Umumiy o‘rta ta’lim to‘qqiz yillik (I-IX sinflar) o‘qishdan iborat bo‘lib, majburiy xarakter kasb etadi. Ta’limning bu turi ikki bosqichda tashkil etiladi. YA’ni: 1) boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar) hamda umumiy ta’lim (V-IX sinflar). Bu bosqichda o‘quvchilar fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim oladilar, ularda o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlar milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash qobiliyati, atrof-muhitga bo‘lgan ongli munosabat shakllantiriladi. Umumiy o‘rta ta’limning yakunida o‘quvchilar davlat tomonidan tasdiqlanib, ta’lim fanlari va ular bo‘yicha olingan baholar ko‘rsatiladigan attestatga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |