O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
« MILLIY G`OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI» KAFEDRASI
Ro`yxatga olindi:
№ __BID.5111600.3.30
«_30__»____08____2018 yil
|
«TASDIQLAYMAN»
O`quv ishlari bo`yicha prorektor
__________ dots.S.U.Xodjaniyazov
« _30__» ___avgust_____ 2018 yil
|
«Oila ma’naviyati» fani bo`yicha
M A J M U A.
Ta’lim yo‘nalishi: 5111600 “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq
ta’limi” talabalari uchun
Urganch-2018
“Oila ma’naviyati” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua
Urganch Davlat Universiteti 2018 yil 30-avgust bayoni bilan tastiqlangan.
“Oila ma’naviyati” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua
Urganch Davlat Universiteti 2018 yil buyruq bilan tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» kafedrasining avgust 2018 -yildagi yig`ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Tuzuvchi: t.f.n., dots. M.Matyoqubova.
Taqrizchilar: t.f.n., dots. O. Abdullayev.
Kafedra mudiri: t.f.n., dots. M.Matyoqubova.
Fakultet ilmiy kengashi raisi: t.f.n. Shihov O.
O`QUV – USLUBIY MAJMUA
M U N D A R I J A S I
1
|
Fanning o’quv dasturi. (namunaviy va ishchi dastur.)
|
|
2
|
Har bir mavzu uchun o’quv metodik material. (xorijiy materiallar)
|
|
3
|
Glossariy. (o’zbek,rus va ingiliz tilida)
|
|
4
|
Fan bo’yicha xorijiy adabiyotlar.(elektron shaklda)
|
|
5
|
Har bir mavzu uchun taqdimotlar. (elektron shakida)
|
|
6
|
Qo’shimcha o’quv va ilmiy material (maqolalar) (elektron shaklda)
|
|
7
|
Mavzuni o’zlashtirilishi uchun qo’shimcha videoroliklar,keys-stadilar va hokazo materillar (elektron shaklda)
|
|
KIRISH
1.1.Fanni o‘qitish maqsadi va vazifalari.
Oila ma’naviyati kursining asosiy maqsadi oilaning jamiyat hayotida va shaxs tarbiyasidagi o‘rnini ochib berishdir. Ushbu fan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, fidoyilik va shu bilan birga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishda oilaning o‘rni benihoya katta ekanligini tushuntirishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. Dasturda oila jamiyatning ajralmas bo‘lagi ekanligi, oiladagi sog‘lom ma’naviy muhit voyaga etib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida ahamiyati muhim ekanligi, oiladagi ma’naviy muhitni yanada yuksaltirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlardan, din va diniy qadriyatlar, ma’naviy merosimizdan, milliy urf-odatlarimiz foydalanishning samarasi katta ekanligi ochib berilgan.
Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi. Oila ma’naviyati fani Falsafa, Etika, Estetika, Din tarixi, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Pedagogika va boshqa fanlar bilan bog‘liqdir. Talaba o‘rta va o‘rta maxsus ta’limda shu fanga tegishli kurslarni o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Ushbu fanni o‘qitish pedagogik texnologiyaning aqliy hujum, klaster va boshqa usullaridan, shuningdek metodik qo‘llanma-ko‘rgazmali qurollardan foydalanish dasturiy o‘qitish, test so‘r ovlari, texnik vositalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Fan bo‘yicha bilimi va malaka va ko‘nikmaga quyiladigan talablar
Bu fan bo‘yicha talabalar bilim, malaka ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat: talabalar shaxs kamolotida oiladagi ma’naviy muhitning ahamiyati katta ekanligini bilib olishi; Xalqimiz tarixida oiladagi ta’lim tarbiyadagi ko‘zlangan maqsad etuk inson ekanligini anglashi: Oiladagi ma’naviy muhitni yanada yuksaltirishda urf-odatlarimiz, ma’naviy merosimiz va islom dini roli katta bo‘lib kelganligini bilib olishi; Oiladagi ma’naviy muhitni yuksaltirishda oiladagi ruhiy muhitning ta’siri katta ekanligini bilishi va uni turmushda qo‘llay olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |