Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi


-Mavzu. O`quvchi-yoshlarda tolerantlik madaniyatini shakllantirish



Download 8,65 Mb.
bet177/306
Sana03.01.2022
Hajmi8,65 Mb.
#314824
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   306
Bog'liq
PKA majmua MAGISTR

40-Mavzu. O`quvchi-yoshlarda tolerantlik madaniyatini shakllantirish


  1. Uzluksiz ta`lim tizimida o`quvchi-yoshlarda tolerantlik madaniyatini shakllantirishning konseptual-metodologik masalalari.

  2. O`quvchi-yoshlarda tolerantlik madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik o`ziga xosliklari.

Uzluksiz ta`lim tizimida o`quvchi-yoshlarda tolerantlik madaniyatini shakllantirishning konseptual-metodologik masalalari.

O‘zbek xalqining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri tolerantlik (bag‘rikenglik, sabr-toqatlilik) xususiyatlaridir.

Tolerantlik terminiga (lotincha tolerantia-chidam, sabrlilik, toqatlilik) ingliz olimi P. Modevar «nimagadir toqat qilish», «kimgadir yoki nimagadir nisbatan sabrli bo‘lish» deb ta’rif beradi.

Qayd qilish kerakki, akademik Z. Rtveladze kushonlar davri tarixiga to‘xtalib, bu davrda turli xil diniy e’tiqodlar va qavmlar vakillari, tinch-totuv, ahillikda yashagani, tolerantlik (sabr-toqatlilik) hodisasini Sharqda juda qadimdan mavjudligini, Markaziy Osiyo jamiyati hozir ham o‘zining bu xususiyatini o‘zgartirmasdan saqlab qola bilganligini ta’kidlar ekan, bu hodisaning siyosiy raqiblari fikrlariga xayrixohlik, tushunish va sabr-toqat bilan munosabatda bo‘lish ildizlari va omillari haqida fikr yuritadi. Mazkur ilmiy tahlil ko‘lamining teran va asosli ekanligini tan olgan holda qayd etish zarurki, tolerantlik hodisasi mohiyat e’tiboriga ko‘ra faqat «moslashuvchanlik» ning o‘zigina emas. Tolerantlik ko‘p qirrali va murakkab hodisa. Ayni cho g‘da u ijtimoiy munosabatlar hodisasi sifatida jamiyatning muayyan madaniy tarixiy holatiga muvofiqdir. Jamiyat obrazining timsoli o‘laroq, u shu jamiyatga xos mentalitet, insoniy mehr-muhabbat, hurmat, oqibat, bag‘rikenglik darajasini o‘zida aks ettiradi.

Abu Rayhon Beruniy nuqtai nazariga ko‘ra, tolerantlikning vujudga kelishi ijtimoiy munosabatlar, kishilarning yashash tarzi moddiy ehtiyojlari, qiziqishlari, manfaatlari, talablari va maqsadlari bilan uzviy bog‘langan. Masalan: kishilar o‘rtasida hamkorlik, odamlarning o‘zaro birlashishi ehtiyojlaridan hamda tashqi xavf, xurujlaridan birgalikda xalos bo‘lish zarurati tufayli vujudga kelgan. Shuningdek, Beruniy sabr-toqat va bag‘rikenglik tushunchalari xalqlarning yashovchanligini ta’minlashda tarixiy ahamiyat kasb etganligini alohida qayd etadi.

Sharqning mashhur faylasufi Abu Nasr Forobiy shunday yozadi: «Ba’zilar odamlar o‘rtasida tabiiy yoki ixtiyoriy bog‘lanishlar yo‘q, har bir odam o‘z manfaati uchun boshqalarning manfaatiga zarar etkazishi, biri boshqasiga begona bo‘lishi zarur, mabodo ular birlashsalar ham zaruriyat tufayli birlashadilar, o‘zaro murosaga kelishsalar ham faqat biri g‘olib chiqib, boshqalari mag‘lub bo‘lganda murosaga keladilar deb o‘ylaydilar. Bunda ular tashqaridan ta’sir etuvchi bir kuch tazyiqida o‘zaro kelishuvga majbur bo‘ladilar, agar ana shu kuch yo‘qolsa, yana begonalashuv paydo bo‘ladi va tarqalib ketadilar. Insoniyatga xos hayvoniy aqidalardan biri mana shu noto‘g‘ri tasavvur va aldamchi aqidalardir».

Forobiyning bu fikrlaridan ko‘rinib turibdiki, u insonlarni majburan emas, balki ixtiyoriy ravishda, birlashib hamkorlikda yashashlari zarurligini, ana shunda o‘zaro nizolar tugashini uqtiradi. Yoki yana: «Ba’zilar o‘ylashicha, odamlar orasidagi bog‘lanish robitalari shu odamlarning xulq-atvori, tabiati, fe’li va tilining umumiyligigagina asoslanadi. Har bir xalq o‘ziga xos bo‘lgan mana shunday xususiyatlarga ega.

Ba’zilar o‘ylashicha, odamlarning o‘zaro bog‘liqligi, o‘ylari, umuman yashash joylarining umumiyligiga asoslanadi».

Bu bilan Farobiy insonlarning bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli, sabr-toqatli bo‘lishining etnoregional, geopolitik ildizlari ustida fikrlash zaruratini ta’kidlaydi.

Jamoa, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning alohida jihatlariga e’tibor qiladigan bo‘lsak, bu xususda turli-tuman o‘ziga xoslik va silsila yasovchi nuqtai nazarlar mavjudligiga guvoh bo‘lamiz. Ularni Farobiy haqli ravishda quyidagi guruhlarga ajratadi:

-kishilar o‘rtasida bag‘rikenglik, sabr-toqatlilik fazilatlari, qarindoshlik yoki qon yaqinligi tufayli namoyon bo‘ladi va bunday yaqin hamjihatlik mustahkam turmush hamohangligi va yakdilligini yuzaga keltiradi;

-kishilarning o‘zaro bog‘liqligi zamirida muayyan qabila-urug‘larga tegishlilik yotadi, bu esa katta miqdordagi kishilar guruhi o‘rtasida fikr yakdilligini tashkil etishi mumkin;

-kishilar islom aqidalariga muhim talab-iymondan keyin yoziluvchi iymondan qadr-qimmati past bo‘lmagan lafzni o‘rtaga qo‘yishib, ahd, qasam asosidagi o‘zaro ittifoq negizida bir-birlari bilan bog‘lanadilar. Bu bog‘lanish o‘zaro sabr va bag‘rikenglik fazilatlariga yo‘l ochadi.

-kishilar o‘rtasidagi o‘zaro yaqin aloqalar, o‘zaro sabr-toqat, an’analar, fe’l-atvor birligi, saviyalar tengligi, didlar o‘xshashligi, xarakter yaqinligi hamda tilning umumiyligi tufayli ham yuzaga keladi.

-kishilarni o‘zaro bog‘lovchi yana bir muhim vosita ularning tug‘ilib o‘sgan yurtlari, yashash joylarining umumiyligi hodisasidir. Xavf umumiy bo‘lganda, hamyurtlik hodisasi uni bartaraf etish uchun yakdillikni ta’minlaydi va muhim ijtimoiy-ma’rifiy omil sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Tolerantlik xususiyatini o‘rganishda milliy an’analar milliy qadriyatlarga va milliy madaniyatga e’tibor berish lozim. Chunki tolerantlik xususiyati ham o‘zbek xalqining milliy qadriyatlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbek milliy qadriyatlari negizini ifodalovchi o‘zbek xalqining qator fazilatlari turkumi borki, ular tolerantlikning namoyon bo‘lish omili hisoblanadi. Masalan: hayo, ibo, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehnatsevarlik, ota-onani ulug‘lash, o‘z manfaatini ustun qo‘ymaslik, o‘zgalar harakatiga toqat kabi fazilatlar orqali tolerantlik kafolatlangandir.

Ammo tolerantlik o‘z millatining boshqalar tomonidan kamsitilishiga yo‘l qo‘yish degani emas. Bu tuyg‘u kishilarni shunchaki olijanob qilib qo‘ymaydi, balki uning xulq-atvorini, axloqini, siyosiy va ma’naviy pokligini, burchga, o‘z xalqiga va muqaddas narsalarga bo‘lgan munosabatini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Bular insonda bag‘rikenglik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Odamshavandalik, oriyat, halollik, kamtarlik fazilatlarini mustahkamlaydi. O‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usini rivojlantirgan kishi esa odatda o‘zgalarga xayrixoh, sezgir, mehribon bo‘ladi.


Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish