Mehr-muruvvat va oqibat chegarayu me’yor bilmaydi. U nnsonning istak xohishi, imkoniyati, vijdon amri bilan bog`liq insoniy fazilatdir.
Mehr-muruvvatli, oqibatli insonga xos fazilatlar: mardlik, saxiylik, va’dasiga vafodorlik, poklik va bag`ri kenglikdir. Bunday inson muhtojlarga moddiy yordam ko`rsatganda minnat qilmaydi, qilgan yaxshiligini unutadi, adolat mezonlarini buzmaydi, tilni yomon so`zdan, qo`lni yomon ishdan saqlaydi. Uning uchun rahmdillik hayotiy ehtiyojga aylanib qoladi.
Oqibat tushunchasi mehr-muruvvatga nisbatan xususiy xarakterga ega bo`lib, farzand bilan ota-ona, aka-uka bnlan opa-singil, qo`shni bilan qo`shni, qarindosh-urug`lar va do`st bilan do`st o`rtasidagi oqibat nazarda tutiladi. Bu o`rinda birbirlariga nisbatan g`amxo`r bo`lish, qiyinchilik bo`lganda hamdard va hamkor bo`lish, birbirini yonida turish oqibatlilik belgisidir.
Ba’zan hayotda ota-ona merosi yoki uy-joy, mol-dunyo uchun aka-ukalar, opa-singillar o`rtasida o`zaro janjal paydo bo`ladn. Natijada, ikkala jigar bir-biri bilan dushmanga aylanadi. Arzimagan, o`tkinchi mol-dunyo uchun jigarlar o`rtasida oqibat yo`qoladi. SHafqatsizlik, berahmlik, mehrsizlik ikkala jigarningfarzandlari ongida ham shakllana boshlaydi. Buning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi.
Hayotda ota-ona holidan xabar olmaydigan, keksayganda hatto g`aribxonalarga eltib qo`yadigan, ba’zan ota-onani haqorat qilib, unga qo`l ham ko`taradigan farzandlar uchrab turadi. Bundaylarga oqibat, mehr-shafqat degan tushuncha butunlay yotdir. Bunday farzandlar «oqpadar», ya’ni ota-ona qarg`ishini olgan nobakorlardir. Oqibatsiz, diyonatsiz, shafqatsiz farzanddan oqibatli, mehr-saxovatli begona afzaldir.
Muz qotgan bu muqaddas tuyg`ularni odamiylik nurlari bilan eritmoq lozim. YOshlar ongiga mehr-oqibat, muruvvat va insoniylikni ota-ona, kattalar namunasida singdirmoq zarur.
Ularni Vatan; millat; xalq, mahalla, oila, ota-ona, aka-uka, yor-do`st, qo`ni-qo`shniga, qolaversa har bir insonga, tabiatniig har bir bo`lagiga nisbatan mehrli, muruvvatli, oqibatli qilib tarbiyalash kattalarning vazifasidir. Agar bu vazifa ko`ngildagidek amalga oshirilsa, Vatanimiz, nafaqat Vatanimiz, balki o`zbek millatimiz kelajagi porloq, uning gullab-yashnashi, jahonda o`z munosib o`rni va ovoziga ega bo`lishi muqarrardir.
Sadoqat - insonlarning burch va vazifalariga vijdonan, halol, to`g`ri, adolat bilan munosabatda bo`lish demakdir. Sotqinlik, xiyonat, yolg`onchilik - sadoqatning kushandasidir.
Do`st - do`stga, shogird - ustozga, farzand - ota-onaga, er - xotinga, yoki aksincha, bir-biriga xiyonat qilmasa, g`iybat toshlarini otmasa, ularning sadoqati barchaga namuna bo`lg`usidir. Bunday sadoqatli insonlarga barcha havas bilan qaraydi, ularga intilib yashaydi.
Xiyonatkor, sotqin odamlardan esa barcha hazar qiladi, ulardan uzoq yurishga harakat qiladn.
Sadoqatli do`st, sadoqatli farzand do`stini yoki ota-onasini yuzini erga qaratmaydi, ularni har qanday vaziyatda ham himoya qilishga, obro`-e’tiborini saqlashga kuch va imkoniyat topadi.
Sadoqat insonni boshiga ish tushgan eng og`ir kunlarida qo`llab-quvvatlaydigan ma’naviy qudratdir. Hayotda ba’zan o`z manfaati uchun do`stini, ota-onasi hatto Vatanini sotgan, ularga xiyonat qilgan odamlar ham uchraydi. Lekin bundaylar hech qaerda obro`-e’tibor, hurmat qozonolmaydilar, aksnicha, nafratga uchraydilar, ularga malomat toshlari otiladi. CHunki xalqda bir naql bor: «Birni sotgan mingni ham sotadi».
Vatanga sodiqlik — oliy qadriyatdir. Vatannn sevmoq, uni gullab-yashnashi uchun bor bilimi, kuch va imkoniyatiin safarbar etmoq, turli ofatlardan saqlash uchun qalqon bo`lmoq, har bir qarich erini avaylab - asramoq, xiyonatkorlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo`lmoq Vatanga sadoqatning namunasidir.
Vatanga xiyonat ota-onaga xiyonat demakdir. Bundaylar el qarg`ishiga girifgordirlar. Qarg`ish olgan insonning umri esa qisqa, kelajagi yo`q, yuzi qarodir.
1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida yurtboshimiz va hukumat a’zolari joniga qasd qilgan, muhim binolarni portlatgan millatimiz vakillari ham el qarg`ishiga duchor bo`lgan Vatan xoinidirlar. Ularni kelajak avlod ham xoinlar sifatida la’natlaydilar. Ular uchun Vatanga sadoqat, sodiqlik tushunchasi umuman yotdir. O`z Vataniga xiyonat qilgan nobakor inson o`zgalar Vataniga ham do`st bo`lmaydi. Bundaylarning na Vatani, na uyi, na millati, hatto na go`ri bor.
Demak, oilaga hamda Vatanga sodiqlik muhim axloqiy-ma’naviy qadriyat bo`lib, uni har bir shaxs ongida shakllantirish oila mustahkamligi, mamlakat mustahkamligi asosidir
Oila qadimgi o`gitlarda aytilganidek, oilaviy urf-odatlarimizni avrab avaylaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar barkamol inson bo`lib etishishiga ta’sir ko`rsatadigan tarbiya o`chog`idir. Oila jamiyatning bir kichik bo`lagi bo`lsa, oilani birlashtiruvchi asos ota-onadir, unga fayzu barakot kiritadigan, hayotni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zot ham shulardir.
Ota-onalarimiz oilada chindan ham faoliyati, tutgan o`rni beqiyosdir. Ota-onalar ma’naviy jihatdan barkamol bo`lsa, bir-birini tushunib, ahil bo`lib farzand ko`rishsa bu jamiyat uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. SHu asosida oilada tug`ilgan farzand jamiyat hayoti va taraqqiyoga o`zining ijobiy ta’sirini o`tkazishi mumkin. I.A.Karimov ko`rsatib o`tganidek, «Bola tug`ilgan kundan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi». Ota-ona qo`ynida dunyoga kelgan farzand dastavval ular yaratgan muhitda yashaydi, ularning ahloq-odobidan bahramand bo`lib voyaga etadi. SHu jarayonda ota o`z farzandiga o`zining qilgan ishlari, edirib-ichirib bilangina emas, balki ahloq-odobi, yurish-turishi, ta’lim-tarbiyasi, o`zini tutishi, farzandiga muomala madaniyati bilan ta’sir etadi.
Abu YAzid o`z o`g`liga nasihat qilibshunday degan ekan: “O`g`lim, gina-adovatdan uzoq bo`l, kuching etmaydigan ishga kirishma, so`zyurituvchi, chaqimchilarning so`zlariga ishonma. CHunki, ular fitna-fasod yo`lini izlab yuruvchi yaramas odamlardir. Baxil, ochko`z, xasis odamlar bilan oshno bo`lma, ular seni to`g`ri yo`lga sira ham boshlamaydilar, ehtiyot bo`l”.
Buni bitta otaning nasihati debtushunish mumkin emas. Bu hayotiy tajribadan kelib chiqqan umumiy xulosadir. Har qanday ota-ona faqat o`z xalqi ma’naviyat bulog`idan bahramand bo`lib, oilaviy munosabatlarga asos bo`lgan milliy-ahloqiy mezonlar qadriyatlar tizimi yaxshi bo`lgandagina farzandlariga to`g`ri yo`l ko`rsata oladi. Bu nasihatlarni anglagan farzand o`ylanib, o`z ahli ayoliga mehribon bo`li, uni hurmatlabyaxshi muomala qilishi mumkin.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, oilaning mustahkam bo`lishida quyidagilarga e’tibor berish kerak:
birinchidan, ota-ona oilada farzand ta’lim-tarbiyasiga etarli e’tibor berishsa, ahil oila qurishning mohiyati va yo`llarini o`rgatishga bu hayotda to`g`ri yo`ldan borishiga birinchi omildir. Farzandlarni bunday to`g`ri yo`lga o`zlari, ahloqi, odobi bo`lgan ota-onalargina solishi mumkin;
ikkinchidan, ota-ona oila qurishga asos bo`ladigan ma’naviyat, an’analari ham yoshlarga sabr bilan tushuntirishlari zarur.
Tayanch so`z va iboralar: jamoatchilik, oila, er, xotin, farzand, tarbiya, ahloq, din, munosabat, qadriyat, e’tiqod, o`git, mustaqillik, bola tarbiyasi, islomiy aqidalar, burch, shariat, hadis, mehr-muhabbat, samimiylik, tushuntirish, davlat siyosati, yoshlar tarbiyasi, ma’naviyat, samimiylik.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.«Burch» so`zining ma’nosi nima?
2.Ota-onaning farzand oldidagi burchlariga nimalar kiradi?
3.Farzandning Vatan, ota-ona oldidagi burchlari-chi?
4.Ahloq va odob haqida buyuk mutafakkir Konfutsiy fikrlarini ayting.
5.Farzandlik burchi va mas’uliyatini sanab bering.
6.Farzandlik burchi va mas’uliyati haqida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechinchi moddalarida berilgan?
7.YOshlar ongiga mehr-oqibat, muruvvat va insoniylik xislatlari qanday singdiriladi?
8.Vatanga sodiqlik hissini qanday uyg`otish mumkin?
9-mavzu. Oiladagi tarbiyaning hozirgi dolzarb muammolari.
Reja:
1.Milliy tarbiya manbai, uning uzluksiz va bosqichma-bosqich olib borilishi.
2.O`zbekona tarbiya, uning o`ziga xos jihatlari va muammolari.
3.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va tarbiya sohasidagi muhim vazifalar.
4.Oiladagi tarbiya jarayoni orqali milliy g`oyaning yoshlar ongiga singdirilishi.
1.Milliy tarbiya manbai, uning uzluksiz va bosqichma-bosqich olib borilishi.
Milliy tarbiyaning manbai - milliylik! «Millat», «milliylik», «milliy g`urur», «milliy odob», «millat-lararo muloqot madaniyati» tushunchalarining o`zagini arabcha «mil» so`zi tashkil qiladi. Bu so`z arabchada «o`zak», «tub mohiyat», «negiz» ma’nolarini anglatadi. «Millat» so`zi esa bir necha ma’noni: 1) din: mazhab; 2) ummat: bir mazhabga mansub aholi; 3) xalq ma’nolarini anglatadi.
«Millat», «milliylik» tushunchalarining talqini bilan tanishar ekanmiz, ularning g`arbona va sharqona tarzlari bor ekapligini ko`ramiz. Aniqrog`i, g`arbiy talqii xristian, sharqiy talqin esa islomiy o`zaklarga bo-rib tutashadi. YA’ni Ovrupo xalqlari tillariga «millat» tushunchasi lotincha «paio» - qabila, xalq sifatida xris-tian dini bilan birga kirib kslgan bo`lsa, Osiyoga esa islom ta’limoti orqali yuqoridagi uch xil ma’noda ki-rib kelib singdi.
«Tarbiya» so`zi «milliy tarbiya» tushunchasining tarkibiy qismi bo`lganligi tufayli bu tushunchaga ham yan-gicha yondoshgan hodda, xolis ilmiy-pedagogik ta’rif bermoq kerak. Arabcha «tarbiya», «tarbiyat» so`zlari 1) parvarish qilmoq; ta’lim bermoq; o`rgatish; odob o`rgatish; 2) navozish, mehribonlik ko`rsatish: ko`z-quloq bo`lish; himoya qilish kabi ko`p qirrali mazmunga ega. «Tarbiyachi» esa shu ko`p qirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi odam, demakdir. Demak, milliy tarbiyaning lug`aviy ma’nosini «yosh avlodlarni o`z xalqiga xos milliy fazilatlar namunasida shakllantirish, ta’lim bermoq» sifatida aniqlash mumkin.
Iudaizm, xristianlik, budda va islom dinlari - o`ziga xos tarbiya manbaidirlar. SHu nuqtai nazardan milliy tarbiyaning mohiyatini diniy unsursiz mukammal deb bo`lmaydi. CHunki har bir din, payg`ambarning vazifasi - odamlarni tarbiyalash, ba’zida esa, qayta tarbiyalashdan iborat bo`lib kelgan. Masalan, xristian pedagogik falsafasi «dindap ajratilgan ta’lim-tarbiya ma’naviyatdan ayrilishga, ta’-lim-tarbiyadan ajratilgan din esa xurofotga aylanishga mahkumdir» deb hisoblaydi. SHu bilan birgalikda xristi-an ruhoniylari axloqiy qadriyatlarning e’tiborsizlana borishi tufayli «hamma narsani sotish va sotib olish mumkin» bo`lib qolganligi, «mening vatanim boshqa erda» deguvchi vatan taqdiriga befarqlik namunalarini, pornografiya tashkilotchilarini tanqid qilib, o`z hukumatla-riga ma’rifiy yordam bermoqdalar».
Budda diniy ta’limotida ham odamlar orasida o`zaro hamkorlikka da’vat qilinib, milliyliklarga demokratik, tolerant yondashuvga amal qil, boshqalarning e’ti-qodlarini qoralama, deyiladi. Budda dini o`ziga mansub kishidan o`z qobiliyatlarini mutanosiblashtirishni, in-tizomlilikni, xotirjamlikni, chiroyli so`zlab, chiroy-li xulqqa ega bo`lishni, uyg`unlikni, o`zidagi salbiy kuchni chidam va hamdardlik orqali bartaraf qilishni, o`z-o`zini tarbiyalashni talab qiladi. CHunki «Inson yaxshilikning mohiyatini chuqur tushunib, his qilsagina, u yaxshilikka qodir bo`la oladi», deb uqtiradi buddizm falsafasi.
Milliy tarbiyaning metodologik asoslarini aniqlashda, uni har tomonlama talqin qilishda sotsiobiologiya erishgan natijalar katta ahamiyatga ega. Biologiya fani-ning bu yo`ialishi 1975 yili amerikalik entomolog E.Uilsonning «Sotsiobiologiya: yangi sintez» nomli kitobidan boshlanib, ilmiy davralarda katta qiziqish uyg`otdi. Sotsiobiologiyaning bosh maqsadi - inson hayotining turli jabhalarini tadqiqot qilishga qodir bo`lgan yangi - omuxta fan yaratishdir. «Koinotda ongli jonzotlar ichida ikki intellektual irq - eydilonlar va ksinedrinlar bor, deb faraz qilaylik, - deb yozadilar CH.Lamzden va E.Uilson. - Eydilonlar - organik mashinalar bo`lib, ulardagi tafak-kur va xulq-atvor dasturlashtirilgan. Ksinedrinlar ongi esa, toza yozuv taxtasiga monand. Ularning tafakkurida yarsiy determinatsiyaning izlari ham yo`q, ya’ni ksined-rinlar tafakkuri, xulq-atvori tashqi muhit tomonidan dasturlashtiriladi. Eydilonlar yo`li madaniyat ta’siri-da kechadi. Er kurrasidagi odamlar alohida - uchinchi yo`lga egadir. Bu yo`lning mohiyati, sotsiobiologlarning fikricha, irsiy omillardan madaniy omillarga va aksincha ro`lib o`tadigan doimiy o`zgarishlardadir». Sotsiobiologiya inson ustidan hukmronlik qiluvchi barcha kuchlarning eng qudratlisi va murakkabi - ishonch, e’tiqod, deb biladi. «E’tiqod ijtimoii xatti-harakatlarning universal tartibotlaridan bo`lib, har bir jamiyatda uni (namoyon bo`lish shakliga qarab) tezda qayd qilish mumkin... Lekin inson bu unsurdan din va marksizm orasidagi qarama-qarshilik tufayli voz kechishga majbur bo`ldi. E’tiqodsizlik esa odamlarda milliy qadriyatlarning yo`qolishiga, arzimas narsalarni qimmatli narsa deb, haqiqiy kimmatga ega bo`lgan narsalarni esa erga urishga olib keldi», - deb hisoblaydi. «Inson haqidagi yangi fan» -sotsiobiologiya. Ko`rinib turganidek, ushbu yangi fanning e’tiqod va uni shakllantirish haqidagi qarashlari o`quvchilarimizda milliy g`oyaga asoslangan istiqloliy e’tiqodni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Milliy tarbiyani tadqiqot qilishning metodologik asoslaridan biri - aniq fanlarda erishilgan yutuqlarni o`rganish, ularning mazkur tadqiqot predmetiga munosabatini umumlashtirishdir. Ana shunday fanlardan biri bo`lmish oliy nerv faoliyati fiziologiyasi va pedagogika orasida uzviy bog`liqlik mavjud. Zero, «har qanday ta’lim va tarbiya o`zining fiziologik mexanizmiga ko`ra, shartli reaktsiya (organizmning tashqi ta’siriga javobi), ko`nikma va taassurotlarni hosil qilish jarayonidir».
Ma’lumki, birinchi signallar sistemasi inson hayotida katta ahamiyatga ega bo`lib, insonning ikkinchi signallar sistemasi uchun tabiiy manba bo`lib xizmat qiladi. Ikkinchi signallar sistemasi esa - bu biz eshitayotgan, so`zlayotgan, o`qiyotgan so`zlarimizdir. YA’ni so`z bizga birinchi signallar sistemasining obrazlari, siymolari, xususiyatlari haqida mujassamlashgan xabar beradi. Masalan, o`quvchilar sohibqiron Amir Temurning ismi shariflarini eshitganlarida u kishiga hurmat hissini tuyadilar, «Orol» so`zi esa «Orol muammosi»ni eslatib ularda achinish, uni saqlab qolishda ishtirok etish istagini paydo qiladi va h.k. Xullas, o`quvchilar so`z orqali birinchi signallar haqida ma’lumot olgach, ularda hurmat, achinish, rahm-shafqat yoki, aksincha, «hizb ut-tah-rir», «vahhobiylik», «aqidaparastlik» degan so`zlarni eshitganida ularda nafrat kechinmalari paydo bo`ladi. Demak, birinchi signallar sistemasi orqali hosil qilish mumkin bo`lgan xatti-harakat, his-tuyg`ularni ikkinchi signallar sistsmasi - so`zlar orqali ham hosil qilish mumkin.
So`z esa milliy xususiyatga ega. Eshitilgan, o`qilgan so`z ma’nosi tinglovchi, o`kuvchi tushunadigan tilda bo`lsagina u xatgi-harakatga, tuyg`ularga ta’sir qilib, milliy madaniy muhitni tushunishga, unga moslashishga xizmat qiladi. Agar so`z va uning milliy ma’nosi, mohiyati tushunarsiz bo`lsa, u o`quvchiga birinchi signal sifatida ham, ikkinchi signal sifatida ham ta’sir ko`rsata olmaydi. O`quvchi uchun ma’nosiz tovush bo`lib qolaveradi. Demak, ikkinchi signallar sistemasining so`zlar orqali namoyon bo`lishini, inson milliyligining bosh belgisi - til, til esa so`zlardan iboratligini, shuningdek, yuqorida keltirilgan etnopsixologik yutuqiarni umumlashtirish ikkinchi signallar sistemasi milliy xususiyatga ega, deb ilmiy xulosani hosil qiladi. Bu esa milliy tarbiya ning aniq fan - oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga tayanuvchi nazariy asosini belgilaydi.
Xalqlar, millatlar o`zlari istiqomat qilayotgan jug`rofiy hudud, tabiat, jonzot va insoniy fazilatlarga xos va mos nomlar berganlar. Ular so`zda ifodalanib, ta’lim va tarbiya jarayonida o`quvchilarning ikkinchi signallar sistemasining milliy, xususiy jihatini belgilab kelgan. Ana shuning uchun ham tilda talaffuz qilingan so`z faqatgina shu tilni tushunuvchi kishi uchun ikkinchi signallar sistemasi sifatida ta’sir qiladi. Bola, odam o`zi tushunmaydigan so`zdan ta’sirlanmaydi, harakatga kelmaydi, uz xatti-harakatini o`zgartirmaydi.
2.O`zbekona tarbiya, uning o`ziga xos jihatlari va muammolari.
O`zbekona tarbiya mazmunidan joy olib, o`zaro munosabatlarda namoyon qilinishi lozim bo`lgan insoniy fazilatlarni ifodalovchi so`z - signallar mavjud. Masalan, «tavoze», «hayo», «vijdon», «iymon» va boshqa so`zlarning faol qo`llanilganligi milliy ma’naviyatimizning yuksak cho`qqiga ko`tarilganligidan dalolat beradi. Leqin xalqimiz tarixining keyingi asrlarida sodir bo`lgan mustamlakachilik, milliy fazilatlarni «qoloqlik, madaniyatsizlik ko`rsatkichi», «eskilik sarqiti» deya qadrsizlanishi yuqoridagi tushunchalarni o`zbek maktabi darsliklari matnidan siqib chiqardi. Natijada, milliy fazilatlar o`quvchilarning ikkinchi signallar sistemasiga kiritilmaganligi tufayli, boshqa tildagi so`zdek tushunarsiz bo`lib qolaverdi.
Eski hovlimizning ro`parasidagi o`rta maktabning to`polonchi o`quvchisi o`zidan kichik bolani do`pposlaganida qo`lidan ushlab, «Insofiig bormi, o`zingdan kichik bolani urasanmi?» - desam, «Insof deganingiz nima?» deb anqayib qoldi. SHundan keyin boshqa bir necha boladan ham so`radim. Unaqa dars o`tganimiz yo`q, deb javob qildilar. SHu voqeadan keyin maktablarda insof darsini o`tish kerak shekilli, degan xulosaga keldim.
Insofli bo`lish haqida na uyda, na maktabda va na atrofdagilardan ta’lim olmagan ayrim yoshlar insofsizlik qilib qo`yganini o`zlari anglamayaptilar, anglasalar ham uning xunuk oqibati - gunohi to`g`risida mutlaqo o`ylamayaptilar... (Ibrohim Rahim. Hayot chorrahalarida. - T.; o`zbekiston, 1991. 110-6.)
Bu holat o`zbek umumta’lim maktabi o`quvchilarini «o`zbek tilining izohli lug`ati»dan joy olgan, insoiiy fazilatlarni ifodalovchi 1,5 mingdan ortiq so`zlar (ma-salan, «odamgarchilik», «insof», «vijdonlilik», «mehribonlik» va h.k.) bilan maxsus tanishtira borishni taqozo qiladi. Biroq, so`zlarning faqat ma’nosini tushuntirish bilan yuqoridagi fazilatlarni o`quvchilarning odatiga aylantirish mushkul. Buning uchun milliy-insoniy fazilatlarni maxsus tashkil qilinuvchi tarbiyaviy vaziyatlarda, tarbiyaviy soatlarda o`quvchilarga namoyish qilish (masalan, «milliy odob»ning qanday namoyon bo`lishini nafaqat tushuntirish, balki ko`rsatish) va o`quvchilar bilan milliy odob mashqlarini tashkil qilish talab etiladi. Tarbiyaviy ta’lim - muomala, odob qoidalarini maxsus o`rgatish jahon miqyosida yangilik emas va o`rnak olsa arzigulik misollar bor. Masalan, YAponiya maktablarida «yapon xulq-atvori» darsi maxsus, majburiy o`tiladi. Bu darsda muomala, odob-axloqning eng nozik qirralarigacha maxsus o`rgatiladi, mashq qildiriladi. Jumladan, mehmon kelganda mezbon eshikni qanday ochishi kerakligigacha va h.k. Xullas, milliy-tarbiyaviy ta’lim milliy fazilatlarni o`quvchilarning dastlab birinchi, keyin esa ikkinchi signallar sistemasiga aylantirishga, pirovard natijada esa, o`quvchilarning shaxsiy xislatlariga, odatlariga aylanishida pedagogik texnologiya vazifasini o`taydi.
O`zbekiston sotsiolog olimlari olib borgan ilmiy tadqiqotlar milliy tarbiyaning sotsiologik jihatlarini oydinlashtiradi. Toshkent Davlat Milliy universiteti sotsiologik Markazi «G`arb - SHarq: shaxs xulq-atvori va moslashuvining madaniy-etnik xususiyatlari» mavzusi bo`yicha tadqiqotlar olib bordilar. Qiyosiy natijalar shuni ko`rsatadiki, Amerika-Evropa madaniyati, musulmon SHarqi madaniyatlari tamomila turlicha qadriyatlarga tayanadi. YA’ni sharqona xulq-atvor qadriyatlari an’anaviylikka tayansa, g`arbona xulq-atvor esa individualistik tip sifatida ijtimoiy muhit, hatto makrosotsiumlarni inkor qilish orqali o`zligini namoyon qiladi. SHarqona xulq-atvor muhitida taraqqiyot va islohotlar tadrijiy tarzda kechib, bunday jamiyatda qadriyatlarning keskin inqirozi xavfi yo`q. Masalan, ajdodlarga hurmat ijtimoiy mo`’tadillikning o`ziga xos kafolati bo`lib xizmat qiladi. Pedagogika uchun muhim tomoni shundaki, tarbiyaning milliyligi va ij-timoiylikning silliq kechishi tufayli o`smirlik - o`tish davri engil kechadi. G`arb o`smirlarida esa bu jarayon ijtimoiy muhit, xalq, millatni inkor qilish, jamiyatda qabul qilingan axloqiy, ma’naviy me’yorlarga qarshi turish, egotsentrizmda namoyon bo`ladi. SHarqlik kishi uchun el, urug`, mahalla manfaatlari, fikrlari kuchli ta’sirga ega. G`arb kishisi uchun tevarak-atrofdagilarning fikrlaridan ko`ra o`zining «men»ini namoyon qilish birinchi darajada turadi. O`zbek sotsiologi A. A. Ilhomovning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoda diniy, milliy o`zligini anglashning o`sishi yoshlarnida o`zlarini musulmon va sharq kishisi sifatida anglashi tarzida; Ovrupo yoshlarida esa jinoyatchilikning bundan buyon ko`payishiga olib keluvchi «xulq-atvorning af-fektiv tipi»da namoyon bo`lmoqda. Ana shu ob’ektiv xususiyatlar O`zbekiston pedagogikasida, uning nazariy asoslarida ham tub o`zgarishlarni amalga oshirishni gaqozo qiladi.
Milliy tarbiyaning nazariy asoslarini belgilashda sobiq sovet nedagogikasi nazariyotchilarining SSSR parchalanib ketish arafasida kelgan xulosalari muayyan ahamiyatga ega. Akademiklar A. Bodalev, V. Karakovskiy va L.Novikovalar o`sha davrdagi tarbiyaviy illatlar (nigilizm, ma’naviyatsizlik, axloqsizlik, xudbinlik va boshqalar)ni keltirib chiqargan sabablarni qidirishdi. Aniqlangan sabablar O`zbekiston pedagogika fani va amaliyotida qayta takrorlanmasligi uchun ularni quyida sanab o`tamiz. Akademiklarning xulosalariga ko`ra, 90-yillarda sovet tarbiyasi tushgan og`ir ahvolning bosh sabablaridan biri - tarbiyaning ilmiy asoslarining ishlab chiqilmaganligi edi. Bu asoslar quyidagi mazmunda yaratilmog`i kerak: 1) shaxsning pedagogik modelini tuzish va shu orqali uni tarbiyalash yo`nalishlarini belgilab o`tish; 2) «tarbiya» tushunchasining mohiyatini zamonaviy Pedagogika va psixologiya fanlari nuqtai nazaridan qayta ko`rib chiqish; tarbiyaning mavqeini ko`tarish; 3) jamiyatni tarbiyalovchi jamiyatga aylantirish uchun uning tarbiyalovchi imkoniyatlarini amalga oshirishning asosiy shart-sharoitlarini tadqiqot qilish kerak. Milliy tarbiya esa ushbu sabablarning takrorlanmasligining ilmiy asoslangan kafolatlariga ega. YA’ni, 1) muayyan milliy tarbiyaviy fazilatlarning asosli etalon, mezonlari va aniq yo`nalishlariga ega; 2) milliy tarbiya «tarbiya» tushunchasining mohiyatini zamonaviy pedagogika, psixologiya, etnopedagogika, etnopsixologiya, soiiobiologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi va antropologik bilimlar tizimi qo`lga kiritgan ilmiy natijalar asosida oydinlashtiradi; 3) milliy tarbiya jamiyatni «tarbiyalovchi jamiyat»ga aylantirish uchun uning pedagogik imkoniyatlarini amalga oshirishning asosiy shart-sharoitlarini qayd qiladi va ijtimoiy-milliy tarbiya omillari sifatida ularga tayanadi. CHunki til, urf-odat, psixologiya, dunyoqarash bolaga uning xohishidai tashqari holatda o`z milliy tarbiyaviy ta’sirini o`tkaza boradi.
SHu o`rinda «tarbiya» tushuichasiga yaqin bo`lgan «ijtimoiylashuv» tushunchasi haqida alohida to`xtalib, milliy tarbiya va milliy ijtimoiylashuv orasidagi umumiylik va o`ziga xoslik ustida to`xtalish lozim.
Milliy tarbiya va ijtimoiylashuv orasidagi umumiylik «hayot tarbiyasi» tushunchasi orqali namoyon bo`ladi. Lekin ijtimoiylashuv - bu inson tomonidan ko`rsatilayotgan maqsadli va maqsadsiz tarbiyaviy ta’sirlarpi qabul qilish jarayonidir. Ushbu ta’sir yig`indisi shaxsning ijtimoiylashuvi xususiyatlarini, sifat o`zgarishlarini belgilaydi. Ko`rinib turganidek, shaxs ijtimoiylashuv jarayonini bevosita pedagogik nazorat ostiga olish, boshqarish mumkin emas. SHuning bilan birga, rizojlanayotgan bola bir vaqtning o`zida ham ijtimoiylashtiruvchi omillar, ham milliy tarbiya omillarining muttasil ta’sirida bo`lishini ta’kidlash zarur. Har bir shaxsning bolaligi - uning milliy tarbiya qaramog`ida o`tkazgan tarixidir. Bola balog`atga etgan sari ijtimoiylashtiruvchi omillarning ta’siri kuchaya boradi.
Ijtimoiylashuv va milliy tarbiya ta’sirlari orasidagi uyg`unlik yoki ziddiyat milliy-ma’naviy taraqqiyot-ga davlat tomonidan ko`rsatilayotgan e’tiborga bog`liqdir.
Mustaqil O`zbekistoida olib borilayotgan siyosat o`zbek davlatchiligi, an’analari va milliy, umuminsoniy qadriyatlarni chuqur hurmat qilishga asoslanadi; O`zbekiston xalqining umumiy manfaatlarini ifodalovchi, birlashtiruvchi milliy g`oyasi mavjud; xizmat ko`rsatuvchi muassasalar tili - davlat tilidir va h.k.
«Milliy tarbiya, milliylashuv esa rivojlanayotgan bola shaxsiga ilk yoshlardanoq bevosita ta’sir qilish orqali samaradorlik, tabiiylik, ustuvorlik kasb etadi. Dastlab birinchi, keyinchalik ikkinchi signallar sistemasi mazmunini belgilovchi milliy muhit, milliy ruh, oila, mahalla, qishloq muhiti shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko`rsatadi.
YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib, quyidagi xulosalarni bayon etish mumkin: milliylik - ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy rivoji natijasida yig`ilgan madaniy qadriyatlar sintezidir. Milliy tarbiya - ana shu madaniy-tadrijiy sintezga asoslangan holda yosh avlodni zamonaviy sharoitda kelajakka mos ravishda shakllantirish jarayonidir: shaxsning milliyligi uning ma daniy darajasidir; har bir milliy madaniyat - umuminsoniy qadriyatning muayyan ko`rinishidir. CHunki insoniyat - bu xalqlar, millatlardir. Ana shu nuqtai nazardan milliy tarbiya - har bir insonni o`z milliy madaniyati manbaida, ya’ni muayyan umuminsoniy qadriyat asosida shakllantirish jarayonidir; har bir inson o`z hayoti davomida turli ijtimoiy rollarni o`taydi. Bu rollar mazmuni, ko`lami, namoyon bo`lish jabhalari ilk yoshlardan boshlab ko`payib, kengayib, murakkablashib boradi. Ana shunday tug`ma va ilk o`zlashtiriluvchi ijtimoiy rollardan biri - shaxsning milliy rolidir (U. Gerxard); aslida dinlar, millatlar orasida ziddiyat uchun hech qanday asos yo`q. Jahonda dinlar va millatlar orasida bo`lib o`tgan ziddiyatlar ayrim ulamolar, siyosatchilarning o`z maqsadlariga erishmoq uchun din, millat nomidan ish ko`rishga chaqiriqlari va insoniyatning ularga ergashib yo`l qo`ygan xatolaridir: xalqlar, millatlar mavjud ekan, milliy tarbiya jarayoni bizning xohishimizdan tashqari ravishda, madaniy determinizm asosida davom etaveradi. SHuning uchun bu jarayonni davdatning manfaatlariga mos ravishda maqsadga yo`naltirilsa, milliy tarbiya ulkan yaratuvchan, taraqqiyparvar ma’rifiy kuchga aylanadi.
3.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va tarbiya sohasidagi muhim vazifalar.
O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi vatanimizda milliy tarbiyani dolzarb muammolarini xal qilish borasidagi savollarga aniqlik kiritdi. YA’ni, ta’lim sohasini tubdan isloq qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning «milliy tizimini yaratish» davlat siyosatiga aylandi.
Xullas, O`zbekistonda mustaqillik arafasida va u qo`lga kiritilgach, jamoatchilik tomonidan ko`tarilgan eng muhim masalalardan biri maktab va undagi tarbiyaviy jarayonning milliylashuvi masalasi bo`ldi. Milliy tarbiyaning tiklanishi va rivojlanishini o`rganish natijasida hosil qilingan xulosalar quyidagilardan iborat:
Milliy istiqlol arafasida va u qo`lga kiritilganidan keyin o`zbek xalqi o`z milliy qadrqimmatini anglay boshladi. Ajdodlar yodi, milliylik, jonajon madaniyat haqida a’lon qilingan ko`plab badiiy, publitsistik, ijtimoiytarixiy, diniy, ma’rifiy adabiyotlar, televizion ko`rsatuvlar va radio eshittirishlari pedagogik o`zlikni ham tiklash ehtiyojini uyg`otdi.
Mustaqillik Deklaratsiyasining (1990) e’lon qilinishi, SSSRning parchalanib ketishi, Prezident boshqaruvi tizimiga o`tish, milliy mustaqillikning qo`lga kiritilishi, Konstitutsiyaning qabul qilinishi, O`zbekistonning dunyoga, dunyoning O`zbekistonga yuz tutishi, milliy istiqlol mafkurasining xalq ongiga singib borishi pedagogik tafakkurda ham o`z aksini topa bordi. Maktab, o`qituvchilar, xalq va davlatning milliytarbiyaviy qarashlardagi birligi tobora oydinlasha bordi.
Ta’lim va tarbiyada milliy qadriyatlarni tiklash jamoatchilik asosida faoliyat ko`rsatuvchi turli ilmiy markazlarning seminarlari, konferentsiyalari, kengashlarining diqqat markazida turgan mavzularga aylana bordi Mustaqil O`zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yo`lining rejalari; respublikaning bozor iqtisodiyotiga o`tishining besh tamoyili; Prezident I. Karimov tomonidan Vatan manfaatlari atrofidagi milliy birlikkina O`zbekistonni jahonning eng taraqqiy etgan mamlakatlari qatoriga ko`taradi, degan g`oyasi; milliy tarbiyani yuksaltirish bosh islohotchining tamoyiliga aylantirilishi kerakligi xaqidagi milliyma’rifiy g`oyalari; Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi davlatimizning milliy tarbiyaga ijtimoiy buyurtmasini ifodaladi.
Mustaqillik sharofati bilan sobiq kommunistik mafkura o`rniga O`zbekistonning milliy istiklol mafkurasi amalga oshirila boshlandi. Bu esa respublikada milliy tarbiyaning mafkuraviy asosini yaratdi.
YUNESKO tashabbusi bilan «Milliy maktab: kontseptsiya va rivojlantirish texnologiyasi» mavzusi bo`yicha o`tkazilgan konferentsiyada «Hozirgi rivojlanishning tezkor oqimida har bir millat faqat o`z milliy tarbiyasi tizimiga tayangandagina o`zini saqlab qola olishi mumkin»ligi tarbiyani milliy asosga qurishni umuminsoniy pedagogik zarurat darajasiga ko`tardi. SHu tariqa o`zbek davlatining buyukligi, uning qudrati har bir fuqaroning milliy g`ururi, vatanparvarligi, ish va so`z birligi, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odobi, milliy mafkuraviy ongliligini tarbiyalashga bog`liq ekani tobora oydinlasha bordi.
Izlanishlarimizning ilmiy pedagogik talqini bizga o`quvchilarning milliy tarbiyalanganlik mezonlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Demak, quyida biz zamonaviy o`zbek maktabi o`quvchisining milliy tarbiyalanganlik mezonlari masalasiga to`xtalamiz.
O`quvchilariing milliy tarbiyalanganlik mezonlari
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro`yobga chiqarishning birinchi bosqichi (1997-2001)da ta’lim oluvchilarning madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasi sifatiga qo`yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy qilish ko`zda tutildi. Bu - bevosita yangi fazilatlar, yangi mezonlar, yangi talablar masalasi demakdir.
Tabiat va jamiyatda har bir predmet, hodisa muayyan ilmiy ta’rifga ega. Xuddi shuningdek, milliy istiqloliy fazilatlarning ham muayyan ta’rifini anglamay turib, ularni shakllantirishga kirishishning samarasi bo`lmaydi. SHu bois milliytarbiyaviy fazilatlarning lug`aviy, etimologik mazmunlaridan kelib chiquvchi pedagogik ta’rifi aniqlanishi lozim.
Tarbiya nazariyasida yangi tushunchalarning paydo bo`lishi ijtimoiy, madaniy, siyosiy, mafkuraviy hayotda ro`y bergan o`zgarishlar bilan belgilanadi.
Milliy mustaqillik pedagogika - tarbiya haqidagi fanda ham keskin islohotlar zaruratini paydo qildi. Bu esa, o`z navbatida, sovet tarbiya nazariyasida o`rganilmagan «o`quvchinqng milliy g`ururi», «O`zbekiston o`quvchisining vatanparvarligi», «o`quvchining milliy odobi», «o`quvchi milliy vijdoni», «o`quvchining millatlararo muloqot madaniyati», «o`quvchining milliy mafkuraviy ongliligi» kabi fazilat mezonlarini ilmiy asoslashni talab qiladi. Zero bu:
- zamonaviy pedagogika fanining modellashtirish
usulini samarali qo`llash;
- tarbiya uslubiyati, texnologiyasi bo`yicha pedagogika qo`lga kiritgan ilmiy yutuqlardan foydalanish;
- jahon tarbiyaviy tajribalari namunalariga asoslanish;
- milliy tarbiyaviy fazilatlarning O`zbekistonning
o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li talablaridan kelib chiqib belgilash;
- mezonlar mazmunida milliylik, ajdodlarga, zamondoshlarga hurmat, madaniy vorislik tamoyillarini saklash, rag`batlantirish;
- sistemalilik, komplekslilik, yaxlitlik, funktsionallik, shaxsiy xususiyatlarga asoslanuvchi yondashuvlar uyg`unligiga erishish uchun imkon yaratadi.
O`quvchining o`z faoliyatida, tuyg`uhissiyoti va boshqalarga qiladigan munosabatida namoyon bo`ladigan sifatlari, xislatlari uning hayotda ko`zlagan maqsadlari, niyatiga qarab yo ijobiy, yo salbiy mazmun kasb etadi. SHu sababli milliy tarbiyalanganlik mezonlarini belgilashda o`quvchilar xulqatvori, niyatining ijtimoiyma’naviy yo`naltirilganligiga e’tibor berildi.
Milliy tarbiyalanganlik mezonlari o`quvchi shaxsining milliy xususiyatga bsvosita aloqador bo`lgan fazilatlari va uning o`zaro aloqadorligi (milliymadaniy determinizm) tamoyilidan kelib chiqib asoslandi. Buni quyidagicha sharhlash mumkin. O`quvchining «milliy g`ururi», «milliy odobi», «milliy mafkuraviy ongliligi», «millatlararo muloqot madaniyati» tushunchalari milliy o`zakka ega. YA’ni, qandaydir mavhum «g`urur», «mafkura», «odob», «muloqot madaniyati» emas, balki muayyan xususiyatga egaligi e’tirof etiladi. Ushbu fazilatlardagi milliylik o`quvchining milliy o`zligini anglash jarayoni bilan bevosita bog`lanadi. Natijada, yosh avlodning milliy tuyg`usi stixiyali emas, balki milliy istikdol maqsadlariga, yaratuvchilik maqsadlariga yo`naltiriladi, xizmat qildiriladi. Bu - milliy g`ururni millatchilikdan, mahalliychilikdan, o`z xalqiga befarqlikdan, manqurtliqdan himoya qiladi.
O`zbekiston vatanparvarligi o`zbek o`g`il-qizlaridan alohida fidoyilikni, mas’uliyatni, Vatan taqdiriga ongli muiosabatni talab qiladi. Milliy vijdoniylik esa universal xususiyatga ega bo`lib, yuqoridagi (milliy tuyg`uga bevosita bog`lanuvchi) fazilatlarni shakllantirishning ishonchli kafolatini, ya’ni, bilim - so`z – xatti-harakat (amal qilish) birligini ta’minlaydi, nazorat qiladi
Tayanch so`z va iboralar: jamoatchilik, oila, er, xotin, farzand, ilm, ma’rifat, tarbiya, ahloq, din, munosabat, qadriyat, e’tiqod, o`git, mustaqillik, bola tarbiyasi, islomiy aqidalar, burch, shariat, hadis, mehr-muhabbat, samimiylik, tushuntirish, davlat siyosati, yoshlar tarbiyasi, ma’naviyat, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, vijdon, islohot, fazilat, nazorat, milliy tarbiya.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Milliy tarbiyaning manbaini nimalar tashkil qiladi?
2.«Tarbiya» so`zining ma’nosi nima?
3.Milliy tarbiyada dinlarning o`ziga xos o`rnini ko`rsating.
4.Milliy tarbiyani tadqiqot qilishning metodologik asoslari nimalardan iborat?
5.O`zbekona tarbiya, uning o`ziga xos jihatlari va muammolari haqida gapirib bering.
6.«Tarbiya» tushunchasiga yaqin bo`lgan «Ijtimoiylashuv» tushunchasi nimani anglatadi?
7.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida tarbiya sohasidagi qaysi muhim vazifalar belgilab berilgan?
8.Milliy tarbiyani yoshlar ongiga singdirishda bolalarning yosh jihatlarini inobatga olish zarurmi?
9.Milliy tarbiyani yoshlar ongiga singdirishda qaysi usul va vositalardan foydalanish qulay?
10.O`quvchilarning milliy tarbiyalanganlik mezonini nimadan bilish mumkin?
10-mavzu. Oilada farzandlarni ma’naviy va ahloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar.
Reja:
1.Millatning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi - jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida.
2.Oilada bolaning yosh xusussiyatlariga qarab tarbiyalash.
3.Milliy ma’naviy meros, qadriyatlarning tarkibi, ko`rinishlari va yosh avlodni tarbiyalashda uning ahamiyati.
4.Diniy va milliy qadriyatlarning xalqimiz tarixida tutgan o`rni va ahamiyati.
1.Millatning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi - jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida.
Hozirgi davrda O`zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o`zgarishlar va islohotlar natijasida, jahon tsivilizatsiyasi talablariga mos keladigan hamda milliy ma’naviyatimiz an’analariga asoslangan, yangicha yashash tamoyillari ustuvorligini ta’minlash vazifalari hal qilinmoqda. Respublikamiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida o`z taraqqiyot yo`lini mustaqil belgilab oldi. O`tgan davrning sinfiy-partiyaviy mezonlari va hukmron mustabidlik mafkurasining tamoyillari o`tmishga aylandi. Ularning o`rniga yangicha jamiyatni, ya’ni demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurish, jamiyat a’zolarining maqsad-muddaolari, orzu-intilishlari va kelajak niyatlarini ifodalovchi ma’naviy-axloqiy rivojlanish strukturasi va uning omillari shakllanmoqda. Bugun bu omillarning samaradorligini oshirishga mazkur jarayonlar asnosidagi turli muammolarni hal qilish, turli vazifalarni echish bilan bog`liq bo`lgan masalalar dolzarbligi bilan ajralib turibdi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq xalqimiz ma’naviy-axloqiy merosini qayta tiklash va undan jamiyatni ma’naviy yangalashda unumli foydalanish zarurati tug`ildi. CHunki, “jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o`zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o`z-o`zidan yuz bermaydi. Buning uchun avvalo asriy an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy-ma’rifiy muhit mavjud bo`lmog`i kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl-nasabida ezgulik va ma’rifat sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo`sh urishi lozim”.
Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov, – “har bir kishi, millat, xalq o`z tarixini bilishni istaydi, shuning uchun olimlarimiz o`zbek xalqining tarixiy o`tmishi, o`zligi, ma’naviyati va madaniyati to`g`risida ilmiy yaxlit kontseptsiya yaratishlari zarur”1 – deb ta’kidlaydi. “Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz”2. YUrtboshimizning fundamental ahamiyatga ega ushbu ko`rsatmalari o`tmish ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy- axloqiy merosni chuqur o`rganish va bu masalalarga ziyolilarimiz e’tiborini qaratish orqali yosh avlod tarbiyasida va yangi jamiyat asoslarini yaratishda ulardan unumli va o`rinli foydalanishga zamin yaratadi.
I.A.Karimov O`zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan dastlabki kunlardan beri millatning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga birinchi darajali e’tibor qaratib kelmoqda. Hali sho`rolar tuzumi mavjud paytidayoq - 1990 yil 24 mart Oliy Kengash sessiyasida O`zbekistonda birinchi marta prezident lavozimi joriy etilib, Islom Abdug`anievich Karimov ushbu lavozimga munosib topilgach, O`zbekiston Prezidenti “xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va ma’naviy yuksaltirish” masalasi davlat rahbarining eng muhim vazifalaridan ekanligi alohida ta’kidlab o`tgan edi3. “Ma’naviyat” so`zini yuqori doiralarda ishlatish mutlaqo urf bo`lmagan o`sha zamonlarda bu mutlaqo yangicha yondoshuv, o`sha paytlar respublika rahbari uchun katta jasorat edi.
O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning milliy mustaqilligimiz ikkinchi yilida e’lon qilingan “O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li” risolasida alohida bob “Mustaqil O`zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari” deb nomlandi va unda ilk bor xalq ma’naviyati va axloqining o`zaro bog`liqligi ta’kidlanib ularni rivojlantirish masalalari batafsil tahlil etildi1.
Prezident I.A.Karimov doimo iqtisod, siyosat va ma’naviyat va axloqning uyg`un rivojlanishi zarurligini ta’kidlab keladi: “Davlat qurilishi, iqtisodiy rivojlanish jarayonlari ma’naviy kamolot, yuksak axloqiylik bilan to`la uyg`un bo`lmog`i kerak»2. CHunki mustaqilligimizning uch tayanchi - mustaqil milliy siyosat, iqtisodiy qudrat va xalq ma’naviyati bir-biri bilan chambarchas bog`liq. Agar siyosiy mustaqillik bo`lmasa, millat asta-sekin o`zligini yo`qota boradi, iqtisodiy mustaqillik bo`lmasa, siyosiy mustaqillikning zamini mo`rt bo`ladi. Ammo ma’naviy mustaqillik bo`lmasa, millatning o`zi bo`lmaydi. Faqat ularning o`zaro uyg`un rivoji ta’min etilsagina, O`zbekiston ulug` yurt sifatida jahon hamjamiyatida o`z munosib o`rnini egallay oladi.
O`zbekistonda xalq ma’naviy-axloqiy merosining jamiyat hayotidagi o`rni masalasiga yangicha qarash jamiyatning tadrijiy rivojlanishi uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligi tobora ayon bo`lib bormoqda. Qadim davrlardan to hozirgi zamonamizgacha yaratilib, avlodlarning ezgu ishlariga xizmat qilib kelgan boy axloqiy, siyosiy, huquqiy merosimizni, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o`rganib, xalqqa etkazish, kelajak asoslarini yaratishga xizmat qildirish muhim vazifalardan biri bo`lib, ulug` allomalarimizning axloq, xulq-odob, ta’lim-tarbiya masalalariga oid asarlari, dono va ibratli so`zlari, pand-nasihatlari yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
2.Oilada bolaning yosh xusussiyatlariga qarab tarbiyalash.
Tarbiya bir umr davom etadigan jarayon... Lekin inson, kamolotga asos bo`ladigan barcha boshqa omillar oiladan barchaning o`rnini bosa olmaydi. Jamiyat rivojlangan sari oiladagi tarbiya ahamiyati, ota - onaning ma’suliyati ortib boraveradi, Tarbiyali farzand ota - ona baxti, yomoni bir umrlik darddir. Bunday dardni olamda hech bir shifokor davolay olmaydi.
Oila bola tarbiyasini ancha erta boshlab uzluksiz, bosqichma - bosqich olib borgan ma’kul. Donolar farzand tarbiyalashni 3 davrga bo`lganlar:
Bola 1 yoshdan 8,10 yoshgacha bo`lgan davrlar. Bolani ozodalikka, mehnatga, kattalarga salom berishga o`rgatish ma’naviyati poydevoriga qo`yilmagan g`ishtlardir.
10, 11... 16 yosh orasidagi davr. Ancha murakkab, ma’suliyatli davrdir... Uz qilmishlari nimaga olib kelishini to`la tasavvur eta olmaslik og`ir oqibatlarga kelishi mumkin.
15,16 yoshdan boshlab ijtimoiy hayot ehtiyojlari asosida tarbiyalash lozim. Bu davrda bolaga ota-onaga o`z yo`lini va baxtini mehnat topa oladigan shaxs sifatida qaramog`i kerak... Turfa fikrlashga, faoliyat ko`rsatishga keng yo`l ochib berish lozim.
Bola katta bo`lgach ota-onaga xamkor, maslahatgo`y
bo`lib qoladi.
Bola bilan maslahatlashish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Bola qalbidagi birinchi ma’naviyat urug`ini ota - ona ekkani unib chiqadi. «Ekkaningni o`rasan», - deya bejiz aytishmagan.
- Farzand noqobilligidan nolish ...
Ota - ona bola tarbiyasida ularning iste’dodiga ham ahamiyat berish kerak.
Xoja Samandar Termiziy: «Farzandlarni otasining xizmatlari tufayli emas, o`zlarida bor qobiliyatga asoslanib tarbiyalanish lozim», - deya uktiradilar.
Farzanddarni odobli qilib tarbiyalash oiladagi vaziyatga bog`liq. Lekin u ko`chaga chiqib beadab yoshlar davrasiga kirib qolsa, Xoja Samandar Termiziy: «Agar har kim yoshligidan beodob kishilar orasida o`sib ulg`aysa, katta bo`lgach, uning vujudiga o`rnashib olgan badfe’llik illatlarini chiqarib tashlash qiyin bo`ladi», - deydilar.
Beodoblik insonda uchraydigan eng og`ir nuqsondir. Inson odobi ,bilan go`zal, deydi xalqimiz.
Axloq va odob shunday poydevorki, insonning boshqa barcha ma’naviy fazilatlari Zo`r ilmi, bilimi ham uning zaminida shakllanadi. Uluglik aqli odob, bilim birligi bilan shakllanadi. Axloqli, odobli bolada bilim olishga ishtiyoq kuchli bo`ladi. SHu sababli xaleda aql qadri odob bilan, boylik qadri sahovat bilan, kuvvat qadri baxrdirlik bilan bezaladi.
Farzandga birinchi qadamdanok, axlok, va odob o`rgatgan ota - ona uning kelgusi baxtiga mustaxkam poydevor o`rnatgan bo`ladi... Ba’zan insonning kichik nuqsonlari uning soyasida qolib ketadi.
Farzand tarbiyasi shunchalik ma’suliyatliki, bu ishda xatoga yo`l ko`yish oson, lekin bu xato tuzatish qiyin. Ba’zi ota - onalar farzand tarbiyasiga befark qaraydi. Ish bilan bandman.
Bola 18 - 20 yoshga to`lgach o`z qadr - qimmatini, izzatini va ma’naviyatini aqlan, axloqan his qiladi. qizlar or -nomus, iffati, qadr - qimmatini ancha to`g`ri tushunadi. Bu davrda yoshlar ma’naviy omillarga ko`proq beriladi.
Bozor munosabatlari faqat pul topish yo`lini izlashdan iborat emas. Kishilarda yuksak ma’naviyat ham bo`lishi kerak.
YOshlar taqdirining ijobiy va salbiy tomoni bor. YOshlar zamonaviy fan asoslarini, eng yangi texnika va texnologiyani, milliy va umuminsoniy ma’naviyat asoslarini chuqur egallash lozim.
YOsh avlodni bugungi ko`p imkoniyatlargagina emas, balki ertangi kun ehtiyojlariga karab tarbiyalash kerak.
Bolalar doim foydali ish bilan band bo`lishi lozim. Ota-ona farzand tarbiyasini davr ruhiga mos kelishi bilan birga jamiyat, millat taraqqiyoti ehtiyojlariga va imkoniyatlari bilan bog`liq kelajagi ham turishi kerak.
Ota-ona farzand tarbiyasida o`z dunyoqarashi, tasavvurlari va tushunchalari doirasida qolib ketmasligi lozim.
Tarbiyada yoshlarning xohish - istaklarini inobatga olish kerak.
XXI asr fan va texnika, inson ma’naviyati juda tez o`sib borayotgan davr.
Fan va texnika tarakkiyoti o`z -o`zidan amalga oshavermaydi.
Uni aqliy, axloqiy, ilmiy, salohiyati rivojlangan yoshlar amalga
oshiradi.
Hozirgi davrda oilada axloqiy tarbiyaga e’tibor berish zaruriyati yuzaga keldi.
I.Karimov: «Biror jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay va mustaxkamlamay, o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi». (Uzbekiston XXI asr bo`sag`asida).
Oiladagi axloq, odob tarbiyasi avtomatik tarzda amalga oshmaydi. Eng muhimi - oiladagi ma’naviy muxitdir. U inoqlik ahillik, totuvlikdir.
Ota - onalarning milliy - madaniy saviyasi kasb - hunari, milliy mansubligiga, diniy e’tiqodlari ham bolalarning axloqi, odobi, butun ichki dunyosi shakllanishiga ta’sir etadi.
Bola ota - onasidan mehr ko`rmasa, bag`ritosh bo`ladi, ortiqcha erkalatilsa, taltayib ketadi.
Oiladagi tarbiyada yoshlarda milliy iftixor tuyg`usini tarbiyalashga ‘tibor berish kerak.
Muayyan millatga mansublikni ham xis qilish lozim. Uning tarixi, tili, qadriyatlarini bilish inson ma’naviy kamol topishida nihoyatda muxim.
Milliy iftixor har bir yosh yigit va qiz o`z millati va tarixi, taqdiri, istiqboli mamlakatining imkoniyatlarini bilishidir. Vatan millat manfaatlari yo`lida fidokorona mehnat qilish uning shon - shuxratining ulug`ligiga intilishidir. Milliy rux esa milliy iftixor, vatanparvarlik tuyg`usi asosida shakllanadi. Milliy rux har bir shaxsdagi ichki ma’naviy qudratdir. Kelajakka ishonch mustaxkam e’tiqoddir. Milliy ruh milliy irodani mustahkamlaydi, uni unvon darajasiga ko`taradi.
Insonning vataniga bo`lgan sevgisi ham o`z millatiga bo`lgan
ishonchi va xurmati asosida shakllanadi. YOshlar vatan millat
takdiriga nisbatan loqayddik kuchaysa, ular mamlakatda bo`layotgan
voqealarga nisbatan befarq qarasalar - bu chuqur millyay
fojeaning belgisidir. Vatan va millat har bir inson
qiblagohdir, sajdagohdir. Inson uchun vatan va millat bittadir.
SHu vatan tinch bo`lsa, biz tinch bo`lamiz. Boy bo`lsag boy bo`lamiz.
Tinch, osoyishta rivojlansa, barcha orzu - umidldrimizga
erishamiz. O`zbekiston dunyodagi barcha o`zbeklarning boshini
qovushtiradigan, manfaatini himoya qiladigan qadr - qimmatini
ulug`laydigan, tarixiy xotirasini shakllantirib
mustaxkamlaydigan yagona mamlakatdir. O`zbeklarning e’tiqodi, ma’naviyati, mezonlariga qarab inson uchun eng katta fojea vatangadolikdir, eng katta xiyonat esa vatanfurushlikdir.
Oilada milliy iftixor tuygusini tarbiyalash ota - onalarning umumiy dunyoqarashi, ma’naviy saviyasiga xdm bog`liq. Hozirgi ko`plab ota - onalar sovet tuzumi davrida tarbiya ko`rgan. Bu davrdagi siyosat esa kishilarning milliy iftixor tuyg`usini soxtalashtirishga, ularning o`z tarixiiy xotirasidan maxrum 6"o`lgan mankurtlarga aylantirishga karatilgan edi. SHu sababli yoshlarnigina emas, xatto ayrim ota -onalarni xam milliy ongi va tarixiy xotirasi xam etarli darajada shakllangan emas.
I.Karimov:«Uylab ko`ringlar aziz do`stlar, o`shanda bizlar kimlar edik. Taqdirimiz, erkimiz kimlar qo`lida edi? Ka’ba deb qaerga siginar edik. Har tong «Assalom» - degan madhiya ohanglari ostida kimlarga qulluq qilib uyg`onardik? Bilimimiz, dinimiz kay ahvolda edi? Imom Buxoriy, At - Termiziy, Xoja Baxouddin Naqshbandlarning nomlariga e’tibor berdikmi? Amir Temur, Bobur va boshqa bobokalonlarimiz buyuk nomlari qaysi kitoblarga qorishib yotgan edi? Milliy g`ururimiz insoniy sha’nimiz, urf - odatlarimiz qanday tushunchalarga almashtirilgan edi. Xo`sh, o`zimizchi? Uzimiz o`zligimizni bilarmidik? Qanday mo`’tabar zamin, ulug` ajdoddarimizning mehri bilan oziqlangan er o`glonlari ekanligimizni anglarmidik?».
YUqoridagilarning ota-ona bilib olgandan so`ng farzandlariga o`rgatishi zarur.
Ota-ona farzandlariga berayotgan tarbiya inson shaxsi shakllanishining birinchi poydevoridir. Bu poydevor inson ma’naviy olami degan jarayonning hammasi emas, balki boshlanishi, Bu poidevor aql, idrok, ma’suliyat bilan barpo etilgan bo`lsa, uning ustiga go`zal mustaxkam bino urish mumkin. Bu binoning chiroyi naqshlari inson hayotining barcha davrlarida jilolanib sayqal berib turadi. Inson umri qancha uzun bo`lmasin, bu binoni takomillashtirishi, go`zallashtirishni davom etaveradi, hech vaqt o`z nihoyasiga etmaydi... Aqlli inson qanchalik buyuklikka erishmasin, ota - onasi unga o`ziyam uzunroq qo`shilaveradi. Ota - ona burchi va ma’suliyatining buyukligi tarixning barcha davrlarida tan olingan haqiqatdir.
Uzbek oilalarining o`ziga xos tomonlaridan biri ko`p farzandlilikdir. Lekin asosiy gap oiladagi bolalar sonining ko`paytirishdangina iborat emas... Hozirgi kunda jamiyat taraqqiyoti va u odamlarining soni emas balki sifati ahamiyatli bo`lib qolmoqda. Bu muammo O`zbekistonda ham kun tartibiga qo`yilgan. O`zbekistonda oilalar ko`p farzandlidir. Odatda ko`p farzanddi oilada bitta ota ishlaydi. Ona esa bolalarni boqish va uy ro`zg`or ishlari bilan shug`ullanadi. Bozormunosabatlariga o`tish davrida ota ish topolmay kolishi ham mumkin. Unda oila kiynaladi.
Oilalar va farzandlar tarbiyasi borasidagi vaziyatni davlat hech qachon o`z holiga tashlab qo`ygan emas. Oila mustahkam bo`lmasa, jamiyat ham mustahkam bo`lmaydi.
3.Milliy ma’naviy meros, qadriyatlarning tarkibi, ko`rinishlari va yosh avlodni tarbiyalashda uning ahamiyati.
Milliy ma’naviy meros, qadriyatlar tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo`lib, uning tarkibi quyidagilardan iborat:
- tarixiy meros va tarixiy xotira;
- madaniy yodgorliklar, osori-atiqalar, qadimiy qo`lyozmalar;
- ilmu-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari;
- san’at va milliy adabiyot asarlari;
- axloqiy fazilatlar;
- diniy qadriyatlar;
- urf-odat, an’ana va marosimlar;
- ma’rifat, ta’lim-tarbiya va hokazolar.
Milliy ma’naviy qadriyatlar tizimida tarixiy meros va tarixiy xotira muhim o`rin tutadi. Ma’naviyatni yuksaltirish va xalqning ruhini ko`tarishda tarixiy meros hamda tarixiy xotiraning juda katta ahamiyati bor. Tarixni haqqoniy o`rganish, undan saboqlar chiqarish lozim.
O`zbek xalqi jahon madaniyati hazinasiga munosib hissa qo`shgan millatlar qatoridan faxrli o`rinni egallaydi. Madaniy yodgorliklar, me’morchilik san’ati namunalari, qadimiy qo`lyozmalar – milliy ma’naviyatning bebaho durdonalari, xalqimiz uchun eng qadrli va muqaddas bo`lgan boyliklardir. Bularni avaylab-asrash, kelajak avlodlarga etkazish ma’naviyat sohasidagi eng dolzarb vazifadir.
Ilm-fan va uning yutuqlari – milliy yoki hududiy chegaradan chiqadigan, butun jahon e’tirof etadigan, umuminsoniyatga xizmat qiladigan boylikdir. Biroq olimning ijodi va uning ilmiy kashfiyoti avvalo uning millati va Vatanini dunyoga tanitadi, milliy qadriyatni jami bashariyatning yutug`iga aylantiradi.
Milliylik, xalqning ruhiyati va ma’naviyati, ayniqsa, san’at va adabiyot rivojida yorqin ifodalanadi. Ezgulik va poklikni, insoniylik va haqqoniylikni kuylagan buyuk asarlar, qaysi janrda yoki qaysi tilda yaratilganidan qat’iy nazar, jahonga taniladi, pirovardida yana shu millatning xalqaro nufuzini yuksaltiradi.
Milliy ma’naviy qadriyatlar tizimida axloqiy sifatlar, diniy qadriyatlar munosib o`rin egallaydi va milliy o`zlikni anglashning muhim sharti, omili sifatida namoyon bo`ladi. Axloqiy va diniy qadriyatlar aksari hollarda o`zaro bog`liq bo`lib, jamiyatning ma’naviy yuksalishida, yosh avlod tarbiyasida birdek muhim ahamiyatga ega.
SHularni hisobga olib, Prezident Islom Karimov «Turkiston-Press» agentligi muxbirining savollariga javob berib, madaniy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga etkazishda dinning beqiyos xizmati borligini uqtirib, «Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`qotamiz», deb ta’kidlaydi.
Har bir xalq, millat yaratgan ma’naviy qadriyatlar, uning dunyoga qarashi va hayotga munosabati, o`ziga xos betakror xususiyatlari, ayniqsa, urf-odat va marosimlarda to`laqonli namoyon bo`ladi. Marosimchilik bir qator ijtimoiy funktsiyalarni bajaradi, milliy o`zlikni saqlashda, yoshlarni tarbiyalashda, muayyan g`oyalarni ruhiyatga singdirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Tarbiya va ta’limning milliy xususiyatlari ham ma’naviy qadriyatlar tizimida o`z o`rniga ega. Xalqning kelajagi yoshlarga bog`liq ekanligi qanchalik haqiqat bo`lsa, bularni milliy ruhni tarbiyalash zarurati ham umume’tirof etilgandir. Milliy tarbiya xalqning o`z-o`zini saqlash va istiqbolini ta’minlash omilidir.
Xulosa qilib aytganda, milliy ma’naviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi xalqning mustaqilligini mustahkamlash va kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
4.Diniy va milliy qadriyatlarning xalqimiz tarixida tutgan o`rni va ahamiyati.
Jahon keng, dunyoda mamlakat ko`p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O`zbekistonimiz yakka-yu yagonadir.
O`zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi uning betakror tabiati, boy tarixi, zahmatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda turli millat va elat vakillarining yagona oila farzanlaridek yashashlarida namoyon bo`lmoqda. Bunday ahillik do`stlik va hamkorlik o`zining chuqur tarixiy ildizlariga va asosiga ham ega. Bu asoslar mamlakatimiz Konstitutsiyasida mustahkamlanib qo`yilgan. Xususan, uning 18 moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, dini ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir», - degan qoida mustahkamlanib qo`yilgan.
E’tibor berilsa, mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy his-tuyg`ulariga dahldor muhim ahamiyatga ega bir qator tamoyillar belgilab qo`yilganiga ishonch hosil qilish mumkin.
Birinchidan, fuqarolarning milliy mansubliklaridan qat’iy nazar qonun oldida tengligi mustahkamlangan;
Ikkinchidan, fuqarolarning diniy, e’tiqodiy farqlaridan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi ta’kidlangan. Diniy qadriyatlar millat ma’naviyatining ajralmas qismi ekanini inobatga oladigan bo`lsak, mazkur qoidaning hayotiy-amaliy ahamiyati oydinlashadi.
Uchinchidan, fuqarolarning irqiy tengligi qayd etilgan. Irqchilikdan g`ayriinsoniy mafkura va amaliyotning tariximizda umuman kuzatilmaganini alohida qayd etish lozim. Ammo ayrim mintaqalarda tajavvuzkor millatchilik g`oyalari bilan qurollangan ayrim guruhlar diniy aqidaparastlik va irqchilik qarashlaridan o`z maqsadlari yo`lida foydalanishga urinayotganini ham unutmaslik zarur. Demak, muayyan hollarda ular omuxtalashgan shaklda ham chiqishi mumkin. Axborot globallashuvi kechayotgan bugungi kunda turli g`oyalar hech qanday chegaralarni tan olmay kirib kelishini e’tiborga oladigan bo`lsak, ushbu tamoyilning ahamiyati yanada yaqqol namoyon bo`ladi.
Tarixiy tajriba ko`p millatli davlatning barqarorligi millatlararo munosabatlarga daxldor huquq va erkinliklarini to`g`ri belgilab qo`yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik rioya qilishga ham bog`liqligini ko`rsatadi.
Ma’lumotlarga ko`ra, 2000 yilda 36 mamlakatda 40 ta, 2001 yilda esa 30 mamlakatda 36 harbiy nizo sodir bo`lgan Ularning 27 tasi, ya’ni 75 foizi bundan 10 yillar oldin boshlangan. Bu nizolarning aksariyati bir mamlakat ichida kechganini e’tiborga oladigan bo`lsak, ularning milliy, diniy va irqiy asoslardan kelib chiqqan fuqarolik urushlari ekanini anglatadi.
Bemalol aytish mumkinki, jahonning turli nuqtalarida alangalanib turgan bunday nizolar aksariyat hollarda millatlararo munosabatlarda millatlararo totuvlik, bag`rikenglikning yo`qligi ham sabab bo`lmoqda.
SHu nuqtai nazardan, respublikamiz milliy siyosatining asosiy tamoyillari hayotda ham o`z ifodasini topayotganini ta’kidlash zarur. Xususan, millatlararo munosabatlar sohasidagi amaliyot haqida gap ketar ekan, istiqlol yurtimizdagi turli millat va elat vakillariga o`zining tarixiy vatanlari bilan aloqalar o`rnatishga imkon berganini qayd etish lozim. O`rnatilgan aloqalar ona tilini o`qitish va o`rganishni yo`lga qo`yish, turli qo`llanmalar va adabiyotlarni o`z vaqtida qo`lga olish, yoshlarni ta’lim olish uchun rivojlangan mamlakatlar va ba’zan esa ularning tarixiy vataniga yuborish imkoniyatlarini yaratdi. SHuningdek, keng qamrovli madaniy-ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keldi.
O`zbekiston hozir va bundan keyin ham o`z mustaqilligini abadiy va mustahkam himoya qila olishi uchun ko`p millatli o`zbekistonliklarning har bir avlodi milliy istiqlol g`oyalari ruhida tarbiyalab borishi barqarorlik va umummilliy totuvlik va bag`rikenglikni yanada mustahkamlab boradi. Zero, milliy g`oya - barcha o`zbekistonliklarning manfaatlarini ham ifodalovchi g`oyadir.
Respublikada istiqomat qilib turgan 130 dan ortiq millat va elatning har biri o`ziga xos madaniyatga va ko`p asrlik an’analarga ega O`zbekiston Respublikasi o`tkazayotgan milliy siyosatining eng muhim ustivor yo`nalishi barcha millatlarning ravnaqi uchun tinch sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg`unlashtirishdan iborat. Bu sohada keyingi yillardagi eng katta yutug`imiz umumiy uyimizdagi tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir. Odamlarimiz ongida ana shu qadriyat va uning o`zgarmas ahamiyati tushunchasi kun sayin oshib borayotganligidir deyish mumkin.
Dunyoning qariyb barcha mamlakatlari ko`p millatli. Respublikamiz ham ana shunday boy, turfa madaniyatlar gullab-yashnayotgan mamlakatlardan biri ekani har bir o`zbekistonlikka iftixor baxsh etadi. O`zbekistonni o`z Vatani, deb bilib, uning taraqqiyoti yo`lida fidokorona mehnat qilayotgan turli millatga mansub yurtdoshlarimizdan har biri buni dildan teran his qilmoqdalar. Olib borilayotgan oqilona milliy siyosat tufayli respublikamizda qaror topgan tinchlik, ijtimoiy totuvlik, o`zaro hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.
Respublika Baynalminal Madaniyat Markazi (RBMM) va milliy madaniyat markazlari (MMM)ning faoliyati bu erda yashovchi xalqlarning milliy an’analari, urf odatlari va marosimlarini qayta tiklash, ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish millatlararo munosabatlarni uyg`unlashtirishga qaratilgan. Turli millatlarga mansub fuqarolarimizning katta umumxalq bayramlariga tayyorgarlik ko`rish va ularni o`tkazish, mamlakat madaniy turmushidagi shonli voqealarni nishonlashda faol ishtirok etayotganliklari samimiy sahovat va mehr oqibat muxitini yaratmoqda. Bu muhit bizga yagona oila tuyg`usini qayta-qayta his etish «o`zbekiston umumiy uyimiz» degan so`zlar zamiridagi chuqur ma’noni anglab olish imkonini beradi.
Dastlabki milliy madaniyat markazlari koreyslar, qozoqlar, yaxudiylar, armanlar tomonidan Respublika viloyatlarida 1989 yilda tuzildi. O`sha paytda ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turish maqsadida O`zbekiston hukumatining qaroriga binoan madaniyat ishlari vazirligi huzurida Respublika millatlararo madaniyat markazi tashkil etildi.
Dinlarning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo`lib, ular aslida bir-birlariga zid emas. Diniy bag`rikenglikning mohiyati shundan kelib chiqadi. Jamiyat tarixidan turli dinga mansub kishilarning yonma-yon yashab kelganligiga ko`plab misollar keltirish mumkin. Bizning mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan, diniy amallar erkin ijro etib kelingan. O`sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar bir-biridan o`rganganlar, ustoz-shogird bo`lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday munosabatlarga xalal bermagan.
Aytish mumkinki, diniy ong rivojlanib, dinning mohiyatini chuqurroq anglash bilan diniy bag`rikenglik ham rivojlana bordi. Bu hozirgi davrda diniy bag`rikenglikni yanada kuchaytirmoqda. Hozirgi kunda O`zbekistondagi turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyatlarini o`zaro teng huquqlilik, hamdo`stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda. Diniy bag`rikenglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo`stlik munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki e’tiqodidan qat’iy nazar barcha kishilarning tengligi, umumiy ezgu maqsad yo`lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko`ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko`ra ham inson eng oliy mavjudotdir. U o`ziga berilgan umri davomida yashashga, ma’naviy aqliy jihatdan takomillashib, erdagi hayot sharoitlarini yaxshilash uchun kurashishga, ijod qilishga haqli. Ma’naviy kamolotga erishish uchun inson yashashi, yaxshi sharoitlarga ega bo`lishi kerak. Demak, erdagi hayotni saqlab qolish, rivojlantirish barcha kishilarning umumiy maqsadlaridir. Diniylik dunyoviylikni inkor qilmaydi, u bilan ba’zan yonma-yon yashasa, ayrim vaziyatlarda o`zaro yaqinlashadi, dunyoviylikning rivojiga xizmat qiladi.
Dunyoviylik, ya’ni shu moddiy hayotni rivojlantirishga yo`nalganlik diniylikning ham maqsadlari bilan mos tushadi. Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin, deganda dunyoqarashning ezgulik, yaxshilik, halollik, tinchlik, do`stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni nazarda tutamiz. Haqiqatan ham diniy ta’limotlar, u dunyo hayotini tasvirlash vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo`lishga undaydi.
Diniy bag`rikenglikning qaror topishi, mustahkamlanishi, rivojlanishi barcha kishilarni e’tiqodidan qat’iy nazar milliy g`oya va mafkurani amalga oshirish yo`lida birlashtiradi. U mafkurani milliy g`oya va kishilar ongi hamda qalbiga joylashishiga yordam beradi.
Aksincha, diniy bag`rikenglikni tor tushunish bir tomonlama talqin qilish umumiy maqsadlardan chalg`itib, kishilarni o`zaro guruhlarga bo`lib yuborishi mumkin. Ayrim guruhlarning g`arazli manfaatlariga xizmat qiluvchi diniy niqobni yuzaga keltiradi. Bu haqda mamlakat Prezidenti I.A Karimov shunday yozadi: « Afsuski, insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo`lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o`ta ketgan mutassiblik) sifatida foydalanilganligini ko`rsatuvchi misollar ko`p. Fanatizmning o`ziga xos xususiyati va ko`rinishlari avvalambor, o`z dinining haqiqiyligiga o`ta qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo`lishdan iboratdir. Aynan fanatizmga yo`liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to`lqinini keltirib chiqarishga qodir bo`ladilar».
O`zbekistonda yangi demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishga kirishilgan hozirgi o`tish davrida diniy bag`rikenglik qanchalik muhim bo`lsa, diniy bag`rikenglik uchun milliy mafkura ham shunchalik muhimdir. Milliy mafkuraning yuksak g`oyalari o`z navbatida dinning haqiqiy mohiyatini jamiyat taraqqiyotidagi o`rnini anglab olishga yordam beradi. Diniy bag`rikenglik g`oyasini to`g`ri tushunishga yordam beradi, barcha kishilarni e’tiqodidan qat’iy nazar birlashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi kishilar ongi va qalbiga singganda diniy mutaasiblikka ayirmachilikka hech qanday o`rin qolmaydi.
Respublikamiz aholisining milliy qiyofasi faqat SHarq emas, balki, G`arb tsivilizatsiyasiga mos umuminsoniy tamoyillar, islom, xristianlik va boshqa dinlarga e’tiqod, an’ana va urf-odatlar, rang-barang turmush tarzidan iborat ma’naviy mezonlarni o`zida aks ettiradi. Bunda yurtimizda yashayotgan xalqlarning o`tmishi, bugungi hayoti, kelajak bilan bog`liq orzu umidlari asrlar osha yonma-yon yashash jarayonida shakllangan hamjihatlik, bag`rikenglik, qardoshlik tuyg`ulari uyg`unlashgan tarzda namoyon bo`ladi.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz bo`yicha jami 2104 ta diniy tashkilot, shu jumladan, O`zbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va o`rta Osiyo eparxiyasi, Evangel xristian baptistlar cherkovlari Ittifoqi, Rim-katolik cherkovi, To`liq injil xristianlar markazi, O`zbekiston bibliya jamiyati, 1906 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta yaxudiylar jamoasi,7 ta bahoiylar jamoasi, 2 ta Krishnani anglash jamiyati va 13 ta diniy o`quv yurti (1 ta Islom instituti, 10 madrasa va 1 ta pravoslav va 1 ta to`liq injil xristianlari seminariyasi) davlat ro`yxatidan o`tgan.
O`zbekistonda dunyoviylik bilan diniylik o`rtasida andoza sifatida qo`llash mumkin bo`lgan yangi nisbatning shakllanishi natijasida dinlararo bag`rikenglik va millatlararo totuvlikning ta’minlangani, qolaversa, tabarruk zaminimizning azaldan umumjahon tamadduni markazlaridan biri bo`lgani barchaga ayon.
Bugun O`zbekiston diniy bag`rikenglik (tolerantlik) va dinlararo murosa borasida faqat MDH davlatlariga emas, balki butun dunyoga namuna bo`lmoqda. Bu haqda Moskva va Butunrus Patriarxi Aleksey II, AQSH senatori Xillari Klinton xonim, AQSH sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt va Iordaniya qirolligi shahzodasi Hasan ben Talol yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab o`tgan fikrlari bunga misoldir. Albatta, xalqimizga azaldan xos bo`lgan bu xislat o`zining uzoq tarixiga ega.
Tariximizning har qaysi davrida din doimo odamlarda yaxshi xislatlarni ko`paytirib, yomonlaridan xalos bo`lishga chorlagan. YUksak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan. Bugungi kunda ma’naviy va diniy jabhalarda kechayotgan murakkab jarayonda barcha millat va din vakillari bir-birlariga nisbatan hamjihatlik, bag`rikenglik va o`zaro hurmat tamoyillariga amal qilishlari doimiy barqarorlikning muhim omillaridan biridir.
Prezidentimiz I.A.Karimovning «Mustaqillik niholi ko`karishi uchun unga tinchlik, osoyishtalik, totuvlik, millatlararo chidam va bardosh kabi kuchli ildizlar kerak. SHunda u har qanday shamol, dovul, bo`ronlarda egilmaydigan bo`lib ulg`ayadi», degan so`zlari hayotga izchillik bilan tadbiq etilmoqda. Ilgari surilgan mazkur g`oyani amalga oshirishda bugungi kunda ikki muhim masala, bir tomondan, tinchlik va ezgulik dini-islomni «soxta islomchi»lardan, ya’ni ma’rifiy islomni siyosiylashgan jangari islomdan himoya qilish, ikkinchi tomondan, ko`p millatli, ko`p dinli jamiyatimizda e’tiqod erkinligi kafolatlangan sharoitda ayrim jamoalarning missionerlik ruhida faoliyat yuritishlarining oldini olish muhim. Bu o`z navbatida yurtimizdagi millatlararo hamjihatlik va diniy bag`rikenglikni yanada mustahkamlaydi.
So`nggi yillarda butun dunyo, shu jumladan, mintaqamizda kuchayib borayotgan diniy aqidaparastlik va jangarilik islomning asl mohiyati bo`lgan bag`rikenglikka zid bo`lgan harakatlarga sabab bo`lmoqda.
Bu harakat va g`arazli oqimlarning nomlari va shiorlari turlicha bo`lishiga qaramay, maqsadlari bir - dindan niqob sifatida foydalanib, davlat siyosatiga aralashish, hokimiyatni qo`lga kiritishdir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida dinning jamiyat hayotida tutgan o`rni haqida, jumladan, shunday deydi: «Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilishi tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo`lishiga yo`l qo`ymaymiz. CHunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz».
Hozirgi zamonda milliy va diniy bag`rikenglik dunyoda tinchlik va barqarorlikni asrash hamda diniy ekstremizm, fundamentalizm va aqidaparastlikka qarshi kurashni, butun jahon hamjamiyatining hamkorligini nazarda tutadi. SHu tamoyilga asoslangan O`zbekiston turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab – avaylash, barcha fuqarolar o`z e’tiqodini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlash, ular o`rtasidagi qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, milliy bag`rikenglik – turli milatga mansub kishilarning bir-birlarining tilini, dinini, turmush tarzi, urf-odat va an’analarini, milliy-madaniy merosini hurmat qilishni, ularning sha’ni, qadr-qimmatini, or-nomusini qadrlash orqali amalga oshadigan o`ziga xos ma’naviy kenglikni (bag`rikenglikni) anglatadi. Milliy bag`rikenglik bunga zid bo`lgan, milliy manfaatga ziyon etkazish hisobiga ta’minlanmaydi. U turli millat manfaatlarini uyg`un ko`rish va ta’minlash asosida mustahkamlanib boradi.
Diniy bag`rikenglik ham turli dinlararo hamda har bir dinning ichidagi turli xil yo`nalishlar va mazhablarning ezgu g`oyalarini qadrlash, bir-birlarini hurmat qilish asosida amalga oshadi.
Tayanch so`z va iboralar: jamoatchilik, oila, er, xotin, farzand, ilm, ma’rifat, tarbiya, ahloq, din, munosabat, qadriyat, e’tiqod, o`git, mustaqillik, bola tarbiyasi, islomiy aqidalar, burch, shariat, hadis, Qur’on, diniy bag`rikenglik, Olloh, musulmonchilik, an’ana, rasm-rusum, muhit, mehr-muhabbat, samimiylik, tushuntirish, davlat siyosati, yoshlar tarbiyasi, ma’naviyat, an’ana, urf-odat, buzg`unchi, yot g`oyalar.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.O`zbekiston Respublikasida ma’naviy-ahloqiy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar nimalardan iborat?
2.Ma’naviy-ahloqiy merosning jamiyat hayotidagi o`rni haqida gapirib bering.
GLОSSАRIY
АDОLАT (аrаb. – оdillik, to’g’rilik) – u yoki bu qаdriyatlаrning o’zаrо umumiy munоsаbаtini vа ulаrning individlаr o’rtаsidа kоnkrеt tаqsimlаnishini ifоdаlоvchi tushunchа; insоnning mоhiyati vа uning аjrаlmаs huquqlаrini hаqidаgi tаsаvvurlаrgа mоs bo’lgаn jаmоа tаrtibi.
JUSTICE (Arabian – fairness , correctness) – relationships between values and conception which expresses their individual or particular distribution; essence of man and his compatible with the vision of its inaliable rights team
АN’АNАLАR – хаlqlаrning tаriхiy rivоjlаnishi jаrаyonidа shаkllаnаdi vа sаyqаllаnаdi. Dаvr tаlаbigа jаvоb bеrgаn аn’аnаlаr unitilmаydi, аvlоdlаrgа mеrоs qоlаdi, хаlq hаyotining tаrkibiy qismigа аylаnаdi. Hаr bir el, millаt yoki хаlq o’z аn’аnаlаrini rivоjlаntirаdi, аsrаb-аvаylаydi.
TRADITIONS – formed in the course of history woken and gets improved. Meets the requirements of tradition aren’t forgetten, inherits to generation, rotates part of the life of the people. Each foreign or nation develops and adopts their traditions.
АQIDАPАRАSTLIK (аrаb. - ishоnch so’zidаn) – birоn g’оya yoki tаmоyilni mutlаqlаshtirib kоnkrеt оb’еktiv shаrоitni hisоbgа оlmаgаn hоldа ko’r-ko’rоnа qo’llаsh buni ijtimоiy hаyotning istаgаn sоhаsidаn tоpish mumkin. Kеyingi dаvrlаrdа diniy аqidаpаrаstlik fаоllаshib kеtdi. Bаrchа dinlаrdа shаk kеltirmаsdаn, muhоkаmа qilmаsdаn e’tiqоd qilish lоzim bo’lgаn fikrlаr – аqidаlаrni mutlаqlаshtirib ulаrni sаqlаb qоlishgа, tiklаshgа urinishlаr kuchаydi.
FUNDAMENTALISM (Arabian – from the word belief) – applying blindly without taking certain objective conditions or any ideas or principles and can found any part of life. In these years religious fundamentalism activated very much. In all religions ideas which is believed without discussing, benzigering – attempt’s which are to rescue and recovery define prejudices strengthened.
BАRQАRОRLIK (IJTIMОIY) — jаmiyat hаyotining оsоyishtаligi, undаgi ijtimоiy birliklаr (millаtlаr, sinflаr, dinlаr, ijtimоiy tаshkilоtlаr, siyosiy pаrtiyalаr vа b.) vаkillаrning tinch tоtuvligi, hаmjihаtligi, jаmiyatdаgi turli kuchlаr o’rtаsidа eng muhim mаsаlаlаr, mаqsаdlаr sоhаsidа ijtimоiy kеlishuv hоlаtining mаvjudligi, hаmkоrlikni mustаhkаmlаsh uchun shаrt-shаrоitning yarаtilgаnligi.
STABILITY (SOCIAL) – harmony in society, representatives(nations, groups, religions, social organizations,political parties and etc..)of the social units in peaceful harmony,the most important examples between various forces in society, the existence of the objectives in the field of social contract, creation of conditions for cooperation a strong partnership
BАYNАLMINАLCHILIK – (аrаbchа “Bаynаlmilаl”) – bаrchа millаt vа elаtlаrning tеngligi, hаmkоrligi, o’zgа millаtlаrgа hurmаt bilаn munоsаbаtdа bo’lish, ulаrdаn o’zini yuqоri qo’ymаslik, urf-оdаtаlаrni hurmаtlаsh vа h.k.lаr.
INTERNATIONALITY – (Arabian “baynalminal”) – cooperation and equality of all nations and foreigns, looking at with respect to any other nation, preventing highness, respecting traditions and etc…
BОZОR IQTISОDI – dеgаn so’z birinchi nаvbаtdа mulоqоt, gаplаshish, kеlishish, sаvdоlаshish, ikki tоmоngа to’g’ri kеlаdigаn umumiy nаrхni, rаqаmni, хulоsаni tоpish dеmаkdir. Bоzоr iqtisоdining аsоsiy shаrti vа tаlаbi - mumkin qаdаr ko’prоq vа mumkin qаdаr sifаtlirоq, rаqоbаtbаrdоsh mаhsulоt ishlаb chiqаrishdir.
MARKET ECONOMY – it is at first dialogue,agreed to talk,negotiate, to find price, numbers, conclusions which are corresponded to both sides The mainly condition of the market economy and demand – producing more competitive and quality products.
BОZОR IQTISОDIYOTIGА O’TISHDА O’ZBЕKISTОNNING YO’LI – Еvrоpа, Turkiya, Jаnubiy Kоrеya vа bоshqа mаmlаkаtlаr tаjribаlаrini o’rgаnish аsоsidа O’zbеkistоnning imkоniyatlаri, o’zigа hоsligi, hаlqimizning ruhiyati, milliy qаdriyatlаrini hisоbgа оlgаn hоldа, O’zbеkistоn mоdеlini vujudgа kеlishi tushunilаdi. I.А.Kаrimоv tоmоnidаn ishlаb chiqilgаn bеsh tаmоyil bu mоdеlning mоhiyatini оchib bеrаdi, ya’ni: dаvlаt bоsh islоhоtchi; iqtisоdning siyosаtdаn ustuvоrligi; qоnun ustuvоrligini jоriy etish; kuchli ijtimоiy siyosаt; bоzоr iqtisоdiyotigа bоsqichmа-bоsqich o’tish vа h.k.lаr.
THE WAY WHICH THROUGH THE TRANSITION TO A MARKET ECONOMY IN UZBEKISTAN – South Korea, Turkey, Europe and learning the basis of the experience of other countries, understanding opportunity of Uzbekistan and originality, psychology of our nation,counting our national traditions, occurrence of Uzbekistan model. Explains the essence of the five principles of this model by I.A.Karimov, that is : the state is the main reformer; introducing the priority of economic policy and the rule of the law; strong social policy; gradual transition to market economy and etc…
BUNYODKОR G’ОYA — jаmiyatni tаrаqqiyot sаri еtаklоvchi, turli guruh vа qаtlаmlаrni, millаtlаrni ezgu mаqsаd yo’lidа birgаlikdа hаrаkаt qilishgа undоvchi, аmаlgа оshirishning rеаl аsоslаri bo’lgаn g’оya.
CREATIVE IDEAS – real idea which leads towards the development of society, encourages working together other countries in noble goal.
BUYUK DАVLАTCHILIK SHОVINIZMI — (SHоvinizm - frаn. burjuа millаtchiligining o’tа rеаksiiоn fоrmаsi). SHоvinizm siyosаti bоshqа millаt vа хаlqlаrgа nаfrаt vа dushmаnlikni аvj оldirishgа qаrаtilgаn. SHоvinizm go’yo to’lаqоnli bo’lmаgаn bоshqа millаtlаr vа irqlаr ustidаn hukmrоnlik qilishgа dа’vаt etilgаn bir millаtning аlоhidаligini («mumtоzligini») tаrg’ib etаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |