«Azizam Xarriyet!
Mening qayerga ketganimni bilsang, kulgidan o‘zing-
ni to‘xtatolmaysan. O‘zim ham sen ertalab turganingda
men yo‘qolib qolganimni aytishganda qanday holatga
tushishingni tasavvur qilib, kulaverib o‘lib qolay deyap-
man. Men Gretna-Gringa jo‘nab ketayapman, agar sen
kim bilanligini hali sezmagan bo‘lsang, unda seni ten-
tak deb hisoblayman, chunki dunyoda men sevadigan
inson bitta – va bu inson – farishta. Men bu odamsiz
hech baxtli bo‘la olmagan bo‘lardim, shuning uchun qo-
chib ketganimga e’tibor berma. Agar sen uchun xijolatli
bo‘lsa, mening qochib ketganimni Longborndagilarga
aytmay qo‘ya qol. U holda ular mening «Lidiya Uikxem»
deb qo‘l qo‘ygan xatimni olib battar hayron bo‘lishadi.
304
Rosa kulgili bo‘ladi-da! O‘zimga shunday kulgili tuyila-
yaptiki, xatni zo‘rg‘a yozayapman. Iltimos, bugun u bilan
raqsga tusha olmasligim uchun mening nomimdan Pratt-
ga uzrimni aytib qo‘y. Unga hammasini bilganidan keyin
albatta kechirishini aytib, keyingi safar uchrashgan birin-
chi balda men u bilan albatta raqsga tu shishimni va’da
qil. Longbornga borishim bilan ko‘ylaklarimni olib kelishga
odam yuboraman. Lekin ularni taxlab qo‘yishdan oldin
Salli mening anavi yupqa ko‘ylagimdagi so‘kilib ketgan
chokni tikib qo‘ysa, yaxshi bo‘lardi.
Ko‘rishguncha. Polkovnik Forsterga mendan sa-
lom! Bizning sayohatimiz yaxshi o‘tishi uchun qadah
ko‘tarasizlar, deb umid qilaman.
Sening sodiq dugonang Lidiya Bennet».
– Beg‘am, beg‘am Lidiya! – xitob qildi Elizabet. – Ha-
yotidagi shunday jiddiy voqea haqida ham shunaqa
xat yozadimi? Mayli, jilla qursa bu xatdan uning niyati
jiddiy bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Uikxem unga ke-
yin nimalar deganidan qat’i nazar, u badnom bo‘lishni
xayoliga keltirmagan. Bechora otam! Unga juda og‘ir
bo‘lgan bo‘lsa kerak!
– Men birovning shunchalik mushkul ahvolga tush-
ganini oldin ko‘rmaganman. U o‘n daqiqacha nima
deyishni bilmay jim bo‘lib qoldi. Onam esa darrov
tobi qochib qoldi va uyda hamma narsa ag‘dar-to‘ntar
bo‘lib ketdi.
– Jeyn, jonim, uyda bu voqeani boshidan oxirigacha
eshitmagan biror xizmatkor qoldimi?
– Nima desam ekan... Menimcha, ha. Lekin o‘sha
paytda o‘zimizni ushlab turish juda qiyin bo‘ldi. Onam-
ning jazavasi tutib qoldi, men qo‘limdan kelgan ham-
ma narsani qilgan bo‘lsam-da, yordam bera olmadim.
Endi bu nima bilan tugaydi, deb shunday qo‘rqib ket-
dimki, nima qilishni ham bilmay qoldim.
305
– Sen qo‘lingdan keladigandan ham ortig‘ini qilgan-
san. Seni o‘zingning ko‘rinishing yaxshi emas. Shu
yerda bo‘lganimda, o‘zim senga qarardim.
– Meri va Kitti juda yaxshi qiz bo‘lib berishdi. Men
qo‘yib bersam, ular hammasini birga qilishardi. Men
ularning sog‘lig‘iga zarar bo‘ladi, deb ruxsat berma-
dim. Kitti shunaqa nozik, sal narsaga asabiylasha-
yapti, Meri esa mashg‘ulotlariga mukkasidan ketgan.
Seshanba kuni, otam ketgandan so‘ng Longbornga
Filips xola miz keldi. U payshanbagacha biznikida qo-
lib, menga qarashdi. Ledi Lukas ham yordam berdi.
U chorshanba kuni kelib, o‘z hamdardligini bildirdi
va o‘zi va qizi bizga qo‘lidan kelgan yordamni berishga
tayyorliklarini aytdi.
– Yaxshisi uyida o‘tirsin! – jahl bilan dedi Elizabet. –
Balki u yaxshi niyatda gapirgandir. Lekin bizning ho-
latimizda qo‘shnilarni qancha kam ko‘rsang, shuncha
yaxshi. Bu yerda hech kim bizga yordam bera olmay-
di, hamdardlikni esa hazm qilish qiyin. Ular bizning
boshimizga tushgan tashvishdan nariroqda suyuna-
verishsin.
Elizabet opasidan otasi Londonda nima qilmoqchi
bo‘lganini so‘radi.
– Menimcha, ular oxirgi marta otlarini almashtirgan
Epsomga borib, izvoshchilardan biror nima aniqlamoq-
chi edi. Maqsadi – ularni Klepxemdan olib ketgan iz-
voshning raqamini bilish edi. U izvoshchi Londondan
kim bilandir kelgan ekan. Otam bunday tasodif, ya’ni
bir yigit va qizning bir izvoshdan ikkinchisiga o‘tishi
sezilmay qolishi mumkin emas, deb o‘ylab Klepxem-
ga bormoqchi bo‘ldi. Agar izvoshchi ularni qaysi uy ol-
dida tushirganini eslasa, o‘sha yerga bormoqchi edi.
Balki otam u yerda izvoshchining raqami va qayerda
to‘xtatishini bilishi mumkin bo‘lar. Yana nimalar qil-
moqchi bo‘lganini bilmayman. U shunaqa asabiylash-
gan va shoshayotgan edi, men shu narsalarni ham
zo‘rg‘a so‘rab oldim.
306
VI bob
Hamma ertasi kuni mister Bennetdan albatta xat ke-
lishini kutayotgan edi, lekin hech qanday xat kelmadi.
Oila a’zolari uning odatda xat yozishni yoqtirmasli gini
bilishardi, lekin ayni paytda o‘zini majbur qila oladi,
deb umid qilishayotgandi. Balki xabar beradigan hech
qanday yaxshi gap yo‘qdir, deb o‘ylashdi, lekin shu
narsani bilishga ham rozi edilar. Xat kelishini kutib,
ushlanib turgan mister Gardiner darrov jo‘nab ketdi.
U ketgandan so‘ng, endi hech bo‘lmaganda nima-
lar bo‘layotganini bilib turamiz, deb umid qilishdi.
Xayr lasha turib, mister Gardiner mister Bennetni
iloji boricha tezroq Longbornga qaytishga ko‘ndirish-
ga va’da berdi. Bu va’dasi bilan u erini duelda o‘lib
qolishdan qutqarishning yagona yo‘li, deb bilayotgan
opasiga taskin berdi.
O‘zining bu yerda bo‘lib turishi jiyanlariga yordam
bo‘ladi, deb hisoblagan missis Gardiner hozircha
Long bornda yana bir necha kun qolishga qaror qildi.
U qizlarga missis Bennetga qarashlarida yordam be-
rar va bo‘sh paytlarida u bilan o‘tirish qizlar uchun
ham yoqimli edi. Missis Filips ham ularnikiga tez-tez
kelayotgandi. Lekin u Uikxemning qanchalik insofsiz
va yaramasligi to‘g‘risida yangi gaplar topib kelar va u
kelib ketgach, hammaning kayfiyati buzilar edi.
Butun Meriton ahli uch oygina burun o‘zlari fa-
rishta deb atagan odamni endi har qanaqasiga qoralay
boshlagandi. Uikxemning deyarli barcha do‘konlardan
qarzdor ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Hamma uni dun-
yodagi eng iflos odam deb, uning chiroyli ko‘rinishi
ularni hech ham chalg‘itmagan deb, qasam ichishga
tayyor edi. Elizabet bu gap-so‘zlarning yarmisiga ham
ishonmayotgan bo‘lsa-da, baribir bu gap-so‘zlar uning,
endi singlisining nomiga dog‘ tushadi, deb qilayotgan
xavotiri bejiz emasligini isbotlardi. Shu paytgacha bun-
307
day gaplarga quloq solmayotgan Jeyn ham endi bu vo-
qeaning yaxshilik bilan tugashiga umid qilmayotgan-
di, buning ustiga uning Uikxemlarning Shotlandiyaga
qochgan, degan umidi rost bo‘lsa, ulardan allaqachon
biror xabar kelishi kerak edi.
Mister Gardiner yakshanba kuni Longborndan
jo‘nab ketdi. Seshanba kuni esa xotiniga xat yozib
yubordi. Xatda uning mister Bennetni topgani va
Greys chyorch-stritga ko‘chirib kelgani to‘g‘risida yozil-
gan edi. U kelgunicha mister Bennet Epsom va Klep-
xemda bo‘lgan ekan, lekin u yerda biror yangilik eshi-
tishning iloji bo‘lmabdi. Mister Bennet endi London-
ning eng yirik mehmonxonalaridan so‘rab chiqmoq-
chi emish, chunki qochoqlarning kela solib alohida
xu susiy uyda ijaraga tura olishlariga uning ishonchi
yo‘q ekan. Mister Gardiner bu qidiruvlardan biror
natija chiqishiga ishonmasa-da, mister Bennet bu ish-
ga boshi bilan sho‘ng‘igani uchun qo‘lidan kelgancha
unga yordamlashmoqchi ekan. U yana mister Bennet-
ning hali-beri Londondan ketmoqchi emasligini aytib,
yaqin orada yana xat yozib yuborishga va’da berardi.
Xatning oxirida yana qo‘shimcha bor edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |