8-sinf “O’zbekiston davlati va huquqi asoslari” fanidan test savollari
Jamiyat - bu ...
jamlangan odamlar jamoasi;
muayyan hududda yashovchi kishilarning ma'lum tarzda tashkil topgan jamoasi;
majbur qilish kuchiga ega bo'lgan tashkilot;
muayyan vakolatlarga ega bo'lgan shaxslardan iborat odamlar jamoasi.
Murakkab ittifoqdosh davlatning tuzilish shakli va belgilarini ko'rsating.
Unitar davlat. Yagona konstitutsiya va qonunchilik tizimi, yagona armiya;
Konfederatsiya. Muayyan davlatlar biror bir maqsad uchun birlashadilar. Yagona fuqarolik mavjud bo'lmaydi;
Federativ. Ittifoq konstitutsiyasining mavjudligi, umumiy hududning mavjudligi;
Ittifoq. A'zolari o'z konstitutsiyasiga va qonunchilik tizimiga, ijro hokimyatiga ega.
3. Quyidagilardan qaysi biri davlatning ichki funksiyalariga kiradi?
A) soliqlar joriy etish; B) bojxona nazorati
D) xalqaro munosabat E) mudofaa
4. Javoblar orasidan davlatning paydo bo'lishida eng muhim o'rin tutgan omilni aniqlang.
Ilm-fan rivoji;
Qabilalar o'rtasidagi urushlar;
Ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkning paydo bo'lishi;
Odamlarda ortiqcha vaqt yuzaga kelishi bilan din, san'at va madaniyatning paydo bo'lishi.
Ta'rifni yakunlang: "Davlat — bu..."
A) Jamiyat a'zolarining birgalikdagi faoliyatidir;
B) Siyosiy hokimiyatni amalga oshirish vositasidir;
Jamiyat tarkibiy qismi bo'lib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi tashkilotdir;
BvaD.
Javoblar orasidan davlatning o'ziga xos belgilari to'laroq keltirilgan qatorni toping.
Ommaviy hokimiyat, ma'muriy-hududiy tuzilish, huquqning mavjud bo'lishi;
Mustaqillik, huquqning mavjud bo'lishi, moliyaviy nazorat;
Ma'muriy-hududiy tuzilish, soliqlar, bojxona nazorati;
Ommaviy hokimiyat, soliqlar, bojxona nazorati, mudofaa va xavfsizlik
7. Davlat boshlig'i umrbod hokimiyatni amalga oshiradigan davlat... deb ataladi.
A) Parlamentar respublika; D) Unitar davlat
B) Monarxiya; E) Quldorlik davlati.
8. Javoblar orasidan ma'muriy-hududiy birliklar keltirilgan qatorni toping.
A) Respublika, monarxiya; D) Konsullik, elchixona;
B) Mahalla, ovul, qishloq, xonadon; E) Viloyat, shahar, tuman, qishloq.
9. Siyosiy tartibotiga ko'ra davlatlar qanday turlarga bo'linadi?
A) Respublika va monarxiya; D) Qonuniy va noqonuniy
B) Demokratik va nodemokratik; E) Sodda va murakkab.
10. O'zbekiston davlatining tashqi funksiyalarini aniqlang.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, mamlakat mudofaasi, diplomatik aloqalar;
Nufuzli xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'lish;
Chet el sarmoyalariga yo'l ochish, tashqi siyosiy aloqalar;
Mamlakat mudofaasini rivojlantirish.
Davlat shakllarini aniqlang.
Boshqaruv shakli va tuzilish shakli;
Boshqaruv, tuzilish shakli va siyosiy tartibot;
D) Boshqaruv, tuzilish, ma'muriy-hududiy bo'linish
E) Federativ, konfederativ, unitar shakllar
12. To'g'risini ko'rsating.
Davlat - hokimiyatning iqtisodiy tashkilotidir;
Davlat - huquq institutlari va huquq normalari tizimidir;
Davlat - majburlash apparatidan iborat tashkilotdir;
Davlat - siyosiy tashkilotdir.
Davlat organi - ...
A) davlatning majburlov apparati; B) davlat nazorat organi;
D) vakolatli davlat idorasi; E) В va D javoblar to'g'ri.
14. Davlat mexanizmi - ....
davlatning qonun chiqarucvhi va ijro etuvchi hokimiyatlari;
davlat organlarining yaxlit tizimi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati;
davlatning ichki faoliyatini tartibga soluvchi mexanizm.
15. Huquqiy davlatda davlat boshqaruvi...tayanadi.
A) qonun chiqaruvchi hokimiyatning boshqa hokimiyatlarga nisbatan ustunligiga;
B) huquqning ustuvorligiga;
sud hokimiyatining ustuvorligiga;
ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarining ustuvorligiga.
16. Konstitutsiya huquqiy normalar tizimida ...
barcha qonunlarni tartibga solib turadi;
davlat siyosatining asosiy yo'nalishlarini belgilaydi;
oily yuridik kuchga egadir;
A va B javoblar to'g'ri.
17. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti...
Davlat boshlig'idir;
Davlat va ijro etuvchi hokimyat boshlig'idir;
D) Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimyat boshlig'idir;
E) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyati boshlig'idir;
Jamiyat
Etatik davlat
Huquqiy davlat
Unitar davlat
Federativ davlat
Konfederativ davlat
Huquqbuzarlik
Prezident
Do'stlaringiz bilan baham: |