Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi


-Mavzu. O`quvchi-yoshlarda qadriyatlar tizimini shakllantirish



Download 8,65 Mb.
bet179/306
Sana03.01.2022
Hajmi8,65 Mb.
#314824
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   306
Bog'liq
PKA majmua MAGISTR

41-Mavzu. O`quvchi-yoshlarda qadriyatlar tizimini shakllantirish


  1. O`quvchi-yoshlarda tolerantlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasi.

  1. O`quvchi-yoshlarda tolerantlik madaniyatini shakllantirishning axboriy-metodik ta`minoti.

Insoniyatning aql salohiyati rivojlanishi sari uning ehtiyojlari ham o‘sib bormoqda. U bugun kechagiga qaraganda, ertaga esa undan-da, ko‘proq yaxshi yashashga, moddiy-ma’naviy barkamollikka erishishga va farovon hayot kechirishga intilmoqda. Aslida bu insoniyat taraqqiyotining mazmuni, uning hayot kechirish qonuniyati va falsafasi xisoblanadi.

Insoniyatning ijtimoiy muhitda yashashida ong-milliy ong darajasiga ko‘tarilib borar ekan, u o‘zida muayyan bir ijtimoiy mohiyatni namoyon etadi. SHuning uchun “odam” va “inson” tushunchalarida umumiylik bilan birga, xsusiylik xususiyatlari ham mavjudligini xisobga olish kerak. Odam biosotsial mavjudod tarzida, ma’lum bir vaziyatlarda hayvonlardagi kabi ikki nafs orasi sifatida o‘zini namoyon etadi. Bunday holatda tolerantlikda ham qarama-qarshiliklar xosil bo‘lib, u nafs balosiga uchrab, noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketishi mumkin. Lekin odamda ijtimoiy mohiyat birinchi o‘ringa chiqsa, u o‘z nafslarini chegaralash qobiliyatiga ega bo‘ladi va sotsiabiologik mavjudod sifatida insonga aylanadi. Demak, odamning insonga aylanishi uchun oliy bir ibtido yoki oliy bir ijtimoiy maqsadga komil ishonch, ma’naviy tayanch zarur. Ishonch orqali u o‘z-o‘zini nazorat qilib, shu jarayonda ma’naviy pok, axloqiy barkamol, bag‘ri keng, insof-diyonatli, vijdon-saxovatli, muruvvatli kabi tolerantlik sifatlariga ega bo‘lib boradi. Bularning asosida, milliy ong bilan bir qatorda, ichki-ishonch ahdnomasi, idealli (namunasi)gavdalanib, ajdodlarning pand-nasixatlariga, o‘git-da’vatlariga tajribalariga suyangan holda, faoliyat ko‘rsatadi. Bunday xollarda chin insoniy tolerantligi yoki g‘ayriinsoniy unsurlar ifodalanishida mafkura xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Natijada o‘zi xaqida fikr yuritish, ruhida kechayotgan jarayonlarni, xatti-harkatlarini, tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, o‘zini o‘zgalardan ajrata bilish, o‘ziga munosabat, imkoniyatlarini baholash, bilish va tartibga solishdek unsurlarni ajratish mumkin. Bu unsurlar o‘z-o‘zini anglashning sohibiga-sub’ektiga ko‘ra farqlanuvchi muayyan shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatga xosdir. Inson o‘zini anglashi natijasida alohida organizm, oila, ijtimoiy guruh, milliy madaniyatga mansubligini biladi va shularga xos ish yurita boshlaydi. Natijada, milliy o‘zlikni anglash, O‘zbekona tolerantlik xususiyatlari shakllanib boradi. Milliy madaniyat va milliy o‘zlikni anglash millat ma’naviy olamining qo‘sh qanoti bo‘lib, milliy o‘zlikni anglash iqtisodiy, xuquqiy, axloqiy, estetik (nafosat) kabi munosabatlar mustaqil davlat, til va madaniyat asosida inson ongida o‘z ifodasini topadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, milliy g‘urur, iftixor xislari qayta rivojlanib, milliy o‘zlikni anglash borasida o‘zbek tolerantligining turli yo‘nalishlari shakllanishining nazariy-metodologik asoslari, tayanch manbalari yuzaga keladi. Ular quyidagi holatlarda namoyon bo‘lmoqda:

a) Individlarda-shaxsga aylanib o‘zbek xalqi va boshqa xalqlar namoyondalarining o‘z tarixi va madaniy merosini o‘rganishga qiziqishda;

b) O‘z milliy tili va ijtimoiy vazifalarini kengaytirishdan manfaatdorlikda;

v) O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun ko‘rsatadigan jonbozligida;

g) Milliy birlik va totuvlik-tolerantlik-bag‘ri kenglik zarurligini tushunib, shu asosda faoliyat ko‘rsatishda;

d) Bozor iqtisodi munosabatlariga to‘la o‘tib, iqtisodiy bo‘hronlardan chiqib olish uchun ko‘rsatayotgan fidoyilikda;

e) Milliy madaniyatga nisbatan loqaydlikka barham berish zarurligini anglashda.

yo) Mamlakatda yashayotgan boshqa millat namoyondalari bilan samimiy, beg‘araz qardoshlik aloqalarini barqaror etish uchun hamkorlikda o‘z ifodasini topmoqda.

Milliy o‘zlikni anglash, milliy ong milliy qalandimog‘likni inkor etadi va ijobiy yo‘nalishdagi tolerantlik xususiyatlarini shakllantiradi. Natijada, milliy ong va milliy o‘zlikni anglash jarayoni rivojlanib, insonlar orasida bir-biriga hurmat-extirom kabi tolerantlik xususiyatlari o‘sib, odamlar ayrim kusurlardan xoli bo‘lib boradilar.

Ijtimoiy muhit ta’sirida rivojlangan, tushungan inson tomonidan bo‘layotgan voqelikni tushunib etish miyaning shunday funksiyasiga aylanadiki, uning mohiyati tashqi dunyoni to‘g‘ri, umumlashgan, maqsadga yo‘naltirilgan va ijodiy o‘zgartirilgan shaklda aks ettiriladi. SHular bilan bir qatorda, ong ilgarigi tajriba yordamida to‘plangan taasurotlarni o‘zaro bog‘laydi, o‘zini atrof-muhitdan ajratib, ob’ektga (hodisa yoki insonlarga) sub’ekt sifatida (ta’sirlarni qabul qiluvchi va o‘zi ham shu hodisa va narsalarga ta’sir qiluvchi sifatida) qarama-qarshi qo‘yadi. Bu erda, albatta, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoqimsiz holatlar yoki xususiyatlar nazarda tutiladi. Bunday holatlarni insonlar nazoratidan chetda qoldirmasdan, unga nisbatan omma o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Nihoyat, inson ongli faoliyat qiluvchi bo‘lgani sababli xalq, omma uchun ijobiy ta’sir qiluvchi manba va hodisalarga ijobiy yondashadi. Demak, ong voqelikni emotsional (xissiy) baxolash va insonlarni maqsadga muvofiq faoliyatini ta’minlashdir. SHaxsiy xatti-harakatlarni aqlan fikriy ko‘rishdan iborat bo‘lgan ong, shaxsning atrofidagi va, ayni paytda, o‘z ma’naviy dunyosida sodir bo‘layotgan hodisalar to‘g‘risida xisob berish mazmuniga aylanadi. YA’ni, milliy ong shakllanishiga bo‘lgan istak va intilish har bir shaxsdan mustaqillik g‘oyasi rivojlanishi, Vatan ozodligini yanada mustahkamlash uchun qo‘shgan hissasi, o‘z ma’naviy dunyosida sodir bo‘layotgan hodisalar hamda ularni boshqalarga ta’siri xaqida xisobat berishni talab etadi. Xulosa qilgan holda, aytadigan bo‘lsak, ong oddiy obrazlar (siymo) yig‘indilari emas, balki voqelikni aks ettirish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan faoliyatning ruhiy yo‘nalishdan iborat ma’lum bir shaklidir

Ong –inson funksiyasi sifatida to‘rtta teng komponentdan (bo‘limdan) tashkil topgan bo‘lib, quyidagilardan iborat.

1. Oddiy ma’naviy qobiliyatlar va ular asosida olinadigan bilim soxasi. Bunga ruxiy jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvurlar kiradi. Ular yordamida tashqi dunyo o‘z vujudi hamda o‘zgalar bilan aloqasi xaqida dastlabki axboratlar olinadi;

2. Ongning mantiqiy-tushunchaviy komponenti. Tafakkur yordamida inson bevosita xissiy ma’lumotlardan ob’ektlarning (manbalarning) moxiyatli darajalariga chiqadi, umumiy tushunchalar, taxliliy operatsiyalar va qat’iy mantiqiy dalillardan iborat;

3. Mantiqiy-tushunchaviy ong sohasining asosiy maqsadi va tartibga soluvchisi haqiqat hisoblanadi. I-II komponentlar ongning tashqi bilish (yoki tashqi premetli (narsa yoki hodisali) qismini tashkil qiladi. Bunda ruhiy dunyoning sub’ektiv, shaxsiy va qadr-qimmatli komponentlari go‘yoki yashirin holatda bo‘ladi. Ular ongni chap tomonini tashkil qilsa, o‘ng tomoni ikki qismdan iborat bo‘lib, bir qismi ongning emotsional (xissiy) komponenti bilan bog‘langan bo‘lib, tashqi dunyo bilan bevosita tutashgan. Bu inson hayoti davomida duch keladigan yoki kelishi mumkin bo‘lgan voqea va hodisalarga oid xotiralar, xissiyotlar, taxminlar, bilan dunyoga boqadi.

YA’ni, ongning manbai individning (shaxsning) ma’naviy dunyosi, uning turmush tarzi va kechinmalari hisoblanadi. Inson musiqa, tasviriy san’at asarlari va boshqalarga, o‘ziga xos kechinma va obrazlarni tuygan holda munosabatda bo‘ladi, aks ettirish jarayoni insonni ruhiy realligini anglatadi.

4. Ongning yana bir manbasiga hayotning xujayralar darajasida tashkil topgan, ko‘plab neyronlar va ularning aloqalaridan iborat makro tuzilishdagi tabiiy tizim sifatidagi miya kiradi. YA’ni miyaning fiziologik va ximik-biologik holati dunyoni idrok qilish xarakteriga ta’sir qiluvchi omillardan biridir.

Hozirgi vaqtda miyaning to‘lqinli kvantomexanik tabiati to‘g‘risidagi gipoteza va tajribaviy ta’sirni borgan sari ko‘proq isbotlamoqda. Ba’zi olimlar quyidagi xulosaga kelmoqdalar:

Miya o‘z faoliyati uchun energiyani bevosita koinotdan oladigan sistemadir, bunda teri bu energiyani saqlab turish mexanizmi vazifasini bajaradi. Miya planeta biosferasi bilan aloqadordir. Demak, miya butun koinat bilan energetik va axborot aloqa kanallari orqali bog‘langan. Bunday individual axborotning umumolam axborot jarayonidagi ishtiroki bilan birga, axboratning hozirda hayot bo‘lgan kishilar ongiga yoki dunyodan o‘tib ketgan ulug‘ avlodlar ongiga ta’sir etishi (ongsizlik sohasi orqali) hodisalari ham kelib chiqishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, tashqi manbalar inson ichki dunyosi orqali anglashiladi va tashqaridan (jamiyatdan) kelayotgan axborotlar ongda uyg‘unlashadi. Demak, ongning manbai yuksak darajada tashkil topgan inson miyasi va tashqi dunyo, ob’ektiv va sub’ektiv olam bo‘lib hisoblanadi.




Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish