2 -mavzu. Oilaviy burch va ma’suliyatning ijtimoiy ma’naviy asoslari
Reja:
1.Oilaviy burch – muhim ahloqiy-ma’naviy qadriyat
2.Nikoh — oila barqarorligining asosiy omili.
3.Oila barqarorligining asoslari.
4.Oilada bola ma’naviyatini shakllantirishning asosiy yo`llari.
1.Oilaviy burch – muhim ahloqiy-ma’naviy qadriyat
SHarq halqlarida qadimdan kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzatda bo`lish, insofli bo`lish, rostgo`ylik, xushmuomalalik, mehmondo`stlik kishining odob-axloqini ko`rsatib beruvchi qoidalar sifatida amal qilinib keladi.
Bu axloq qoidalari har bir shaxsda to`liq namoyon bo`lgan taqdirdagina u ma’naviy barkamol shaxs hisoblanadi.
Demakki, u jamiyat oldidagi, kishilar oldidagi insoniylik burchini ado etgan hisoblanadi.
Burch muhim axloqiy-ma’naviy qadriyat hisoblanib, har bir shaxsning jamiyat oldidagi fuqarolik, ota-ona oldidagi farzandlik, xalq, millat oldidagi insonparvarlik, jamoatchilik oldidagi odamiylik vazifalarini bajarish demakdir.
Burch — ado etilishi majburiy bo`lgan insoniy vazifalar va insoniylik yuzasidan bajarilishi mumkin bo`lgan axloqiy qoidalarni o`z ichiga qamrab oladi. Ota-onaning farzand oldidagi, jamiyat oldidagi burchi, farzandning ota-ona oldidagi burchi, nnsoniyatning o`tmish merosini asrash va kelgusi avlodlarga etkazish burchi, millat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchi, tabiatni asrash burchi, Vatan oldidagi burch - majburiy vazifalardir.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari «Qobusnoma»da zikr etilishicha, «...farzandga yaxshi ot qo`yish, farzandni yaxshi doyaga topshirish, sunnat qilish, to`y-tomosha berish, ilm va kasb-hunar o`rgatishdan iboratdir».
YUqoridagilardan. ko`rinib turibdiki, ota-ona farzand tarbiyasida jamiyat oldida ham javobgardirlar. Har tomonlama etuk farzandni tarbiyalash ota-onaning asosiy, majburiy burchidir.
Ota-onani hurmat va izzat qilish, keksayganda moddiy ta’minlash, ular nasihatiga quloq tutish va uni so`zsiz ado etish farzandning ota-ona oldndagi burchi hisoblanadi. Farzand el-yurt oldida ota-ona obro`si, qadr-qimmatini ko`tarishi lozim.
Farzand, ayniqsa, otani hurmat qilishga, topshiiqlarini bekamu-ko`st bajarishga majbur. Uning ko`nglini og`ritish aslo mumkin emas. Oqil farzand ota qadrini yuksak tutadi. Xalqimiz «Ota qarg`ishi o`q» deb bejiz aytmagan.
Ulamoyu-fuzalolarimiz fikriga ko`ra: ota - farzand uyidagi istagan narsani olishi mumkin ekan. Farzand esa ota uyidan uning ruxsatisiz hech narsani olishga haqqi yo`q ekan. Bordi-yu, shunday qilsa va bundan ota ko`ngli og`risa, bu farzandni ota nomidan Olloh oq qilar ekan.
SHunnngdek, farzand onaning tunda bir lahzalik uyqusidan turib, oq sut bergan qarzini umr bo`yi onasini elkasida ko`tarib yursa ham uzolmas ekan.
Mana, farzandning ota-ona oldidagi burchi nima bilan belgilanadi?
Oilada kelinning ham qaynona-qaynota oldidagi burchi farzand burchi demakdir.
Xalqimizning ma’naviy merosi hisoblanadigan mehnatsevarlik, mehr-oqibatlilik, birodarlik, insonparvarlik, mardlik, halollik, iymon-e’tiqodlilik kabi fazilatlarni, Al-Beruniy, Najmiddin Kubro, Az-Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Al-Farg`oniy, Al-Buxoriy, imom Termiziy, Bahouddin Naqshband va shu kabi mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini avaylab-asrash, asrlar davomida qadriyat darajasiga ko`tarilgai milliy ma’naviy merosni kelajak avlodga etkazish har birimizning jamiyat oldidagi, insoniyat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchimizdir.
Vatan - bu har bir kishining tug`ilib o`sgan muborak joni, mahallasi, qishlog`i, shahri, ona yurtidir. U yashayotgan zamindir. Mana shu Vatanni himoya qilish, Vatanning gullab-yashnashi uchun halol mehnat qilish, kerak bo`lsa, Vatan himoyasi uchun jonini fido qilish O`zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning burchidir.
Insonning eng katta boyligi bu — Vatandir. Vatanni sevish deganda, Vatanning milliy tilini sevish davlat ramzlarini sevish, milliy qadriyat va urf-odatlarni qadrlash, tinchligi va osoyishtaligi uchun jon kuydirish kabilar tushuniladi.
Darhaqiqat, Vatanni sevmoq iymondandir. YA’ni, iymoni but, ongli, Vatan tushunchasini to`la anglab etgan, Vatan uchun butun kuch-g`ayratini bag`ishlagan, Vatan ilm-ma’rifati yo`lida mehnat qilayotgan, o`z Vatani bilan g`ururlanadigan insongina Vatan oldidagi burchini ado etgan bo`ladi.
Marhumlarni xotirlash — bugungi avlodning farzandlik burchidir. Vatan tarixini bilish, boyliklarini ko`z qorachig`iday saqlash, Vatan taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shish, halol mehnat qilish, ma’naviy qadriyatlarini, urf-odatlarini o`rganish va avaylab-asrash asosiy vazifasidir. O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga qo`shishda bor kuch-imkoniyatlarini sarf etish har bir fuqaroning burchidir. Ota-ona, jamoatchilik va ustoz-murabbiylarning asosiy burchi bugungn jamiyat talablariga mos ma’naviy va jismoniy barkamol, milliy ong va tafakkuri shakllangan shaxslarni tarbiyalab etishtirishdan iboratdir.
Balog`at yoshidagi yigitlarning asosiy burchi mamlakatimizning milliy armiyasida xizmat qilib, Vatan tinchligi, osoyishtaligini saqlash, uni har qanday tajovuzlardan, ichki va tashqi dushmandan saqlashdan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining Vatan oldidagi asosiy burchlari mamlakatimiz Qomusi - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48, 49, 50, 51, 52-moddalarida belgilab berilgan. YA’ni, ular «Fuqarolar Konstitutsiya va Qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosnni avaylab-asrashga majburdirlar.
Madani yodgorliklar davlat muhofazasidadir.
Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar.
Fuqarolar Qonun bilan belgilangan soliq va mahalliy yig`imlarni to`lashga majburdirlar.
O`zbekiston Respublikasini himoya qilish - O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir, fuqarolar Qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o`tashga majburdirlar.
Insoniyat o`zi yashab turgan tevarak-atrof tabiatini muhofaza qilishga majburdirlar. Biz o`zimiz bilgan va bilmagan holda tabiatga zarar etkazamiz. Biz tabiatdan va tabiiy zahiralardan to`g`ri foydalangan taqdirimizdagina tabiatni hech qanday salbiy oqibatlarsiz kelajak avlodga etkazib berish majburiyatini bajargan bo`lamiz.
Tabiatni asrash esa barchaning burchidir. Har bir insonning tabiat va jamiyat oldidagi burch va vazifalari mavjuddir. Ular oldidagi o`z burchini sadoqat, poklik bilan ado etgan insonning kelajagi porloq, obro`-e’tibori baland bo`ladi.
2.Nikoh — oila barqarorligining asosiy omili.
O`zbekning nimasi ko`p - to`yi ko`p: hovli to`yi, beshi to`yi, o`g`il (sunnat) to`yi, nikoh to`yi va hokazo. Biror xursandchilpk bilan bog`liq kichik yig`in to`yga aylanib ketishi hech gap emas. Masalan, farzand ko`rish, biror kishining yubileyi, mamlkakat va jamiyat oldidagi xizmatlari uchun hukumatning yuksak taqdirlovi, biror katta yutuq, xnzmatdagi muvaffaqiyat, biror kashfiyot munosabat bilam ziyofat berish, yurtga osh berish kabi.
Ziyofatning qay maqsadda berilishiga ko`ra uning turlari yuzaga kelgan, o`z navbatida bular kattaligiga qarab to`ylarga aylangan. Demak, to`y so`zi «to`ymoq» so`zidan olingan bo`lib, katta ziyofat ma’nosini anglatadn. To`y o`z nomi bilan nafaqat shirin taomlarga, balki yaqin do`st-yor, qarindosh-urug` diydoriga, Orombaxsh kuy-qo`shiqlarga, kurashu ko`pkari tomoshalariga, ko`pchilikning xursandchiligiga to`yish hamdir. To`y aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug`, yoru birodar, tanish-bilish, hamkasblar, qo`ni-qo`shni, mahalla-ko`y bilan o`tkaziladigan yirik marosimlardan. Bunda, avvalo, oila a’zolari yaqinlari bilan barcha kuch va g`ayratlarini bahamjihat ishga solib, katta sarf-harajatlar qilib butun yurt oldida iqtisodiy kuch-qudratini, topgan-tutganini uddaburonlik bilan sarflay olishini, bu oila qanchalik va qanday tarbiya o`chog`i ekanligini ko`rsatish bilan ma’naviyatini va yor-do`stlarn qanday kishilar ekanligini ham namoyish etadilar, o`zlarining yaxshi tomonlari, yaxshi kishilar avlodi ekanliklari bilan faxrlanadilar.
Nikoh to`yi — to`ylarning eng yirigi va mas’uliyatlisi. Zero, nikoh to`yi ikki yoshning qismatlarini payvandlovchi, mustahkam oila poydevorini qo`yuvchi xayrli marosimdir.
Binobarin, nikoh so`zi to`yning tabiatinn belgilar ekan, bu arabcha so`z bo`lnb, «O`zbek tilining izohli lug`ati»da: «Er-xotinlikni shariat yo`li bilan rasmiylashtprish marosimi va shu marosimda domullata tomonidan o`qiladigan shartnoma» ma’nosiga egaligi qayd etilgan. Qolaversa, boshqa lug`atlarda ham nikoh «izdevoj, nikoh ahdi, «er-xotinlik, uylanish» ma’nolarida izohlangan. Ko`rinayotirki, nikoh - qie va yigit taqdirini payvand qiluvchi, yangi oilaning bunyodga kelishini tasdiqlovchi voqea, ammo bu voqea to`y shaklida umum nazari ostida sodir etiluvchi, umum oldida naslni davom ettirish va jamiyat nizomlari asosida yashash ahdini zimmaga olish, alal-oqibat jamiyatni to`ldirishni nishonlash, ko`rikdan o`tkazish shodiyonasidir.
Xullas, nikoh turli mamlakatlarda turlicha o`tkaziladigan ijtimoiy-axloqiy hodisa sifatida shakllandi, din va qonunlar bilai mustahkamlab kelindi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, turli dinlar nikohga turlicha munosabat ko`rgazib kelayotir. Ular hatto nikohlanuvchilar yoshini ham belgilab qonuniylashtirgan. Aytaylik, islom shariati qizlarni 9 va o`g`il bolalarni 15 yoshdan iikohga kirishuviga rozilik bersa, katolik cherkovi qizlarga 12 va o`g`il bolalarni 14 yoshda turmush qurishga ruxsat etadi. Protestantlar cherkovi esa har ikkala jinsda 14 yoshda oila qurishni ravo hisoblaydi. Budda va katolik e’tiqodida ruhoniylarning uylanishlari qat’ny man etilgan. Dpniy e’tiqodlarga ko`ra, jahon miqyosida turli mamlakatlarda turmush qurish yoshi 9—15 dan 21—22 gacha namoyon bo`lgan bo`lsa-da, BMT o`ziga a’zo bo`lgan mamlakatlar uchui 1962 yilda buni 15 yoshdan deb belgilagan. O`zbekistonda esa 1998 yilgi «Nikoh kodeksi»ga ko`ra, qizlar uchun 18 va yigitlar uchun 20 yosh — nikohga kirish yoshi etib belgilandi. Bu, shubhasiz, oila mohiyatini anglagan va mas’uliyatni zimmaga olgan holda oila qurishni ta’mnnlovchi yoshdir. CHunki bu yoshda turmush qurishni ko`zlagan yoshlar ma’lum hayotiy tajriba to`plashga ulgura oladilar. Bu esa, o`z navbatida, oilalarnnng ma’naviy-iqtisodiy mustahkam poydevorga ega bo`lishiga ta’sir ko`rsatadi.
O`ebek nikoh to`yi, ulkan marosim sifatida, barcha uzvlari bilan yaxlit olib qaraladigan bo`lsa, ancha uzoqqa cho`ziladigan muddatnn o`z ichiga oluvchi ijtimoiy shodiyona sanaladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, uch bosqichli tarkibiy tuzilishga ega.
Birinchi bosqich nikoh kunigacha o`tkaziladigan marosimlar — beshik qudalik, qiz tanlash, sovchilik, «non sindirish yoki non ushatish», «ro`mol berdi yoki oqlik berish», fotiha to`yi, qalin olish va maslahat oshi yoki padar oshi, «qiz yig`indi» (qizlar majlisi yoki Buxoroda hinobandon, Xorazmda xina yoqar) singarilarni o`z ichiga oladi. Bu bosqichga xos yana bir xususiyat shundaki, unashtirilgan qizning «boshi bog`liq» hisoblanadi.
Nikoh to`yinnng ikkinchi bosqichi, kelini olib kelish yo`lini ochuvchi nikohlashdan iborat tantanavor o`tadigan kunni o`z nchiga oladi. Bu bosqich, mohiyatiga ko`ra, nikoh to`yining eng oliy nuqtasi sanalib, folkloriy aytimlarga serobligi jihatidan ham alohida o`rin tutadi. Xuddi shu bosqichda to`y turli-tuman urf-odatlar, irim-sirimlar. xilma-xil qo`shiqlar (olqishlar, laparlar, yor-yorlar, kelin o`tirsinlar, kuyov o`tirsinlar, salomnomalar, kelin va kuyovni maqtovchi madhiya qo`shiqlar, sharbat yalatar, oyna ko`rsatar va isiriq tutatar aytimlari va h. k.) ijrosiga singishib o`zaro sintezlashgan yaxlit ijtimoiy-estetik shodiyona shaklnni oladi.
Uchinchi bosqich kelin kuyovnikiga olib kelingandan keyii, ya’ni nikoh kunnning ertasidan boshlab o`tkaziladigan «bet ochar» yoki «kelin salom», «kuyov salom», «to`shak yig`di» («joy yig`di») yoki Buxoroda «joyg`un-doron»), charlandi (charlar yoki Buxoroda talbon), nihoyat, kelin ko`rdi (yoki Buxoroda kelinbinop) singari xilma-xil marosimlarni o`z ichiga oladi.
Nikoh - oila o`zaro munosabatlarining muqobil
shakllari paydo bo`lishi oila tuzilmasi transformatsiyasining muhim xususiyati hisoblanadi. Ularga quyidagilar tegishlidir: yolg`izlik; ro`yxatdan o`tmay birga yashash («fuqarolik nikohi»); ongli ravishda farzand ko`rmasdan nikohda yashash, sheriklarning shaxsiy va er-xotinlik erkinligini nazarda tutadigan ochiq nikoh, nikohsiz seksual munosabatlar va intim do`stlik, yaramas ish tutish (nikohdagi sheriklarni almashtirishni maqbul bilish), jamoaviy oila yoki guruhli nikoh..
Nikohning muqobil shakllari aholining ozchiligi tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Bolalarning manfaatlari, ularni an’anaviy oilada tarbiyalash buning asosiy sababi hisoblanadi.
Oila jamiyatning muxim tarkibiy kismidir. Uning shakllanishi va rivojlanishida jamiyat haqidagi siyosiy, ijtimoiy ma’naviy munosabatlar bilan amalga oshadi. Jamiyat hayotidagi o`zgarishlar kishilarning turmush tarzi yashash va mehnat qilish sharoitlari milliy axloqiy me’yorlarni diniy e’tiqodlari oilaviy munosabatlarning shakli mazmuniga ta’sir etadi. SHu sababli oilaning axloqiy xuquqiy me’yoriy mezonlari ham o`zgarib turadi.
Asoslangan munosabatlarning ham mavjudligigi jamiyat taraqqiyotining yuqoridagi o`ziga xos imkoniyatlari taqozo etgan. Tarixda oila qurgan er - bilan xotin birga emas, balki o`zlari mansub bo`lgan urug` va qabilalarda yashaganlar. Oila doimo xarakatda shakllari tarbiyaviy imkoniyatlari o`zgarib turgan.
Bir er, bir xotindan oilaning shakllanishi xam jamiyat taraqiyotining muayyan davridagi imkoniyatlari extiyojlari ma’naviy e’tiqodlari tufayli yuzaga kelgan. Tarixiy taraqqiyot oilaviy munosabatlarni xam boshqa karshi kun tartibiga kuydi. SHu tariqa nikoh biln borliq munosabatlar kelib chikdi. nikoh qurayotgan ikki yosh o`rtasidagi munosabatlarni davlat, jamiyat tomonidan muayyan axloqiy xuquqiy mezonlar asosida boshqarish zaruriyati tufayli vujudga kelgan marosimdir. Nikoh ikki yoshning roziligi asosida qayd etiladi.
Nikohni ikki yoshning bir-birlari jamiyatga farzandlarga nisbatan ma’naviy xuquqiy burchi va ma’suliyatini belgilashdir. Nikoh - oila barqarorligining asosiy omillaridan biridir. YAngi avlod ma’naviyatining shakllanishi nikohning xaqqoniyligiga va oilaning mustaqilligiga bog`likdir.
Oilada bolalar tarbiyasi katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Bolalar aqlli odobli mehnatsevar halol ota-ona ham butun jamiyat ham manfaatdor. CHunki jamiyat taraqqiyotining ma’naviy jismoniy sog`lom yoshlar ta’minlaydi.
Oilada qarindosh urug`likka asoslangan munosabatlar shakllanadi. Bu ham insoniyat uchun g`oyat muhim hayoti va taraqqiyotida katta o`rin tutadi. Ularning burch va ma’suliyatiga asoslangan hamkorligi hamjihatligi munosabatlarni barqarorlashtirish ning muxim shartidir. O`zbek oilalarda munsabat masalasiga xuquqiy burch nisbatan axloqiy ma’suliyat ustivorlik kiladi.O`zbeklarda kelin yoki kuyov sihat-salomatligini surishtirish ham ajoyib va nisbiy ana’na bo`lgan. Bu ana’nalar yoshlarning oilaviy turmushi jamiyat va farzandlarning oiladagi burchlari bilan bog`liq mas’uliyatlarini oshiradi. Sog`lom oilaning ma’naviy mustahkam bo`lganligi sababli er va xotinning ajralib ketishi farzandlarning qarovsiz kolishi uchraydi.
Oila inson yanada rivojlanishining davomiyligini ta’minlaydi. Oilada kamol topgan bola jismoniy etuk muayyan ma’naviy fazilatlarni egallagan ijtimoiy va huquqiy burchini anglagan inson sifatida tarbiyalanadi. Insonning asosiy mohiyati ma’naviyat ekan uning tarbiya jarayonida shakllanadi. Hayoti davomida insonning ma’naviy kamolotiga juda ko`p omillar ta’sir etadi, lekin birontasi ham oiladagi tarbiyaning o`rnini bosa olmaydi. Oilaning jamiyat uchun muhimliligi inson ma’naviy kamolotidagi o`ziga xos betakror maktab ekanligidir. Davlat oilaning mustahkamlanishi uning moddiy ta’minoti va ma’naviy holati er va xotin farzandlar bilan ota onalar o`rtasidagi munosabatlarning boshqarish bilan muammolarni hal qilishni o`z zimmasiga oladi.
3. Oila barqarorligining asoslari
Oilani insoniyat jamiyatini qayta tiklash va barkaror rivojlantirishni ta’minlaydigan ijtimoiy institut sifatidagi mazmun-mohiyati inson hayot faoliyatining istalgan sohasida - iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviyat sohalarida namoyon bo`ladi.
Oila ijtimoiy institut sifatida alohida bir kishi va jamiyat hayot faoliyatining har xil sohalariga daxl qiladigan turli-tuman vazifalarni bajaradi.
Oilaning moddiy resurslarni jamlash, ularni taqsimlash va qayta taqsimlash, oila a’zolarining va umuman jamiyatning iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq iqtisodiy funktsiyasi uning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi zamon bozor sharoitlarida oilaning iktisodiy roli katta ahamiyatga egadir, chunki oila, bir tomondan iste’molchi bo`lsa, ikkinchi tomondan ishlab chikaruvchidir. Oila uy xo`jaligini, oila biznesini yuritish, ish kuchini takror ishlab chiqarish, iste’mol talabi, darajasini qondirish bilan bog`liq masalalarni hal etadi. Iktisodiyotchilarning fikricha, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi bu oilaviy munosabatlarda davlatning ijtimoiy-siyosiy qurilishini, uning huquqiy asoslarini, iqtisodiyotning rivojlanishi, madaniyat va oilaning iktisodiy funktsiyasi oila budjetini shakllantirish va undan foydalanishni taqozo etadi. Oila budjeti ikki qismdan - daromadlar va harajatlardan iborat.
Oila daromadlari quyidagi manbalarni o`z ichiga olishi mumkin: ish haqi, tadbirkorlikdan olingan daromad, mol-mulkdan olingan daromad, davlat to`lovlari (nafaqalar, stipendiyalar, ta’lim, sog`likni saqlash, ijtimoiy himoya sohasidagi bepul xizmatlar), boshqa manbalar (masalan, meros).
Oila harajatlari, bir tomondan, uning a’zolari, mehnat faoliyatini boshlamagan bolalar soniga, oilaning boshqa xususiyatlariga (masalan, oila a’zolaridan birining og`ir kasalligi), ikkinchi tomondan, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga, xususan oilaning tadbirkorlik faolligiga boglik bo`lishi mumkin. Oila budjeti xarajatlari, odatda, soliklar to`lovini, ovqatlanish, kiyim-kechak va poyabzalga xarajatlarni, turar joy, kommunal xizmatlar to`lovlarini, mebel, maishiy asboblar, transport, ta’lim, davolanish, dam olish, ko`ngilocharlik sarflarini o`z ichiga oladi.
Oila daromadlari, odatda ish haki va tadbirkorlikdanshakllanadi hamda oilaning iqtisodiy maqomi aynan mana shu manbalarga bog`liq bo`ladi. Birok ko`pchilik iqtisodchilar oilaning moliyaviy barqarorligi ko`p
jihatdan harajatlar moddalarini samarali rejalashtirishga bog`liq deb bilishadi. Masalan, oila budjeti bo`yicha mutaxassislar tashlab yuboriladigan oziq-ovqatlarning asossiz ravishda xarid kilinishi oila budjetiga katta zarar etkazadi deb hisoblaydi.
Erkaklar va ayollar, shahar va qishloq aholisi, turli yoshdagi odamlar tomonidan o`z oilasining moddiy ahvoliga baho berish umuman respublika bo`yicha baho berishdan deyarli farq qilmaydi. Biroq muayyan ijtimoiy guruhga mansublik, ma’lumoti darajasi, oilaviy ahvoli va har xil ijtimoiy guruhlardan olingan natijalarni qiyosiy tahlil qilish quyidagilarni ta’kidlash imkonini beradi. Jumladan, fermerlar va tadbirkorlar o`z oilalarining iqtisodiy ahvolini boshqa ijtimoiy guruhlar vakillariga qaraganda juda yaxshi deb baholaydilar.
O`z oilasining iqtisodiy ahvolini yaxshi deb ko`rsatgan ta’lim va davlat organlari xodimlari soni (48,3 va 52,5 foiz) respublika bo`yicha o`rtacha foizdan (37,5 foiz) farq qiladi. Bu budjet sohasi xizmatchilarining moddiy qiyinchiliklari to`g`risidagi mavjud tasavvur hamma vaqt ham aniq emasligidan dalolat berishi mumkin, biroq oila budjetida daromad manbalari to`g`risidagi qo`shimcha ma’lumotlar mavjud bo`lgandagina ishonchli xulosalarga kelish mumkin.
Bundan tashkari, dehkonlarning 58,4 foizi, pensionerlarning 56,0 foizi va imkoniyati cheklangan odamlarning 54,8 foizi o`z oilasining iktisodiy axvolini qoniqarli deb hisoblashini (boshka ijtimoiy qatlamlar vakillaridan ko`proq) kayd etish lozim. Bir tomondan, bu aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga nisbatan olib borilayotgan siyosat ularning hayot darajasini zarur darajada saqlashga ko`maklashishi haqidagi xulosaga kelish imkonini beradi. Birok ikkinchi tomondan, boshqa ijtimoiy guruhlar bilan taqqoslash ularning farovonligini oshirish maqsadida hayotning turli sohalarida axolining ushbu qatlamlarini qo`llab-quvvatlashni kengaytirish zarurligini ko`rsatadi.
Ta’lim darajasi ko`pincha insonga o`zining va o`z oilasining farovonligini oshirish uchun katta imkoniyatlar beradi. Jumladan, o`z oilasining iqtisodiy axvoliga baho berishning umumiy manzarasida agar qonuniyatli bo`lmasa ham, hech bo`lmaganda tendentsiya hisoblangan - kishining ma’lumoti darajasi qancha yuqori bo`lsa, u oilasining moddiy ahvolini juda yaxshi va yaxshi qonuniyatli bo`lmasa ham, hech bo`lmaganda tendentsiya
hisoblangan - kishining ma’lumoti darajasi qancha yuqori
bo`lsa, u oilasining moddiy ahvolini juda yaxshi va yaxshi
deb baholashga moyilligi kuzatiladi. Va aksincha,
ma’lumoti darajasi qancha past bo`lsa, o`z oilasining
iktisodiy ahvoliga shuncha yomon baho beriladi. Masalan,
to`liq bo`lmagan o`rta ma’lumotli odamlarning 29,5 foizi, o`rta ma’lumotlilarning 33,9 foizi, o`rta maxsus ma’lumotli odamlarning 38,8 foizi, oliy ma’lumotln odamlarning 44,8 foizi o`z oilasining iqtisodiy ahvolini yaxshi deb baholadi. Aksincha, to`liq bo`lmagan o`rta
ma’lumotli odamlarning 15,8 foizi, o`rta ma’lumotlilarning 13,7 foizi, o`rta maxsus ma’lumotlilarning 7,1 foizi va oliy ma’lumotlilarning 7,9 foizi o`z oilasining iqtisodiy ahvolini yomon deb hisoblaydi.
O`z oilasining iqtisodiy ahvoliga baho berishni yanada tahlil qilish, uning o`zbekistonliklarning oilaviy ahvoliga bog`liqligini ko`rsatdi. Jumladan, ajralgan va bevalarning 23,4 foizi, uylanganlarG’turmushga chikqanlarning 36,9 foizi va bo`ydoqlar-turmushga chiqmaganlarning 45,9 foizi o`z oilasining iqtisodiy ahvolini yaxshi deb baholaydi. Birinchidan, uylangan erkaklar va turmushga chikqan ayollarning oila budjeti daromadlarning bir necha manbalaridan shakllanishi mumkin. Bu moddiy farovonlikka hamda ajralganlar va bevalarga taqqoslaganda oilaviy ahvolga baho berishga muayyan ta’sir ko`rsatadi. Ikkinchidan, o`z oilasiga ega bo`lmagan erkaklar va ayollarning sarf-xarajatlari cheklovlarga, masalan, oila budjetida harajatlarning muhim moddalarini tashkil etadigan o`kish, davolanish, bolalarning dam olishi bilan bog`liq bo`lmaydi.
SHunday qilib, o`zbekistonliklar o`zlarining moddiy ahvolini koniqarli deb baholaydilar. Biroq, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi ko`rsatkichlari insonning ma’lumoti darajasiga va oilaviy ahvoliga, uning muayyan ijtimoiy guruhga mansubligiga bog`lik bo`ladi.
4.Oilada bola ma’naviyatini shakllantirishning asosiy yo`llari.
Oilada bola ma’naviyatini shakllantirishning asosiy yo`llari va shart-sharoitlari nimalardan iborat? Ularning faqat ayrimlarini sanab o`tamiz:
1. Oiladagi mehr-muhabbat muhiti. Ushbu tuyg`udan mahrum bo`lgan kishi o`z yaqinlarini, vatandoshlarini, Vatanini hurmat qilishga qodir bo`lmaydi, odamlarga yaxshilik qila olmaydi. Oiladagi mehr-muhabbat va samimiyat, oila a’zolarining bir-biriga e’tiborliligi va g`amxo`rligi bolalar ruhiyatiga kuchli ta’sir qiladi, bolaning his-tuyg`ulari namoyon bo`lishi, uning ma’naviy ehtiyojlari shakllanishi va amalga oshishi uchun keng imkoniyatlar beradi. Bizlarning barchamiz o`z ishlari bilan band bo`lgan va bir uyda yashaydigan odamlarning alohida bir guruhiga mansub bo`lishgina emas, balki yaqin kishilarimizning oldimizda ekanligini his etishga, o`z individualligini, takrorlanmasligini, o`zining alohida xususiyatini, o`z an’analarini yaratadigan oilaning umumiy muhitidan nafas olishga ehtiyoj sezamiz.
2.Samimiylik muhiti. Ota-onalar hayotning muhim ahamiyatli holatlarida bolalarga yolg`on so`zlamasligi kerak. Bola har kanday yolg`on, aldash, soxtakorlikni favqulodda o`tkirlik bilan tez sezadi; uni payqab
sarosima va vasvasaga tushadi, shubha-gumonga g`arq bo`ladi. Agar biror gapni bolaga aytish mumkin bo`lmasa, u holda bemani gapni o`ylab topib, so`ngra kalovlanib qolgandan yoki yolg`on so`zlab aldagandan, buni bola bilib qolganidan ko`ra hamma vaqt yaxshisi to`g`ri javob berishdan
kochish yoki bolaga bildirishning ma’lum bir chegarasidan nariga o`tmaslik lozim. Hech qachon «Buni bilishga yoshlik qilasan» yoki «Buni sen baribir tushunmaysan», demaslik kerak.Bunday javoblar bolaning yuragidagi kiziquvchanlik va xudbinlikni ko`zlaydi. YAxshisi «Men buni senga ayta olmayman: har bir kishi ma’lum bir sirlarni o`zida saqlashga majburdir, o`zgalarning siriga aralashib hadeb so`raverish odobdan emas va kamtarlikka kirmaydi», deb javob bergan ma’kul. Bu bilan to`g`rilik va samimiyatga ziyon etmaydi, burch, intizom va odoblilikdan anik saboq beriladi.
3. Tushuntirish. So`z bilan ta’sir ko`rsatish. So`z bilan garbiyalash uchun so`z tarbiyalanuvchining fikrida va kalbida iz qoldirishi kerak. Buning uchun esa so`zlarning ma’nosiga tushunib etishni o`rgatish lozim. Faqat ana shundagina hissiy ta’sir kilishga umid qilishimiz mumkin. Tarbiyachi anik faktlar, vokealar, hodisalardan umumiy hakikatlarni, xulq-atvor printsiplarini ochib berishga o`z vaqtida o`tishi kerak. O`smirlar mulohaza qilishni yoqtirishadi, biroq ota-onalar ularning balog`atga etmaganligini ta’kidlab, buni ular hali kichkina ekanligi va shu sababli ular o`z fikrini bildirishga kichiklik qilishi bilan izohlab ko`pincha ularning mulohazalarini bo`lishadi. Biroq, aynan mana shu mulohazalar orqali o`smirlar ma’naviy-ahloqiy tushunchalarni anglab oladilar.
4.Bolaning ko`z o`ngida mehnat bilan shug`ullanish. Bola kattalarning ishini muntazam ravishda kuzatib borib, buni o`yinda amalga oshirishga harakat kila boshlaydi, so`ngra yordamchi sifatida mehnat jarayoniga kirisha boshlaydi, va, nihoyat, ishni mustaqil bajarishga kirishadi.
5. Bola hayotidan dabdaba, qashshoqlik, haddan tashqari
mazaxo`rlik, alkogol singari holatlarni istisno kilish zarur.
6. Bolani axloqsiz odamlar bilan muloqotga kirishish- dan ehtiyot qilish zarur. Imitatsiya (taqlid kilish) bilimlar va tajribani egallab olishning muhim usuli hisoblanadi. Imitatsiya instinkti bolani o`z atrofidagi barcha odamlarning barcha xatti-harakatlarini qaytarishga majbur qiladi. Bola faqat 7 yoshga to`lgandan keyin o`z ahloqiy asoslarini shakllantiradi va atrofdagi odamlarning xulq-atvori va qilmishiga baho berishi mumkin. SHu sababli bolani sevadigan va unga yaxshilik tilaydigan katta yoshdagilar o`zlarining axloqsiz xatti-harakatlari bilan bolaga namuna bo`lmaslik uchun o`zlarining har bir qadamini qat’iy nazorat qilishlari zarur.
7. Ota-onalar oilaviy munosabatlarning sofligiga e’tiborni qaratishlari zarur.
Demak, oila bir kancha funktsiyalarni bajaradigan ijtimoiy institut hisoblanadi. Bu funktsiyalar ichida muayyan bir mafkura doirasida mustahkamlangan g`oyalar, qadriyatlar, g`oyalar tizimi asosida dunyoqarashni shakllantirish funktsiyasi ham bor.
Tayanch so`z va iboralar: burch, ahloq, ma’naviyat, insoniylik, meros, Vatan, atrof-muhit, nikoh, oila, er, xotin, ota, ona, farzand, to`y, marosim, qarindosh, mahalla, shariat, barqarorlik, daromad, iqtisodiyot, ma’naviyat, ijtimoiy, siyosiy, mehr-muhabbat, munosabat.
Mavzuni mustahkamlashga oid savollar:
Oilaviy burch nima?
Ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-oldidagi burchi nimalardan iborat?
Oilada kelinning qaynona-qaynota oldidagi farzandlik burchi haqida nimalarni bilasiz?
Insonlarning tevarak-atrofga va tabiatni muhofaza qilish burchini izohlang.
«Nikoh» so`zining ma’nosi nima?
Nikohni qanday tuzgan ma’qul?
Bolalarni tarbiyalashning usul va yo`llari nimalardan iborat?
Oila barqarorligining asosini nima tashkil qiladi?
Oilada bola ma’naviyatini shakllantirishning asosiy yo`llari qanday?
3-mavzu. Oilaviy munosabatlar madaniyatining milliy va diniy jihatlari.
Reja:
1.Oilaviy munosabatlarni rivojlanishida milliy-ma’naviy va diniy qadriyatlar.
2.Sovet tuzumi davrida oilaviy munosabatlar borasida milliy va diniy an’analarimizga bildirilgan salbiy fikrlar.
3.O`zbekiston mustaqillikka erishgach, dinga bo`lgan munosabatning o`zgarishi.
4.Oilada diniy qadriyatlar va musulmonchilik an’analari.
1.Oilaviy munosabatlarni rivojlanishida milliy-ma’naviy va diniy qadriyatlar.
Qadriyat tushunchasi – juda keng tushuncha. Uning bir qismi – ma’naviy qadriyatlardir. Milliy ma’naviy qadriyatlar – «milliylik», «ma’naviyat» va «qadriyat» tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga oladi.
«Milliy ma’naviy qadriyatlar» tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Muayyan millat, shu millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va ardoqli bo`lgan manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma’naviy boyliklar, amallar va tamoyillar, g`oyalar va me’yorlar milliy ma’naviy qadriyatlardir.
Har bir xalqning o`zi uchun e’zozli, qimmatli bo`lgan ma’naviy boyliklari bo`ladi. Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelgan, hozirgi kunda ham o`zining ahamiyati va qadrini yo`qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan durdonalardir. Masalan, qirg`iz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalar, frantsuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o`zbeklar Samarqandu-Buxoro va Xiva bilan haqli ravishda faxrlanadilar.
Millat va elatlarning o`ziga xos tarixiy merosi, san’ati va adabiyoti bilan bir qatorda ularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari ham ma’naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o`ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol o`ynaydi.
Milliy ma’naviy qadriyatlarda xalqning dunyoqarashi va hayotga munosabati, ichki tabiati va turmush tarzi o`z ifodasini topadi. Bularda millatning ruhiy olami va tafakkur tarzi, orzu-umidlari va ideallari, vijdoni va or-nomusi aks etadi.
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o`ziga xos mezon vazifasini o`taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo`layotgan faoliyat turlari va rasm-rusumlarga baho beriladi. YOsh avlodning hayotiy mo`ljallari, «zamona qahramoni» haqidagi tasavvurlari ham ma’naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi.
Milliy ma’naviy qadriyatlar - ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish, davlat va millat rivojiga to`g`anoq bo`ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir.
Ma’naviyat, milliy qadriyatlar va istiqlol g`oyalari alohida olingan har bir shaxs hayotida ham, jamiyatdagi turli guruh va qatlamlar faoliyatida ham, umuman insoniyat taraqqiyotida ham katta ahamiyatga ega. Millat va davlat taraqqiyotining ma’lum davrlarida ma’naviyat va milliy g`oya eng dolzarb, hal qiluvchi omil bo`lib maydonga chiqadi.
Milliy o`zlikni anglash aynan ma’naviy qadriyatlarni o`zlashtirish, o`z xalqining tarixi, madaniy merosini o`rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi. Har bir insonning mehnati, faoliyati, hayotiy maqsadlari ma’lum bir qadriyatlarga erishish, moddiy va ma’naviy boyliklarga ega bo`lishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Milliy ma’naviy va diniy qadriyatlar ko`p asrlik tarixga ega.
O`zbekistondagi tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar yo urf-odat va marosimlarni tahlil qilish, bularning paydo bo`lishi juda qadim zamonlarga borib taqalishini ko`rsatadi.
Misol uchun, «Avesto»ni olaylik. Bu buyuk asar bundan 2700 yil muqaddam yaratilgan. O`n ikki ming mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan bu asar paydo bo`lishi uchun undan avval ham kamida necha ming yillik davr o`tganligi, teran hayotiy tajriba va hikmatlar to`planganligi shubhasiz. Bu asar yuksak madaniy hayot, falsafa va fan, xattotlik va mushtariylik rivojlanishi natijasida yaratilganligi uchun ham, shu paytgacha o`z qimmatini yo`qotmadi.
Davrlar o`tishi bilan milliy ma’naviy qadriyatlar ham o`zgarib, rivojlanib, yangilanib, boyib boradi. Zamon ruhiga va taraqqiyot talablariga mos kelmay qolgan me’yor va talablar inkor etiladi. YAngicha tasavvur va yondoshuvlar, fazilat va odatlar hayotga kirib keladi. Bunga kundalik hayotimizdan, turmush tarzi - kiyinish, ovqatlanish, to`y-xashamlarni o`tkazish va boshqalardan ko`plab misollar keltirish mumkin.
Insoniyatning oxirgi yarim ming yillik umri davomida jahon bozori paydo bo`ldi, iqtisodiyot va madaniyatlarning o`zaro ta’siri kuchaydi. XXI asr boshiga kelib axborot texnologiyalari tufayli globallashuv jarayoni yangi bosqichga ko`tarildi. Bu sharoitda milliy qadriyatlarga chetdan bo`ladigan ta’sir beqiyos darajada zo`raydi. Bu ta’sir, bir tomondan, milliy madaniyatlarning boyishi, qadriyatlarning qayta baholanishi va yuksalishiga, ikkinchi tomondan esa, millatning ruhiyati va qadriyatiga yot bo`lgan odat va harakatlarning kirib kelishiga sabab bo`ldi.
I.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab milliy ma’naviy qadriyatlarni yuksaltirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Bir tuzumdan boshqasiga o`tish davrida aholining ruhiyati va qadriyatlarida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ladi. O`z umrini yashab bo`lgan g`oyalar va mafkuraviy aqidalar, zamonga mos kelmaydigan munosabat va fazilatlar o`rnini yangilari bilan to`ldirish osonlikcha kechmaydi. SHularni hisobga olib, aytish mumkinki milliy o`zlikni saqlash, tarixiy xotirani tiklash, kelajakka komil ishonch hissini yaratish uchun ma’naviyat, milliy ma’naviy qadriyatlar beqiyos ahamiyatga ega.
Milliy ma’naviy meros, qadriyatlar tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo`lib, uning tarkibi quyidagilardan iborat:
- tarixiy meros va tarixiy xotira;
- madaniy yodgorliklar, osori-atiqalar, qadimiy qo`lyozmalar;
- ilmu-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari;
- san’at va milliy adabiyot asarlari;
- axloqiy fazilatlar;
- diniy qadriyatlar;
- urf-odat, an’ana va marosimlar;
- ma’rifat, ta’lim-tarbiya va hokazolar.
Milliy ma’naviy qadriyatlar tizimida tarixiy meros va tarixiy xotira muhim o`rin tutadi. Ma’naviyatni yuksaltirish va xalqning ruhini ko`tarishda tarixiy meros hamda tarixiy xotiraning juda katta ahamiyati bor. Tarixni haqqoniy o`rganish, undan saboqlar chiqarish lozim.
O`zbek xalqi jahon madaniyati hazinasiga munosib hissa qo`shgan millatlar qatoridan faxrli o`rinni egallaydi. Madaniy yodgorliklar, me’morchilik san’ati namunalari, qadimiy qo`lyozmalar – milliy ma’naviyatning bebaho durdonalari, xalqimiz uchun eng qadrli va muqaddas bo`lgan boyliklardir. Bularni avaylab-asrash, kelajak avlodlarga etkazish ma’naviyat sohasidagi eng dolzarb vazifadir.
Ilm-fan va uning yutuqlari – milliy yoki hududiy chegaradan chiqadigan, butun jahon e’tirof etadigan, umuminsoniyatga xizmat qiladigan boylikdir. Biroq olimning ijodi va uning ilmiy kashfiyoti avvalo uning millati va Vatanini dunyoga tanitadi, milliy qadriyatni jami bashariyatning yutug`iga aylantiradi.
Milliylik, xalqning ruhiyati va ma’naviyati, ayniqsa, san’at va adabiyot rivojida yorqin ifodalanadi. Ezgulik va poklikni, insoniylik va haqqoniylikni kuylagan buyuk asarlar, qaysi janrda yoki qaysi tilda yaratilganidan qat’iy nazar, jahonga taniladi, pirovardida yana shu millatning xalqaro nufuzini yuksaltiradi.
Milliy ma’naviy qadriyatlar tizimida axloqiy sifatlar, diniy qadriyatlar munosib o`rin egallaydi va milliy o`zlikni anglashning muhim sharti, omili sifatida namoyon bo`ladi. Axloqiy va diniy qadriyatlar aksari hollarda o`zaro bog`liq bo`lib, jamiyatning ma’naviy yuksalishida, yosh avlod tarbiyasida birdek muhim ahamiyatga ega.
SHularni hisobga olib, Prezident Islom Karimov «Turkiston-Press» agentligi muxbirining savollariga javob berib, madaniy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga etkazishda dinning beqiyos xizmati borligini uqtirib, «Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`qotamiz», deb ta’kidlaydi.
Har bir xalq, millat yaratgan ma’naviy qadriyatlar, uning dunyoga qarashi va hayotga munosabati, o`ziga xos betakror xususiyatlari, ayniqsa, urf-odat va marosimlarda to`laqonli namoyon bo`ladi. Marosimchilik bir qator ijtimoiy funktsiyalarni bajaradi, milliy o`zlikni saqlashda, yoshlarni tarbiyalashda, muayyan g`oyalarni ruhiyatga singdirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Tarbiya va ta’limning milliy xususiyatlari ham ma’naviy qadriyatlar tizimida o`z o`rniga ega. Xalqning kelajagi yoshlarga bog`liq ekanligi qanchalik haqiqat bo`lsa, bularni milliy ruhni tarbiyalash zarurati ham umume’tirof etilgandir. Milliy tarbiya xalqning o`z-o`zini saqlash va istiqbolini ta’minlash omilidir.
Xulosa qilib aytganda, milliy ma’naviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi xalqning mustaqilligini mustahkamlash va kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Keksalarga hurmat – inson yaratgan uning ma’naviy mavjudligini ifoda etuvchi qadriyat. Tirik tabiatning «yashab qolish uchun kurash», «faqat kuchlilar engadi» qabilidagi qonunlari mavjud. Nasl qoldirish, yangi avlodga mehr qo`yish, uni oyoqqa turg`azguncha jon fido qilish hayvonlarda ham bor. Ammo, qariyalarni e’zozlash, keksalarga ehtirom, mehr-muruvvat ko`rsatish - insoniy fazilatdir. Bularsiz milliy g`oyamizni tasavvur eta olmaymiz.
Rivoyat qilishlaricha, bir qabilada shunday odat bo`lgan ekan: otasi qarib, kuchdan qolgach, o`g`li orqalab, kimsasiz toqqa eltib tashlarkan. Bir farzand otasiga rahmi kelib, yashirincha ovqat olib borib, padarini o`limdan saqlabdi. O`g`lini parishon ko`rgan ota buning sababini so`raganda, yurtda vabo tarqalgani, chorasi topilmayotganini bilibdi. Donishmand chol aytgan yo`l-yo`riq tufayli balo daf bo`libdi. YAna bir payt tabiiy ofatdan, keyingi safar dushmanning hujumidan qariyaning maslahatlari qabilani qutqaribdi. Yigitning «dono»ligi sabablarini yurtdoshlari so`raganda, u o`lim jazosi xavf solsa ham, otasini asrab qolganini, uning o`git va maslahatlari as qotganini aytibdi. SHu-shu keksalar hurmatini joyiga qo`yish rasm bo`libdi.
Kattalarni hurmat qilishdek milliy qadriyat, ba’zan yoshi va ilmi ulug`lar qolib, mansab va lavozimi yuqorilarga qulliq qilish kabi holatlarni e’tirof etmaydi. Ayni paytda, xalq tomonidan ko`rsatiladigan yuksak ehtirom keksalarga ham katta mas’uliyat yuklaydi.
Ayol zotiga ehtirom – insoniyatning yarmini tashkil etadigan xotin-qizlarga bo`lgan munosabatning eng yuqori cho`qqisidir. Tarixda ayollar iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan hukmron bo`lgan davr matriarxat deb atalgan. Hukmronlik erkaklarga o`tgan davrlarda ayolning haq-huquqlari va erkinliklarini kamsitadigan munosabatlar joriy etilgan. Demokratiyaning eng muhim yutug`i – har ikki jinsning teng huquqli va erkin bo`lishini ta’minlashdir.
O`zbekistonda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar xotin-qizlarga munosabatda Asosiy Qonunning xalqaro huquqqa mos qoidalariga amal qiladilar. O`zbeklar ayolga, avvalo, Ona, mehribon opa-singil, ardoqli qiz deb qaraydilar. Oilada ayolning o`ziga xos mavqei va o`rni bor. Xalqning boy madaniy merosi, adabiyoti, san’ati va falsafasi milliy g`oyasida aks etadi. SHuningdek ayollarining go`zallik va nafosati, ularning vafo va sadoqati timsoli sifatida gavdalanadi.
Onaga bo`lgan hurmat va sadoqat – eng oliy qadriyatdir. SHuning uchun Vatanga, milliy tilga nisbat berilganda Ona nomi qo`shiladi. Milliy istiqlol g`oyasi Onalar uchun, jamiyatdagi barcha ayollar uchun farovon hayot, go`zal turmush yaratishni maqsad qilib, xotin-qizlarning erkinligi va o`z qadr-qimmatini anglab etishiga, o`z salohiyat va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishiga sharoit yaratishni bosh g`oyasi orqali mujassamlashtirgan.
Ma’naviy qadriyatlarning aholi keng qatlamlari, ayniqsa yosh avlodning «mulki»ga aylanishi o`z-o`zidan sodir bo`lmaydi. Buning uchun shu millat taqdiri va istiqboliga befarq qaramaydigan ilg`or vakillarning sa’y-harakati talab etiladi. Moddiy va ma’naviy boyliklar, agar milliy tarbiya to`g`ri yo`lga qo`yilmas ekan, chang bosgan kitoblar, nurayotgan osori-atiqalar, mazax qilinadigan udumlar darajasiga tushib qoladi.
Jamiyatdagi turli kishilarning, har xil guruh va tabaqalarning ma’naviy boyliklar va mezonlarga munosabati turlicha bo`ladi. Har bir shaxs va guruh o`z manfaatlaridan kelib chiqib, qadriyatlarni idrok etadi, o`z tarbiyasi va saviyasidan kelib chiqib, ma’naviyatni o`zlashtiradi.
Xulosa qilib aytganda, milliy ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy hayotning va ma’naviy borlig`imizning muhim va serqirra sohasi bo`lib, inson va jamiyat kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlar muttasil rivojlanib, takomillashib boradi. Bularning ijtimoiy guruhlar va alohida shaxslar tomonidan o`zlashtirilishi ta’lim va tarbiyani talab qiladi.
Qadim-qadim zamonlardan insonlar o`zlari yashagan mintaqalardagi mavjud u yoki bu dinga xususan o`zlarining milliy diniga, yoki jahon dinlari hisoblangan buddaviylik, xristianlik, islom dinlarning biriga e’tiqod qilib keladilar. Uzoq o`tmishdan buyon umuman din kishilarning turmush tarziga aylanib qolgan. Buning sababi shundaki, hech bir din ta’limotida kishilarni urushga, birovni ko`nglini og`ritishga, ularga jabr qilishga, o`g`irlik qilishga va umuman boshqa salbiy xatti-harakatlarni sodir etishga qaratilgan da’vatlar yo`k. Insoniyat tarixida boshqa dinlar qatori islom dini ham odamlarni ma’rifatli, ma’naviyatli bo`lishga, ota-onasini doimo hurmat qilishga va o`zidan kattayu-kichiklar, beva-bechoralar va etim-esirlarga muruvvatli bo`lishga undaydi. Islom dini O`rta Osiyoga kirib kelgan davrlardan buyon shu erli xalqlarning asl turmush tarziga aylanib qoldi.
Din to`g`risida mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning quyidagi so`zlari juda o`rinlidir. «.... biz o`z millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`qotamiz. Xoh yosh bo`lsin, xoh keksa bo`lsin, har bir o`zbek nimagaki munosabat bildirmasin, albatta uni beixtiyor YAratuvchining nomi bilan bog`laydi. Har bir so`zimizni, ishimizni bismillo aytib boshlaymiz, yaxshi-yomon kunlarimizda xudoga shukrona keltiramiz, tavba qilamiz» degan kalomni har kuni aytmaydigan biror inson O`zbekistonda bormikin o`zi?».
Prezident Islom Karimov yana ko`shimcha qilib ushbu muqaddas dinimizni o`zbeklar oilasiga qanchalik singib, uning ajralmas qismiga aylanib qolganligi haqida to`xtalib shunday deydi: «Tug`ilganda qulog`imizga azon aytiladi, oila qurganimizda shar’iy nikoh o`qitiladi, dunyodan ko`z yumganimizda janoza o`qiladi. Hatto dindan chuqur xabardor bo`lmagan odam ham diniy urf-odatlarsiz, islomiy tuyg`usiz yashay olmaydi».
Din ijtimoiy institut sifatida ikkita o`zaro bir-biri bilan bog`liq tizimni ifoda etadi: 1) e’tiqodlar, ramzlar va yo`l-yo`riqlar umumiyligini o`z ichiga oladigan qadriyatli-normativ model; 2) diniy normalar va e’tiqodlar vositasida boshqariladigan va tartibga solinadigan xulq-atvor namunalari.
Dinning kadriyatli-normativ darajasi muqaddas matnlar va qo`lyozmalarda saqlanib qolgan e’tiqodlar, ramzlar, kadriyatlar, axloqiy o`gitlarni o`zida ifoda etadi. Masalan, nasroniylik dinida Injil dunyo, tabiat, koinot xaqidagi bilimlar manbai hisoblansa, islom dinida Qur’on shunday manba hisoblanadi. Diniy e’tiqodlar va bilimlar jamiyatning ma’naviy madaniyatida alohida o`rin tutadi, chunki ulardagi ma’naviy qadriyatlar va yo`l-yo`riklar asrlar osha ishlab chiqilgan inson hayotining normalari va qoidalarini o`zida mujassam etadi.
Diniy amaliyotning turli jihatlarini, jumladan, etiqod kiluvchilarning ma’naviy birligi, cherkov, ibodat kilish, urf-odatlar, rasm-rusumlar va hokazolarni o`z ichiga oluvchi diniy tashkilotning mavjud bo`lishi xulq-atvor namunalari tuzilmalarining real timsoli hisoblanadi.
Din tomonidan shakllantiriladigan hulq-atvor normalari faqat ibodat kilish sohasiga emas, balki insonning shaxsiy hayotiga ham taallukli hisoblanadi. Aynan shunda o`zining o`ziga xos usullari bilan insonning hulq-atvoriga ta’sir qiluvchi, o`zida ijtimoiy normativi alohida turlarini ifodalovchi diniy omil xarakteri namoyon bo`ladi.
Inson faoliyatining boshqa sohalaridan ko`ra turmushda ko`proq hulq-atvor va hatti-harakatlarning diniy namunalari saqlanib koladi va avloddan-avlodga o`tadi. Bu turmush ijtimoiy munosabatlar rivojlaniiga umumiy darajasi bilan uzluksiz alokada va unga bog`liq bo`lib qolgani holda, biroq baribir kishilar hayotining nisbatan mustaqil sohasi bo`lib qolishi bilan bog`liqdir. Turmush ko`p holatlarda diniy an’analar saqlanib qoladigan insonlar hayotining eng konservativ sohasi hisoblanadi. Muayyan ma’noda, turmush aholining dindorligi holatini, kishilar, shu jumladan, dindorning fikrlash tarzi va hulq-atvorini aks ettiradi.
Diniy an’analar ko`proq oilada rasm bo`lgan, inson tug`ilgan paytidan boshlab kishilarning mustahkam odatlariga aylanib koladigan, kattalar tomonidan tasdiqlangan va himoya kilinadigan normalar va printsinlarning doimiy ta’siri ostida bo`ladi. SHu orqali, atrofdagi odamlarga nisbatan ahloqiy normalarning tashuvchisi sifatida e’tiqod kiluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan norasmiy nazorat orkali jamiyatda qabul kilingan xulq-atvorning ijtimoiy normalari qo`llab-kuvvatlanadi va kuchaytiriladi.
Din jamiyatda o`zining qadriyatlar va normalar tizimini yaratadi hamda shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoniga katta ta’sir ko`rsatadi. Muayyan jamiyatda shakllangan munosabatlar orasiga tushib qolgan inson o`zining normal shakllanishi uchun ularni faol ravishda o`zlashtirishga kirishadi. Bu ijtimoiylashuv, ya’ni jamiyatning to`laqonli a’zosi sifatida mavjud bo`lish imkonini beruvchi bilimlar, normalar va qadriyatlarning muayyan tizimi inson tomonidan o`zlashtirilishi jarayoni orqali yuz beradi. Insonni qalbiga dastlab – birinchi marta dinni olib kiruvchi turli diniy urf-odatlar inson chaqaloqlik davrida amalga oshiriladi. Inson buni o`sha davrda anglamay, keyinchalik shu dinga mansubligini anglab oladi.
2. Sovet tuzumi davrida oilaviy munosabatlar borasida milliy va diniy an’analarimizga bildirilgan salbiy fikrlar.
Sovetlar davrida oila va oilaviy munosabatlardagi milliy va diniy an’analar xuravat sifatida, koralandi. Bunday munosabat oila va oilaviy munosabatlarning hayotiy ildizlarini ancha zaiflashtirdi. Bular oila xuquqi, ayolning oiladagi mavqei, bola tarbiyasiga oid an’analarga qarab talqin etishda ko`zga tashlanadi.
Ayol kishilarning obru-e’tiborini, oilaviy munosabatlarning jamiyat xayotidagi taraqqiyotidagi o`rni masalasidagi islomiy aqidalar o`z davri uchun nixoyatda ahamiyatli edi. Hozir ham ularning aksariyati ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Islom davrida oilaviy munosabatlarning adolat va insonparvarlik bilan bog`langan mezonlarini yaratdi, oldin ayollarning hak- xukuklari cheklangan darajada kamsitish, yosh qizlarni gudakligidayok ko`mib yuborishgan, urf-odatlarga chek qo`ydi. Arab kabilalari o`rtasida keng tarqalgan bunday odatlar qoralandi. Ularga amal kilish katta gunoh sifatida qoralandi.
Fitrat "Oila" asaridagi ko`p xotinlilik ma’lum ijtimoiy va tabiiy extiyojlar bilan bog`lik ekanligini ko`rsatadi. Uning salbiy va ijobiy tomonlarini ham ochib beradi. Ko`p xotinlilik ya’ni ikkita xotinga uylanish, deb yozadi u bevafolik fasadu zulm va insofsizlikka olib kelishi ma’lum.
Bu shariat xukmiga ham, aql va vijdon hukmiga ham to`g`ri kelmaydi. Lekin hayot murakkab, bizlarga boglik emas, biz uylaganday bo`lavermaydi. Ba’zan urush ko`plab erkaklarning qirilib ketishiga, bolalarning etim kolishiga, beva ayollarning ko`payishiga sabab bo`ladi. Ayollarning ham muayyan ehtiyojlari bor. U ayollar ma’naviyatiga kuchli ta’sir etadi. Bundan tashkari inson o`zidan keyin nasl qoldirishi kerak.
3. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, dinga bo`lgan munosabatning o`zgarishi.
O`zbekiston mustakillikka erishgach, dinga bo`lgan munosabatni tubdan o`zgardi. Sobiq sho`rolar davridagi dinga munosabat inkor etildi. Dinning haqiqiy mohiyatidan kelib chiqib mustaqil O`zbekistonda dinga mutlaqo yangicha yondoshildi. Mustaqillik davrida «Jamiyatning diniy-ruhiy asoslarini, xalqimizning ming yillik ma’naviy-ahloqiy tajribasini o`zida jamlagan islom madaniyatini tiklash, o`z taqdirini o`zi belgilash, tarixiy xotiraga, madaniy-tarixiy birlikka ega bo`lish yo`lidagi g`oyat muhim qadam bo`ldi».
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (18-modda) vijdon erkinligi va diniy e’tiqod normasini mustahkamladi. Hayotda ushbu konstitutsiyaviy normani amalga oshirish maqsadida mamlakat Jinoyat kodeksiga vijdon erkinligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi 145-modda kiritildi.
Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Diniy ishlar bo`yicha qo`mita orqali amalga oshiriladigan davlatning diniy siyosati turli dinlar vakillarining ko`p asrlik boshqalardan ajratib qolish va uzoqlashib ketishning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga asoslanadi. O`zbekistoining barcha qonunlari diniy mansublikka hamda diniy belgisiga qarab kamsitishni barham berish masalalari bilan bog`liq. «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» qoidalariga, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalariga muvofiq tuzildi.
O`zbekiston - 130 dan ortiq millat va elatlar bir oila bo`lib yashaydigan mamlakatdir. Asosiy diniy jamoa - musulmonlardan tashqari yana 15 ta konfessiyalar vakillari yonma-yon yashaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda 2119 diniy tashkilot erkin faoliyat olib bormoqda. O`zbekiston diniy bag`rikenglik, dinlararo amaliy muloqot va davlat institutlari va diniy tashkilotlar o`rtasidagi sheriklik timsolidir.
O`zbekistonda din yuksak ahloqiy printsiplarga, ma’naviy boylikni va xalqning madaniy kadriyatlarini saqlab qolishga asoslangan dunyoqarashning asoslari shakllanishi omili sifatida qaraladi. Aynan shu sababli mamlakatimizda ham madaniy, ham ahloqiy xususiyatga ega bo`lgan diniy an’analarni tiklashga katta ahamiyat berildi. «Ota-bobolarimiz dini bo`lmish islom dinini qadrlash, uning ta’limoti va ta’siri hayotimizni. ma’naviyatimizni yangi ma’no bilan to`ldirishga xizmat qilmoqda».
YUqorida aytib o`tganimizdek, har qanday din o`zida ma’naviy-ahloqiy hodisani ifoda etadi. Hech bir din xalqning butun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmushini kamrab olishga da’vo qila olmaydi. Bu O`zbekistonda davlatning dunyoviy xarakteri, uning bag`rikengligi - barcha dinlarga bag`rikengligi va teng munosabatda bo`lishi bilan izohlanadi.
O`zbekistonning 26 milliondai ortiq aholisining 90 foizdan ortig`i tarixan islom diniga mansub millatlar avlodlaridir. O`zbeklarning ijtimoiy ongida shariatga (musulmon huquqi) asoslangan musulmon huquqiy madaniyati ildiz otgan.
O`zbekiston tub aholisining an’analarida, urf-odatlarida va kundalik hayotida din, ayniqsa islom dini rolini jamoatchilik fikri orqali o`rganish maksadida o`tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari belgilab berdi.
Jumladan, o`gkazilgan so`rov tadqiqotlarda respondentlarga berilgai «Siz Xudoga ishonasizmi?» degan asosiy savollardan biri bo`yicha empirik ma’lumotlarni tahlil qilinishi so`rab chiqilganlarning mutloq ko`pchiligi (97,7 foiz) ijobiy javob berganini ko`rsatdi.
O`zbekistonning tub xalqini mutloq ko`pchiligi Xudoga chin dildan ishonsalar-da, tub aholining ko`pchiligi (72,5 foiz) o`z turmush tarzini diniy deb hisoblamaydi. Faqat ularning 12,6 foizigina islomning barcha yo`l-yo`riqlarini bajarishini va qat’iy diniy hayot kechirishini bildirgan.
SHuni aytish lozimki, diniy e’tiqod va diniy amaliyot ko`p jihatdan insonning shaxsiy ishidir. Oila bu o`rinda an’anaviy diniy amallarni bajarishda asosiy baza hisoblanadi. Oila farzandni milliy va diniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi.
Farzandlik burchi yoshlikdan bilim olib, hunar o`rganib, mehnat
qilib o`zini, oilasini, bola chaqasini, qarigan ota-onasini ta’minlashdir.
Ota- ona dunyoda abadiy yashamaydi, ota-onadan qolgan meros qancha ko`p bo`lsa ham bir umr ishlamay, tekinxurlik bilan hayot kechirishga etmaydi. Hayotda eng ko`p kadrlanadigan narsa halol mehnat bilan topilgan boylikdir.Ota-onaning hurmatini joyiga qo`yib, obro`sini baland tutish hammilliy ma’naviy kadriyatlarimizdan biridir. Axil oilada hal qiluvchi so`zni ota aytadi. Ota albatta oila a’zolarining fikrini va manfaatini e’tiborga oladi. SHu sababli ham milliy an’analarimizda ham otadan oldin yoki ota o`rnida so`zlash, so`zini bo`lish ham beodoblik hisoblangan.
Ota-ona qilgan pandu nasihatlarning faqat bitta maqsadi bor. Bu -farzandlar xaqida g`amho`rlik, ularning kelajagini o`ylashdir.
Otaning so`ziga quloq solish katta hayot maktabidir. Bu maktabda farzandlargina emas, ularning bolalari ham ta’lim oladi.
Ota-onani hurmat qilish barcha farzandlar ularning gapiga so`zsiz quloq soladi, irodasiga to`la bo`ysunish degani emas. Oilada farzadlarining ham fikr mulohazasi katta ahamiyatga ega.
O`zbeklarda "YAxshi o`g`il-jon o`rtoq, yomon o`g`il mol o`rtoq" degan hikmatli so`zlar bor. Bu ham millat ma’naviyatimizning moxiyatidan kelib chiqadi. Ota-ona umid bilan farzand tarbiyalaydi, ularni boqadi, kiyintiradi, farzandlarimga deb mol dunyo orttiradi. Milliy an’anaga ko`ra ota-ona uyiga oddiy ignasi bo`lsa ham farzandlariga beradi.
YOshlar ma’naviyatining birinchi poydevorini qo`yadigan me’mor ota-onadir, oiladagi muhit va tarbiyadir. YOshlar tarbiyasiga qarindosh urug`lar, mahalla-ko`y, qo`ni-qo`shnilar ham katta ta’sir o`tkazadi.
4. Oilada diniy qadriyatlar va musulmonchilik an’analari.
Hozirgi zamon O`zbekiston jamiyatida islom dini va oila o`rtasida uzviy aloqa mavjud. Oilada real shakllangan vaziyatni tahlil qilish umumiy tavsiflar bilan bir qatorda oilaviy hayotda er-xotin va farzandlarning ijtimoiy roli, ayollarning o`rni va rolini ko`rib chiqishni talab etayotganligini ko`rsatmoqda. Buning tasdig`i sifatida shuni aytish mumkinki, islom dini erkaklar va ayollarning bir qolipga solingan rolini taklif etadi, ular uni o`zlashtirishi va so`zsiz bajarishi kerak.
Din musulmonlarni chin yo`lga yo`naltirib, uning hayotini ikir-chikirlargacha boshqaradi. Musulmonlarning asosiy rasm-rusumlari va an’analari ko`proq oila bilan bog`langanligini ta’kidlash lozim. Musulmon kishining hayot tarzi va xulq-atvori, uning diniy dunyoqarashi Alloh kalomlarida mustahkamlangan hayotiy kadriyatlar va yo`nalishlarning yaxlit, tartibga solingan tizimini o`zida ifoda etadi.
Nikoh qurish, farzand ko`rish, o`lim va hokazolar bilan bog`liq turli rasm-rusumlar alohida ahamiyatga ega. 2006 yilda «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o`rganish markazi tomonidan «O`zbekiston: o`ziga xoslikni va jahon hamjamiyatidagi o`rnini izlash» deb nomlangan so`rovning natijalari umuman olganda O`zbekiston aholisining etnik-diniy an’analar, rasm-rusumlar va urf-odatlarga amal qilishga nisbatan ijobiy munosabatini ko`rsatdi. Respondentlarning mutloq ko`pchiligi (85,3 foiz) diniy urf-odatlarni bajaradi, so`rab chiqilganlarning qolgan qismi (14,7 foiz) esa bajarmasligini ko`rsatgan.
Ma’lumki, oilaviy munosabatlarda oila u yoki bu a’zosining o`rni va roli turlichadir. Ayon ko`rinib turgan diniy belgi bo`yicha oilani tadqiq qilish natijasida ega bo`lingan miqdoriy ma’lumotlar asosida buni ayniqsa yaxshi kuzatish mumkin.
So`rab chiqilgan 50 yosh va undan katta yoshdagilar (31,8 foiz), ayniqsa, qarilik nafaqasidagilar orasida (35,5 foiz) diniy urf-odatlarni bajaruvchilar (dindor kishilar) nisbatan ko`proqni tashkil etadi.
O`tgan yuz yillik so`ngida Turkistonda chop etilgan «Musulmonchilik bo`yicha materiallar» ma’lumotlariga muvofiq shariat kitobi umumiy ko`rinishda quyidagilardan iboratdir:
Diniy aqidalar huquqi, tahorat, duo o`qish, zakot berish, ro`za tutish va Makka shahriga hajga borishi o`z ichigaoladi.
Umumiy koidalar, majburiyatlar, turli garov qonunlari, ishonchnoma va kafolatnoma, er va mulk, erga egalik qilish va er haydash hukuqi, vakf erlar va meros huqukidan kelib chikuvchi yuridik xatti-harakatlar.
Nikoh, ajralish, ona suti tomonidan qarindosh bo`lish, vasiylik, qullik va boshka masalalarni qamrab oluvchi shaxsiy va oilaviy huquq.
Jinoyat xuquqi umumiy qoidalardan tashqari erga xiyonat qilish, qasos olish, ichkilikbozlik, o`g`rilik, e’tiqod va isyonni ko`rib chiqadi.
Davlat huquqi oliy hukumat muammolarini, odil sudlovni, harbiy harakatlar va davlatni boshqarish muammolarini o`z ichiga oladi.
SHariatda hamma narsa nazarda tutilgan va reglamentga solingan. Umuminsoniy qadriyatlardan kelib chikuvchi shariatning asosiy talablari va yo`l-yo`riqlari Quron va Hadislarda aks etgan.
Qur’on - musulmonlarning muqaddas kitobi. Qur’ondagi hamma fikr va ko`rsatma Alloh tomonidan Muhammad alayhissalomga vahiy kilingan so`zlardir. Qur’on oilaviy hayotda er-xotin o`rtasidagi munosabatlar, baxtli nikoq, oilaviy turmush, farzand tarbiyasi, ajralish va uning yo`l-yo`riklari haqida tegishli ko`rsatmalar beradi.
Hadis - Qur’ondan keyingi Muhammad Payg`ambarning hayoti, faoliyati va ko`rsatmalarini aks ettiruvchi manba. Hadis ko`p jildli to`plamlarda saqlangan, mutlaqo ishonchli bo`lishi uchun puxta tartibga solingan va maxsus tekshiruvlardan o`tkazilgan. Bu manba odamlar orasidagi tortishuvlar, oilaviy kelishmovchiliklar va hokazolarni hal etishda dasturilamal bo`lib xizmat qilgan. Hadislar Payg`ambarning turli vaziyatlardagi xulq-atvorini eng kichik tafsilotlariga qarab ta’riflab bergan va bamisoli ahloq kodeksiga, ahloq tuzugiga aylangan, chunki Xudoning erdagi elchisining xulq-atvori o`zini chin musulmon deb biladigan musulmon uchun shak-shubhasiz taqlid qilinishi kerak bo`lgan amaldir.
Barcha davralarda butun insoniyat uchun muqaddas Kur’onning diniy nizom sifatida saqlanishini Parvardigorning o`zi o`z zimmasiga olganligini qayd etish zarur: «Albatta bu eslatmani (ya’ni Qur’onni) Biz O`zimiz nozil qildik va shubhasiz O`zimiz uni saqlaguvchimiz» (Xijr surasi. 15:9).
Hadislarda aniq ma’noni istalgan muqobil so`z shakliga o`tkazish mumkin, ayni paytda Qur’on matnida esa so`z ifodasini umuman o`zgartirishga yo`l qo`yilmaydi.
Qur’on va Hadislar nikoh kurish, farzand ko`rish, balog`atga etish, oilaviy hayot va o`lim singari insonlar hayotidagi muhim voqealarda nimalar qilinishi zarurligini ko`rsatadi.
Oila hakida qayg`urish islom dinida puxta ishlab chiqilgan keng qamrab oluvchi nikoh tizimida namoyon bo`ladi. Oilagacha boshlanadigan bu tizim «Nikoh» bilan mustahkamlanadi va oilaviy munosabatlarda davom etadi. U oilaning har bir a’zosi (ham ota-ona, ham farzand) huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini aniq tasvirlab beruvchi oliy tushunchalardan iborat. Oilaviy munosabatlar o`z-o`zidan rivojlanadigan, o`zaro nazorat qilinadigan, rahm-shafqatli va sevgi-muhabbatga to`la bo`lishi kerak. Xudbinlik, g`azab, e’tiborsizlik, begonalik hamda jismoniy va ahloqiy tahqirlash kabi xislatlar ularga begona bo`lishi kerak. Oilaga nisbatan islom dinining bunday nuqtai nazari Quronning oilaviy munosabatlarga taalluqli asosiy printsiplaridan kelib chiqadi.
Nikoh munosabatlarining to`g`ri boshlaniish muvaffaqiyat va ularning xotirjam yuksalishining garovi bo`lishi muhimligini anglash zarur. Qur’on nikoh - sunnaning bir qismi ekanligini eslatadi va uning eng yaxshi misollarini ko`rsatish uchun Alloh payg`ambarlarni tanlagan: «Darhaqiqat, sizdan ilgari ham (ko`p) payg`ambarlar yuborganmiz va ularga juftlar va zurriyotlar berganmiz» (Ra’d surasi. 13:38).
Hadislardan birida Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v.) shunday deydilar: «Nikoh mening an’anamdir, bu an’anadan yuz o`girgan kishilar men bilan emasdir».
Islom dinida nikoh - bu farzandlar tarbiyalash va baxtli oila qurish uchun o`zaro yordam, samimiylik va sabr-matonatlilik prinpiplariga tayangan holda bir-birini sevadigan va xohlaydigan erkaklar va ayollarning birgalikda yashashidir.
Qur’on erkak va ayol o`rtasidagi aloqalarni juda aniq tarzda tasvirlaydi: «U zot sizlar hamdam bo`lishlaringiz uchun o`zlaringizdan juftlar yaratishi va o`rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir» (Rum surasi. 30:21).
Hadislarda keltirilishicha Muhammad (s.a.v.) payg`ambarimiz bunday degan: «Sizlarning qaysingiz xuddi men singari o`z oilasi (xotini) uchun namuna hisoblansa, o`sha eng yaxshi kishidir». Oila ma’naviy va ahloqiy tomondan qanchalik mustahkam bo`lsa, uning xursandchiligi va baxti shuncha ishonchli bo`ladi.
Tayanch so`z va iboralar: ilm, ma’rifat, tarbiya, ahloq, din, munosabat, qadriyat, e’tiqod, o`git, sobiq sho`rolar tuzumi, mustaqillik, bola tarbiyasi, islomiy aqidalar, ayol, erkak, ota, ona, farzand, burch, shariat, hadis, Qur’on, millat, elat, BMT, diniy bag`rikenglik, Olloh, muhit, musulmonchilik, an’ana, rasm-rusumlar.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
I.A.Karimovning din to`g`risidagi fikrlarini keltiring.
Dinning qadriyatli-normativ darajasi nimalarda o`z ifodasini topadi?
Din tomonidan shakllantiriladigan xulq-atvor normalariga nimalar kiradi?
Sobiq sho`rolar tuzumi davrida oilaviy munosabatlar va ularning salbiy oqibatlari haqida nimalarni bilasiz?
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so`ng dinga munosabat qanday o`zgardi?
O`zbekistonda nechta diniy konfessiya bor?
O`zbekistonda aholining nechta foizi islom diniga mansub millat avlodlaridir?
Qur’on va hadisi sharifda oila qurish masalalari haqida nimalar deyilgan?
4-mavzu. Jamoatchilik fikrining oilaviy hayot va yoshlar tarbiyasiga ta’siri
Reja:
1. Jamoatchilikning oila haqidagi fikrlari.
2. Ma’naviy muhitning yaxshilash chora-tadbirlari.
3. YOshlar haqida g`amxo`rlik - davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi.
4. Mustaqillik yillarida jamiyatning ma’naviy va oilaviy hayotini, yoshlar tarbiyasini yaxshilashda, yoshlar buzg`unchi g`oyalar ta’siridan saqlab qolishning yo`l-yo`riqlari va chora-tadbirlari.
1. Jamoatchilikning oila haqidagi fikrlari.
Farzand tarbiyasiga qo`ni-qo`shnilar ta’siri, mahalladagi muhit ta’siriga ham bog`likligi sababli o`zbeklar barcha davrlar jamoatchilik fikriga befarq qaramagan. «Hovli olma qo`shni ol...», «Qo`shning tinch bo`lsa, sen ham tinchsan», «Qiyomat kuni qo`shnilardan...» maqollar ijtimoiy muhitning insonlar jamiyat hayotidagi urnini ifodalaydigan hikmatlardir.
Har bir oilaning tinchligi yonma-yon yashayotgan qo`shnining ham tinchligidir. Qo`shnilar qo`shnilarning ikir-chikirigacha biladi. «Qo`shnilaringiz yaxshi odam deyishayotgan bulsa, demak sen yaxshi odamsiz. Ammo ular sizni ... Bu ham jamoatchilik fikri, oila barqarorligi farzandlar tarbiyasi uchun katta ahamiyatga egaligini ko`rsatadi.
Er va xotin, farzandlar jamoatchilik fikrini hurmat qilishlari uchun ham oiladagi ikir-chikirlarni ovoza qilmay kelishmovchiliklarni tinch yo`l bilan hal etishga harakat qilganlar, jamoatchilikdan, qo`ni-ko`shnilardan uyalishi... arzimas bahonalar bilan yosh oilalar buzilib ketishlarini oldi olingan. Mahalla jamoatchillikning ta’siri munosabatlari yaxshilanib, ahil turmush kechirayotgan oilalar hozir ham mavjud. Jamoatchilik bola tarbiyasiga ham befarq qarashmagan. YOshlar ahloqiy poklikka yo`l qo`yganlari birinchi galda ota-onasiga tanbeh berganlar, foyda bermasa noqobil farzandlarining o`zi bilan suhbatlashilgan. Ota-ona noqobil farzandi uchun jamoatchilik oldida hijolat chekkanlar. O`zbeklar bir qizga sovchi qo`yishsa, uning yurish turishini yaqin qo`ni-qo`shnilaridan surishtirilgan. Farzandlarining o`z ota-onasiga munosabatlari ham jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmagan. Noahil oilalar, noqobil farzandlarga ko`rsatiladigan, jamoatchilik ta’sirida nihoyatda murakkab, mas’uliyatli, ijtimoiy tarbiyaviy psixologik jarayondir. Agar yoshlar, noqobil farzandlarga nisbatan jamoatchilik fikri yuzaki bo`lsa, uning hech kanday ta’siri bulmaydi... yana shunday davom etaveradi.
Odamzotda qiziq bir xususiyat bor. Hamma boshqalarga nasihat qilishga qiladiyu, ammo o`ziga-o`zi xolis baho berishga ojizlik kiladi. «Domlaning aytganini qil...». Inson o`zini-o`zi aldasa ham jamoatchilikni aldashi qiyin. Hayotdagi hato kamchilikni bizdan ko`ra boshqalar yaxshi sezadi, shu sababli ota-onalar farzandlariga qo`ni-qo`shnilarning jamoatchilikning fikrini hisobga olib yondashadi. Ota-ona uchun dunyoda farzandidan shirin narsa yo`q. «Kunduz ham bolasini oppog`im deydi».
SHu sababli ham ota-onalar ko`pincha o`g`il-qizlarning ahloqsizligiga, jinoiy ishlariga to`ri baho berolmaydi. Oilalardagi kelishmovchiliklar, janjallar, ahloqsizliklar, mayda bezoriliklarga baho berishlarni aqlli, obro`-e’tiborli, katta hayot tajribasiga ega oilalarga topshirish ma’quldir.
Biz oiladagi yomon vaziyatga nisbatan jamoatchilik fikrini bildirishdan maqsad ahloq, odob ba’zan qonun chegarasidan chiqqan kishilarga nasihat kilish ularni to`g`ri yo`lga solishdir. SHaxsni vijdoniga murojaat qilishga o`rgatishdir. Kishilarni o`z vijdoniga quloq solishga da’vat etishlar ayniqsa murosaga kelmayotgan ota- onalar, aka-ukalar, opa-singillarni yarashtirib quyishda ancha qul keladi. Jamoatchilik fikri ota-onalar va boshqalarning jamiyat jamoatchilik oldidagi mas’uliyatini kuchaytiradigan katta ijtimoiy ma’naviy omildir.
Milliy va diniy an’analarimizga ko`ra, qo`ni-qo`shnilarning yoshlarga ma’naviy ta’sir etishi, oilasi buzilgan er va xotin yoki ikki oilaning urtasiga tushib yarashtirib quyishlar sababliligi jihatidan ruza, namoz va sadaka kilishdan ham afzalrok turadi.
O`zbek oilalarining qarindosh- urug`, quni- qo`shnilar mahalla kuy bilan munosabatlariga asos bulgan ma’naviy omillar orasida hamdardlik, maslahatgo`ylik, g`amxo`rlik, elkadosh bo`lish va boshqa fazilatlar ham kiradi. Bunday milliy boyligimiz kadriyatimiz, ma’naviyatimiz ravnaqining sinalgan yo`lidir. O`zbeklarda bitta bolaga etti qo`ni-qo`shni ota-onadir, degan gap bor. Bu ham bizning buyuk milliy kadriyatimiz. Odatda o`zbeklarda biror hanodonda tuy deb kolsa yoshlar hech kimlarning da’vatisiz ertadan kechgacha xizmat kiladi. Bular juda katta ma’naviy muhit, ma’naviy kadriyatlardir. Jamoatchilik fikri ta’sirida shakllangan kadriyatlardir. Bularni asramok uchun o`zbekona qalb kerak.
Oilalarni mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalashda jamoatchilik fikrining kuchi va ta’siridan ham foydalanish hozirgi kunda ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu boradagi tajriba va an’analardan samarali foydalanish mustaqillik sharoitida amalga oshiriladigan ma’naviy, tarbiyaviy ishlarni yaxshilash muhim shartidir.
2. Ma’naviy muhitning yaxshilash chora-tadbirlari.
Oilaning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi, uning yo`nalishlari va ustuvorliklari mutaxassislar va jamoatchilikning doimiy diqqat-e’tiborini talab qiladigan dolzarb muammolardir. Ularni tahlil qilish yo`li bilan aniqlash mamlakatning o`sib kelayotgan avlodini kamol toptirishda oilaning ijtimoiy rolini aniqlash, O`zbekiston jamiyatining iqtisodiy va madaniy rivojlanishinp jadallashtirishda oilaning tarbiyaviy va ma’naviy salohiyatidan foydalanishning ustuvor yo`nalishlarini belgilash imkonini beradi.
O`zbekistonning jamoatchilik fikrida oila asosiy tarbiyalovchi muhit ekanligi hakidagi nuqtai nazar barqaror ravishda ustunlik qilishi to`g`risida xulosaga kelish imkonini beradi. Oilada bola ma’naviyatini shakllantirishning asosiy yo`llari va shart-sharoitlari nimalardan iborat? Ularning faqat ayrimlarini sanab o`tamiz:
Oiladagi mehr-muhabbat muhiti. Ushbu tuyg`udan mahrum bo`lgan kishi o`z yaqinlarini, vatandoshlarini, Vatanini hurmat qilishga qodir bo`lmaydi, odamlarga yaxpshlik qila olmaydi. Oiladagi mehr-muhabbat va samimiyat, oila a’zolarining bir-biriga e’tiborliligi va gamxo`rligi bolalar ruxtsyatiga kuchli ta’sir qiladi, bolaning his-tuygulari namoyon bo`lishi, uning ma’naviy ehtiyojlari shakllanishi va amalga oshishi uchun keet imkoniyatlar beradi. Bizlarning barchamiz o`z ishlari bilan band bo`lgan va bir uyda yashaydigan odamlarning atoxida oir guruhiga mansub bo`lishgina emas, balki yaqin kishilarimizning oldimizda ekanligini his etishga, o`z individualligini, takrorlanmasligini, o`zining alohida xususiyatini, o`z an’analarini yaratadigan oilaning umumiy muhitidan nafas olishga ehtiyoj sezamiz.
Samimiylik muhiti. Ota-onalar hayotning muhim ahamiyatli holatlarida bolalarga yolg`on so`zlamasligi kerak. Bola har qanday yolg`on, aldash, soxtakorlikni favqulodda o`tkirlik bilan tez sezadi; uni payqab
sarosima va vasvasaga tushadi, shubha-gumonga g`arq bo`ladi. Agar biror gapni bolaga aytish mumkin bo`lmasa, u holda bema’ni gapni o`ylab topib, so`ngra kalovlanib qolgandan yoki yolg`on so`zlab aldagandan, buni bola bilib qolganidan ko`ra hamma vakt yaxshisi to`g`ri javob berishdan qochish yoki bolaga bildirishning ma’lum bir chegarasidan nariga o`tmaslik lozim. Hech qachon «Buni bilishga yoshlik kilasan» yoki «Buni sen baribir tushunmaysan», demaslik kerak. Bunday javoblar bolaning yuragidagi qiziquvchanlik va xudbinlikni ko`zlaydi. YAxshisi «Men buni senga ayta olmayman: har bir kishi ma’lum bir sirlarni o`zida saklashga majburdir, o`zgalarning siriga aralashib hadeb so`raverish odobdan emas va kamtarlikka kirmaydi», deb javob bergan ma’qul. Bu bilan to`g`rilik va samimiyatga ziyon etmaydi, burch, intizom va odoblilikdan anik saboq beriladi.
Tushuntirish. So`z bilan ta’sir ko`rsatish. So`z bilan
tarbiyalash uchun so`z garbiyalanuvchining fikrida va qalbida iz qoldirishi kerak. Buning uchun esa so`zlarning ma’nosiga tushunib etishni o`rgatish lozim. Faqat ana shundagina hissiy ta’sir kilishga umid kilishimiz mumkin. Tarbiyachi aniq faktlar, voqealar, hodisalardan umumiy
haqiqatlarni, xulq atvor printsiplarini ochib berishga o`z vaktida o`tishi kerak. O`smirlar mulohaza qilishni yoqtirishadi, biroq ota-onalar ularning balog`atga etmaganligini ta’kidlab, buni ular hali kichkina ekanligi va shu sababli ular o`z fikrini bildirishga kichiklik qilishi bilan izohlab ko`pincha ularning mulohazalarini qo`yishadi. Biroq, aynan mana shu mulohazalar orqali ma’naviy-ahloqiy tushunchalarni anglab o`smirlar anglab oladilar.
Bolaning ko`z o`ngida mehnat bilan shug`ullanish. Bola kattalarning ishini muntazam ravishda kuzatib borib, buni o`yinda amalga oshirishga harakat qila boshlaydi, so`ngra yordamchi sifatida mehnat jarayoniga kirisha boshlaydi va nihoyat, ishni mustaqil bajarishga kirishadi.
Bola hayotidan dabdaba, qashshoqlik, haddan tashqari
mazaxo`rlik, alkogol singari holatlarni istisno qilish zarur.
Bolani axloqsiz odamlar bilan muloqotga kirishishdan ehtiyot qilish zarur. Imitatsiya (taqlid kilish) bilimlar va tajribani egallab olishning muhim usuli hisoblanadi. Imitatsiya instinkti bolani o`z atrofidagi barcha odamlarning barcha xatti-harakatlarini qaytarishga majbur qiladi. Bola faqat 7 yoshga to`lgandan keyin o`z ahloqiy asoslarini shakllantiradi va atrofdagi odamlarning xulq-atvori va qilmishiga baho berishi mumkin. SHu sababli bolani sevadigan va unga yaxshilik tilaydigan katta yoshdagilar o`zlarining axloqsiz xatti-harakatlari bilan bolaga namuna bo`lmaslik uchun o`zlarining har bir qadamini qat’iy nazorat qilishlari zarur.
3. YOshlar haqida g`amxo`rlik - davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi.
2008 yil O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «YOshlar yili» deb e’lon qilindi. «YOshlar yili» Davlat dasturi ishlab chiqildi va yoshlarga keng imkoniyatlar berildi.
Davlatimiz mustaqillikka erishgan yillarda uning oldida turgan muhim va murakkab vazifalardan bir yangi jamiyatga mos yangi avlodni tarbiyalash va shakllantirish edi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «YUrtimizda o`z vatanining taqdiri, uning buguni va kelajagi uchun mas’uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan kadrlarga ehtiyojini qondirish vazifasi biz mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq o`ta muhim va hal qiluvchi masalaga aylangan edi».
O`zbekiston o`tish davri qiyinchiliklariga qaramasdan yosh avlodning ma’naviy kamoloti uchun o`z mablag`ini ayamadi. O`tgan mustaqillik yillari bu borada keskin o`zgarishlar va salmoqli natijalarga erishish yillari bo`ldi deyishga asos bo`ladi. Muhimi, YAngi avlodni tarbiyalash, etuk kadrlarni shakllantirish u yoki bu tadbirlarni amalga oshirish shaklidagi ishlar orqali emas, balki puxta o`ylangan, ilmiy asoslantirilgan davlat siyosati shaklida amalga oshirilib kelinmoqda.
O`zbekiston Respublika Prezidenti I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 15 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlaganlridek, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo`lgan muhim vazifalar ko`lami keng bo`lib, ular qatoriga yoshlarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan huquqiy bazani qayta ko`rib chiqish va uni kuchaytirish, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan milliy dasturlar ijrosini yangi bosqichga ko`tarish va bunga javobgar bo`lgan idoralarning mas’uliyatini oshirish, yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o`rgatish va olgan bilimlarini hayotga tatbiq etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ish bilan ta’minlash vazifalarini kiritish mumkin.
Ta’kidlash joizki, ushbu vazifalarning amalga oshirilishida nafaqat davlat organlari, balki jamiyatimizning barcha ijtimoiy tuzilmalari faol ishtirok etishi kerak. Ayni paytda, bu vazifalarning joylarda amalga oshishi ko`p jihatdan mahalliy hokimiyat organlariga, ya’ni ijro hokimiyatining quyi organlari faoliyatiga, ularning mas’uliyati va malakali yondashuviga bog`liqdir.
Prezidentimiz Islom Karimovning farzandlarimiz bizdan ko`ra bilimli, kuchli, donno va albatta, baxtli bo`lishlari shart, degan so`zlarida O`zbekistonda yosh avlodni tarbiyalash borasidagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati o`z ifodasini topgan.
«YOshlar yili» Davlat dasturida yoshlarning manfaatlarini yanada to`laroq ta’minlash va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqits bazani takomillashtirish zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi islohotlarning hayotimizning boshqa sohalari bilan o`zaro chambarchas bog`lagan holda, tizimli, bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan strategiyasi belgilab olindi.
Unga asosan yoshlar huquqlarini himoya qilishning quyidagi ustuvor yo`nalishlarida islohotlar amalga oshirilmoqda: yoshlar huquqlarini himoya qilishni kafolatlovchi qonunchilik asoslarini yaratish va takomillashtirib borish; yoshlar huquqlarini himoya qilish bilan bog`liq zarur institutsional tuzilmalarni qo`llab-quvvatlash; yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularga ta’lim berish sifatini oshirish; yoshlarda sog`lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish tizimini yaratish; ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan voyaga etmaganlar va yoshlarga davlat tomonidan g`amxo`rlik ko`rsatish; voyaga etmaganlar o`rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish; yuarkamol avlodni tarbiyalash maqsadida zarur ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni vujudga keltirish.
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo`lgan umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo`lganlar esa 64 foizini tashkil etadi. SHu ma’noda aholimizning aksariyat qismini tashkil etadigan voyaga etmaganlar va yoshlarning huquqlarini himoya qilishga e’tiborni jalb etish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy-ahloqiy jihatdan etuk, jismonan sog`lom bo`lishi uchun doimo qayg`urishimiz, kurashmog`imiz zarur». SHu jihatdan ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga etkazish masalasi mamlakatimiz uchun umummilliy miqyosdagi vazifa bo`lib, bu ezgu maqsad yo`lidagi ishlarni izchil amalga oshirish davlat siyosatining asosini tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati, birinchidan, millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va e’tiqoiddan qat’i nazar yoshlar to`g`risida g`amxo`rlik qilish, ikkinchidan, yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish, uchinchidan, yoshlar tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, ularning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o`z manfaatlarini amalga oshirish yo`llarini erkin tanlab olishlariga kafolat berish, to`rtinchidan, jamiyatni rivojlantirishda, ayniqsa, respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi, beshinchidan, huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligi qoidalariga asoslanadi.
Keyingi yillarda yoshlarning manfaatlari va huquqlarini yanada to`liq ta’minlash yo`lida yangi qonunlar qabul qlinib, amalda qonun hujjatlari izchil takomillashtirilib borilayotgani diqqatga sazovordir.
«YOshlar yili» Davlat dasturi navqiron avlodga har tomonlama g`amxo`rlik ko`rsatish borasida amalga oshirilayotgan tom ma’nodagi tarixiy ishlarimizni davom ettirish va YAngi pog`onaga ko`tarishga, yoshlarimizning hozirgi kunda mavjud bo`lgan muammolariga davlat va jamoat tashkilotlari e’tiborini jalb etishga qaratilgan.
Ushbu Dasturda aks etgan maqsad va vazifalar zamirida yagona g`oya mujassamlangan. Bu g`oya Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, sog`lom zurriyot, ya’ni jismoniy va ma’naviy etuk avlodni shakllanishi va imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishi uchun zarur bo`lan tizimni yaratish, yoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularning zamonaviy bilim va kasbga ega bo`lishini, jamiyatimiz hayotida munosib o`rin egallashini ta’minlashdan iborat.
Ushbu sohada muhim qonun hujjatlari, ya’ni «Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida»gi Qonun qabul qlinib, 2008 yil 8 yanvaridan e’tiboran kuchga kirdi. Bola huquqlari sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yo`li Bilan bolalarni, shu jumladan etim bolalarni va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilishning amaldagi tizimi samaradorligini oshirish mazkur qonunning asosiy maqsadi hisoblanadi.
YAna bir muhim hujjat – Prezident tomonidan 2008 yilning 16 aprelida imzolangan «Voyaga etmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati Bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o`zgartirishlar kiritish haqida»gi Qonunda ko`rsatilganidek, voyaga etmaganlarning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishga, bolalar o`rtasidaga jinoyatchilikka qarshi kura shva bunday jinoyatchilikning oldini olish samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan mazkur qonun bilan amaldagi bir qancha qonun hujjatlari yanada takomillashtirildi.
SHuningdek, yoshlarning bilim olish huquqi, kasb malakasini oshirish, sport turlari Bilan shug`ullanish va boshqa bir qator huquq va erkinliklarini ta’minlashga hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tegishli qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar berildi.
Ayni paytda yurtimizda 950 mingdan ziyod yosh oila mavjud. SHu ma’noda, oila qonunchiligini izchil takomillashtirish ham dolzarb vazifalardandir. Bu yo`nalishdagi ishlar kelgusida yosh oilalarni huquqiy, moddiy va ma’naviy jihatdan har tomonlama qo`llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, buyuk ajdodlarimizning ko`p asrlik ma’naviy merosini, shuningdek, jahondagi rivojlangan mamlakatlarning intellektual yutuqlari va tajribasini uyg`un o`zlashtirish asosida tarbiyalangan yosh avlod, davlatimiz rahbari tomonidan ta’kidlanganidek, kuch-qudratimizning eng asosiy manbaidir.
YOshlarimizni o`zaro uyg`un milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, mustaqil fikrlay oladigan, zamonaviy bilimlarni egallagan, jamiyatimizda munosib o`rin topadigan mutaxassis qilib etishtirish endilikda davlat siyosatining ustuvor yo`nalishiga aylanib qoldi. YOshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir tegishli xuquqiy baza yaratildi. «YOshlar yili» Davlat dasturi qabul qilindi va u muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bu sohadagi dolzarb vazifalardan biri yoshlar kamol topishi, ularning ijodiy salohiyati yanada yuksalishi uchun qo`shimcha huquqiy, tashkiliy sharoit hamda kafolatlar berishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
4. Mustaqillik yillarida jamiyatning ma’naviy va oilaviy hayotini, yoshlar tarbiyasini yaxshilashda, yoshlar buzg`unchi g`oyalar ta’siridan saqlab qolishning yo`l-yo`riqlari va chora-tadbirlari.
Insoniyat tarixi – XXI asrga qadam qo`ydi. XX asr tarix bisotidan o`rin oldi. Mantiqan insoniyat o`tmishdan tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bo`lishiga yo`l qo`ymasligi kerak edi. Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchiligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bo`lib o`tdi. Ustiga-ustak, ayrim kuchlarning urinishlari natijasi o`laroq, xavf-xatarlar ro`yxati yangilari hisobiga yanada kengaydi. Demografik inqiroz, demokratiya eksporti, ma’naviy qashshoqlashuv, axborot urushlari, g`arbona turmush tarzini tiqishtirish kabi xavf-xatarlar shundoq ham bezovta dunyoning tashvishlarini ko`paytirdi. Odamzodning mavjud illatlarga qarshi kurashi qaysidir jihatdan afsonalarda tasvirlanadigan ko`p boshli ajdar bilan olishuvni eslatadi. Ajdarning bitta boshi tanasidan judo qilinishi zahoti, shu joydan ikki-usta bosh o`sib chiqishi bu mahluq bilan kurashish naqadar mashaqqatli ekanini ko`rsatadi.
Xavf-xatarlarga jiddiy razm soladigan bo`lsak, mustamlakachilik siyosati, birovlarni qaram qilish siyosati yangi asrda yo`qolmaganini, balki o`zining shaklu shamoyilini o`zgartirganini tushunib etamiz1. Darhaqiqat, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o`z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o`z manfaati yo`lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar»2.
Aslida, suverenitet davlat miqyosida oliy hokimiyatga egalikni, tashqi va ichki siyosatni olib borishdagi to`la mustaqillikni anglatadi. Aynan suverenitet muayyan davlat mustaqilligining birlamchi sharti va belgisidir. Bu esa suverenitetning qisman yoki cheklangan shaklda mavjud bo`la olmasligini anglatadi. CHunki suverenitet davlatning boshqa davlatlarga tobe bo`lmay, qaram bo`lmay yashashini, o`zga kuchlar tomonidan boshqarilmay, birovlarning irodasiga bo`ysunmay, mustaqil hayot kechirishini nazarda tutadi. Muhimi, davlat suverenitetining o`rnatilishi mamlakatlar o`rtasida tenglik qaror topishini shartlab qo`yadi hamda mutelik, o`zgalar hisobiga yashash, turli kamsitishlar, ortiqcha ta’zim-tavozega yo`l qo`ymaydi. Davlat suvereniteti mustamlakachilikning har qanday shaklini, uning kamsituvchi tabiatini, u taqozo etadigan zo`ravonliklarni inkor etadi3.
Garchi butun dunyo mamlakatlari o`rtasidagi teng huquqlilik jahon hamjamiyati taraqqiyotining tabiiy va zaruriy sharti hisoblansa-da, ayrim mulohazalar va xatti-harakatlarda hamon imperiyacha fikrlash ta’sirini, davlatlar suverenitetini emirish istagini ilg`ash qiyin emas.
Globallashuv jarayonlarini tahlil qilgan olimlar bu jarayonlarda davlatning rolini turlicha baholaydilar. Ayrim nazariyalarda globallashuv jarayonida davlatning roli tobora pasayib borishi uqtirilsa, boshqalarida uning o`rni va ahamiyati o`zgarmaydi, deb ta’kidlanadi. YAna bir guruh olimlar esa globallashuv sharoitida davlat bilan davlatlararo tashkilotlar o`rtasida siyosiy hokimiyat qayta taqsimlanib, davlat ularga o`z suverenitetining bir qismini beradi1, degan farazlarni ilgari surmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan e’tirof etilganidek, «O`zbekistonni olib borayotgan mustaqil siyosatdan qaytarish, kimgadir qaram qilish maqsadida chetdan turib ichki ishlarimizga aralashish, turli niqblar ostida bizga qarshi tazyiq va zo`ravonlik o`tkazish siyosatini mutlaqo qabul qilmaymiz»2.
Taassuf bilan tan olish kerak, diniy aqidaparastlik va terrorizm, «demokratiyani olg`a siljitish»ga urinishlar, axborot xurujlari, g`arbona turmush tarzini tiqishtirish, ma’naviy qashshoqlashtirish harakatlari, buyuk davlatchilik tafakkuri va imperiyacha fikrlash xurujlari davlatimiz suverenitetiga jiddiy xavf tug`dirmoqda. Ha, gegemoniya dunyo kabi ko`hna. Biroq bugungi kunda hududlarni harbiy kuch bilan zabt etish o`rniga jahonda etakchilik qilishning noan’anaviy usullari, ancha zamonaviylashtirilgan, birmuncha madaniylashtirilgan usullari keng urf bo`lmoqda. Dunyoga hukmronlik qilishning eng oson va qisqa yo`llarini izlayotgan kuchlar tinchlikni oliy ne’mat deb biladigan, saxiy zamini tabiiy boyliklarga to`la, xalqi soddadil va mehnatkash O`zbekistonni o`z ta’sir doirasiga olishga intilayotganligini payqamaslik mumkin emas. SHuning uchun ham mustaqillikni asrab-avaylash, himya qili shva mustahkamlash O`zbekistonda davlat siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan.
Davlatlar suverenitetini kemiruvchi xavf-xatarlarga yuzaki qarash, ularni tahdid manbai sifatida e’tirof etmaslik insoniyat boshiga yana ko`plab kulfatlar solishi muqarrar. SHu bois, bugungi kunda suverenitetimizga tahdid solayotgan bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor g`oyalarni fosh etish birlamchi vazifaga aylanadi.
Hozirgi voqelikda Milliy istiqlol g`oyasi va yot mafkuralar orasidagi munosabatlar mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush shakllarida kechmoqda. YOt mafkuralar mafkuraviy kurashlarning ming yillik uslublarini, shuningdek, zamonaviylashtirilgan uslublari: axborot maydonini egallab olish; mafkuraviy diversiya, siyosiy indoktrinatsiya, mafkuraviy infiltratsiya, dezorientatsiya, mafkuraviy qo`poruvchilik harakatlarini qo`llash orqali xalqimizda O`zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg`otishga, davlat siyosatini obro`sizlantirishga, odamlarning o`zini Vatan, millat himoyasidan chetga tortishga, loqaydlikka erishishga intiladilar. Bunda ular biror xususiy faktni umumlashtirish (ekstrapolyatsiya), yolg`onni haqiqatga o`xshatib tasvirlash, kichik muammodan katta yolg`on yasash, bir narsani takrorlayverish, tuyg`uni aqldan ustun qo`yish, tinglovchining shaxsiy manfaatni birinchi o`ringa qo`yib, (unga do`st bo`lib ko`rinish) «hasratlashish», hukumatlarni xalqlarga yomon ko`rsatish, millat dushmanlariga rahmdillik, hamfikrlik tuyg`ularini uyg`otish, masalan odamlarga tanish, qadrdon ma’lumotlarni ishlatib, (falon joyda falon voqea bo`ldi), deb rostga yolg`onni ulab yuborish uslublaridan mafkuraviy kurashda foydalanayapti.
Har qanday jamiyat bunday makkor tahdidlarni engishi uchun o`zida ogohlik, mafkuraviy xavfsizlik, to`kislik, jangovarlik, safarbarlik, umummilliy birlik kabi ijtimoiy sifatlarga ega bo`lishi kerak. Buning uchun milliy istiqlol mafkurasining yot mafkuralarga qarshi kurash uslublari, jumladan, buzg`unchi g`oyalar mohiyatini fosh qilishga qaratilgan targ`ibot, mafkuraviy monitoring va tahdidlar mohiyatini xalqimiz ongi va qalbiga etkazish, jaholatga qarshi ma’rifat tarqatish uslublaridan doimo va hamma joyda foydalanish taqozo qilinadi.
XXI asr boshida mafkuraviy kurashlarning SHo`ro davrida ko`rilmagan, yangi tahdidlar bilan va ilmiy-texnologik asosga qurilgan targ`ibotlar kurashi davri, deb ham tavsiflash mumkin. CHunki SHo`ro davrida qo`llanilgan targ`ibot-tashviqot, mafkuraviy kurash usullari hozir ishlamaydi. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor» ko`rinsa-da, yoki «ommabop» bo`lsa-da, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir emas. CHunki ularning targ`iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g`oya, maqsadning shakli o`zgargan. Masalan, ana shunday g`oyalardan biri «xalifalik davlatini tuzish» g`oyasidir. Bu g`oyaning mazmun va mohiyat jihatdan zararli ekanligini chuqur anglash zarur.
Xalifa so`zining lug`aviy ma’nosi, o`rinbosar, terminologik ma’nosi musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig`i deb tushuniladi. Xalifalik davlati mutloq monarxiya tipidagi davlat bo`lib, davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatini boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan belgilanadi. «Hizbut-tahrir» da’vo qilgan xalifalik davlati esa «Islom Nizomi» nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan boshqariladi. Vaholanki, Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v.) dan rivoyat qilingan ushbu Hadisi sharifda aniq aytilgan: «Xalifalik mendan so`ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik bo`ladi».
Bu harakatlar mohiyati haqida Prezident Islom Karimov «Insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo`lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki, buzg`unchi kuch, hatto, fanatizm (o`ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko`rsatuvchi misollar ko`p. Aynan fanatizm illatiga yo`liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to`lqinini keltirib chiqarishga qodir bo`ladilar»1 deya alohida ta’kidlaydi.
SHuningdek, O`zbekistonning Markaziy Osiyodagi o`rnini hisobga olib, ular diniy oqimlar O`zbekistonda rivojlantirilsa, buning ta’siri tezda Markaziy Osiyoga yoyilishiga umid qiladilar. CHunki diniy allomalari ayni Movarounnahrdan chiqqanligi bu o`lka xalqi milliy xarakteri, ma’naviyatining shakllanishiga sezilarli hissasini qo`shganligini biladilar. SHu asosda ular diniy niqob ostida yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirib, ularga davlatimizning demokratik siyosati tamoyillarini qoralab, davlat va xalq o`rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga umid qiladilar. SHu sababli Hizbut tahrir dastlab yoshlarda soxta islomiy fikrlarga ishonchni oshirishni o`zining asosiy vazifasi deb bildi. Buni ular saqofiy (tushunchaga oid) amallar, ya’ni siyosiy amal-tadbirlaridan eng muhimi, deb hisobladi. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirish, engish va o`zlarining soxta g`oyalarini singdirishni birinchi vazifa qilib oldilar.
SH.SHaropovning «Haqiqat yo`li» mavzusidagi Turkiston gazetasining 2003 yil 13-martida chop etilgan maqolasida soxta g`oya ta’siriga tushgan bir yoshning xati keltiriladi, jumladan unda shunday deyiladi: «Men turli aldovlarga uchib, «Hizbut Tahrir»dek manfur oqimning qora girdobiga tushib qolganman. Dinni o`rganishga bo`lgan qiziqishim va bu yo`lda kabih niyatli «soxta mulla»lar da’vatiga ko`r-ko`rona ergashganim tufayli, oxir-oqibatda xiyonatkor kimsaga aylandim. Nadomatlar bo`lsinkim, biz yoshlar Ollohning buyuk ne’mati bo`lgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga etmadik. Maktubimni yo`llashimdan maqsad, hali-hanuz yoshlarni yo`ldan urayotgan kimsalarning qora qilmishidan tengdoshlarimni ogoh etishdir. Mening qismatim g`aflatda qolgan tengdoshlarimga saboq bo`lsa, ajab emas.
1999 yilning oxirlarida Laziz meni Saidkarim degan bolaning uyiga taklif qildi. U erda Saidkarim besh-olti nafar bolaga «Islom nizomi» degan kitobdan dars o`tar edi. O`sha kungi dars so`ngida u: «Mana shu bolalar ham qasam ichib, «Hizbut Tahrir»ga a’zo bo`ldi, sening o`rtog`ing ham a’zo. Sen ham a’zo bo`lgin», dedi. Hali ilmim yo`qligini tushuntirsam, ilmni keyin olaverishim, qasam ichib, «Hizbut Tahrir»ga qancha erta a’zo bo`lsam, savobi shuncha ko`p bo`lishi, hozir esa go`yoki savobsiz yurganligim, ilmni ishlatganim bilan savobim yo`qligi kabi gaplar bilan boshimni qanday qilib aylantirib qo`yganligini sezmabman. SHundan so`ng haftada bir marta darslarga qatnaydigan bo`ldim... Hozir o`ylab qarasam, qaysi bir kimsa yozgan «Islom nizomi» kitobini Qur’on bilan tenglashtirar ekanmiz.
«Hizbut Tahrir»ga asosan maktabda yaxshi o`qimagan, tarbiyasi bo`sh oilalarning farzandlarini da’vat qilardik. CHunki ularni boshqarish juda oson. Ilmli odam «Hizbut Tahrirchilarning faoliyati jinoyat ekanligini tushunadi. Ilmi yo`qlar esa o`zlari qilayotgan da’vatlarining mazmunini ham anglab etmasdi. YAna qanday qilib bozorlarda, aholi ko`p bo`lgan joylarda g`avg`o chiqarish, fitna uyushtirish kerakligi haqida ham aytib berilar edi. Bu ishlar odamlarda davlat tuzumiga nisbatan norozilik tug`ilib, bizga ko`proq qo`shiladi, «Hizbut Tahrir» kuchayadi, degan maqsadda qilinar edi.
...Jamoat transportida aholini davlat tuzumiga nisbatan norozilik keltirib chiqarish uchun «ochiq da’vat»lar qildik. Endi o`ylab ko`rsam, «Hizbut Tahrir» boshliqlari yuragimizga qo`rquv solib, jinoyatga undagan ekan. Ilmsizligim meni ana shu yo`lga boshladi...» deydi bu haqda nomini aytmaslikni so`ragan, hidoyat yo`liga qaytgan yoshlardan biri.
Odamlarni u yoki bu maqsadga yo`naltirish, tarbiyalash ikki tomonlama jarayon. Bunda targ`ibot sub’ektlari (targ`ibotchilar, TV, radio, matbuot) va targ`ibot ob’ektlari (shaxs, aholi) ishtirok etadi. Targ`ibot va tashviqotning samaradorligi xalq, jamoa siyosiy ongida targ`ibotgacha va targ`ibotdan keyingi darajalar orasidagi farqda bilinadi. Jamoa mafkurasidagi o`zgarishlar ilmiy yutuqlarga asoslangan holda olib borish, targ`ibot va tashviqot samarasini, yutuq va kamchiliklarini aniqlash va takomillashtirish mumkin bo`ladi.
Mafkuraviy tarbiya samaradorligi eng avvalo jamiyatni mafkuraviy tarbiyalashdan natija qanday bo`lishi kerak ekanligini aniq belgilanishiga bog`liq.
XXI asrda ham g`oyaviy tortishuvlar to`xtamayapti. SHu bois xalqimizning ertangi mafkuraviy birligini ta’minlash g`oyaviy tarbiyaning izchil, doimiy asosga qo`yilishini taqozo etdi.
Prezident I.A.Karimov mafkura jabhasiga oid muhim fikrlarni bildirib, quyidagilarni aytdi. Jumladan, «Mintaqamizda «Hizbut tahrir» kabi ekstremistik, ayirmachilik tashkiloti faoliyati tobora xavfli tus olmoqda. U konstitutsiyaviy dunyoviy davlat tuzumiga qarshi chiqib, o`rta asrlardagi islom halifaligini tuzish to`g`risidagi bo`lmag`ur g`oyani targ`ib qilmoqda... Lekin, taassuf bilan tan olish kerakki, bu yovuz kuchga qarshi kurashdagi harakatlarimizda hamjihatlik va izchillik ko`zga tashlanmayapti...»1.
Milliy mafkuraviy immunitet har bir yigit-qiz, fuqarodagi mustaqillikning siyosiy mohiyati, Prezident Islom Karimov asarlarida ko`tarilgan siyosiy g`oyalar, islohotlar yutuqlari va muammolari, ichki va tashqi siyosatga doir chuqur bilimlarga tayanadi. Har bir kishi, yoki jamoa, jamiyat mafkuraviy immunitetini besh darajaga bo`lib o`rganish, baholash va shu asosda takomillashtirish mumkin: Bunda:
- birinchi, ya’ni mafkuraviy immunitetning quyi darajasi - shaxs, jamoa, jamiyat yuqoridagi bilimlardan xabardor emas; buzg`unchi mafkuraviy g`oyalarga befarq, loqayd;
- ikkinchi darajasi - bilimlar bor, lekin ular his qilinmagan, sistemalashmagan, shu sababli ularni buzg`unchi mafkuraviy g`oyalarga qarshi ishlatishga tayyor emas;
- uchinchi darajasi - mafkuraviy bilimlarga ega, lekin ular nazariy, shaxs, jamiyat ularni qo`llashga qiynaladi;
- to`rtinchi darajasi - asosli bilimlarga ega, vaziyatni to`g`ri baholay oladi; ichki va tashqi siyosiy, mafkuraviy ta’sirlarga qarshi immuniteti shakllangan va uni ongli ravishda ishlatadi;
- beshinchisi - oliy daraja - mukammal g`oyaviy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarga ega va bu bilimlarni bemalol amalda qo`llab, buzg`unchi mafkuraviy, siyosiy g`oyalarni doimo, hamma joyda faol fosh qila oladi.
Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, keyingi yillarda ayrim yoshlarda millatga, Vatanga foyda keltirishni o`ylash, mustaqillikni mustahkamlashda foydali inson bo`lib etishish hissi maxsus, ilmiy asosda shakllantirilmaganligi tufayli shaxsiy manfaatni o`ylash, engil yo`llar bilan to`kis xayotga intilish hissi namoyon bo`lmoqda. SHu bilan birga ayrim fuqarolar orasida ma’naviy cheklanganlik, dunyoqarashning torligi, milliy odob me’yorlariga rioya qilmaslik, so`z va ish orasidagi tafovut, milliy g`ururning sustligi kabi noxush ko`rinishlar uchrab turadiki, ularni birgalashib bartaraf qilish lozim.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki:
Diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar eng avvalo yoshlarning ayrim qismining g`oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. YOt mafkura va buzg`unchi ta’sirlar bilan kurash mafkuraviy tarbiyada loqaydlik, befarqlik kayfiyatining har qanday ko`rinishlariga murosasizlikni taqozo qiladi.
Qarshi targ`ibot samaradorligining zaruriy tamoyillaridan biri - uning tezkorligida bo`lib, unda muayyan mintaqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy o`quv yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin bo`lgan mafkuraviy imkoniyatlarini hisobga olish ko`zda tutiladi.
SHaxsning mamlakat ichkarisida va tashqarisida sodir bo`layotgan voqealarni mustaqil tahlil qila olishi, mafkuraviy immunitetni mustahkamlaydi.
CHunki mafkuraviy tahdid o`zining mazmuni, tamoyillari, uslublari va shakllariga ko`ra murakkab hodisadir. Unga: Mustaqil O`zbekistonning hayotiy yutuqlarini dalil-isbotsiz ataylab qoralash, mustaqillikka erishgan mamlakatlarning hammasida bor bo`lgan umumiy muammolarni «faqat O`zbekistonda bor» deb talqin qilish, erishilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yutuqlari mohiyatini, hukumatimizning tashqi va ichki siyosatini soxtalashtirish, buzib ko`rsatish; ayrim mamlakatlar turmush tarzi, siyosiy tizimini bir yoqlama ko`kka ko`tarish; milliy g`oyalarimizni obro`sizlantirish; ko`p millatli O`zbekistonda aholi o`rtasida ijtimoiy hamkorlikni buzishga qaratilgan kayfiyatlarni tarqatish va nizolar keltirib chiqarishga urinish; odamlarning diniy tuyg`ularini junbushga keltirish, diniy yovqarashni paydo qilish kabi yo`nalishlar xosdir.
YOt mafkuralar targ`ibotining «mehribonligi», «xolisligi» va «betarafligi», «yoqimliligi», «do`stonaligi»ning ortida nima yotganini doimo bilishlari lozim. YA’ni ularning zamirida O`zbekistonning rivojlanib ketishiga qarab muntazam taktikasini o`zgartirib turuvchi jonsarak aqidaparastlik targ`iboti natijasi va amaliyoti yotganini, ularning an’anaviy fundamentalistik nazariya va g`oyalarni zamonaviy usullarda «jonlantirayotganini» tushunish zarur.
SHu bilan birga ayrim yoshlar har xil yot g`oyalarni xolis axborot manbai sifatida qabul qilayotganliklarini ham ta’kidlash kerak. YOt mafkuralarni ko`r-ko`rona qabul qilish zararli.
Jahonning demokratik mamlakatlari tajribasida mafkuraviy tarbiyaning boy imkoniyatlari, turli namunalari to`plangan. YOsh avlodni, butun jamiyatni o`z davlati, mamlakatining mafkurasi ruhida tarbiyalash – sotsiologik, pedagogik, psixologik muammo sifatida faol o`rganilib, tezkor zamonaviylashtirilib kelinmoqda. O`tgan asrning 60-70 yillari G`arbiy Evropa va AQSHda mafkurasizlashuvga, ya’ni ijtimoiy hayotni mafkuradan xoli etishga urindilar. Lekin bu yo`l o`zini oqlamadi. CHunki tarbiyadagi mafkuraviy bo`shliq o`z asoratlarini ko`rsata boshladi. Bu haqda nufuzli nemis nashrlarida: «Hozirgi yoshlarimiz o`rtasida loqaydlik, ruhsizlik, befarqlik, anglanmagan norozilik, beqarorlik kayfiyatlari tarzida namoyon bo`layotgan «yoshlar madaniyati» deb ataluvchi xatti-harakatlar kuchaymoqda. Bu – yoshlarning o`z ajdodlari ijtimoiy va madaniy qadriyatlaridan begonalashayotganliklarining belgilaridir», - degan tashvishli fikrlar bildirila boshlandi. Natijada «mafkuraviy yangilanish», «qayta mafkuraviylashuv»ga kuchli zarurat tug`ildi va mafkurasizlik xatosini tuzatishga kirishildi. SHu tariqa, G`arbiy Evropa va AQSHning pozitivistik pedagogikasi ijtimoiy qadriyatlarga e’tiborni, mafkuraviy tarbiyani o`z ichiga oluvchi «maktabda o`quvchilarni siyosiy indoktrinatsiyalashni amalga oshirish» kontseptsiyasini ishlab chiqib, amalga oshira boshladi.
AQSHda mafkuraviy tarbiya, ya’ni «siyosiy ijtimoiylashuv» kontseptsiyasining maqsadi yoshlarni amerikalashtirishdir. Bu – ularga o`z Vatani - AQSH siyosiy sistemasi va ma’naviyatini mukammal singdirish, e’tiqodiga aylantirishning ilmiy-pedagogik sistemasidir. Mafkuraviy tarbiyani amalga oshirish uchun adaptatsiya kurslari, turli o`yinlar orqali o`quvchilar amerika jamiyatining bo`lajak «namunaviy fuqarolari» sifatidagi axloqiy, mafkuraviy vazifalarini, burchlarini ado etishga amaliy tayyorlanadilar. YOshlar jamiyatlari, uyushmalari, «ochiq eshikli uylar», kasbiy klublar ham mazkur maqsadga xizmat qiladi. YOshlarni mafkuraviy tarbiyalashning o`sha yillardagi asosiy vazifasi - ularni kommunistik mafkuraga qarshi g`oyaviy qurollantirish edi.
Amerika maktablarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish - o`z milliy manfaatlarini himoya qiluvchi vosita sifatida qaraladi. Buni tushunsa bo`ladi, zero, bugungi yosh avlodning g`oyaviy, mafkuraviy birligi - ertaga Amerika xalqining g`oyaviy, mafkuraviy birligini anglatadi-da! SHu sababli AQSHning «Millat» («The Nation») jurnali «Agar ijtimoiy fan o`qituvchisi maktab sinfidan o`zining liberal qarashlarini bildiradigan joy sifatida foydalana boshlar ekan, u tez orada ishsizga aylanadi», - deya ogohlantiradi.
O`zbekiston, Rossiya, AQSH, Hindistonda bo`lib o`tgan voqealar diniy ekstremizm va terrorizmning nihoyatda xavfli kuch ekanligini va unga qarshi izchil kurashish lozimligini ko`rsatdi.
Tayanch so`z va iboralar: jamoatchilik, oila, er, xotin, farzand, ilm, ma’rifat, tarbiya, ahloq, din, munosabat, qadriyat, e’tiqod, o`git, mustaqillik, bola tarbiyasi, islomiy aqidalar, burch, shariat, hadis, Qur’on, diniy bag`rikenglik, Olloh, musulmonchilik, an’ana, rasm-rusum, muhit, mehr-muhabbat, samimiylik, tushuntirish, buzg`unchi g`oyalar, diniy ekstremizm, hizbut tahrir, xavf-xatar, chora-tadbir, oldini olish, davlat siyosati, yoshlar tarbiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |