Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

ham qo‘shilishayapti. Ledi Ketrinning aytishicha, endi 
sizlar bilan birortasining quda-andachilik qilishi amri-
mahol emish. Bu fikr o‘tgan yilning noyabr oyida bo‘lib 
o‘tgan voqeani yodimga soldi. Agar o‘sha paytda ishla-
rimiz boshqacha bo‘lganda, men hozir Siz bilan bir qa-
torda Sizning g‘amingizga va Sizning sharmandaligin-
gizga sherik bo‘lgan bo‘lardim. Muhtaram ser, menga 
yana bir marta sizning tashvishingizga hamdardligimni 
bildirishga
hamda qizingiz bir umr o‘zining buzuq axlo-
qining mevalarini totishi uchun uni bir umrga oq qilishin-
gizni maslahat berishga ijozat bering. 
Hurmat bilan... va h.k.» 
Mister Gardiner polkovnik Forsterdan xabar kelma-
guncha, hech qanday xat yubormadi. Polkovnikning 
xabari esa suyuntiradigan emasdi. Uning aniqla-
shicha, Uikxemning bordi-keldi qiladigan qarindoshi, 
umuman hech qanday qarindosh-u tanish-bilishlari 
yo‘q ekan. Ilgari uning tanishlari juda ko‘p bo‘lib, polk-
ka kelgandan so‘ng yigit ular bilan muloqotni davom 
ettirmagan, shuning uchun Uikxem haqida biror nima 
deya oladigan odamni topish imkoniyati bo‘lmagan. U 


310
nafaqat Lidiyaning qarindoshlaridan berkinib yuribdi, 
balki buning yana boshqa sabablari ham bor emish. 
Braytonda katta miqdorda qartada yut qizgan bo‘lib, 
polkovnik Forsterning fikricha, uning qarzlarini yopish 
uchun ming funtdan ortiqroq pul kerak ekan. Mister 
Gardiner bu gaplarni longbornliklardan yashirib o‘tir-
madi. Bu gaplarni o‘qigan Jeyn dahshatga tushdi:
– Qartaboz! Hech kutmagandim. Xayolimga ham 
kelmagandi!
Mister Gardiner ertasi, ya’ni shanba kuni mister 
Bennetning qaytayotganini ham qo‘shib qo‘ygandi. 
Qilgan hamma harakatlari behuda ketganidan jahli 
chiqqan mister Bennet qaynisining unga ko‘rsatma-
lar berib uyga qaytib ketishga undashiga rozi bo‘libdi. 
Missis Bennet bu gapni eshitib, qizlari u erining ha-
yoti uchun xavotir olayotgan edi, endi ko‘ngli xotirjam 
bo‘ladi, deb o‘ylaganlarining aksicha, jahli chiqib ketdi:
– Qanaqasiga! Bechora Lidiyani yolg‘iz tashlab-a? 
Ular ni topmaguncha, mister Bennet hech qayerga ket-
maydi! Unda Uikxemni Lidiyaga uylanishga majbur 
qilib, u bilan kim otishadi?
Missis Gardiner bolalari bilan uyiga qaytishni o‘ylab 
turgan edi, ertasi kuni mister Bennet kelishini eshitib, 
Longborndan mister Bennetni olib kelish uchun yubo-
riladigan ekipajda ketib olmoqchi bo‘ldi.
Missis Gardiner Lemtondan qaytishganidan beri 
bosh qotirayotgani – Elizabet bilan uning Derbishirlik 
do‘stining orasida qanday munosabat bo‘lishi mum-
kin, degan savolga javob topa olmay ketayotgan edi. 
Elizabet birinchi bo‘lib uning nomini hech tilga olmas-
di. Missis Gardiner kutganidek, yigit ham hech qan-
day xat yubormayotgan edi. Qaytib kelishganidan beri 
Pemberlidan Elizabetning nomiga hech qanday xat 
kelmagandi. Oiladagi tushkunlik kayfiyati Elizabet
-
ning kuchini olib qo‘ydi – buning uchun boshqa sabab 
qidirib o‘tirishning hojati yo‘q edi. O‘z hissiyotlarining 


311
yechimini qidirayotgan Elizabet, agar u mister Darsi 
bilan tanish bo‘lmaganda, Lidiya orqasidan ularning 
boshiga tushgan bunday sharmandalikni ko‘tarish 
oson roq bo‘lardi, degan xulosaga keldi. Uning fikricha, 
bu holda uyqusiz o‘tkazayotgan tunlarining soni ka-
mida ikki hissa kamayardi.
Mister Bennet Longbornga qaytib kelganda o‘zi-
ga xos bo‘lgan faylasufona xotirjamlikda edi. U odat
-
dagidan ko‘proq gapirmadi, o‘zini Londonga borishga 
majbur qilgan sabablarni ham tilga olmadi va qizlar 
ham anchagacha o‘zlari bu haqda og‘iz ochishga had-
dilari sig‘madi. Tushlikdan keyin choy ichishayotgan-
da Elizabet man qilingan mavzuda og‘iz ochishga jur’at 
qildi. Uning otasiga boshiga tushgan muammolar 
uchun o‘zining hamdardligini bildirib, aytgan gaplari-
ga mister Bennet quyidagicha javob berdi:
– Bu haqda gaplashmaymiz. Sodir bo‘lgan ishlar 
uchun mendan boshqa kim javob berishi kerak? Bo‘lib 
o‘tgan ishlarning aybdori faqat men va men javob be
-
raman.
– O‘zingizni bunchalik ayblamang.
– Maslahating to‘g‘ri. O‘z shaxsiga nisbatan shafqat 
qilish insonga xos. Yo‘q, Lizzi, hayotimda bir marta 
bo‘lsa ham o‘z aybimni his qilishimga menga izn ber. 
Qo‘rqma, bu meni bukib qo‘ymaydi. Bunday tuyg‘ular 
tez o‘tib ketadi.
– Sizningcha, ular Londondamikin?
– Albatta. Ular yana qayerda shunday yashirina oli-
shardi?
– Lidiya doim Londonda yashashni orzu qilardi! – 
gap qo‘shdi Kitti.
– Demak, u maqsadiga erishibdi, – quruqqina dedi 
otasi. – Endi u Londonda juda uzoq qolsa kerak. 
Biroz sukutdan so‘ng mister Bennet qo‘shib qo‘ydi:
– Lizzi, may oyida meni ogohlantirib qo‘yga ning 
uchun senda
n xafa emasman. Aytganlaring to‘g‘ri 
chiqdi.


312
Ularning suhbatini Jeynning missis Bennetga choy 
tayyorlash uchun xonaga kirib kelishi bo‘ldi.
– Qanday ajoyib tomosha! – xitob qildi mister Ben-
net. – Bu onangizning qayg‘usini yanada chiroyliroq 
qilib ko‘rsatayapti. Ertaga men ham shunday qilaman: 
kutubxonada xalatimni va qalpog‘imni kiyib o‘tira-
man-da, sizlarni yugur-yugur qilishga majbur qilaman. 
Yoki men Kitti ham qochib ketguncha kutib turaymi?
– Men hech qayoqqa qochib ketmoqchi emasman. 
Agar Braytonga boradigan bo‘lsam, men bilan bunday 
hodisalar bo‘lmaydi.
– Braytonga borsam? Men seni hatto Ist-Byornga 
ham qo‘yib yubormayman. Yo‘q, Kitti, men endi g‘oyat 
sergak bo‘laman va sen buni albatta his qilasan. Biror-
ta zobit ostonamizga qadam bosmaydi, qishlog‘imiz-
ga yaqin yo‘lamaydi. Agar raqs tushishni xohlasang, 
opalaring bilan tusha ber – hech qanday raqslarga 
borish yo‘q. Bir kecha-kunduzda hech bo‘lmaganda 
o‘n daqiqa birorta aqlli ish qila olishingni isbot qilma-
guningcha, men senga uydan chiqishga ruxsat ber-
mayman.
Bu so‘zlarni jiddiy qabul qilgan Kitti alamidan yig‘lay 
boshladi.
– Demak, shunday, – dedi mister Bennet, – o‘n yil 
davomida aqlli qiz bo‘lib bersang, balki seni biror joyga 
aylantirgani olib borarman.
VII bob
Mister Bennet qaytib kelganidan ikki kun o‘tib, Jeyn 
bilan Elizabet uylarining orqa tomonidagi daraxtzorda 
aylanib yurishar ekan, ular tomon yugurib kelayotgan 
xizmatchi ayolni ko‘rishdi. Missis Bennet chaqirayapti 
shekilli, deb o‘ylab qizlar xizmatchiga peshvoz chiqish-
di. Lekin ayol missis Bennetning gapini aytish o‘rniga, 
Jeynga qarab dedi:


313
– Kechirasiz, xonim, suhbatingizga xalal berdim. 
Londondan yaxshi xabar bo‘lsa, men ham eshitay, deb 
kelgandim.
– Xill, nimani ko‘zda tutayapsiz? Londondan hech 
qanday xat olganimiz yo‘q.
– Xonim, bu nima deganingiz? – hayron bo‘lib so‘ra-
di missis Xill. – Siz hali mister Gardinerdan chopar 
kelganini eshitmadingizmi? U mister Bennetga paket 
olib kelganiga yarim soatdan oshdi.
Yangilikni tezroq eshitishga oshiqib, qizlar uyga qa-
rab yugurishdi. Ular xolldan o‘tib avval oshxonani qa-
rashdi, so‘ng kutubxonani, u yerda otalarining yo‘qli-
gini ko‘rib, onalarining xonasiga bormoqchi bo‘lisha-
yotganda, qizni eshik og‘asi to‘xtatdi:
– Agar xo‘jayinni qidirayotgan bo‘lsangiz, daraxtzor-
ga boringlar – u hozirgina o‘sha yoqqa ketdi.
Qizlar yana yugurib tashqariga chiqib, qo‘rg‘on 
chetidagi daraxtzor tomonga qarab ketayotgan otala-
riga yetib olish uchun gulzor oralab yugurib ketishdi. 
Singlisiga nisbatan to‘laroq bo‘lgan va ko‘p yugurish-
ga o‘rganmagan Jeyn orqada qolib ketdi, Elizabet esa 
kela solib, hansiragancha otasini savolga tutdi:
– Otajon, nima gaplar? Yangiliklar bormi? Gardiner 
amakimdan xabar bormi?
– Ha, u chopardan xat berib yuboribdi.
– Nimalar yozibdi? Yaxshi gapmi yoki yomonmi?
– Hozir biz yaxshi xabar keladigan ahvoldamizmi? – 
paltosining cho‘ntagidan xatni chiqarayotib, dedi mis-
ter Bennet. – Qiziqsang, balki o‘qib chiqarsan.
Elizabet xatni shosha-pisha olayotganda, Jeyn ham 
yetib keldi.
– Ovozingni chiqarib o‘qi-chi, – so‘radi mister Ben-
net. – Nima deyilganiga zo‘rg‘a tushundim.
«

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish