O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
«PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA» KAFEDRASI
Сh.A.SABIROVA
«PEDAGOGIKANING KONSEPTUAL ASOSLARI »
FANIDAN
O`QUV USLUBIY MAJMUA
70110101– PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI (faoliyat turi bo‘yicha)
URGANCH - 2021
1 semestr
Ma`ruza. Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalashning asosiy yo’nalishlari.
Ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalashning asosiy maksad va vazifalari.
Ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash omillari.
Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish Konsepsiyalari.
Jamiyat istiqboli va ravnaqi uchun mas’ul bo‘lgan har bir davlatda ta’lim tizimini rivojlantirish milliy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Binobarin, jamiyat ravnaqi va istiqboli bugun ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi, talabalarning ma’naviy-axloqiy etukligi, intellektual salohiyatiga bog‘liq. SHu bois O‘zbekiston mustaqilligining ilk yillaridayoq ta’lim tizimini isloh qilish, zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish, mazmunan yangi, ilg‘or g‘oyalar bilan boyitish, o‘qitish jarayonini takomillashtirishga davlat miqyosida alohida e’tibor qaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan milliy qonunchilikka oid hujjatlar sirasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (1992 yil) mavjud bo‘lib, unda ta’lim tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etishning huquqiy asoslari bayon etib berilgan edi.
Biroq, mustaqillikning dastlabki besh yilida jahon ta’limi tajribalarini o‘rganish, respublika ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar, ta’lim tizimida olib borilgan islohotlarning dastlabki natijalari, shaxs kamilligi, mutaxassislik malakalarini takomillashtirish, turli bosqichlarda faoliyat olib borayotgan o‘quv yurtlari o‘rtasida izchillik, uzluksizlikni qaror toptirishga nisbatan yuzaga kelgan ijtimoiy ehtiyojlarni inobatga olgan holda 1997 yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi “fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilash, har kimning bilim olishdan iborat konstitututsiyaviy huquqini ta’minlalash”dan iborat etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida sohaga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim muassasalarining huquqiy maqomi, ta’lim tizimi va turlari, ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish, ta’lim tizimini boshqarish kabi masalalarning ham ijtimoiy-huquqiy mohiyati ochib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |