Ko’hro mixi zamin kardas naxo’st, Paye zaminro ro’yi az daryo beshust. (“Mantiq ut-tayr”) Bahr uza jo’ng ayladi tufrog’din, Jo’ng uchun langar yosodi tog’din. (“Lison ut-tayr”) Lison ut-tayrning III-XII boblarida an’anaga ko’ra, Muhammad payg’ambar va dastlabki to’rt xalifa madh etilgan. Me’roj voqeasiga oid to’rtinchi bobning o’ziga xos tomoni shuki, unda shoir payg’ambarning Buroq nomli afsonaviy otda koinot orqali xudo dargohiga ko’tarilish jarayonini alohida yo’sinda, o’sha davr astronomiyasi, ayniqsa Samarqanddagi Ulug’bek maktabi erishgan ulkan yutuqlardan samarali foydalangan holda tasvir etadi. Bunday holatda E.Bertels qayd qilganidek, Attor kuzatilmaydi. Lison ut-tayrning III-XII boblarida an’anaga ko’ra, Muhammad payg’ambar va dastlabki to’rt xalifa madh etilgan. Me’roj voqeasiga oid to’rtinchi bobning o’ziga xos tomoni shuki, unda shoir payg’ambarning Buroq nomli afsonaviy otda koinot orqali xudo dargohiga ko’tarilish jarayonini alohida yo’sinda, o’sha davr astronomiyasi, ayniqsa Samarqanddagi Ulug’bek maktabi erishgan ulkan yutuqlardan samarali foydalangan holda tasvir etadi. Bunday holatda E.Bertels qayd qilganidek, Attor kuzatilmaydi. Navoiy dostonning asosiy qismini boshlashdan oldin ustozi Farididdin Attor madhiyasiga maxsus bob ajratadi va uning ijodiy faoliyatiga - Har ne gardun bahr ila konida bor,
- Oncha yuz Attor do’konida bor16
deya yuksak baho beradi. Navoiy Attor ijodiyoti o’z mohiyatiga ko’ra “vahdat sirlari” ni sharhlashga bag’ishlangan ekanini qayd qilish bilan birga, uning mashhur asarlari sirasiga “Musibatnoma”, “Ilohiynoma”, “Ushturnoma”, qasida, g’azal, va ruboiylardan tartib berilgan “Devon” va “Tazkirat ul-avliyo” kabilarni sanab o’tadi. Ammo shoir fikricha, mazkur asarlarning barchasi Attor ijodining muhim bir tomonini tashkil etib, qanchalik katta sharaf va maqtovga sazovor bo’lsa, yolg’iz “Mantiq ut-tayr” dostonining o’zi shunchalik maqtov va sharafga loyiqdir. Alining vasfi (10-bob) Navoiyda Attornikidan birmuncha farq qiladi. Kiritma boblarda Navoiy quyidagi mavzularni qo’llaydi: 5-bob. Abu Bakr zakotni man qilishni talab qilgan musulmonlarga qarata shariatdagi “bir ishni” ham o’zgartirolmasligini aytadi. 7-bob. Madina talon-taroj qilingandan keyin Umar o’ljadan o’ziga hech narsa olmaydi va barcha ulushlarini bayt al-molga beradi. 9-bob. Odamlar kelishganda, payg’ambar oyoqlarini uzatib o’tirar, biroq Umar kelganda esa uning nafsoniyatga tegmaslik uchun oyoqlarini yig’ishtirib olardi. 11-bob. Dushman nayzasining uchi Alining suyagiga kirib qoladi va yaqinlari uning dardini kuchaytirmasdan, qanday chiqarib olishni bilmaydilar. Payg’ambar bu ishni Ali ibodatga berilgan paytda qilishni maslahat beradi, chunki namoz paytida u tashqi dunyoni shu darajada unutadiki, hatto, og’riqni ham sezmaydi. Payg’ambarni aytganini qiladilar. Bundan xabar topgan Ali xulosa qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |